Saylovoldi tashviqoti
Moddalar
44-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalar va ularning vakillari saylovoldi tashviqotini (bundan buyon matnda tashviqot deb yuritiladi) qonunda belgilangan shakllarda va usullarda amalga oshirish huquqiga ega.
Tashviqot nomzodlarni va partiya ro‘yxatini belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
Noto‘g‘ri axborotni tarqatish, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini buzish, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;
saylov komissiyalari a’zolarining;
44-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish (davomi)
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga o‘z mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.
45-modda. Tashviqot olib borish turlari, shakllari va usullari
Tashviqot quyidagicha tarzda olib boriladi:
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining deputatlikka nomzodlarini yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
nomzod va siyosiy partiya to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
Tashviqot omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yig‘ilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Tashviqot:
ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘i orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Tashviqot davrida uni olib borishning ushbu Kodeksda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.
46-modda. Tashviqotni ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonunchilikka muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
47-modda. Tashviqotni bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Nomzodlar va siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.
48-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish
Nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni o‘tkazish joyi va vaqti haqida tegishli hududiy, tuman, shahar yoki uchastka saylov komissiyasiga ma’lum qilinadi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.
Nomzod yoki uning ishonchli vakili boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
Bilimingizni sinang
Saylov kuni bilan birga, ovoz berishga necha kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo'l qo'yilmaydi?
- Uch kun
- Besh kun
- Bir kun
- Ikki kun
To‘g‘ri javob: Bir kun. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo'l qo'yilmaydi.
Saylov kodeksi — 44-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz kechishi
- Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari
- Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish
- Saylovoldi tashviqotini olib borish
To‘g‘ri javob: Saylovoldi tashviqotini olib borish. 44-modda: Saylovoldi tashviqotini olib borish.
Saylov kodeksi: «Saylovoldi tashviqotini olib borish» qaysi moddada belgilangan?
- 48-modda
- 49-modda
- 44-modda
- 42-modda
To‘g‘ri javob: 44-modda. 44-modda: Saylovoldi tashviqotini olib borish.
Saylov Kodeksiga ko‘ra, saylovoldi tashviqoti nima?
- Saylov komissiyalari tomonidan saylov natijalarini aniqlash va e’lon qilishga qaratilgan rasmiy tashkiliy faoliyat
- Faqat ommaviy axborot vositalari orqali nomzodlarning tarjimai holi va dasturlarini saylovchilarga tanishtirishga qaratilgan faoliyat
- Saylov kampaniyasi davrida saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat
- Saylovchilarni ro‘yxatga olish va ularga saylov huquqlarini tushuntirishga qaratilgan davlat organlarining targ‘ibot faoliyati
To‘g‘ri javob: Saylov kampaniyasi davrida saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat. 44-moddaga ko‘ra, tashviqot saylov kampaniyasi davrida saylovchilarni nomzodni yoki partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Saylovoldi tashviqoti qachondan boshlanadi?
- Saylov kampaniyasi rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran, nomzodlar ro‘yxatga olinishidan qat’i nazar
- Nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan kunning ertasidan, ro‘yxatga olish tugashidan oldin
- Saylovga bir oy qolgan kundan boshlab, nomzodlar ro‘yxatga olingan yoki olinmaganidan qat’i nazar
- Nomzodlarni va partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan
To‘g‘ri javob: Nomzodlarni va partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan. 44-moddaga ko‘ra, tashviqot ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi.
Saylovoldi tashviqotiga qachon yo‘l qo‘yilmaydi?
- Faqat saylov kuni va ovoz berish tugagandan keyin
- Ovoz berishga uch kun qolganida va saylov kuni
- Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida
- Dam olish kunlari va saylovdan ikki kun oldin
To‘g‘ri javob: Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida. 44-moddaga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashviqotni qaysi usul bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi?
- Saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish yoki pul to‘lash bilan
- Plakat va varaqalarni bepul tarqatish hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali
- Internet orqali nomzod dasturini tarqatish va ijtimoiy tarmoqlarda saylovchilar bilan muloqot qilish orqali
- Ommaviy axborot vositalarida nomzodlar dasturlarini e’lon qilish va teledebatlarda ishtirok etish orqali
To‘g‘ri javob: Saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish yoki pul to‘lash bilan. 44-moddaga ko‘ra, tashviqotni tovarlar berish, xizmat ko‘rsatish va pul to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi (axborot xizmatlaridan tashqari).
Quyidagi shaxslardan qaysi birining saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi?
- Nomzodning ishonchli vakillari va siyosiy partiya vakillari
- Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va sudyalar
- Nomzodni ko‘rsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili
- Nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin uning ishonchli vakillari
To‘g‘ri javob: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va sudyalar. 44-moddaga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, sudyalar va boshqa ko‘rsatilgan shaxslar tashviqot olib borishi taqiqlanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash