Alimentlarni to‘lash va undirish tartibi (2/2)
V Bo‘Lim. Oila A’Zolarining Va Boshqa Shaxslarning Aliment Majburiyatlari
142-modda. Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to‘laydi.
Aliment oluvchi aliment o‘z vaqtida to‘lanmaganligida aybdor aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsdan aliment to‘lash majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.
143-modda. Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi
Aliment qarshi qo‘yilgan boshqa talablar bilan hisobga o‘tkazilishi mumkin emas.
Alimentni qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
aliment oluvchi tomonidan yolg‘on ma’lumotlar berish yoki qalbaki hujjatlar taqdim etish oqibatida aliment undirish to‘g‘risida chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;
aliment oluvchi tomonidan aldash, qo‘rqitish yoki zo‘rlik ta’siri ostida tuzilgan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv haqiqiy emas deb topilganda;
aliment to‘lanishiga asos bo‘lgan sudning hal qiluv qarori, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan aniqlanganda.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar voyaga yetmagan bolaning yoki voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, aliment qaytarib olinmaydi, to‘langan aliment summalari esa, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning da’vosiga ko‘ra aybdor vakildan undiriladi.
144-modda. Alimentni indeksatsiya qilish
Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
145-modda. Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs chet davlatga ketayotganida aliment to‘lanishi
Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan ushbu Kodeksning 130—134-moddalariga asosan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart.
Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi.
Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
146-modda. Aliment miqdorini o‘zgartirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish
Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o‘zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko‘ra alimentning belgilangan miqdorini o‘zgartirishga yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsni aliment to‘lashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini o‘zgartirishda yoki uni to‘lashdan ozod qilishda sud taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.
Davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lashi shart bo‘lgan otani yoki onani aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
147-modda. Aliment majburiyatlarining tugatilishi
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining o‘limi, mazkur kelishuv muddatining o‘tishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tugaydi.
Sud tartibida undiriladigan aliment to‘lash:
bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lganda;
foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda;
sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo‘lmay qolgan deb topganda;
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda;
aliment oluvchi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.
Bilimingizni sinang
Sud qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelsa, neustoyka qaysi muddat uchun hisoblanadi?
- har bir oy uchun
- har bir kun uchun
- har bir hafta uchun
- har bir chorak uchun
To‘g‘ri javob: har bir kun uchun. Aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmagan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.
Oila kodeksi — 142-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Aliment qarzini to‘lashdan ozod qilish
- Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik
- Aliment miqdorini o‘zgartirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish
- Ish beruvchining (tashkilot ma’muriyatining) aliment ushlab qolish majburiyati
To‘g‘ri javob: Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik. 142-modda: Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik.
Oila kodeksi: «Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik» qaysi moddada belgilangan?
- 141-modda
- 142-modda
- 137-modda
- 146-modda
To‘g‘ri javob: 142-modda. 142-modda: Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik.
Oila kodeksiga ko‘ra, sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelsa, u aliment oluvchiga qanday neustoyka to‘laydi?
- Kechiktirilgan har bir oy uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida
- To‘lanmay qolgan aliment summasining o‘n foizi miqdorida bir martalik
- Kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining bir foizi miqdorida
- Kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida
To‘g‘ri javob: Kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida. 142-moddaga ko‘ra neustoyka kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmagan summaning o‘ndan bir foizini tashkil etadi.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq to‘lovchining aybi bilan qarz vujudga kelsa, aybdor shaxs qanday tartibda javobgar bo‘ladi?
- Sud tomonidan belgilanadigan tartibda, kelishuvdan qat’i nazar
- Fuqarolar yig‘ini qaroriga muvofiq tartibda
- Vasiylik va homiylik organi belgilagan tartibda
- Kelishuvda belgilangan tartibda
To‘g‘ri javob: Kelishuvda belgilangan tartibda. 142-moddaning birinchi qismiga ko‘ra kelishuv bo‘yicha qarz uchun javobgarlik shu kelishuvda belgilangan tartibda bo‘ladi.
Aliment oluvchining aliment o‘z vaqtida to‘lanmaganligidan yetkazilgan zararga nisbatan qanday huquqi bor?
- Zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismini aybdor to‘lovchidan undirishga haqli emas
- Zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismini ham aybdor to‘lovchidan undirishga haqli
- Faqat neustoykani undirishga haqli, zararning qolgan qismini undirishga huquqi yo‘q
- Zarar uchun faqat sud ruxsati bilan alohida da’vo qilib, aybdordan neustoykani undirishga haqli
To‘g‘ri javob: Zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismini ham aybdor to‘lovchidan undirishga haqli. 142-moddaning uchinchi qismi neustoyka bilan qoplanmagan zararni ham undirishga imkon beradi.
Oila kodeksi — 143-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi
- Aliment qarzining miqdorini belgilash
- Aliment majburiyatlarining tugatilishi
- Aliment miqdorini o‘zgartirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish
To‘g‘ri javob: Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi. 143-modda: Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi.
Oila kodeksi: «Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi» qaysi moddada belgilangan?
- 140-modda
- 143-modda
- 147-modda
- 146-modda
To‘g‘ri javob: 143-modda. 143-modda: Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash