XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 52–60-m.

Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar (3/3)

Umumiy Qism

52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari

Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qog‘ozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlarning shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va (yoki) chet davlatlarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligida repo shartnomalariga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan shartnoma REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladi. Bunda repo shartnomasining birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha REPOning birinchi va ikkinchi qismlari deb e’tirof etiladi.

Repo shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchi va repo shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tegishincha REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi deb e’tirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlar REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak.

REPO operatsiyasining shartlari bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan kamida bittasini nazarda tutishi mumkin:

52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari (davomi)

Ushbu Kodeks maqsadida REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning tegishli qismi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan muddatlari REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish sanalari hisoblanadi.

REPOning birinchi yoki ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ularga haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar turli sanalarda bajarilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash yoki ularni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan eng kechrog‘i tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb e’tirof etiladi.

REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham o‘zgartirilishi mumkin. REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan bo‘lsa va agar REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar bajarilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida bajarilgan bo‘lsa, REPO operatsiyalari deb e’tirof etiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining (birjaning) yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday o‘zgartirilishi ushbu modda maqsadida REPO muddatini o‘zgartirish deb e’tirof etiladi.

52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari (davomi)

Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chog‘ida aniqlanadi va u qat’iy belgilangan yoki hisob-kitobli bo‘lishi mumkin.

REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.

Agar REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida to‘liq yoki qisman bajarilmasa va o‘zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili o‘tkazilmasa, REPOning ikkinchi qismi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, lozim darajada bajarilmagan deb e’tirof etiladi.

Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi:

52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari (davomi)

REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi soliq solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim.

REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq to‘lovchi tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi:

REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash uchun asos bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi.

REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash chog‘idagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.

53-modda. Qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalari

Qimmatli qog‘ozlarni qarzga berish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeks qoidalari soliq to‘lovchining vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan tegishli fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida uning hisobidan amalga oshirilgan qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qog‘ozlarning qarz shartnomasida foizlar pul shaklida to‘lanishi nazarda tutilishi kerak.

Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlarida belgilanadi.

Qarz shartnomasi bo‘yicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, hisob-kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qog‘ozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.

Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz oluvchiga o‘tkazish chog‘idagi o‘tish sanasi qarzning boshlanish sanasi bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga o‘tkazish chog‘idagi o‘tish sanasi qarzning tugash sanasi bo‘ladi.

53-modda. Qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalari (davomi)

Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qog‘ozlar tarzida berilgan (olingan) qarz shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak.

Agar qarz shartnomasida qimmatli qog‘ozlarni qaytarish muddati belgilanmagan bo‘lsa yoki mazkur muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa (ochiq sanali qarz shartnomasi) va qarz boshlangan sanadan e’tiboran bir yil ichida qimmatli qog‘ozlar qarz oluvchi tomonidan kreditorga qaytarilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida qimmatli qog‘ozlar qarz boshlangan sanada realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi.

Bunda kreditorning va qarz oluvchining qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishdan (sotib olishdan) olingan daromadlari hamda qilingan xarajatlari qimmatli qog‘ozlarning qarz boshlangan va foizlar olingan (to‘langan) sanadagi bozor narxidan (hisob-kitob narxidan) kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.

Mazkur qimmatli qog‘ozlarning ko‘rsatilgan bozor (hisob-kitob) narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.

Ushbu modda sakkizinchi qismining qoidalari quyidagi hollarda ham qo‘llaniladi, agar:

53-modda. Qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalari (davomi)

Qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytarish yuzasidan majburiyatlar bajarilmagan yoki to‘liq hajmda bajarilmagan taqdirda, o‘ziga nisbatan lozim darajada bajarmaslikka yo‘l qo‘yilgan va o‘zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili o‘tkazilmagan REPO operatsiyasi uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartib soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.

54-modda. Moliyaviy ijara va lizing

Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) o‘n ikki oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak:

3¹) islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini mulk huquqini o‘tkazish bo‘yicha alohida shartnoma va unda belgilanadigan shartlar asosida qabul qilib olish huquqiga ega bo‘lsa;

54-modda. Moliyaviy ijara va lizing (davomi)

Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb e’tirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga ko‘ra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi bo‘yicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi hamda uni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shartnoma bo‘yicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi.

Ushbu Kodeks maqsadi uchun moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi bo‘lgan ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi.

Soliq solish maqsadida islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomalariga ham moliyaviy ijara va lizing shartnomalari sifatida qaraladi hamda ularga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi.

55-modda. Soliq qarzi

Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri ma’lumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasiga (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha soliq qarzining hisobi alohida yuritiladi.

Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.

Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

56-modda. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘z huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin.

Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga va soliq to‘lovchilar tomonidan soliq organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti ushbu soliq to‘lovchi soliq organlarida hisobga qo‘yilganidan keyin shakllantiriladi.

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy tartibda (bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) amalga oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, soliq to‘lovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi.

56-modda. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti (davomi)

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o‘z soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi.

Elektron raqamli imzo soliq to‘lovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari markazi orqali haq to‘lash asosida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi to‘xtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq to‘lovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq to‘lovchi hujjatlarni soliq organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi.

Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi chog‘ida u ko‘rsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar yuboriladi.

Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilganda soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi to‘xtatib turilganligi yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan bo‘lsa, mazkur hujjat soliq to‘lovchiga ushbu ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch kun ichida qog‘ozda yuboriladi.

56-modda. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti (davomi)

Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va o‘n uchinchi qismlariga muvofiq soliq organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatishga taalluqli ma’lumotlarni soliq organiga taqdim etish uchun foydalaniladi.

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hisobga qo‘yilgan kundan e’tiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish huquqi soliq organlari soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirishi chog‘ida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi.

57-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;

yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa.

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:

Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.

58-modda. Notijorat tashkilotlar

Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar:

daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;

daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.

59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar

Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi:

59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (davomi)

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ularning tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar deb e’tirof etiladi.

Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi.

60-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar

Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi:

asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi;

jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi;

ijara (lizing) to‘lovi — ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan to‘lanadigan summa;

ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi — moliyaviy ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) to‘lovi summasi va qiymati o‘rtasidagi farq;

nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal to‘plagichlardagi fiskal ma’lumotlar yozib olinishi va saqlanishini ta’minlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal ma’lumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qo‘llash to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qog‘ozda chop etilishini ta’minlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;

ortiqcha to‘langan soliq summasi (penya, jarima) — soliqning (penyaning, jarimaning) to‘langan summasi bilan haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq. Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha to‘langan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) soliq to‘lovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi;

60-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar (davomi)

ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida ortiqcha to‘langan soliq summasi;

tan olingan soliq qarzi — soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kun ichida soliq to‘lovchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarz yoki sud qarori bilan tasdiqlangan qarz;

xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi — soliq (penya, jarima) summasini to‘lagan shaxsni va (yoki) ushbu to‘lovning maqsadini qat’iy aniqlash imkoniyatini bermaydigan to‘lov chog‘ida xatolikka yo‘l qo‘yilgan soliq (penya, jarima) summasi. Qaysi soliqqa (penyaga, jarimaga) nisbatan uni to‘lagan shaxs soliq to‘lovchi deb hisoblanmaydigan shaxsdan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan budjetdan boshqa budjetga kelib tushgan soliq (penya, jarima) summasi ham xatolik bilan to‘langan deb e’tirof etiladi;

umidsiz qarz — sud qarori bilan majburiyat bekor qilinganligi tufayli yoxud qarzdor bankrot deb topilganligi, tugatilganligi, vafot etganligi yoki da’vo muddati tugaganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz, shuningdek Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n yil ichida to‘lanmagan qarz;

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashni va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi reyting;

60-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar (davomi)

islomiy moliya faoliyati — qonunchilikda belgilangan tartibda, islomiy moliya standartlari asosida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat;

islomiy moliya operatsiyalari — qonunchilikka muvofiq islomiy moliya standartlari asosida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar.

Bilimingizni sinang

Talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar REPO deb e’tirof etilishi uchun REPOning ikkinchi qismi birinchi qism bajarilgan sanadan boshlab qancha muddat ichida bajarilishi kerak?
  1. bir yil
  2. ikki yil
  3. uch oy
  4. olti oy

To‘g‘ri javob: bir yil. Ikkinchi qism birinchi qism majburiyatlari bajarilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida bajarilsa, operatsiya REPO hisoblanadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiya REPO deb e’tirof etilishi uchun ikkinchi qism birinchi qismga doir majburiyatlar bajarilgan sanadan e’tiboran qancha muddat ichida bajarilishi kerak?
  1. Bir oy ichida
  2. Olti oy ichida
  3. Bir yil ichida
  4. Uch yil ichida

To‘g‘ri javob: Bir yil ichida. 52-modda: ikkinchi qism birinchi qism majburiyatlari bajarilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida bajarilsa, REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladi.

REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni taraflar kelishgan sanadan e’tiboran qancha muddat ichida bajarish uni to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi?
  1. o‘n kun
  2. uch kun
  3. besh kun
  4. o‘n besh kun

To‘g‘ri javob: o‘n kun. Kelishilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida bajarish ikkinchi qismni to‘liq bajarmaslik hisoblanmaydi.

«Kapital» AJ REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni taraflar kelishgan sanadan 8 kun o‘tib bajardi. Soliq kodeksiga ko‘ra bu holat qanday baholanadi?
  1. REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi
  2. REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etiladi, chunki muddat buzilgan
  3. REPO shartnomasi o‘z-o‘zidan bekor bo‘ladi
  4. REPO operatsiyasi qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyasiga aylanadi

To‘g‘ri javob: REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi. 52-modda: majburiyatlarni kelishilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida bajarish REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi.

Quyidagi holatlardan qaysi birida soliq to‘lovchi REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida mustaqil ravishda qayta tavsiflaydi?
  1. REPO stavkasi taraflar kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilganda
  2. REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi uzaytirilganda
  3. Boshqa qimmatli qog‘ozlar berish huquqidan foydalanilganda
  4. Repo shartnomasi bekor qilinganda

To‘g‘ri javob: Repo shartnomasi bekor qilinganda. 52-modda: shartnoma bekor qilinganda, talablarga rioya etilmaganda yoki ikkinchi qism lozim darajada bajarilmaganda qayta tavsiflash amalga oshiriladi.

REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash qaysi sanada amalga oshiriladi?
  1. Qayta tavsiflash asosi bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalarning eng kechrog‘ida
  2. Qayta tavsiflash asosi bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalarning eng avvalgisida
  3. REPOning ikkinchi qismi bajarilgan sanada
  4. Hisobot (soliq) davrining oxirgi kunida

To‘g‘ri javob: Qayta tavsiflash asosi bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalarning eng avvalgisida. 52-modda: qayta tavsiflash asos bo‘lgan shartlar yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi.

Soliq Kodeksi maqsadida qimmatli qog‘ozlar tarzida berilgan qarz shartnomasining muddati qancha muddatdan oshmasligi kerak?
  1. uch yildan
  2. olti oydan
  3. bir yildan
  4. ikki yildan

To‘g‘ri javob: bir yildan. Qimmatli qog‘ozlar qarzi shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak.

Soliq kodeksining maqsadlari uchun qimmatli qog‘ozlar tarzida berilgan (olingan) qarz shartnomasining muddati qancha muddatdan oshmasligi kerak?
  1. Olti oydan
  2. Ikki yildan
  3. Bir yildan
  4. Uch yildan

To‘g‘ri javob: Bir yildan. 53-modda: qimmatli qog‘ozlar tarzida berilgan qarz shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiUshbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar (2/3)Keyingi →Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi