Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari (3/5)
Moddalar
22-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi:
- 1) uchastka bo‘yicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini tuzadi;
- 2) fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
- 4) aholini ovoz berish o‘tkaziladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor etadi;
- 5) ovoz berish xonalari, kabinalari va qutilari hamda boshqa ashyolar tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
- 6) referendum uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
- 7) referendum uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
- 8) ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni o‘tkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- 9) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
23-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik
Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Siyosiy partiyalarning a’zolari, deputatlar, senatorlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, boshqa saylov komissiyalarining a’zolari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pini bir tashkilotda ishlaydigan shaxslar tashkil etadigan bo‘lsa, ular ushbu komissiya tarkibiga tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari mustasno.
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
23-modda. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik (davomi)
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan hududiy komissiyaga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgan taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat bo‘lganda komissiyaning yangi a’zosi ushbu Qonunda va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ayni bir shaxs referendum o‘tkazuvchi faqat bitta komissiyaga a’zo bo‘lishi mumkin.
24-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Agar referendum o‘tkazuvchi komissiyaning majlisida shu kungi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi komissiyalar, shuningdek barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda referendum o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.
24-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati (davomi)
Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar kerakli binolar va jihozlarni referendum o‘tkazuvchi komissiyalar ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Referendum o‘tkazuvchi komissiya referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kun ichida ko‘rib chiqishlari va referendum o‘tkazuvchi komissiyaga javob qaytarishlari shart.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari referendum natijalari e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
25-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Fuqarolar, shuningdek kuzatuvchilar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan ushbu qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar referendumga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqiladi. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
25¹-modda. Hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari referendumni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, referendumga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan hududiy komissiyalarning va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqqan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolari uni ko‘rib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
25¹-modda. Hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi (davomi)
V. OVOZ BERUVCHI FUQAROLARNING RO‘YXATLARI. REFERENDUMDA OVOZ BERISH BYULLETENI
26-modda. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzish
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi.
Har bir fuqaro ovoz beruvchilarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxati asosida tuziladi.
Harbiy qismlardagi ovoz beruvchi harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa fuqarolarning ro‘yxatlari, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining turar joylari bo‘yicha umumiy asoslarda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari bo‘yicha fuqarolarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
26-modda. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzish (davomi)
Ovoz beruvchi fuqarolarning familiyalari ro‘yxatlarda ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.
26¹-modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga kiritish
Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendumdan o‘n besh kun oldin yozma shaklda yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarini uch kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.
27-modda. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtirish
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari ovoz berish kuniga o‘n kun qolganda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida fuqarolarni xabardor etadi.
Fuqarolarga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi binosida ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati bilan tanishish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatidan o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. Chet davlatlarda turgan fuqarolarga ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi o‘ziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish referendumga besh kun qolganida to‘xtatiladi.
28-modda. Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari xususida bahslashuv
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasiga arz qilishi mumkin. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani tekshirib chiqishi va xatolarni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
29-modda. Referendumda ovoz berish byulleteni
Referendumda ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni aniq aks ettiriladi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yo‘q” yoxud “rozi” yoki “qarshi” deb ko‘rsatiladi.
Referendumga bir nechta masala qo‘yilganda ular bitta ovoz berish byulleteniga kiritiladi, ketma-ket raqamlab chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi. Qonun loyihasi biron-bir moddasining muqobil matnlari ham ketma-ket raqamlab chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi.
Ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli hududiy komissiyaning qaroriga binoan tegishli hudud aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etiladi.
Ovoz berish byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
Bilimingizni sinang
«Referendum to‘g‘risida» qonun — 22-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtirish
- Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzish
- Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish
- Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari
To‘g‘ri javob: Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari. 22-modda: Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari.
«Referendum to‘g‘risida» qonun: «Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 26-modda
- 21-modda
- 27-modda
- 22-modda
To‘g‘ri javob: 22-modda. 22-modda: Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari.
«Referendum to‘g‘risida» qonun — 23-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Hududiy komissiyaning vakolatlari
- Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
- Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish
To‘g‘ri javob: Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik. 23-modda: Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik.
«Referendum to‘g‘risida» qonun: «Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik» qaysi moddada belgilangan?
- 23-modda
- 20-modda
- 18-modda
- 21-modda
To‘g‘ri javob: 23-modda. 23-modda: Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga a’zolik.
«Referendum to‘g‘risida» qonun — 24-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
- Hududiy komissiyalar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
- Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari xususida bahslashuv
- Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtirish
To‘g‘ri javob: Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati. 24-modda: Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati.
«Referendum to‘g‘risida» qonun: «Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati» qaysi moddada belgilangan?
- 24-modda
- 28-modda
- 25¹-modda
- 27-modda
To‘g‘ri javob: 24-modda. 24-modda: Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati.
Davlat organlari referendum o‘tkazuvchi komissiyaning murojaatida qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan necha kun ichida ko‘rib chiqib javob qaytarishi shart?
- yetti kun
- uch kun
- besh kun
- o‘n kun
To‘g‘ri javob: uch kun. Davlat organlari komissiya murojaatini ko‘pi bilan uch kun ichida ko‘rib chiqib javob qaytarishi shart.
Fuqarolar va kuzatuvchilar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin necha kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin?
- uch kun
- o‘n kun
- besh kun
- yetti kun
To‘g‘ri javob: besh kun. Komissiyalar qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash