XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 75–81-m.

Senatni shakllantirish tartibi (1/2)

Moddalar

75-modda. Senatni shakllantirish

Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanadi.

Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Senatning to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Senatning vakolat muddati — besh yil.

76-modda. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati

Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

77-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.

78-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini o‘tkazish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlisini (bundan buyon matnda qo‘shma majlis deb yuritiladi) chaqirish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qo‘shma majlis, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari e’lon qilinganidan (hammaga ma’lum qilinganidan) keyin uch kunlik muddatda Senat a’zolarini saylash uchun qo‘shma majlislar o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Markaziy saylov komissiyasining qo‘shma majlislarni o‘tkazish sanasi, vaqti hamda joyi ko‘rsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida, shuningdek uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).

Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi ochib, eng obro‘li, tajribali, katta yoshli deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi to‘g‘risida taklif kiritadi. Qo‘shma majlisning ishini olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali uch kishidan besh kishigacha miqdorda ishchi hay’at saylanadi, shuningdek tushgan takliflarni hisobga olish va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat Kotibiyat tuziladi.

79-modda. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish

Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish qo‘shma majlisda amalga oshiriladi.

Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun raislik qiluvchining taqdimnomasiga binoan ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan Maslahat kengashi saylanadi.

Maslahat kengashi katta tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li, katta yoshli deputatlar orasidan, qoida tariqasida, har bir mahalliy Kengashdan bittadan vakil saylanadi.

Maslahat kengashi o‘z raisini saylaydi.

Maslahat kengashi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li deputatlar orasidan Senat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatadi va ko‘rib chiqadi hamda saylov byulleteniga kiritish uchun taklif kiritadi.

Nomzodlarning alohida-alohida eshituvi va muhokamasi natijalariga ko‘ra qo‘shma majlisda ularni saylov byulleteniga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan Senat a’zoligiga nomzod saylov byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.

Saylov byulleteniga to‘rt nafardan kam bo‘lmagan Senat a’zoligiga nomzodlar kiritiladi.

80-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish

Yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlar orasidan to‘qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda Sanoq komissiyasi saylanadi.

Sanoq komissiyasi:

Senat a’zoligiga saylov bo‘yicha ovoz berishni tashkil etadi va o‘tkazadi;

qo‘shma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o‘tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi;

saylov byulletenlarini ularga Senat a’zoligiga har bir nomzodning tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda, familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish orqali tayyorlaydi;

ovoz beruvchilarning ro‘yxatini aniqlashtiradi, ularga saylov byulletenlarini topshiradi;

saylov byulletenining yuz tomoniga muhr qo‘yadi va unda Sanoq komissiyasining kamida ikki nafar a’zosining imzosi qo‘yilgan bo‘lishini ta’minlaydi;

ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi;

yashirin ovoz berish natijalarini qo‘shma majlisga tasdiqlash uchun kiritadi.

81-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish tartibi

Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni o‘tkazish tartibini e’lon qiladi, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va bir marotaba ishlatiladigan plombalar bilan plombalaydi.

Saylov qutisi ovoz beruvchi uning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasi orqali o‘tib boradigan qilib o‘rnatiladi.

Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputat Sanoq komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi, shundan keyin unga saylov byulleteni topshiriladi.

Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan Senat a’zoligiga nomzodlarning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yish orqali to‘ldiriladi.

Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini ko‘rinarli joyda turishi kerak bo‘lgan saylov qutisiga tashlaydi.

Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

Yashirin ovoz berish jarayoni tugaganidan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi lozim (chap tomondagi yuqori burchakni qirqib qo‘yish orqali) va alohida saqlanadi.

Bilimingizni sinang

Saylov kodeksi — 75-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish
  2. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati
  3. Senatni shakllantirish
  4. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

To‘g‘ri javob: Senatni shakllantirish. 75-modda: Senatni shakllantirish.

Saylov kodeksi: «Senatni shakllantirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 76-modda
  2. 73-modda
  3. 75-modda
  4. 69-modda

To‘g‘ri javob: 75-modda. 75-modda: Senatni shakllantirish.

Saylov Kodeksiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Senatga nechtadan a’zo saylanadi?
  1. To‘rt kishidan
  2. Besh kishidan
  3. Uch kishidan
  4. Olti kishidan

To‘g‘ri javob: To‘rt kishidan. 75-moddaga ko‘ra, Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi.

Senatning nechta a’zosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlaydi?
  1. Oltita
  2. To‘qqiz nafar
  3. O‘n besh nafar
  4. Yigirma nafar

To‘g‘ri javob: To‘qqiz nafar. 75-moddaga ko‘ra, Senatning to‘qqiz nafar a’zosi Prezident tomonidan tayinlanadi.

Senatning vakolat muddati necha yil?
  1. Yetti yil
  2. Besh yil
  3. Olti yil
  4. To‘rt yil

To‘g‘ri javob: Besh yil. 75-moddaga ko‘ra, Senatning vakolat muddati — besh yil.

Saylov kodeksi — 76-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish
  2. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish
  3. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati
  4. Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish

To‘g‘ri javob: Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati. 76-modda: Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati.

Saylov kodeksi: «Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati» qaysi moddada belgilangan?
  1. 70-modda
  2. 76-modda
  3. 80-modda
  4. 79-modda

To‘g‘ri javob: 76-modda. 76-modda: Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati.

Senat a’zolarining saylovi mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin qancha muddatda o‘tkaziladi?
  1. Uch oydan kechiktirmay
  2. Olti oy ichida
  3. Bir oydan kechiktirmay
  4. Bir haftadan kechiktirmay

To‘g‘ri javob: Bir oydan kechiktirmay. 76-moddaga ko‘ra, Senat a’zolarining saylovi Kengashlar saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQonunchilik palatasi deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlariKeyingi →Senatni shakllantirish tartibi (2/2)