XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 30–40-m.

Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar (1/3)

Umumiy Qism

30-modda. Jismoniy shaxslar

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.

Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.

Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.

Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan o‘n ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, o‘zining arizasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilishi mumkin.

Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan bo‘lib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi.

30-modda. Jismoniy shaxslar (davomi)

Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida bo‘lgan vaqti uning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi:

O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt bo‘lganligidan qat’i nazar, chet elda xizmatni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo‘lib turganlikni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish (O‘zbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning davlat chegaralarini kesib o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi O‘zbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasiga kirish (O‘zbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qo‘yiladi. Shuningdek shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo‘lib turganligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin.

30-modda. Jismoniy shaxslar (davomi)

Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatan ham bo‘lib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga o‘zining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda bo‘lib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning ko‘chirma nusxalarini), shuningdek o‘zining haqiqatda bo‘lib turgan joyini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa hujjatlarni (yoki ularning ko‘chirma nusxalarini) taqdim etadi:

Agar ushbu moddaning qoidalariga yoki O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning o‘zida jismoniy shaxsni ham O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish uchun asoslar bo‘lsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi O‘zbekiston Respublikasida deb e’tirof etiladi:

30-modda. Jismoniy shaxslar (davomi)

Agar jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi mavjud bo‘lmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yashash joyi bu jismoniy shaxsning iltimosiga binoan uning bo‘lib turgan joyi bo‘yicha belgilanishi mumkin. Bunda jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda vaqtincha yashab turgan va ro‘yxatdan o‘tgan joyi (manzili) jismoniy shaxsning bo‘lib turgan joyi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.

31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.

32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari

Quyidagilar yuridik shaxslardir:

Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo‘linmasidir.

Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.

33-modda. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar

Quyidagi yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:

Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning 34-moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish uchun asos bo‘lmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.

34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy

Quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasiga rioya qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etiladi:

O‘zbekiston Respublikasida quyidagi faoliyatni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining chet el yuridik shaxsini haqiqatda boshqarish joyi sifatida e’tirof etishga sabab bo‘lmaydi:

34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy (davomi)

Alohida funksiyalarni amalga oshirishga, xususan, strategik rejalashtirish, budjetlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotini tayyorlash va tuzish, ushbu chet el yuridik shaxsining faoliyatini tahlil qilish, ichki audit hamda ichki nazorat, shuningdek standartlar, uslubiyatlar va (yoki) siyosatlarni qabul qilish (ma’qullash) kiradi.

Chet el yuridik shaxsining faoliyatiga nisbatan quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi ushbu yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etilmaydi:

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.

Agar ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida va (yoki) 2-bandida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan, ham biror-bir chet davlatga nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, agar chet el yuridik shaxsiga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqarilayotgan joy deb e’tirof etiladi:

34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy (davomi)

35-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari

Chet davlatning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilma yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidir.

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari jumlasiga, xususan, fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari kiradi.

36-modda. Doimiy muassasa

Ushbu Kodeksning maqsadlarida chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik faoliyatini to‘liq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha joy chet el yuridik shaxsining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb e’tirof etiladi.

Doimiy muassasa deganda quyidagilar tushuniladi, chunonchi:

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Quyidagilar ham doimiy muassasa deb e’tirof etiladi:

Agar ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan qurilish maydonida yoki boshqa obyektda turli vaqt davrlarida, bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq chet el yuridik shaxsi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish amalga oshirilsa, bu davrlarning har biri alohida olinganda ushbu moddaning uchinchi qismi 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan muddatdan yoki muddatlardan oshmasa, ushbu xizmatlarga doir faoliyat davrlari mazkur qurilish maydonida yoki boshqa obyektda faoliyat amalga oshirilgan jami vaqt davriga qo‘shiladi.

Faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan va chet el yuridik shaxsi tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari hisoblanmaydigan quyidagi faoliyat turlari doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi:

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Ushbu moddaning beshinchi qismi qoidalari tadbirkorlik faoliyatining chet el yuridik shaxsi tomonidan foydalanilayotgan yoki saqlab turilgan doimiy joyiga nisbatan, agar bu chet el yuridik shaxsi yoki u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasidagi ushbu joy yoki boshqa joy orqali amalga oshirsa va quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, qo‘llanilmaydi:

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Agar ikki nafar shaxs, shu jumladan chet el yuridik shaxslari tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu shaxs yoxud u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati umumiy tadbirkorlik faoliyatining bir qismi bo‘lgan o‘zaro to‘ldirib turuvchi funksiyalari bo‘lsa, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalari qo‘llaniladi.

Sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxsi, qayta sug‘urtalash holatlaridan tashqari, agar O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta mukofotlarini yig‘sa yoki tobe agent orqali tavakkalchilik xatarlaridan sug‘urta qilsa, u O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasaga ega deb e’tirof etiladi.

Agar biror-bir shaxs O‘zbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa va odatda mulk (xizmatlar ko‘rsatish) huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga yoki mol-mulkdan ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan foydalanish huquqini berishga doir kontraktlarni tuzishda asosiy rol o‘ynasa, bunday shaxsning faoliyati ushbu chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi tashkil etilishiga olib keladi.

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Agar chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini vositachilik (topshiriq) shartnomasi yoki shunga o‘xshash shartnoma asosida harakat qiluvchi va bitimlarni ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan imzolashga vakolatli bo‘lmagan mustaqil agent orqali amalga oshirsa, ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunda, agar bunday agent asosan o‘zi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir yoki bir nechta chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa, bu shaxs tobe agent deb hisoblanadi.

Chet el yuridik shaxsi tomonidan chet ellik xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun boshqa yuridik shaxsga berish, quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi:

Chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda:

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Chet el yuridik shaxsining faoliyati bunday faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi.

Ushbu Kodeksni qo‘llash maqsadida chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sana deb quyidagi sanalar e’tirof etiladi:

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Agar ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan bir nechta shart bajarilsa, ushbu sanalarning nisbatan ilgarigisi, biroq ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismi 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan sanalarning birinchisidan ilgari kirib kelmagan sana norezidentning O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirishi boshlangan sana deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning 130-moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ikki va undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan qurilish maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan doimiy muassasaga ega bo‘lsa va ushbu doimiy muassasa ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday yoki shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi.

36-modda. Doimiy muassasa (davomi)

Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati ko‘chma xususiyatga ega bo‘lsa (yo‘l qurilishi, foydali qazilmalarni qidirish va ko‘chma xususiyatga ega bo‘lgan boshqa faoliyat turlari), bu holda butun loyihaga, uning ko‘chma xususiyatidan qat’i nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi.

Agar doimiy muassasa O‘zbekiston Respublikasining Yagona soliq to‘lovchilar reyestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi o‘n ikki oylik davr ichida ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil etgan deb e’tirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

37-modda. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar

Agar shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu shaxslar tuzadigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) ushbu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga yoki o‘zlarini vakil qilgan shaxslarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatsa, ushbu qismda ko‘rsatilgan shaxslar soliq solish maqsadlarida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar deb e’tirof etiladi.

Shaxslarning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etish uchun bir shaxsning boshqa shaxslar kapitalida ular o‘rtasida tuzilgan bitimga muvofiq ishtirok etishi tufayli yoxud bir shaxsning boshqa shaxslar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilashda boshqacha imkoniyati mavjud bo‘lganda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ta’sir inobatga olinadi. Bunday ta’sir, u bitta shaxs tomonidan bevosita va mustaqil ravishda yoki shaxsning ushbu moddaga muvofiq o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etiladigan o‘zaro bog‘liq shaxslari bilan birgalikda ko‘rsatilishi mumkinligidan yoki mumkin emasligidan qat’i nazar, inobatga olinadi.

Ushbu Kodeksning maqsadlarida mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari inobatga olingan holda quyidagilar o‘zaro bog‘liq shaxslar deb e’tirof etiladi:

37-modda. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar (davomi)

37-modda. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar (davomi)

Jismoniy shaxsning va uning ushbu moddaning uchinchi qismi 11-bandida ko‘rsatilgan o‘zaro bog‘liq shaxslarining yuridik shaxsda ishtirok etishining jami ulushi ushbu moddaning maqsadi uchun jismoniy shaxsning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushi deb e’tirof etiladi.

Agar shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) bu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga bir yoki bir nechta boshqa shaxslar tomonidan ularning bozordagi ustun mavqeyi tufayli yoxud boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli ta’sir ko‘rsatilsa, bunday ta’sir shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish uchun asos bo‘lmaydi.

37-modda. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar (davomi)

O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston yuridik shaxslaridagi bevosita va (yoki) bilvosita ishtiroki bunday yuridik shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish uchun o‘z-o‘zidan asos bo‘lmaydi. Mazkur yuridik shaxslar ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etilishi mumkin.

Agar o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan belgilarga ega bo‘lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa asoslar bo‘yicha shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish sud tomonidan amalga oshiriladi.

38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi

Soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan buyon matnda shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi (bundan buyon matnda tanlangan yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi.

Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalarining bevosita shu shaxsga tegishli bo‘lgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan ulushi yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb e’tirof etiladi.

Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushini aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik shaxsdagi soniga mutanosib ravishda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb e’tirof etiladi.

Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bilvosita ishtirok etish ulushi deb e’tirof etiladi:

38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (davomi)

Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham hisobga olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq ta’sis etilgan bo‘lsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi o‘zga chet el tuzilmalarining kapitalida ishtirok etishga haqlidir.

Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko‘pi bilan bir yil muddatga tuzilgan REPO shartnomasi doirasida olingan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish orqali amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladigan operatsiya natijasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.

Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida ushbu qimmatli qog‘ozlar, agar REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar uning tomonidan REPOning boshqa operatsiyasi bo‘yicha yoki qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar bo‘yicha sotilsagina, REPOning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bo‘lgan shaxsda hisobga olinadi.

REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilgan, shuningdek REPO shartnomasi ko‘pi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi.

38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (davomi)

Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qog‘ozlar qarziga doir shartnoma doirasida ko‘pi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish vositasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.

Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu qimmatli qog‘ozlar, agar qimmatli qog‘ozlar qarziga doir shartnoma doirasida berilgan qimmatli qog‘ozlar kreditor tomonidan qimmatli qog‘ozlar qarziga doir boshqa operatsiya bo‘yicha yoki REPO operatsiyasi bo‘yicha olingan bo‘lsagina, kreditor bo‘lgan (qimmatli qog‘ozlarni qarzga beradigan) shaxsda hisobga olinadi.

Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytarish majburiyatlari bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilgan, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan taqdirda bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi.

Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashdagi qo‘shimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi.

39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari

Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi:

Nazorat qiluvchi shaxslari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi.

Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish o‘z-o‘zidan ushbu qismda ko‘rsatilgan shaxs o‘zi uchun nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb e’tirof etishga asos bo‘lmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki o‘zga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qo‘llaniladi.

40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etiladi:

Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar bilan birgalikda hisobga olinadi.

Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan o‘tgan va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar (depozitar qaydlar) emitenti bo‘lgan bir yoki bir nechta O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan bo‘lsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi — o‘n ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy vositachilari deganda O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan chet el fond birjalari va chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi.

40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar (davomi)

Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirsa, o‘sha shaxs ham chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb e’tirof etiladi.

Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb e’tirof etiladi. Bunda shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti bo‘lsa, o‘sha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya va (yoki) o‘zga shaxslar o‘rtasidagi boshqa o‘ziga xos munosabatlar tufayli ta’sir etishi yoki ta’sir etish imkoniyati hisobga olinadi.

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining aktivlarini boshqaruvchi shaxs tomonidan ushbu tuzilma olgan foydani (daromadni) jismoniy shaxs qaysi davlatning (hududning) fuqarosi bo‘lsa yoki yuridik shaxs qaysi davlatda (hududda) tashkil etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning (hududning) qonunchiligiga va mazkur yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq taqsimlashga nisbatan qabul qilinadigan qarorga ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni amalga oshirish deb e’tirof etiladi.

40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar (davomi)

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb ushbu tuzilmaning muassisi (asoschisi) e’tirof etiladi.

Agar ushbu moddaning o‘n birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga) nisbatan bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi) mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilmaydi:

Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu tuzilmaning aktivlarini o‘z mulkiga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmasa, ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb e’tirof etiladi. Bunda ushbu tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud bo‘lish davri mobaynida, shuningdek u tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, to‘liq yoki qisman mulkka o‘tkazishga doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonunchiligi va (yoki) tuzilmaning ta’sis hujjatlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar (davomi)

Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi 1 — 3-bandlarida ko‘rsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etiladi.

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan o‘zga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etiladi:

O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti o‘zini mustaqil ravishda ushbu moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etishga haqli. Bunday hollarda, o‘zini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etgan shaxs o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi.

40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar (davomi)

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini e’tirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxslar uchun ular ta’sis etilgan yoki fuqarosi bo‘lgan chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bilimingizni sinang

Jismoniy shaxs O‘zbekiston soliq rezidenti sanalishi uchun jami 183 kalendar kundan ko‘p bo‘lishi kerak bo‘lgan har qanday ketma-ket davr qanday uzunlikda?
  1. yigirma to‘rt oylik
  2. to‘qqiz oylik
  3. o‘n ikki oylik
  4. olti oylik

To‘g‘ri javob: o‘n ikki oylik. Har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davrda 183 kundan ko‘p bo‘lgan jismoniy shaxs soliq rezidenti hisoblanadi.

Chet el fuqarosi Smit tegishli soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan ketma-ket o‘n ikki oylik davrda O‘zbekistonda jami 200 kalendar kun bo‘ldi. Soliq kodeksiga ko‘ra u kim hisoblanadi?
  1. O‘zbekiston soliq norezidenti
  2. O‘zbekiston soliq rezidenti
  3. Yakka tartibdagi tadbirkor
  4. Faqat vaqtincha yashovchi, soliq to‘lovchi emas

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston soliq rezidenti. 30-moddaga ko‘ra o‘n ikki oylik davrda 183 kalendar kundan ko‘proq bo‘lgan jismoniy shaxs soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.

Jismoniy shaxsning O‘zbekistonda haqiqatan bo‘lib turish davri qaysi holatda uzilmaydi?
  1. Olti oydan ko‘proq muddatga chet elda ishlash yoki tadbirkorlik qilish uchun ketganda
  2. Qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun chet elga chiqqanda
  3. Doimiy yashash uchun chet elga ketib, O‘zbekistonga qaytmaslik niyatida bo‘lganda
  4. Har qanday sabab bilan chet elga bir oydan ortiq muddatga chiqib ketganda

To‘g‘ri javob: Qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun chet elga chiqqanda. 30-moddaga ko‘ra qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun chiqish bo‘lib turish davrini uzmaydi.

Chet davlatning diplomatik maqomiga ega xodimi Jonson O‘zbekistonda bir yil davomida diplomatik maqomda bo‘ldi. Uning bu davri soliq rezidentligini aniqlashda qanday hisoblanadi?
  1. Faqat yarmigacha qismi soliq rezidentligini aniqlashda hisobga olinadi
  2. To‘liq hisobga olinadi, chunki u O‘zbekistonda haqiqatda bo‘lgan
  3. Faqat sud qarori bilan haqiqiy bo‘lgan vaqtiga qo‘shib hisoblanadi
  4. O‘zbekistonda haqiqatda bo‘lgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi

To‘g‘ri javob: O‘zbekistonda haqiqatda bo‘lgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi. 30-moddaga ko‘ra diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida bo‘lgan davri haqiqatda bo‘lgan vaqtga taalluqli hisoblanmaydi.

Jismoniy shaxsni ham O‘zbekistonning, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish uchun asoslar bor. Hayotiy manfaatlar markazi O‘zbekistonda deb qaysi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilganda e’tirof etiladi?
  1. Shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari O‘zbekistonda yashasa
  2. Shaxs O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lsa va boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lmasa
  3. Shaxsning yaqin do‘stlari va ish bo‘yicha hamkasblari O‘zbekistonda yashasa
  4. Shaxs O‘zbekistonda bir martagina uch kundan ortiq muddatga bo‘lgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari O‘zbekistonda yashasa. 30-moddaga ko‘ra eri (xotini) yoki yaqin qarindoshlari O‘zbekistonda yashasa, hayotiy manfaatlar markazi O‘zbekistonda deb e’tirof etiladi.

Fuqaro Karimov yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin yuridik shaxs tashkil etmagan holda muntazam tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Soliq solish maqsadida u qanday hisoblanadi?
  1. Oddiy jismoniy shaxs, tadbirkor hisoblanmaydi
  2. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi
  3. Yuridik shaxs maqomiga ega subyekt sifatida
  4. Soliq agenti va oddiy fuqaro sifatida qaraladi

To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. 31-moddaga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa ham soliq solish va javobgarlik uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.

Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasidagi ish joyi doimiy hisoblanishi uchun qancha muddatdan ortiq yaratilgan bo‘lishi kerak?
  1. bir haftadan
  2. bir oydan
  3. uch oydan
  4. olti oydan

To‘g‘ri javob: bir oydan. Bir oydan ortiq muddatga yaratilgan ish joyi doimiy hisoblanadi.

Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida joylashgan ish joyi qachon doimiy hisoblanadi?
  1. Ish joyi bir haftadan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa
  2. Ish joyi olti oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa
  3. Ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa
  4. Ish joyi bir yildan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa. 32-moddaga ko‘ra ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq munosabatlarining subyektlari, ularning huquqlari va majburiyatlariKeyingi →Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar (2/3)