Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
Iv Bo‘Lim. Ota-Ona Hamda Voyaga Yetmagan Bolalarning Huquq Va Majburiyatlari
90-modda. Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o‘rtasidagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi.
Voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo‘lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonunchiligida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
91-modda. Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki
Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
92-modda. Ota-ona va bolalarning umumiy mulki
Ota-ona va o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
93-modda. Bolalarning oiladagi xususiy mulki
Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar.
Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shgan mablag‘i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo‘lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.
94-modda. Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda boshqaradilar va tasarruf etadilar.
95-modda. Ota-ona va bolalar o‘rtasidagi mulkiy nizolarni hal qilish
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida kelib chiqqan mulkiy nizolar sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi. Bunday hollarda voyaga yetmagan bolalarning huquqini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bilimingizni sinang
Oila kodeksi — 90-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
- Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish
- Sudda bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda vasiylik va homiylik organining ishtiroki
- Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda bolani olish
To‘g‘ri javob: Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari. 90-modda: Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari.
Oila kodeksi: «Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 90-modda
- 88-modda
- 94-modda
- 87-modda
To‘g‘ri javob: 90-modda. 90-modda: Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari.
Oila kodeksiga ko‘ra ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan qanday huquqqa ega?
- Mol-mulkning yarmiga mulkdor bo‘lish huquqiga
- Mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas
- Mol-mulkni mustaqil tasarruf etish huquqiga
- Mol-mulkning uchdan bir qismiga mulkdor bo‘lish huquqiga
To‘g‘ri javob: Mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas. 90-modda: ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Ona Shahlo 9 yoshli o‘g‘lining ta’minoti uchun olingan nafaqani o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarfladi. Oila kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Nafaqa onaning shaxsiy mulki bo‘lgani uchun uni o‘zi xohlagan ehtiyojlarga sarflashga haqli
- Nafaqa ona tasarrufida bo‘lgani uchun uni oilaning umumiy ehtiyojlari uchun sarflashga haqli
- Nafaqa bolaning ta’minoti, tarbiyasi uchun sarflanishi kerak, lekin ta’lim olishi uchun sarflash mumkin emas
- Nafaqa ona tasarrufida bo‘lsa-da, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak
To‘g‘ri javob: Nafaqa ona tasarrufida bo‘lsa-da, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak. 90-modda: bolaning ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, nafaqa ota yoki ona tasarrufida bo‘lib, bola ta’minoti, tarbiyasi va ta’limi uchun sarflanishi kerak.
Ota-ona va bolalar o‘rtasidagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi qaysi hujjat bilan belgilanadi?
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 90-modda: umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi.
Oila kodeksi — 91-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
- Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati
- Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki
- Bolaning sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan ko‘rishishi
To‘g‘ri javob: Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki. 91-modda: Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki.
Oila kodeksi: «Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki» qaysi moddada belgilangan?
- 96-modda
- 91-modda
- 89-modda
- 85-modda
To‘g‘ri javob: 91-modda. 91-modda: Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki.
Oila kodeksiga ko‘ra ota-ona va bolalar birga yashab turganda ularning alohida-alohida mulkiga egalik qilish va undan foydalanish qanday amalga oshirilishi mumkin?
- Faqat vasiylik va homiylik organi ruxsati bilan
- Faqat sud qarori bilan
- Bir-birlarining roziligi bilan
- Bir tomonning xohishi bilan
To‘g‘ri javob: Bir-birlarining roziligi bilan. 91-modda: birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash