XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 324¹–324¹⁰-m.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (2/6)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

324¹-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxslar o‘z vajlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi bir sutka ichida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxsga, jabrlanuvchiga, ularning qonuniy vakillariga, advokatga, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga yuboriladi. Ko‘rsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qo‘shimcha materiallar bilan tanishishga, shuningdek sudga o‘z e’tirozlarini taqdim etishga haqli.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat (protest) apellyatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qarorni chiqargan sudga beriladi.

324²-modda. Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish natijalari yuzasidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini apellyatsiya tartibida tekshiradi.

324³-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qaror o‘qib eshittirilgan kundan e’tiboran o‘n sutka ichida, o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko‘chirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko‘chirma nusxalar olingan kundan e’tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

324⁴-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yiladigan talablar

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

Agar apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismi talablariga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya shikoyatini (protestini) yangidan tuzish uchun muddat belgilaydi.

324⁴-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yiladigan talablar (davomi)

Sudyaning apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.

324⁵-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ushbu shikoyatni qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.

O‘ziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori chiqarilgan shaxs o‘z advokatining apellyatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.

Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o‘z shikoyatini faqat ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish to‘g‘risidagi hujjat ishda qoldiriladi.

324⁶-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

Birinchi instansiya sudining ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan e’tiboran bir sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

324⁷-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellyatsiya shikoyati (protesti) ko‘riladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qog‘ozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.

324⁸-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish tartibi

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilayotganda sud majlisi ish bo‘yicha raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini, hozir bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, berilgan iltimosnomalarni hal qiladi.

Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rish uchun monelik qilmaydi.

324⁸-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish tartibi (davomi)

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish holatlari, birinchi instansiya sudi qarorining mazmuni, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlari bayon etiladi.

Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir bo‘lgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud agar prokuror apellyatsiya protesti bergan bo‘lsa, prokuror birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning so‘zlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud bo‘lganda yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.

Sud apellyatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qo‘shimcha materiallarni hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini to‘liq hajmda tekshiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi.

Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.

Ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

324⁹-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

324¹⁰-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qaysi sudga beriladi?
  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi va unga o‘zi topshiriladi
  2. Oliy sudning nomiga yo‘llanadi va qarorni chiqargan sud orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi
  3. Apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin qarorni chiqargan sudga beriladi
  4. Prokuraturaning nomiga yo‘llanadi, lekin qarorni chiqargan sudga qo‘shimcha nusxada beriladi

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin qarorni chiqargan sudga beriladi. 324¹-moddaga ko‘ra shikoyat apellyatsiya sudi nomiga yo‘llanadi, lekin qarorni chiqargan sudga beriladi.

Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qancha muddatda yuboriladi?
  1. Uch sutka ichida
  2. Bir sutka ichida
  3. O‘n sutka ichida
  4. Bir oy ichida

To‘g‘ri javob: Bir sutka ichida. 324¹-moddaga ko‘ra nusxa bir sutka ichida yuboriladi.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga qancha muddatda yuborilishi lozim?
  1. Uch sutka ichida
  2. Bir sutka ichida
  3. Besh sutka ichida
  4. O‘n besh sutka ichida

To‘g‘ri javob: Uch sutka ichida. 324¹-moddaga ko‘ra shikoyat ish bilan birga uch sutka ichida yuboriladi.

Sud ma’muriy qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Murod shu qaror ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Shikoyat apellyatsiya sudiga qachon yuborilishi lozim?
  1. Shikoyat olingan kuni
  2. Qaror ijro etilgach
  3. Bir oy o‘tgandan keyin
  4. Uch kun o‘tgandan so‘ng

To‘g‘ri javob: Shikoyat olingan kuni. 324¹-moddaga ko‘ra qamoq qarori ustidan shikoyat olingan kuni yuboriladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar
  2. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
  3. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari
  4. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar. 324²-modda: Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 324²-modda
  2. 324⁷-modda
  3. 324⁶-modda
  4. 324¹³-modda

To‘g‘ri javob: 324²-modda. 324²-modda: Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudlari qarorlarini apellyatsiya tartibida qaysi sudlar tekshiradi?
  1. Tegishli tuman (shahar) sudlarining yuqori turuvchi sudyalari hamda sud raislari
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenumi va Oliy sud raisi o‘rinbosarlari
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari. 324²-moddaga ko‘ra apellyatsiya tartibida Qoraqalpog‘iston, viloyat va Toshkent shahar sudlari tekshiradi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
  2. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori
  3. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish tartibi
  4. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari. 324³-modda: Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (1/6)Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (3/6)