Umumiy qoidalar · Saylov okruglari va uchastkalari (2/2)
Moddalar
7-modda. Yashirin ovoz berish
Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
8-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishi to‘g‘risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to‘g‘risida xabardor etadi, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.
Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi.
Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga ma’lum qilinadi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
8¹-modda. Saylov o‘tkazilishini cheklash
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar o‘tkazilmaydi.
9-modda. Saylov okruglarini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun yetmish beshta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan har besh yilda bir marta tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati (bundan buyon matnda partiya ro‘yxati deb yuritiladi) asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun saylov okruglari xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlariga teng miqdorda tuziladi.
9-modda. Saylov okruglarini tuzish (davomi)
Bir mandatli saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari soni Senat tomonidan belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining soni esa ushbu Kodeks 88-moddasining talablari inobatga olingan holda tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashining taqdimnomasiga binoan tegishli viloyat va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda har besh yilda bir marta tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.
9-modda. Saylov okruglarini tuzish (davomi)
Bir mandatli saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqishi, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak.
Bir mandatli saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
10-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi
Saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan besh yil muddatga tuziladi. Zarur bo‘lgan hollarda, saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan qayta tuzilishi, amaldagi saylov uchastkalarining chegaralari o‘zgartirilishi yoki tugatilishi mumkin.
Saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalari tumanlarning, shaharlarning, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davriga tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari ular joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari boshqa saylov okruglarining chegaralarini kesib o‘tmasligi kerak.
Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ushbu muassasalar va organlar boshliqlarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
10-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va partiya ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini tegishli hududga biriktirish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.
Saylov uchastkalarining soni okruglar sonidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hududiy saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda tegishli uchastka saylov komissiyasining telefon raqamlarini, joylashgan yerini va ovoz berish binosini ko‘rsatgan holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari to‘g‘risida xabardor etishni tashkil qiladi.
10-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi (davomi)
Saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari uchun yagona hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Saylov kodeksi — 7-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Saylov okruglarini tuzish
- Yashirin ovoz berish
- Saylov komissiyalari tizimi
- Umumiy saylov huquqi
To‘g‘ri javob: Yashirin ovoz berish. 7-modda: Yashirin ovoz berish.
Saylov kodeksi: «Yashirin ovoz berish» qaysi moddada belgilangan?
- 9-modda
- 11-modda
- 4-modda
- 7-modda
To‘g‘ri javob: 7-modda. 7-modda: Yashirin ovoz berish.
Saylov kuni uchastka komissiyasi a’zosi saylovchi bilan ovoz berish kabinasiga kirib, u qaysi nomzodga ovoz berayotganini kuzatmoqchi bo‘ldi. Saylov kodeksiga ko‘ra, bu harakat haqida qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Yo‘l qo‘yilmaydi, saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi
- Yo‘l qo‘yiladi, chunki komissiya a’zosi saylovchilarning ovoz berishini nazorat qilishga haqli
- Yo‘l qo‘yiladi, faqat saylovchi roziligi bilan komissiya a’zosi kabinaga birga kirishi mumkin
- Yo‘l qo‘yilmaydi, faqat komissiya raisigina saylovchining xohish-irodasini nazorat qila oladi
To‘g‘ri javob: Yo‘l qo‘yilmaydi, saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7-moddaga ko‘ra saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, yashirin ovoz berish qanday ta’minlanadi?
- Saylovchi ovozini ochiq bildirishi hamda komissiya a’zolari uni nazorat qilishini ta’minlovchi sharoitlarni yaratish orqali
- Saylovchi xohish-irodasi ustidan faqat uchastka raisi nazorat qilishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratish orqali
- Saylovchi xohish-irodasi ustidan nazorat imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali
- Ovoz berish byulletenlariga saylovchining ismi yozilishini hamda uni saqlashni nazarda tutuvchi tartib orqali
To‘g‘ri javob: Saylovchi xohish-irodasi ustidan nazorat imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali. 7-moddaga ko‘ra yashirin ovoz berish nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan sharoitlar yaratish orqali ta’minlanadi.
Saylov kodeksi — 8-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik
- Yashirin ovoz berish
- O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
- Teng saylov huquqi
To‘g‘ri javob: Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik. 8-modda: Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik.
Saylov kodeksi: «Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik» qaysi moddada belgilangan?
- 7-modda
- 3-modda
- 5-modda
- 8-modda
To‘g‘ri javob: 8-modda. 8-modda: Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik.
Fuqaro Dilmurod hududiy saylov komissiyasining majlisiga kirmoqchi bo‘lgan edi, unga ruxsat berilmadi. Saylov kodeksiga ko‘ra, qanday xulosa to‘g‘ri?
- Saylov komissiyalarining majlislari yopiq o‘tkaziladi, shuning uchun taqiq to‘g‘ri hisoblanadi
- Majlislar faqat nomzodlar uchun ochiq o‘tkaziladi, shu sababli oddiy fuqaroga taqiq to‘g‘ri
- Majlislar faqat rais ruxsati bilan ochiq o‘tkaziladi, shu sababli taqiq noto‘g‘ri emas
- Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi, shuning uchun taqiq noto‘g‘ri
To‘g‘ri javob: Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi, shuning uchun taqiq noto‘g‘ri. 8-moddaga ko‘ra saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega?
- Faqat mahalliy hokimlik xodimlari va ichki ishlar organlari vakillari
- Boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar
- Faqat mahalliy hokimlik xodimlari va ichki ishlar vakillari
- Faqat Markaziy saylov komissiyasi tayinlagan huquqshunoslar
To‘g‘ri javob: Boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar. 8-moddaga ko‘ra boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash