Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (1/6)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
314-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV¹ bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
315-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan esa O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
316-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish muddati
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o‘tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
317-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish
Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan:
- 1) jinoyat ishlari bo‘yicha sud tergov sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV¹ bobida belgilangan tartibda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudiga;
- 2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
318-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini to‘xtatib turish
Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.
Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.
319-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat va protest tushgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqadilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) chiqarilgan qarorning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat yoki protest jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi va uning natijalariga ko‘ra, ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaror qabul qilinadi.
321-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) qarori
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- 1) chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;
- 2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
- 3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni to‘xtatadi;
- 4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun: organ (mansabdor shaxs) tomonidan ishni to‘liq bo‘lmagan holda yoki bir tomonlama ko‘rib chiqilishi; organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va ushbu Kodeks Maxsus qismining qo‘llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi; qo‘llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo‘lib hisoblanadi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishlariga doir ish yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga doir ish yangitdan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligi inobatga olingan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
321-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) qarori (davomi)
Mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha qabul qilingan qarorda: u chiqarilgan vaqt va joy; shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs; prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar; shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat, protestning mohiyati; chiqarilayotgan qarorni asoslanishi; shikoyat yoki protest yuzasidan qaror ko‘rsatilishi lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir qarorning nusxasi o‘zi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa — uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga ma’lum qilinadi.
322-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti bo‘yicha esa uni chiqargan organ tomonidan ham ushbu Kodeksning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
323-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest bildirish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga prokuror protest bildirishi mumkin.
Shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.
324-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi to‘lab olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab bo‘ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.
Fuqaroni ma’muriy qamoqqa olish g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
XXIV¹ BOB. JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUDNING MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISH YUZASIDAN QARORINING QONUNIYLIGI, ASOSLILIGI VA ADOLATLILIGINI TEKSHIRISH
1-§. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 313⁶-modda
- 313⁵-modda
- 315-modda
- 314-modda
To‘g‘ri javob: 314-modda. 314-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan kimlar shikoyat berishi mumkin?
- Faqat huquqbuzar va uning advokati; jabrlanuvchi va uning qonuniy vakillari shikoyat berishga haqli emas
- O‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillari, advokat va bayonnoma tuzgan organ
- Faqat guvohlar va jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari hamda bayonnoma tuzgan organ rahbari
- Faqat jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili, huquqbuzar va advokat shikoyat berishga haqli emas
To‘g‘ri javob: O‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillari, advokat va bayonnoma tuzgan organ. 314-moddaga ko‘ra shikoyatni huquqbuzar, jabrlanuvchi, vakillar, advokat hamda bayonnoma tuzgan organ berishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat kimga berilishi mumkin?
- Faqat prokuraturaga yoki Oliy sud huzuridagi Sud departamentiga, boshqa organga berish mumkin emas
- Faqat Oliy sudga yoki viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi mumkin
- Yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga
- Faqat qaror chiqargan organning o‘ziga yoki huquqbuzarning yashash joyidagi mahalla yig‘iniga
To‘g‘ri javob: Yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga. 315-moddaga ko‘ra shikoyat yuqori turuvchi organga yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga beriladi.
Qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni ish bilan birga ko‘rib chiqishga vakolatli organga qancha muddatda yuboradi?
- Bir sutka ichida
- Bir oy ichida
- O‘n kun ichida
- Uch sutka ichida
To‘g‘ri javob: Uch sutka ichida. 315-moddaga ko‘ra shikoyat olingach, uch sutka ichida yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha qaror ustidan (sud qarori bundan mustasno) shikoyat qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran necha kun ichida berilishi mumkin?
- o‘n besh kun
- o‘n kun
- o‘ttiz kun
- besh kun
To‘g‘ri javob: o‘n kun. Qaror nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat berilishi mumkin; uzrli sabab bilan o‘tkazilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror xususida shikoyat berish muddati qancha (sud qarori bundan mustasno)?
- Qaror nusxasi olingan kundan e’tiboran besh kun
- Qaror nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun
- Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy
- Qaror nusxasi olingan kundan e’tiboran uch kun
To‘g‘ri javob: Qaror nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun. 316-moddaga ko‘ra nusxa olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat beriladi.
Fuqaro Rahim ma’muriy qaror nusxasini oldi, lekin uzrli sabab (og‘ir kasallik) bilan o‘n kunlik shikoyat muddatini o‘tkazib yubordi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Uzrli sabab bo‘lganda ham o‘tkazib yuborilgan shikoyat muddati hech qanday organ tomonidan qayta tiklanmaydi
- Muddat uzrli sabab bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, uni faqat Oliy sud qayta tiklashga vakolatli hisoblanadi
- Muddat uzrli sabab bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, uni faqat prokuror qayta tiklashga vakolatli hisoblanadi
- Muddat uzrli sabab bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rishga vakolatli organ tomonidan qayta tiklanishi mumkin
To‘g‘ri javob: Muddat uzrli sabab bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rishga vakolatli organ tomonidan qayta tiklanishi mumkin. 316-moddaga ko‘ra uzrli sabablar bilan o‘tkazilgan muddat vakolatli organ tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 317-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sud muhokamasi
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi
- Iltimosnomaning shakli va mazmuni
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish. 317-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash