XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 82–87¹-m.

Senatni shakllantirish tartibi (2/2)

Moddalar

82-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash

Ovozlarni sanab chiqish Sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlanguniga qadar tanaffussiz o‘tkaziladi.

Saylov qutisidagi saylov byulletenlari asosida Sanoq komissiyasi:

ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini;

Senat a’zoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, ovoz berish chog‘ida bitta ham kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qo‘yilmagan saylov byulletenlari, shuningdek yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi bo‘lmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.

Yashirin ovoz berish natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, bayonnoma Sanoq komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda to‘ldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

83-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash

Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan mahalliy Kengashlar deputatlarining ellik foizidan ko‘prog‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.

84-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy saylovi

Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha ana shu qo‘shma majlisning o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa.

Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.

Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.

Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov o‘tkazish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

85-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari

Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi, ro‘yxatga olishdan keyin o‘n kun ichida esa guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi.

Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash chog‘ida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.

86-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat qilish

Qo‘shma majlislarning, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

87-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovini o‘tkazish

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovi tegishli qo‘shma majlislarda ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.

Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a’zosi saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.

87¹-modda. Senat a’zolarining muddatidan ilgarigi saylovi

Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi.

Senat tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda bir oy ichida o‘tkaziladi.

Bilimingizni sinang

Saylov kodeksi — 82-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish tartibi
  2. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish
  3. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash
  4. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati

To‘g‘ri javob: Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash. 82-modda: Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash.

Saylov kodeksi: «Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 80-modda
  2. 81-modda
  3. 76-modda
  4. 82-modda

To‘g‘ri javob: 82-modda. 82-modda: Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash.

Senat a’zolari saylovida ovozlarni sanab chiqish qanday tartibda o‘tkaziladi?
  1. Har kuni ish vaqtida tanaffuslar bilan, natijalar aniqlanguniga qadar
  2. Faqat kunduzi, kechasi tanaffus qilib, uch kun ichida yakunlanadi
  3. Tanaffussiz, yashirin ovoz berish natijalari aniqlanguniga qadar
  4. Keyingi kuni ertalab, yig‘ilish tugagandan keyin, ochiq ovoz berish bilan

To‘g‘ri javob: Tanaffussiz, yashirin ovoz berish natijalari aniqlanguniga qadar. 82-moddaga ko‘ra, sanash natijalar aniqlanguniga qadar tanaffussiz o‘tkaziladi.

Senat a’zolari saylovida qaysi saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi?
  1. Orqa tomonida muhr va tuman hokimining imzosi bo‘lmagan byulletenlar
  2. Faqat Sanoq komissiyasi raisining qo‘shimcha imzosi qo‘yilmagan byulletenlar
  3. Yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi bo‘lmaganlari
  4. Faqat yirtilgan va tuman hokimi tomonidan bekor qilingan byulletenlar

To‘g‘ri javob: Yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi bo‘lmaganlari. 82-moddaga ko‘ra, yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi a’zolari imzosi bo‘lmagan byulletenlar haqiqiy emas.

Senat a’zoligiga nomzod saylangan hisoblanishi uchun qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan deputatlarning qancha qismidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz berishi kerak?
  1. ellik foizidan
  2. qirq foizidan
  3. uchdan ikki qismidan
  4. oltmish foizidan

To‘g‘ri javob: ellik foizidan. Ko‘proq ovoz olgan nomzod, hozir bo‘lgan deputatlarning ellik foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.

Senat a’zoligiga nomzod qanday holatda saylangan deb hisoblanadi?
  1. Qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan deputatlarning kamida uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa va Prezident tasdiqlagan bo‘lsa
  2. Qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan deputatlarning kamida uchdan bir qismi uni yoqlab ovoz bergan va boshqalardan ko‘proq ovoz olgan bo‘lsa
  3. Faqat boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan bo‘lsa, yoqlab ovoz berganlar soni qanchaligidan qat’i nazar, Senat Kengashi tasdiqlagach
  4. Qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan deputatlarning ellik foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa va boshqalardan ko‘proq ovoz olgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan deputatlarning ellik foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa va boshqalardan ko‘proq ovoz olgan bo‘lsa. 83-moddaga ko‘ra, ko‘proq ovoz olgan nomzod, hozir bo‘lgan deputatlarning ellik foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.

Senat a’zolarining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan qancha muddat ichida o‘tkaziladi?
  1. o‘n besh kunlik
  2. o‘ttiz kunlik
  3. o‘n kunlik
  4. besh kunlik

To‘g‘ri javob: o‘n besh kunlik. Takroriy saylov Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.

Saylov kodeksi — 84-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Senat a’zolari saylovining yakunlari
  2. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
  3. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
  4. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy saylovi

To‘g‘ri javob: Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy saylovi. 84-modda: Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy saylovi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSenatni shakllantirish tartibi (1/2)Keyingi →Mahalliy Kengashlarga saylovning o‘ziga xos xususiyatlari