Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish
Moddalar
56-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar
Fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar notijorat tashkilotlari hisoblanadi va o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning ustavlari ushbu Qonun talablariga javob beradigan qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyatiga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlar qo‘llanilmaydi.
Huquq egalarining turli huquqlari va turli toifalari bo‘yicha alohida tashkilotlarni yoki bir toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ko‘zlab turli huquqlarni boshqaruvchi tashkilotlarni yoxud turli toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ko‘zlab, huquqlarning bir turini boshqaruvchi tashkilotlarni tuzishga yo‘l qo‘yiladi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
57-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyati
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish uchun vakolatlar bevosita huquq egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda yozma shartnomalar asosida, shuningdek mulkiy huquqlarni boshqarishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar (shu jumladan chet el tashkilotlari) bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bo‘yicha beriladi. Bunday shartnomalar mualliflik shartnomasi hisoblanmaydi va ushbu Qonunning 38—42-moddalari qoidalari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Muallif yoki boshqa huquq egasi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga shartnoma bo‘yicha o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish uchun vakolatlar berishga haqlidir, tashkilot esa, agar bunday huquqlarni boshqarish shu tashkilotning ustavida ko‘rsatilgan faoliyatiga taalluqli bo‘lsa, bu huquqlarni jamoaviy asosda amalga oshirishni o‘z zimmasiga olishi shart. Muallif yoki boshqa huquq egasi o‘z mulkiy huquqlari yoki huquqini amalga oshirish vakolatlarini tegishli toifadagi huquq egalarining mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi faqat bitta tashkilotga berishga haqlidir.
Haq miqdori va foydalanuvchilar bilan asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzish shartlari, yig‘ilgan haqni taqsimlash va to‘lash usuli hamda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot faoliyatining boshqa muhim masalalari xususidagi qarorlarni qabul qilish faqat mualliflar yoki boshqa huquq egalari tomonidan umumiy yig‘ilishda kollegial tarzda amalga oshiriladi.
57-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyati (davomi)
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot huquq egalaridan olingan vakolatlar asosida foydalanuvchilar bilan asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish uchun shartnomalar tuzadi. Shartnomalarning shartlari foydalaniladigan asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining turi va hajmiga qarab aniqlanadigan bitta toifadagi barcha foydalanuvchilar uchun bir xil bo‘lishi kerak. Mazkur tashkilotlar foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzishni yetarlicha asoslarsiz rad etishga haqli emas. Bunday shartnomalar ularda nazarda tutilgan usullar bilan barcha asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishga ruxsat beradi hamda barcha huquq egalarining, shu jumladan ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va oltinchi qismlariga muvofiq tashkilotga vakolatlarini bermagan huquq egalarining nomidan hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etiladi. Huquq egalarining foydalanuvchilarga nisbatan bunday shartnomalar asosida ularning asarlaridan va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha ehtimol tutilgan mulkiy e’tirozlari shartnomalar tuzgan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan tartibga solinishi kerak.
Foydalanuvchilar mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek haqni yig‘ish, taqsimlash va to‘lash uchun zarur bo‘ladigan boshqa ma’lumotlar hamda hujjatlarni taqdim etishlari shart. Ma’lumotlar va hujjatlarning ro‘yxati mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar foydalanuvchilar bilan tuzadigan shartnomalarda belgilanadi.
57-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyati (davomi)
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar jamoaviy asosda boshqarish uchun olingan asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishni amalga oshirishga haqli emas.
58-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning huquqlari
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
to‘lanadigan haq miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olish;
bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish;
tashkilot to‘lanadigan haqni yig‘ish bilan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda shartnoma tuzmasdan shug‘ullangan taqdirda, bunday haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish;
shartnomalarda nazarda tutilgan haqni va (yoki) ushbu qismning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan haqni yig‘ish, taqsimlash va to‘lash;
bunday tashkilot o‘zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish;
shunday tashkilot tomonidan belgilangan tartibda asarlarni va (yoki) turdosh huquqlar obyektlarini, shuningdek asarlarga va (yoki) turdosh huquqlar obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olishni va (yoki) saqlashga topshirishni amalga oshirish.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot huquq egalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
59-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning majburiyatlari
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarayotgan tashkilot:
haq to‘lash bilan bir vaqtda huquq egalariga ularning huquqlaridan foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisobotlarni taqdim etishi;
ushbu Qonun 58-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi qoidalariga muvofiq yig‘ilgan haqdan faqat huquq egalariga taqsimlash va to‘lash uchun foydalanishi. Bunda tashkilot yig‘ilgan haqdan bunday haqni yig‘ish, taqsimlash va to‘lash bo‘yicha o‘zining haqiqiy xarajatlarini qoplash summalarini, shuningdek shu tashkilot tomonidan o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining roziligi bilan va ularning manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan maxsus fondlarga yo‘naltiriladigan summalarni chegirib tashlashga haqlidir;
yig‘ilgan haq summalarini, ushbu qismning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan summalarni chegirib tashlagan holda, asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan amalda foydalanilishiga mutanosib ravishda taqsimlashi va muntazam to‘lab borishi;
yig‘ilgan haqni bevosita huquq egalariga taqsimlashi hamda to‘lashi va (yoki) uni huquq egalariga taqsimlash va to‘lash uchun tegishli toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlarga shu tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlar asosida o‘tkazishi;
talab qilib olinmagan haqni huquq egalarini qidirish choralarini ko‘rgan holda, u tashkilot hisobiga tushgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida saqlab turishi shart. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, tashkilot talab qilib olinmagan haqni taqsimlanadigan summalarga qo‘shib yuborishga yoki uni tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, faqat shu huquq egalarining roziligi bilan va ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa maqsadlarga qaratishga haqlidir.
59-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning majburiyatlari (davomi)
Tashkilotga ushbu Qonun 58-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan haqni yig‘ishga nisbatan vakolatlar bermagan huquq egalari amalga oshirilgan taqsimlashga muvofiq ularga tegishli haqning to‘lanishini, shuningdek o‘z asarlarini yoki turdosh huquqlar obyektlarini bu tashkilot tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etilgan shartnomalardan chiqarib tashlashni tashkilotdan talab qilishga haqlidir.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot zimmasida huquq egalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida va qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
60-modda. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot maxsus vakolatli davlat organiga quyidagi axborotni taqdim etishi shart:
tashkilotning ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar to‘g‘risida;
tashkilot shunga o‘xshash huquqlarni boshqaruvchi chet el tashkilotlari bilan tuzadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar to‘g‘risida;
umumiy yig‘ilish qarorlari to‘g‘risida;
yillik balans, yillik hisobot, shu jumladan talab qilib olinmagan haqlar haqidagi ma’lumotlar va tashkilot faoliyatining auditorlik tekshiruvi to‘g‘risida;
tashkilot nomidan ish ko‘rishga vakolatli shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi to‘g‘risida.
Maxsus vakolatli davlat organi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotdan uning faoliyati o‘z ustaviga va qonunchilikka muvofiqligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot talab qilib olishga haqlidir.
Bilimingizni sinang
«Mualliflik huquqi» qonuni — 56-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ijro yozuvini prokatga berish huquqi
- Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar
- Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning majburiyatlari
- Fonogrammadan foydalanganlik uchun haq to‘lash
To‘g‘ri javob: Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar. 56-modda: Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar.
«Mualliflik huquqi» qonuni: «Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar» qaysi moddada belgilangan?
- 59-modda
- 49-modda
- 51-modda
- 56-modda
To‘g‘ri javob: 56-modda. 56-modda: Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar qanday tashkilotlar hisoblanadi?
- Tijorat bank tashkilotlari
- Davlat unitar korxonalari
- Xususiy tijorat firmalari
- Notijorat tashkilotlari
To‘g‘ri javob: Notijorat tashkilotlari. 56-moddaga ko‘ra bunday tashkilotlar notijorat tashkilotlari hisoblanadi va ustav asosida ishlaydi.
Jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatiga nisbatan nima qo‘llanilmaydi?
- Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlar
- Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan umumiy talablar
- Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan umumiy qoidalar
- Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va cheklashlar
To‘g‘ri javob: Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlar. 56-moddaga ko‘ra ularga raqobat qonunchiligidagi cheklashlar qo‘llanilmaydi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartlari va tartibini kim belgilaydi?
- Adliya vazirligi
- Prezident
- Oliy sud
- Vazirlar Mahkamasi
To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi. 56-moddaga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari va tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Mualliflar, ijrochilar va fonogramma tayyorlovchilari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish uchun nima tuzishga haqli?
- Mulkiy huquqlarni boshqaruvchi maxsus davlat organlari
- Mulkiy huquqlarni himoya qiluvchi maxsus sud muassasalari
- Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar
- Mulkiy huquqlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari
To‘g‘ri javob: Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar. 56-moddaga ko‘ra huquq egalari mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqli.
Jamoaviy boshqarish uchun vakolatlar huquq egalari tomonidan qanday beriladi?
- Majburiy tartibda, davlat organi buyrug‘iga ko‘ra
- Og‘zaki kelishuvlar asosida, yozma shaklsiz
- Faqat sud qarori asosida majburiy ravishda
- Ixtiyoriy ravishda yozma shartnomalar asosida
To‘g‘ri javob: Ixtiyoriy ravishda yozma shartnomalar asosida. 57-moddaga ko‘ra vakolatlar ixtiyoriy ravishda yozma shartnoma asosida beriladi.
Huquq egasi bilan jamoaviy boshqarish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga nisbatan qaysi moddalar tatbiq etilmaydi?
- 38—42-moddalar
- 1—5-moddalar
- 10—12-moddalar
- 50—55-moddalar
To‘g‘ri javob: 38—42-moddalar. 57-moddaga ko‘ra bunday shartnomalar mualliflik shartnomasi hisoblanmaydi va 38—42-moddalar tatbiq etilmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash