XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 20–26-m.

Saylov komissiyalari (2/2)

Moddalar

20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari

Hududiy saylov komissiyasi:

tegishli hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar soni, saylov okruglarining ro‘yxati hamda okrug saylov komissiyalari joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

tegishli tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi;

saylov uchastkalarini tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;

saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qiladi;

uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, agar ularning qarorlari ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi va ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilinishini tashkil etadi;

ro‘yxatga olingan nomzodlarga guvohnomalar beradi;

nomzodlar va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

Qonunchilik palatasi deputatligiga hamda xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;

deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yo‘nalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni ta’minlaydi;

saylovlarni viloyat, Toshkent shahri miqyosida yorituvchi mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi va tegishli guvohnoma beradi;

siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarni ro‘yxatga oladi;

pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;

xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;

xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatlarini matbuotda e’lon qiladi;

deputatlarga viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;

viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida tegishli hudud bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga axborot beradi;

mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga hisobot beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq hududiy saylov komissiyalarining vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.

20¹-modda. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari

Tuman, shahar saylov komissiyasi:

tegishli hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylov okruglarining ro‘yxatini e’lon qiladi;

uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

agar uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;

deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yo‘nalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni ta’minlaydi;

nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

20¹-modda. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;

uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

tegishli tuman yoki shahar hududidagi siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;

saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini nazorat qiladi;

uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan ta’minlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovida saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatlarini matbuotda e’lon qiladi;

20¹-modda. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari (davomi)

deputatlarga tuman, shahar Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;

tuman, shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan uchastka saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga axborot beradi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida hududiy saylov komissiyasiga hisobot beradi.

21-modda. Okrug saylov komissiyalarini tuzish

Okrug saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning olti — sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Okrug saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.

Okrug saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan tasdiqlanadi.

22-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari

Okrug saylov komissiyasi:

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishli hududiy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

23-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish

Uchastka saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.

Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib tasdiqlanadi.

Zarur bo‘lgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini ushbu vakolatxonalarning rahbari amalga oshiradi.

Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

24-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari

Uchastka saylov komissiyasi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;

uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini aniqlaydi va tasdiqlaydi;

saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;

saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan to‘ldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;

aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;

binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;

saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;

ovozlarni sanab chiqadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

25-modda. Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik

Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.

Quyidagilar hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas:

Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat a’zosi;

boshqa saylov komissiyasining a’zolari;

siyosiy partiyalarning a’zolari va vakolatli vakillari;

viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari;

prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;

nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;

nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar;

og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan hududiy saylov komissiyasining uch nafargacha a’zosi komissiyada doimiy, qolgan a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.

Tuman va shahar saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.

Hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Saylov komissiyasining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishi yoki ularning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas.

25-modda. Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik (davomi)

Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.

Saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib ro‘yxatga olingan a’zosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.

Saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari mazkur saylov komissiyasini tuzgan organ tomonidan bevosita yoxud uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza berganda;

u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

u o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;

qonunga ko‘ra u saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shug‘ullanib bo‘lmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;

u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

25-modda. Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik (davomi)

u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;

u vafot etganda.

Zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi a’zosi saylanadi.

26-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolatlari muddati

Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis o‘tkazilayotgan kundagi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli bo‘ladi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari alohida fikrini bayon etishga haqli bo‘lib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa jarayonlar elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.

Komissiyaning jamoatchilik asosida ishlovchi a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan saylov komissiyasining qaroriga binoan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.

26-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolatlari muddati (davomi)

Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zolari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.

Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kunlik muddatda ko‘rib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.

Bilimingizni sinang

Saylov kodeksiga ko‘ra, tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarini kim tuzadi?
  1. Markaziy saylov komissiyasi
  2. Tuman hokimi
  3. Hududiy saylov komissiyasi
  4. Xalq deputatlari tuman Kengashi

To‘g‘ri javob: Hududiy saylov komissiyasi. 20-moddaga ko‘ra hududiy saylov komissiyasi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarini tuzadi.

Uchastka saylov komissiyasining qarori Saylov kodeksiga zid ekanligi aniqlandi. Kodeksga ko‘ra, hududiy saylov komissiyasi bu qarorga nisbatan nima qila oladi?
  1. Uni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi
  2. Faqat hokimning roziligi bilan yoki viloyat hokimining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi
  3. Uni bekor qilmaydi, faqat Markaziy saylov komissiyasiga yuborish uchun taqdimnoma kiritadi
  4. Qarorni bekor qila olmaydi, uni faqat sud tartibida shikoyat qilish orqali bekor qildirish mumkin

To‘g‘ri javob: Uni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi. 20-moddaga ko‘ra hududiy komissiya Kodeksga zid qarorlarni mustaqil yoki prokuror taqdimnomasiga binoan bekor qiladi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini kim tuzadi?
  1. Tuman, shahar hokimligi apparati
  2. Viloyat hududiy saylov komissiyasi
  3. Tuman, shahar Kengashi apparati
  4. Tuman, shahar saylov komissiyasi

To‘g‘ri javob: Tuman, shahar saylov komissiyasi. 20¹-moddaga ko‘ra tuman, shahar Kengashiga saylov okruglarini tuman, shahar saylov komissiyasi tuzadi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni kim ro‘yxatga oladi?
  1. Markaziy saylov komissiyasi
  2. Tuman saylov komissiyasi
  3. Okrug saylov komissiyasi
  4. Hududiy saylov komissiyasi

To‘g‘ri javob: Hududiy saylov komissiyasi. 20-moddaga ko‘ra viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni hududiy saylov komissiyasi ro‘yxatga oladi.

Viloyat gazetasining muxbiri Dilnoza viloyat miqyosidagi saylovni yoritmoqchi va akkreditatsiya olishi kerak. Saylov kodeksiga ko‘ra, uni kim akkreditatsiyadan o‘tkazadi va guvohnoma beradi?
  1. Markaziy saylov komissiyasi
  2. Hududiy saylov komissiyasi
  3. Uchastka saylov komissiyasi
  4. Viloyat hokimligi

To‘g‘ri javob: Hududiy saylov komissiyasi. 20-moddaga ko‘ra viloyat, Toshkent shahri miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillarini hududiy komissiya akkreditatsiyadan o‘tkazadi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, Prezident va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida tegishli hudud bo‘yicha saylov natijalarini aniqlagan hududiy saylov komissiyasi ularni kimga taqdim etadi?
  1. Oliy Majlis Senatining Raisiga
  2. Prezident Administratsiyasiga
  3. Markaziy saylov komissiyasiga
  4. Viloyat hokimligi apparatiga

To‘g‘ri javob: Markaziy saylov komissiyasiga. 20-moddaga ko‘ra hududiy komissiya natijalarni aniqlab, Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi.

Nukus shahrida Prezident saylovi o‘tkazilmoqda. Saylov kodeksiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida hududiy saylov komissiyalarining vakolatlarini kim amalga oshiradi?
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenes huzuridagi guruh
  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi guruhi
  4. Nukus shahar hokimligi huzuridagi maxsus saylov guruhi

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi. 20-moddaga ko‘ra Qoraqalpog‘istonda bu vakolatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.

Saylov kodeksi — 20¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari
  2. Markaziy saylov komissiyasiga a’zolik
  3. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
  4. Markaziy saylov komissiyasining majlislari va qarorlari

To‘g‘ri javob: Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari. 20¹-modda: Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSaylov komissiyalari (1/2)Keyingi →Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish · Saylov byulleteni