XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 324¹¹–324²⁰-m.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (3/6)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

324¹¹-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish)

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning ko‘chirma nusxasi o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga, ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha bo‘lgan muddatda topshiriladi yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga o‘z so‘roviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki yuboriladi.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi.

2-§. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

324¹²-modda. Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish

Kassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarorlari, agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, ko‘rilishi mumkin.

324¹³-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati o‘tgach, kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, apellyatsiya tartibida protest keltirish muddati o‘tgach, kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlarni tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.

324¹⁴-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati

Kassatsiya shikoyati (protesti):

Kassatsiya shikoyatlari (protestlari) qaror chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni qaror chiqargan sudga ushbu Kodeksning 324¹-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.

324¹⁵-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yiladigan talablar

Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 324⁴-moddasi talablariga javob berishi kerak.

Agar mazkur talablar bajarilmasa, sud ushbu Kodeks 324⁴-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qarorlardan birini qabul qiladi.

324¹⁶-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu shikoyat (protest) ishning barcha materiallari bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh sutka ichida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

324¹⁷-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish

Ishni birinchi instansiyada ko‘rib chiqqan sud tomonidan kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganligi to‘g‘risida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, uch kunlik muddatda xabardor qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi yoki uning elektron nusxasi bilan qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali tanishish imkoniyati to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) doir o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda tushuntiriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar ish kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritilganligi to‘g‘risida birinchi instansiya sudi tomonidan xabardor qilinadi.

324¹⁸-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyatini bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.

O‘ziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori chiqarilgan shaxs o‘z advokatining kassatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.

Ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o‘z kassatsiya shikoyatini faqat ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishda kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqaradi va bu qaror bilan, agar sud qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsa, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish to‘g‘risidagi hujjat ishda qoldiriladi.

324¹⁹-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish tartibi

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish kassatsiya instansiyasida ko‘rilayotganda sud majlisi ish bo‘yicha raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini aniqlashtiradi, hozir bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, bildirilgan iltimosnomalarni hal qiladi.

Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni kassatsiya tartibida ko‘rish uchun monelik qilmaydi.

324¹⁹-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish tartibi (davomi)

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish holatlari, birinchi instansiya sudi qarorining mazmuni, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlari bayon etiladi.

Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir bo‘lgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar prokuror kassatsiya protesti bergan bo‘lsa, prokuror birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning so‘zlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud bo‘lganda yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.

Sud kassatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qo‘shimcha materiallarni hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini to‘liq hajmda tekshiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi.

Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.

Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

324¹⁹-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish tartibi (davomi)

Qarorning ko‘chirma nusxalari kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu Kodeksning 324¹¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

324²⁰-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324¹¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish)
  2. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
  3. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yiladigan talablar
  4. Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish). 324¹¹-modda: Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish).

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish)» qaysi moddada belgilangan?
  1. 324⁷-modda
  2. 324⁴-modda
  3. 324²-modda
  4. 324¹¹-modda

To‘g‘ri javob: 324¹¹-modda. 324¹¹-modda: Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish).

Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga qancha muddatda topshiriladi yoki yuboriladi?
  1. Besh sutkagacha bo‘lgan muddatda
  2. O‘n kungacha bo‘lgan muddatda
  3. Uch sutkagacha bo‘lgan muddatda
  4. Bir oygacha bo‘lgan muddatda

To‘g‘ri javob: Uch sutkagacha bo‘lgan muddatda. 324¹¹-moddaga ko‘ra ko‘chirma nusxa uch sutkagacha bo‘lgan muddatda topshiriladi yoki yuboriladi.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki chiqarib yuborish haqidagi qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini ko‘rish natijasida chiqarilgan qaror qachon ijro etuvchi organ va shaxs e’tiboriga yetkaziladi?
  1. Uch sutka o‘tgandan keyin
  2. O‘n kun o‘tgandan so‘ng
  3. Qaror qabul qilingan kuni
  4. Bir oy o‘tganidan so‘ng

To‘g‘ri javob: Qaror qabul qilingan kuni. 324¹¹-moddaga ko‘ra bunday qaror qabul qilingan kuni e’tiborga yetkaziladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324¹²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
  2. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori
  3. Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish
  4. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

To‘g‘ri javob: Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish. 324¹²-modda: Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 324¹²-modda
  2. 324⁷-modda
  3. 324¹⁰-modda
  4. 324¹³-modda

To‘g‘ri javob: 324¹²-modda. 324¹²-modda: Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish.

Kassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha qarorlari qaysi shart bilan ko‘rilishi mumkin?
  1. Agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilgan bo‘lsa
  2. Agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa
  3. Faqat prokuror talabi bilan
  4. Faqat qamoq jazosi bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa. 324¹²-moddaga ko‘ra kassatsiya tartibida faqat apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan qarorlar ko‘riladi.

Birinchi instansiya sudining qarori allaqachon apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan. Jabrlanuvchi Sevara xuddi shu qaror ustidan kassatsiya shikoyati bermoqchi. Bu mumkinmi?
  1. Yo‘q, kassatsiya tartibida faqat apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan qarorlar ko‘rilishi mumkin
  2. Ha, kassatsiya tartibida apellyatsiyada ko‘rilgan qarorlar ham har qanday sharoitda ko‘rilishi mumkin
  3. Ha, agar prokuror protest keltirsa, apellyatsiyada ko‘rilgan qaror ustidan kassatsiya shikoyati beriladi
  4. Ha, lekin faqat qaror chiqarilganidan boshlab bir yil ichida kassatsiya shikoyati berilishi mumkin

To‘g‘ri javob: Yo‘q, kassatsiya tartibida faqat apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan qarorlar ko‘rilishi mumkin. 324¹²-moddaga ko‘ra kassatsiyada faqat apellyatsiyada ko‘rilmagan qarorlar ko‘rib chiqiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (2/6)Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (4/6)