Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (5/6)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
324³¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar
Taftish tartibida berilgan shikoyat unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo‘lgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Shikoyatni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- 1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida;
- 2) shikoyatni ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida.
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror to‘g‘risida uch sutka ichida xabar qilinadi.
324³²-modda. Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim
Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
- 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi ma’lumotlar;
- 4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana;
- 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni;
- 6) taftish tartibidagi shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish sabablari va asoslari.
Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning o‘rinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosari taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning shikoyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni ish bilan birga taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishga haqlidir.
324³³-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
- 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi ma’lumotlar;
- 4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana;
- 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni;
- 6) taftish tartibida berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish sabablari va asoslari;
- 7) ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish joyi va sanasi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni o‘zi chiqargan ajrim bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ish bilan birga o‘tkazadi.
324³⁴-modda. Shikoyat (protest) taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kiritilganligi to‘g‘risida uch sutka ichida xabardor qilinadi.
Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.
324³⁵-modda. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi, taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bilan birga kelib tushganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxsni, jabrlanuvchini, ularning qonuniy vakillarini, advokatni va ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organni taftish tartibida shikoyat (protest) berilganligi haqida, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma ushbu shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, ish taftish tartibida ko‘riladigan vaqt haqida ishni ko‘rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi.
324³⁶-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining sud majlisida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning ishtirok etishi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining sud majlisida taftish tartibida ko‘rishda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ ishtirok etishga haqli. Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.
Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.
324³⁷-modda. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rish tartibi
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Oliy sud sudyasi tomonidan taftish tartibida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning taftish tartibida berilgan shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini ma’lum qiladi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini aniqlashtiradi, hozir bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, bildirilgan iltimosnomalarni hal qiladi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida ko‘rish uchun monelik qilmaydi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish holatlari, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmuni, taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bayon etiladi.
324³⁷-modda. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rish tartibi (davomi)
Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir bo‘lgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar prokuror taftish tartibida protest keltirgan bo‘lsa, prokuror birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Taftish instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning so‘zlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud bo‘lganda yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.
Sud taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qo‘shimcha materiallarni hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini to‘liq hajmda tekshiradi.
Taftish instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi.
Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.
Ishni taftish tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida ushbu Kodeksning 308-moddasida belgilangan talablarga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.
324³⁸-modda. Ishni taftish tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- 1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;
- 2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish haqida;
- 3) ish bo‘yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
- 4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;
- 5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida;
- 6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida.
324³⁹-modda. Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarori
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;
- 2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko‘rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
- 3) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi);
- 4) taftish tartibida shikoyat (protest) berilgan qarorning qaror qismi mazmuni;
- 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning), ishni taftish tartibida ko‘rishda ishtirok etayotgan shaxslar e’tirozlarining va tushuntirishlarining mazmuni, shuningdek prokurorning fikri;
- 6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ko‘ruvchi sudning qarori.
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning qarorida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori qonuniy, asosli va adolatli deb topilganligining, shikoyat (protest) qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Qaror bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning qarorida qonunning qaysi normalari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki o‘zgartirilayotgan qarorning asossizligi va adolatsizligi nimadan iborat ekanligi vajlari ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarori sudya tomonidan imzolanadi.
324³⁹-modda. Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarori (davomi)
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarori sud majlisi zalida o‘qib eshittiriladi va chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ishni taftish tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan chiqarilgan qaror uzil-kesildir.
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning qarori uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
4-§. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish
324⁴⁰-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqi
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud o‘zi chiqargan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu paragrafda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324³¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxasini yuborish (topshirish)
- Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish tartibi
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar. 324³¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar» qaysi moddada belgilangan?
- 324⁸-modda
- 324-modda
- 324³¹-modda
- 324¹¹-modda
To‘g‘ri javob: 324³¹-modda. 324³¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, taftish tartibida shikoyat bo‘yicha Oliy sud sudyasi qaror qabul qilgach, shikoyat bergan shaxsga bu haqda qancha muddat ichida xabar qilinadi?
- Uch sutka ichida
- Bir oy ichida
- Besh sutka ichida
- O‘n kun ichida
To‘g‘ri javob: Uch sutka ichida. 324³¹-moddaga ko‘ra, shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch sutka ichida xabar qilinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, taftish shikoyatini o‘rganib chiqqan Oliy sud sudyasi o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan qaysi birini qabul qilishi mumkin?
- Shikoyatni ko‘rmasdan, ishni qo‘shimcha tekshirish uchun Bosh prokuraturaning tegishli bo‘limiga yuborish
- Shikoyatni ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish
- Shikoyat bergan shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish va unga nisbatan qo‘shimcha jarima tayinlash
- Jazo chorasini kuchaytirgan holda, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga qaytarish
To‘g‘ri javob: Shikoyatni ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish. 324³¹-moddaga ko‘ra, sudya yo asoslar mavjud emasligi haqida, yo shikoyatni sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida ajrim qabul qiladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324³²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim
- Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rish
- Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar
- Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori
To‘g‘ri javob: Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim. 324³²-modda: Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim» qaysi moddada belgilangan?
- 324¹⁰-modda
- 324²-modda
- 324³²-modda
- 324¹²-modda
To‘g‘ri javob: 324³²-modda. 324³²-modda: Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim.
Taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi Oliy sud sudyasining ajrimi ustidan shikoyat bergan shaxs kimga shikoyat qilishi mumkin?
- Bosh prokurorga yoki uning o‘rinbosariga
- Shu sudyaning o‘ziga yoki uning yordamchisiga
- Oliy sud raisiga yoki uning o‘rinbosariga
- Viloyat sudi raisiga yoki uning o‘rinbosariga
To‘g‘ri javob: Oliy sud raisiga yoki uning o‘rinbosariga. 324³²-moddaga ko‘ra, bunday ajrim ustidan Oliy sud raisiga yoki uning o‘rinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqaro Nazarov taftish shikoyatini bergan, ammo Oliy sud sudyasi qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emas, deb ajrim chiqardi. Nazarov bu ajrim ustidan Oliy sud raisiga shikoyat qildi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Rais ajrimni faqat Bosh prokuror roziligi bilan bekor qilishi mumkin
- Rais shikoyatni ko‘rib chiqmasdan qaytarishi shart, chunki bunday ajrim ustidan shikoyat qilib bo‘lmaydi
- Rais faqat sudya ajrimining to‘g‘riligini tasdiqlashi mumkin, uni bekor qila olmaydi
- Rais yoki uning o‘rinbosari ajrimni bekor qilib, shikoyatni ish bilan birga sudlov hay’atiga o‘tkazishga haqli
To‘g‘ri javob: Rais yoki uning o‘rinbosari ajrimni bekor qilib, shikoyatni ish bilan birga sudlov hay’atiga o‘tkazishga haqli. 324³²-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, rais yoki o‘rinbosari ajrimni bekor qilish va shikoyatni hay’atga o‘tkazishga haqli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash