Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari (3/3)
V Bo‘Lim. Oila A’Zolarining Va Boshqa Shaxslarning Aliment Majburiyatlari
110-modda. Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.
Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
111-modda. Ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qo‘shimcha xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin.
112-modda. Nizo sudda hal etilgunga qadar aliment undirish
Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida ota (ona) deb yozilgan shaxsdan aliment undirish to‘g‘risidagi nizo uzil-kesil hal etilgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha undan ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
113-modda. Bolalarni ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilish
Agar sud ota-onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
114-modda. Aliment undirish to‘g‘risidagi sud qarorini ijro etish
Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi.
115-modda. Sudning bir necha hal qiluv qarorlari bo‘yicha undiriladigan aliment miqdorini belgilash
Boshqa-boshqa ota-onadan tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment to‘lovchi ota (ona) aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i kimning foydasiga chiqqan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi mumkin.
Sud sudlarning barcha hal qiluv qarorlariga binoan to‘lanishi lozim bo‘lgan, ushbu Kodeks 99-moddasida belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda, bolalarga nisbatan sudlarning hal qiluv qarorlari mavjud bo‘lsa, ularning har biriga tegishli bo‘lgan alimentning teng ulushdagi yangi miqdorini belgilaydi.
Alimentning miqdorini kamaytirishga asos bo‘lgan holatlar tugagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalari uchun aliment oluvchi shaxs ushbu Kodeksning 99-moddasida ko‘rsatilgan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
116-modda. Aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik
Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar ushbu Kodeksning 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ota-onasiga moddiy yordam berish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarorlarini bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan ota-onaga undirilayotgan aliment miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining necha foizidan kam bo‘lmasligi kerak?
- 33 foizidan
- 11,75 foizidan
- 5 foizidan
- 26,5 foizidan
To‘g‘ri javob: 11,75 foizidan. Voyaga yetgan bolalardan undirilayotgan aliment mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oila kodeksi — 110-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning ta’minot talab qilish huquqi
- Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi
- Nizo sudda hal etilgunga qadar aliment undirish
- Ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar
To‘g‘ri javob: Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi. 110-modda: Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi.
Oila kodeksi: «Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi» qaysi moddada belgilangan?
- 112-modda
- 111-modda
- 108-modda
- 110-modda
To‘g‘ri javob: 110-modda. 110-modda: Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi.
Oila kodeksiga ko‘ra voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan ota-onaga undirilayotgan aliment miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining necha foizidan kam bo‘lmasligi kerak?
- 11,75 foizdan
- 26,5 foizdan
- 15 foizdan
- 50 foizdan
To‘g‘ri javob: 11,75 foizdan. 110-modda: miqdor mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Nogiron ona Zulfiya uch nafar voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandining faqat bittasi — Jahongirdan aliment undirish haqida da’vo qo‘ydi. Aliment miqdorini belgilashda sud qanday yo‘l tutishi lozim?
- Faqat Jahongirning daromadini hisobga oladi
- Faqat eng katta farzandning daromadini hisobga oladi
- Mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga oladi
- Boshqa farzandlar qo‘shilmaguncha da’voni ko‘rmaydi
To‘g‘ri javob: Mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga oladi. 110-modda: da’vo bir farzandga qo‘yilgan bo‘lsa ham, sud mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya nima qilishi mumkin?
- Aliment undirishni nizo hal bo‘lgunga qadar to‘xtatib qo‘yish haqida ajrim chiqarishi
- Nizoni hal qilmay, uni prokurorga yuborish haqida ajrim chiqarishi
- Hech qanday summa ko‘rsatmay, ishni tugatish haqida ajrim chiqarishi
- Vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi
To‘g‘ri javob: Vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi. 110-modda: sudya nizo hal bo‘lgunga qadar vaqtincha to‘lanadigan summani ko‘rsatib ajrim chiqarishi mumkin.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasa, ta’minot miqdori qanday belgilanadi?
- Bolalarning faqat moddiy ahvolini hisobga olib, ota-onaning ixtiyoriy kelishuviga asosan
- Bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, sudning hal qiluv qaroriga asosan
- Ota-onaning yoshini hisobga olib, mahalla fuqarolar yig‘inining qaroriga asosan
- Bolalarning oilaviy ahvolini hisobga olmay, qat’iy summada, notarial tasdiqqa asosan
To‘g‘ri javob: Bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, sudning hal qiluv qaroriga asosan. 110-modda: miqdor bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.
Oila kodeksi — 111-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bolalarni ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilish
- Aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik
- Ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi
- Ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar
To‘g‘ri javob: Ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar. 111-modda: Ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash