XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Referendum to‘g‘risida» qonun · 11–21-m.

Referendumni o‘tkazish tashabbusi (2/5)

Moddalar

11-modda. Referendumni o‘tkazish tashabbusi

Referendumni o‘tkazish tashabbusi bilan:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan subyektlar referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni ko‘rsatishda, referendumga qo‘yiladigan qonun loyihasini yoki o‘zga qaror loyihasini ishlab chiqishda, shuningdek masala ta’rifini (mohiyatining aniq ifodasini) belgilashda teng huquqlarga egadirlar.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari agar, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi to‘plangan bo‘lsa, basharti bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir ma’muriy-hududiy tuzilma (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) bo‘yicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tashabbusi huquqini amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasining referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan har bir fuqarosi yoki fuqarolar guruhi referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun kamida yuz kishidan iborat tashabbuskor guruhni tuzishi mumkin.

Fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili guruhni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

fuqarolar tashabbuskor guruhi a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ro‘yxati;

fuqarolar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining vakolatli vakilni tayinlash to‘g‘risidagi qarori va uning nomiga qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;

fuqarolar tashabbuskor guruhi referendum o‘tkazish to‘g‘risida tashabbus ko‘rsatib qaror qabul qilgan yig‘ilishining bayoni;

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi (davomi)

referendumga olib chiqish uchun fuqarolar tashabbuskor guruhi taklif etayotgan masalaning (masalalarning) ta’rifi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlagach, ular tushgan kundan e’tiboran besh kun ichida fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli vakilga tegishli ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi beriladi.

Fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish rad etilgani taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi asosli javob beradi.

Fuqarolar tashabbuskor guruhi o‘zining vakolatli vakili ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini olganidan keyingina referendumni o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘plashga haqlidir. Bunda fuqarolarning ilgari to‘plangan imzolari hisobga olinmaydi. Fuqarolar tashabbuskor guruhiga berilgan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi uch oy mobaynida haqiqiydir. Imzolar to‘plash bo‘yicha xarajatlarni fuqarolar tashabbuskor guruhi qiladi.

Imzo varaqasida referendumga qo‘yilayotgan masalaning ta’rifi bo‘lishi kerak.

Fuqarolar imzo varaqasida o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatadilar.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi (davomi)

Referendumga qonun loyihasi qo‘yilgan taqdirda, imzolar to‘plashni o‘tkazayotgan shaxs fuqaroning talabiga binoan shu qonun loyihasining matnini taqdim etishi kerak.

Imzo varaqasini imzolarni to‘plagan shaxs, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili tasdiqlaydilar, bunda ular o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqamini ko‘rsatadilar.

Fuqarolarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘quv, turar joyida, shuningdek tashviqot qilish va imzolar to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda o‘tkaziladi. Bunda imzolar to‘playotgan shaxs fuqarolarni har qanday shaklda majburlashi va o‘ziga og‘dirib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imzolar to‘planganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida jildlarga tikilgan imzo varaqalari, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhining yakuniy bayoni fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.

Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini tekshiradi va imzo varaqalari tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga o‘z xulosasini yuboradi hamda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini xabardor qiladi.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi (davomi)

Agar tekshirish natijasida imzolarni qalbakilashtirish hollari, ushbu Qonunning boshqa buzilishlari aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbus haqiqiy emasligi haqida qaror chiqaradi. Mazkur qaror nusxasi fuqarolar tashabbuskor guruhiga yuboriladi.

13-modda. Referendum tayinlash huquqi

Referendum O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o‘tkazish tashabbuskori bo‘lgan taqdirda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat etishi yoki referendum o‘tkazish to‘g‘risida o‘z qarorini qabul qilishi mumkin.

Referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni referendum tayinlanganda ma’qullanadi.

14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni va mas’ul qo‘mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:

referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;

referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida;

referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum o‘tkazmasdan turib qabul qilish haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki ma’nodagi ta’rif bilan referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun bir yil o‘tganidan keyingina takroran kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorini, shuningdek mas’ul qo‘mitaning mazkur masala bo‘yicha xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:

14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi (davomi)

referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;

referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mazkur masalaga doir qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilgan kundan e’tiboran kechi bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarida uni o‘tkazish sanasi belgilanadi, bunda ovoz berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha bo‘lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.

III. REFERENDUM UCHASTKALARI

16-modda. Referendum uchastkalari

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tuzilgan saylov uchastkalari referendum o‘tkazish davrida referendum uchastkalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida saylov uchastkalarini tuzish uchun belgilangan tartibda tuziladi.

IV. REFERENDUM O‘TKAZUVCHI KOMISSIYALARNI TUZISH VA ULARNING VAKOLATLARI

17-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar

Referendumni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;

hududiy komissiyalar — viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari;

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida hududiy komissiyalarning ushbu Qonunda nazarda tutilgan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.

Referendum o‘tkazish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat, tuman va shahar hokimiyat vakillik organlariga saylovlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tegishli saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi mumkin.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:

hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi;

hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yo‘riqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;

O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli hududga biriktirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;

hududiy komissiyalarning tarkibi va joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;

agar hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;

referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablag‘larini hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga taqsimlaydi, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;

siyosiy partiyalarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;

referendumda ovoz berish byulletenlarining, referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namunalari hamda shakllarini, ovoz berish qutilarining va hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari muhrlarining namunalarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;

hududiy komissiyalar, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlarini eshitadi;

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

referendumning natijalarini aniqlaydi va referendum yakunlarini e’lon qiladi;

ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Qonunning talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

xorijiy mamlakatlardagi referendumlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;

xalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini referendumni kuzatish uchun taklif etadi;

referendumni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va saylov to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

19-modda. Hududiy komissiyalarni tuzish

Hududiy komissiyalar O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

20-modda. Hududiy komissiyaning vakolatlari

Hududiy komissiya:

tegishli hududda ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;

referendum uchastkalarini tuzadi, hudud bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

mablag‘larni referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va tegishli hududda referendumni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;

referendumga qo‘yilgan masalaning mazmunini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositalariga ko‘maklashadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;

ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini ovoz berish byulletenlari bilan ta’minlaydi;

tegishli hudud bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

20-modda. Hududiy komissiyaning vakolatlari (davomi)

ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Qonun talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.

Hududiy komissiyaning ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan vakolatlari saylov to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.

21-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin hududiy komissiya tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur bo‘lgan hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini ularning rahbari amalga oshiradi.

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum o‘tkazuvchi hududiy komissiyaga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

Bilimingizni sinang

Referendum o‘tkazish tashabbusi huquqini amalga oshirish uchun referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar umumiy sonining kamida qancha qismi imzosi to‘planishi kerak?
  1. besh foizi
  2. bir foizi
  3. uch foizi
  4. o‘n foizi

To‘g‘ri javob: besh foizi. Tashabbus uchun huquqli fuqarolar umumiy sonining kamida besh foizi imzosi to‘planishi lozim.

Referendum tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun tuziladigan fuqarolar tashabbuskor guruhi kamida necha kishidan iborat bo‘ladi?
  1. yuz kishidan
  2. besh yuz kishidan
  3. ellik kishidan
  4. o‘n kishidan

To‘g‘ri javob: yuz kishidan. Imzolar to‘plash uchun kamida yuz kishidan iborat tashabbuskor guruh tuziladi.

«Referendum to‘g‘risida» qonun — 12-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda oshkoralik
  2. Referendum to‘g‘risidagi qonunchilik
  3. Kuzatuvchilarning huquqlari
  4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi. 12-modda: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi.

«Referendum to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 4-modda
  2. 12-modda
  3. 9-modda
  4. 7-modda

To‘g‘ri javob: 12-modda. 12-modda: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi.

Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar tushgan kundan e’tiboran necha kun ichida fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi?
  1. uch kun
  2. o‘n besh kun
  3. o‘n kun
  4. besh kun

To‘g‘ri javob: besh kun. Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar tushgan kundan besh kun ichida guruhni ro‘yxatga olish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Fuqarolar tashabbuskor guruhiga berilgan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi qancha muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi?
  1. olti oy
  2. uch oy
  3. bir oy
  4. bir yil

To‘g‘ri javob: uch oy. Tashabbuskor guruhning ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi uch oy mobaynida haqiqiydir.

Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari tushgan kundan e’tiboran necha kun ichida o‘z xulosasini Qonunchilik palatasiga yuboradi?
  1. besh kun
  2. o‘n besh kun
  3. uch kun
  4. o‘n kun

To‘g‘ri javob: o‘n kun. Komissiya imzo varaqalari tushgan kundan o‘n kun ichida xulosasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuboradi.

«Referendum to‘g‘risida» qonun — 13-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Hududiy komissiyalarni tuzish
  2. Referendum tayinlash huquqi
  3. Hududiy komissiyaning vakolatlari
  4. Referendumni o‘tkazish tashabbusi

To‘g‘ri javob: Referendum tayinlash huquqi. 13-modda: Referendum tayinlash huquqi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasining referendumi (1/5)Keyingi →Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari (3/5)