XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 49–54-m.

Ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish (1/2)

Moddalar

49-modda. Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari

Ovoz berish binolari maxsus ajratilgan joylar bo‘lib, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ularning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib o‘rnatiladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasining zimmasida bo‘ladi.

Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.

Lozim bo‘lgan darajada jihozlangan ovoz berish binolari saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n bir kun oldin taqdim etilishi kerak.

Tutash hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar, ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylov komissiyalarini texnik vositalar, mebel, ashyolar, ofis texnika vositalari, transport bilan ta’minlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, aloqa vositalari bilan ta’minlash esa raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatiladi.

Jamoat tartibini saqlash, saylov o‘tkaziladigan binolar va joylarni qo‘riqlash, shuningdek saylov natijalariga doir hujjatlarni tashish chog‘ida uchastka saylov komissiyalari a’zolarini kuzatib borish tegishli vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.

50-modda. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni, xonalarni va ovoz berish xonalarini jihozlashga doir talablar

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);

saylov uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha;

yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;

saylov qutilari;

zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;

kuzatuvchilar uchun alohida joylar;

saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar;

saylov uchastkasining xaritasi;

uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;

saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;

bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ro‘yxatga olingan barcha nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan chop etilgan tarjimai holi va dasturlarining asosiy yo‘nalishlari;

saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan dasturi, partiya ro‘yxati;

zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);

yong‘inga qarshi vositalar.

Ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.

51-modda. Ovoz berish vaqti va joyi

Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.

52-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash

Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.

Biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.

53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati

Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda ochiladi.

Uchastka saylov komissiyalari:

yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi;

uchastka saylov komissiyasi a’zolari orasida vazifalarni taqsimlaydi;

komissiyaning ikki a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulletenlarini tayyorlaydi.

54-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati

Ovoz berish kuni saylov uchastkasida soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.

Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida:

ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi;

saylov qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;

uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha saylovchilarning soni, olingan saylov byulletenlari soni hamda muddatidan oldin ovoz berganlar haqida ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;

ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi;

ovoz berish tugallanganligini e’lon qiladi;

binoda hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beradi.

Uchastka saylov komissiyasining a’zolari:

saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar ro‘yxatidagi ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi;

kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Bilimingizni sinang

Lozim darajada jihozlangan ovoz berish binolari saylov komissiyalariga saylovdan kamida necha kun oldin taqdim etilishi kerak?
  1. Besh kun
  2. O'n besh kun
  3. O'n bir kun
  4. Uch kun

To‘g‘ri javob: O'n bir kun. Jihozlangan ovoz berish binolari komissiyalarga saylovdan kamida o'n bir kun oldin taqdim etiladi.

Saylov Kodeksiga ko‘ra, lozim darajada jihozlangan ovoz berish binolari saylov komissiyalariga saylovdan kamida qancha oldin taqdim etilishi kerak?
  1. O‘ttiz kun oldin
  2. Besh kun oldin
  3. O‘n bir kun oldin
  4. Uch kun oldin

To‘g‘ri javob: O‘n bir kun oldin. 49-moddaga ko‘ra, jihozlangan ovoz berish binolari saylovdan kamida o‘n bir kun oldin taqdim etiladi.

Ovoz berish binosida saylov qutilari qanday o‘rnatiladi?
  1. Kirish eshigi yonida, ovoz beruvchilar kabinalar yoki xonalarga kirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaqinlashadigan qilib
  2. Komissiya raisi stolining orqasida, kuzatuvchilar saylovchilar qanday ovoz berayotganini ko‘ra oladigan qilib
  3. Ovoz beruvchilar ularning yoniga yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib
  4. Kuzatuvchilar o‘tirgan joy oldida, ovoz beruvchilar kabinadan o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlaydigan qilib

To‘g‘ri javob: Ovoz beruvchilar ularning yoniga yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib. 49-moddaga ko‘ra, qutilar ovoz beruvchilar kabinalar yoki xonalar orqali o‘tib keladigan qilib o‘rnatiladi.

Saylov komissiyalarini aloqa vositalari bilan ta’minlash Saylov Kodeksiga ko‘ra kimning zimmasiga yuklatiladi?
  1. Mahalliy hokimliklar huzuridagi axborot texnologiyalari bo‘limlarining
  2. Uchastka saylov komissiyasining o‘zi tashkil etgan guruhning
  3. Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xizmatlarining
  4. Raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organining

To‘g‘ri javob: Raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organining. 49-moddaga ko‘ra, aloqa vositalari bilan ta’minlash raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatiladi (transport va mebel — mahalliy hokimiyat).

Ovoz berish binosida ovoz berish boshlanishidan oldin partiya vakillari “saylovchilar bilan qisqa miting” o‘tkazishni so‘rashdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Ruxsat beriladi, agar uchastka komissiyasi raisi rozi bo‘lsa va kuzatuvchilar bu haqda xabardor qilinsa
  2. Ruxsat berilmaydi: ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazishga ruxsat etilmaydi
  3. Ruxsat beriladi, agar miting ovoz berish boshlanishidan oldin o‘tkazilsa va ovoz berish xonasida o‘tmasa
  4. Ruxsat beriladi, faqat partiya vakillari saylovchilar bilan qisqa muloqot qilib, tashviqot materiallarini tarqatmasa

To‘g‘ri javob: Ruxsat berilmaydi: ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazishga ruxsat etilmaydi. 49-moddaga ko‘ra, ovoz berish binosida boshqa siyosiy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi.

O‘zbekiston hududidagi saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni qaysi vaqtda o‘tkaziladi?
  1. Soat 7.00 dan 19.00 gacha
  2. Soat 9.00 dan 21.00 gacha
  3. Soat 8.00 dan 18.00 gacha
  4. Soat 8.00 dan 20.00 gacha

To‘g‘ri javob: Soat 8.00 dan 20.00 gacha. 51-moddaga ko‘ra, ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida saylovdan kamida qancha oldin xabardor qiladi?
  1. Besh kun oldin
  2. Uch kun oldin
  3. O‘n kun oldin
  4. O‘n besh kun oldin

To‘g‘ri javob: O‘n kun oldin. 51-moddaga ko‘ra, komissiya saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.

O‘zbekiston hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini ochish va ovozlarni sanashga qachondan boshlash mumkin?
  1. Soat 20.00 dan oldin yo‘l qo‘yilmaydi
  2. Soat 18.00 dan keyin
  3. Barcha ro‘yxatdagilar ovoz berib bo‘lgach, istalgan vaqtda
  4. Komissiya raisi qaroriga ko‘ra, soat 19.00 dan

To‘g‘ri javob: Soat 20.00 dan oldin yo‘l qo‘yilmaydi. 51-moddaga ko‘ra, O‘zbekiston hududida qutilarni soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSaylovoldi tashviqotiKeyingi →Ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish (2/2)