Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (4/6)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
324²¹-modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas.
324²²-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;
- 2) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;
- 3) qaror chiqarilgan ish;
- 4) kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi);
- 5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlarining mazmuni;
- 6) sudning kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari hamda sud amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
3-§. Taftish instansiyasi sudida ish yuritish
324²³-modda. Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud qarorlari
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida ko‘rib chiqiladi.
324²⁴-modda. Sud hujjatlari ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
324²⁵-modda. Sud hujjatlari ustidan taftish tartibida protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida protest keltirishga haqli.
324²⁶-modda. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladigan muddat
Shikoyat (protest) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, taftish instansiyasi sudi shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, agar uni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
324²⁷-modda. Taftish tartibida beriladigan shikoyatning (protestning) mazmuniga quyiladigan talablar
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) shikoyat (protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida ko‘radigan sudning nomi;
- 2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- 3) sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror chiqarilgan sana, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi;
- 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga ko‘ra qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
- 5) shikoyat (protest) bergan shaxs o‘z talablarini asoslayotgan dalillar;
- 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar ro‘yxati;
- 7) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi.
324²⁸-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish va shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko‘rib chiqish muddati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tekshirish uchun suddan taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bo‘yicha talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni talab qilib olish uchun ushbu Kodeksning 324²⁴-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlari sabab bo‘ladi.
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha bo‘lgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
324²⁹-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan protestni qaytarib olish huquqi protest keltirgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.
O‘ziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori chiqarilgan shaxs o‘z advokatining taftish tartibida berilgan shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o‘zining taftish tartibida berilgan shikoyatini faqat ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olishga taftish instansiyasi sudi alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish to‘g‘risidagi hujjat ishda qoldiriladi.
324³⁰-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqmasdan qaytarish
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda ko‘rib chiqilmasdan qaytariladi, agar:
- 1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁷-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
- 2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁴ va 324²⁵-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan bo‘lsa;
- 3) shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tkazilib berilgan bo‘lsa;
- 4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
- 5) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish taftish tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lmasa.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324²¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
- Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar
- Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish tartibi
- Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
To‘g‘ri javob: Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar. 324²¹-modda: Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
- 324⁸-modda
- 324²¹-modda
- 324¹³-modda
- 324⁵-modda
To‘g‘ri javob: 324²¹-modda. 324²¹-modda: Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladigan holat qaysi?
- Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi
- Sud hujjati matnining qisqa yozilganligi yoki ko‘lami kichikligi
- Sud majlisi ish soatidan keyin boshlanganligi va uzoq cho‘zilganligi
- Taraflardan birining sud hujjatidan umuman norozi bo‘lganligi
To‘g‘ri javob: Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi. 324²¹-moddaga ko‘ra, noqonuniylik, asoslantirilmaganlik va adolatsizlik kassatsiyada o‘zgartirish yoki bekor qilish asosi bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324²²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
- Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
- Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi
- Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
To‘g‘ri javob: Kassatsiya instansiyasi sudining qarori. 324²²-modda: Kassatsiya instansiyasi sudining qarori.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Kassatsiya instansiyasi sudining qarori» qaysi moddada belgilangan?
- 324¹³-modda
- 324³-modda
- 324²²-modda
- 324¹-modda
To‘g‘ri javob: 324²²-modda. 324²²-modda: Kassatsiya instansiyasi sudining qarori.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudining qarori qachondan boshlab qonuniy kuchga kiradi?
- Qaror ijroga yuborilgan kundan
- Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran
- Qaror e’lon qilinganidan o‘n kun o‘tgach
- Qarordan norozi tomon shikoyat muddati tugagan kundan
To‘g‘ri javob: Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran. 324²²-moddaga ko‘ra, kassatsiya qarori chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga ish bilan birga ijro etish uchun qancha muddatdan kechiktirmay yuboriladi?
- Chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n sutkadan
- Chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutkadan
- Chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan
- Chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan
To‘g‘ri javob: Chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan. 324²²-moddaga ko‘ra, qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ijro uchun yuboriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan qarorlarini taftish tartibida qaysi organ ko‘rib chiqadi?
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi maxsus taftish hay’ati
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati. 324²³-moddaga ko‘ra, bunday qarorlar Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida ko‘rib chiqiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash