Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (6/6)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
324⁴¹-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlarni qayta ko‘rish sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.
324⁴²-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari quyidagilardan iborat:
- 1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
- 2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib yolg‘on tarjima qilinganligi;
- 3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir etilgan jinoiy qilmishlari;
- 4) jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoxud iqtisodiy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoxud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.
324⁴³-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi.
Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirib berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Sud hujjati chiqarilgan paytdan e’tiboran bir yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
324⁴⁴-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) ariza berilayotgan sudning nomi;
- 2) ishda ishtirok etayotgan shaxslar (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;
- 3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini chiqargan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati chiqarilgan sana;
- 4) arizachining fikriga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladigan yangi ochilgan holat, hujjatlarga havola qilingan holda;
- 5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
- 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
- 1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari;
- 2) arizachi qayta ko‘rib chiqishni talab qilayotgan sud hujjatining ko‘chirma nusxasi;
- 3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
324⁴⁵-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo‘yilayotgan talablarga rioya etilgan holda berilgan ariza tegishli sudning ish yurituviga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish to‘g‘risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida sud qaror chiqaradi.
Qarorning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 324¹¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
324⁴⁶-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni aniqlasa, qaytaradi:
- 1) ariza ushbu Kodeksning 324⁴³ va 324⁴⁴-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilganligini;
- 2) ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilganligini va uni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud emasligini;
- 3) muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga ko‘ra ariza berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini.
Arizani qaytarish to‘g‘risida qaror chiqariladi.
Sudning arizani qaytarish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ariza bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
324⁴⁷-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqiladi.
Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
324⁴⁸-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan qaror
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda takroran ko‘radi.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, birinchi instansiya sudi chiqargan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qaysi sud tomonidan qayta ko‘riladi?
- Yuqori turuvchi apellyatsiya instansiyasi sudi
- Ariza berilgan hududdagi istalgan tuman sudi
- Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
- Ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sud
To‘g‘ri javob: Ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sud. 324⁴¹-moddaga ko‘ra, qaror uni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Fuqaro Qodirov ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qonuniy kuchga kirgach, ish uchun muhim bo‘lgan bir holatni aniqladi. Bu holat qaror chiqarilgan paytda ham mavjud bo‘lgan, ammo Qodirovga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Qaror kuchga kirgani sababli bunday holat sud hujjatini qayta ko‘rish asosi bo‘lmaydi
- Faqat qaror chiqarilgandan keyin vujudga kelgan holat qayta ko‘rish asosi bo‘ladi
- Bu holat yangi ochilgan holat sifatida sud hujjatini qayta ko‘rish asosi bo‘ladi
- Holat albatta sudyaga oldindan ma’lum bo‘lishi kerak, shundagina qayta ko‘rish asosi bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Bu holat yangi ochilgan holat sifatida sud hujjatini qayta ko‘rish asosi bo‘ladi. 324⁴²-moddaning 1-bandiga ko‘ra, hujjat qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, ammo arizachiga ma’lum bo‘lmagan muhim holat qayta ko‘rish asosi.
Quyidagilardan qaysi biri qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asosi bo‘ladi?
- Hukm bilan aniqlangan ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi yoki guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganligi
- Taraflardan birining sud majlisiga kelmaganligi yoki sud hujjati hajmining kattaligi hamda matnining murakkabligi
- Taraflardan birining qarorni adolatsiz deb hisoblashi va qarorning o‘zi bilan roziligi yo‘qligi hamda ish uzoq ko‘rilganligi
- Sud majlisi bayonnomasida kichik texnik xatolar bo‘lganligi yoki qarorning hajmi kattaligi sababli ish uzoq ko‘rilganligi
To‘g‘ri javob: Hukm bilan aniqlangan ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi yoki guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganligi. 324⁴²-moddaning 2-bandiga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan hukm bilan aniqlangan yolg‘on xulosa yoki ko‘rsatuv asos bo‘ladi.
Sodiqov to‘g‘risidagi sud hujjati tuman hokimligining qaroriga asoslanib qabul qilingan edi. Hujjat kuchga kirgach, hokimlikning bu qarori boshqa organ tomonidan bekor qilindi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Boshqa organ qarorining bekor qilinishi sud hujjatiga ta’sir qilmaydi va qayta ko‘rish asosi emas
- Sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan qarorning bekor qilinishi qayta ko‘rish asosi bo‘ladi
- Faqat hokimlikning o‘zi sud hujjatini qayta ko‘rishni talab qilishi mumkin, boshqa shaxslar emas
- Bu holat qayta ko‘rish uchun emas, faqat shikoyat berish uchun asos bo‘lishi mumkin xolos
To‘g‘ri javob: Sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan qarorning bekor qilinishi qayta ko‘rish asosi bo‘ladi. 324⁴²-moddaning 4-bandiga ko‘ra, sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi qayta ko‘rish asosi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza holatlar ochilgan kundan e’tiboran qancha muddatdan kechiktirmay beriladi?
- bir yildan
- uch oydan
- bir oydan
- olti oydan
To‘g‘ri javob: bir oydan. Ariza qayta ko‘rish asosi bo‘lgan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay beriladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 324⁴³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
- Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
- Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
- Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
To‘g‘ri javob: Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati. 324⁴³-modda: Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati» qaysi moddada belgilangan?
- 324¹³-modda
- 324⁵-modda
- 324⁴³-modda
- 324³-modda
To‘g‘ri javob: 324⁴³-modda. 324⁴³-modda: Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qancha muddatda berilishi kerak?
- Sud hujjati kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay
- Sud hujjati chiqarilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay
- Qayta ko‘rish asosi bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay
- Qayta ko‘rish asosi bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay
To‘g‘ri javob: Qayta ko‘rish asosi bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay. 324⁴³-moddaga ko‘ra, ariza holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay beriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash