XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Oila kodeksi · 96–102-m.

Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari (1/3)

V Bo‘Lim. Oila A’Zolarining Va Boshqa Shaxslarning Aliment Majburiyatlari

96-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.

Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir.

Ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli.

97-modda. Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi

Voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.

98-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash tartibi

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibini o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.

Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak.

99-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

100-modda. Ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment to‘lashi

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.

101-modda. Ota-onaning voyaga yetgan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori

Ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

102-modda. Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdorini aniqlash tartibi

Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Voyaga yetmagan bola ta’minoti uchun ota yoki onadan aliment undirish to‘g‘risida bola o‘zi da’vo qo‘zg‘atishi uchun necha yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak?
  1. o‘n yoshga
  2. o‘n to‘rt yoshga
  3. o‘n sakkiz yoshga
  4. o‘n olti yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n to‘rt yoshga. O‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola ota yoki onadan aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘ata oladi.

Oila kodeksi — 96-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish
  2. Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
  3. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati
  4. Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdorini aniqlash tartibi

To‘g‘ri javob: Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati. 96-modda: Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati.

Oila kodeksi: «Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati» qaysi moddada belgilangan?
  1. 102-modda
  2. 90-modda
  3. 96-modda
  4. 94-modda

To‘g‘ri javob: 96-modda. 96-modda: Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati.

Oila kodeksiga ko‘ra ota-ona voyaga yetmagan bolalariga nisbatan qanday majburiyatga ega?
  1. Ularga ta’minot berishi shart
  2. Ta’minot berish ularning ixtiyoriga bog‘liq
  3. Ta’minotni faqat ona berishi shart
  4. Ta’minotni bola o‘n to‘rt yoshga to‘lgunga qadar berishi shart

To‘g‘ri javob: Ularga ta’minot berishi shart. 96-modda: ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.

Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy bajarmagan ota (ona)dan aliment qanday asosda undiriladi?
  1. Faqat sudning hal qiluv qaroriga, sud buyrug‘iga ko‘ra emas
  2. Mahalla qaroriga yoki hokimning farmoyishiga ko‘ra
  3. Sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga ko‘ra
  4. Vasiylik organining qaroriga yoki prokuror taqdimnomasiga

To‘g‘ri javob: Sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga ko‘ra. 96-modda: aliment sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan undiriladi.

15 yoshli Sevara ota-onasidan aliment olmayapti; ota-ona o‘rtasida aliment to‘lash haqida kelishuv yo‘q, ularning birortasi ham sudga murojaat qilmagan. Oila kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Faqat Sevaraning ota-onasidan biri aliment undirish haqida da’vo qo‘zg‘atishga haqli, Sevara va organ emas
  2. Sevara da’vo qo‘zg‘atishga haqli emas, chunki o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, vasiylik organi esa haqli
  3. Vasiylik va homiylik organi da’vo qo‘zg‘atishga haqli emas, faqat prokuror va Sevaraning o‘zi haqli
  4. Sevara ham, vasiylik va homiylik organi ham ota yoki onadan aliment undirish haqida da’vo qo‘zg‘atishga haqli

To‘g‘ri javob: Sevara ham, vasiylik va homiylik organi ham ota yoki onadan aliment undirish haqida da’vo qo‘zg‘atishga haqli. 96-modda: bunday hollarda vasiylik va homiylik organlari va o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola da’vo qo‘zg‘atishga haqli.

Oila kodeksi — 97-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ota-ona va bolalarning umumiy mulki
  2. Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki
  3. Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi
  4. Ota-onaning voyaga yetgan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori

To‘g‘ri javob: Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi. 97-modda: Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi.

Oila kodeksi: «Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 91-modda
  2. 92-modda
  3. 101-modda
  4. 97-modda

To‘g‘ri javob: 97-modda. 97-modda: Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOta-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlariKeyingi →Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari (2/3)