XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 97–102-m.

Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish

Umumiy Qism

97-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirishning umumiy shartlari

Soliq to‘lashning muddatini keyinroq muddatga ko‘chirish soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirishga ushbu bobda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy soliq summasiga yoki uning bir qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz summasi deb yuritiladi) nisbatan, qarz summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish mumkin.

Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida amalga oshiriladi.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shu soliq bo‘yicha tegishlicha bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich qarz summasini to‘lagan holda, ushbu soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishdan iboratdir.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, agar ushbu Kodeksning 99-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi.

Soliq to‘lash muddati o‘zgartirilishiga talabgor shaxs (bundan buyon ushbu bobda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida ariza berishga yoxud bu haqda xabardor qilishga haqli. Bunday ariza bir yoki bir nechta soliqqa nisbatan berilishi mumkin.

97-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirishning umumiy shartlari (davomi)

Manfaatdor shaxsning soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash haqidagi arizasini ko‘rib chiqish chog‘ida, soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli organ mazkur shaxsga u bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning ushbu bobda nazarda tutilgan boshqa shartlarini taklif etishga haqli.

Soliq to‘lash muddatining o‘zgartirilishi soliq to‘lash bo‘yicha mavjud majburiyatlarni bekor qilmaydi va yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Ushbu Kodeksning 99-moddasida ko‘rsatilgan organlarning qaroriga ko‘ra soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 107 — 109-moddalariga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.

Ushbu bob qoidalari penya va jarima to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganda ham qo‘llaniladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar solig‘i, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno) to‘lash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida to‘xtatib turiladi. Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq qarzlari olti oy ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

97-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirishning umumiy shartlari (davomi)

Ushbu bobning qoidalari soliq agentlariga va ushbu Kodeksning 482-moddasida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

98-modda. Soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni istisno etadigan holatlar

Agar manfaatdor shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilayotgan bo‘lsa, soliqni to‘lash muddati o‘zgartirilishi mumkin emas:

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlar ushbu Kodeks 99-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin emas, qabul qilingan qaror esa bekor qilinishi lozim.

98-modda. Soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni istisno etadigan holatlar (davomi)

Qabul qilingan qaror bekor qilingani to‘g‘risida manfaatdor shaxs va ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organi uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi. Manfaatdor shaxs bunday qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘iga nisbatan soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.

99-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli organlar

Quyidagi organlar soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi):

99-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli organlar (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq to‘lovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida ko‘rsatilgan har qanday soliq bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.

100-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari

Soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to‘lash imkonini bermasa, biroq ko‘rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan muddat mobaynida to‘lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkin.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:

3¹) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;

100-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari (davomi)

3²) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

3³) agar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa. Mazkur tartib qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);

100-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari (davomi)

Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3 — 6-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini va moliyaviy sanksiyalarning tekshiruv materiallarini, shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida teng ulushlarda to‘lashga haqli. Bunda ushbu tartib sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha hisoblangan moliyaviy sanksiyalar summasini to‘lashga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi. Agar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash ushbu modda ikkinchi qismining 3³-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha taqdim etilgan va soliq qarzi bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan bo‘lsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi.

100-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari (davomi)

Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 3, 3¹, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 3²-bandi bo‘yicha soliqlarni to‘lash kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismi 3²-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra foizlar soliqlarni to‘lash kechiktirish bo‘yicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng amal qilish muddati tugagan sanadan e’tiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda o‘n ikki oy ichida to‘lanadi.

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi. Tadbirkorlik subyektlari (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni bir ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) binolar hamda inshootlarga bo‘lgan mulkiy huquq olinganda ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlarni to‘lashni taqdim etilgan xabarnoma asosida xabardor qilgan holda va garov ta’minotisiz olti oy muddatga kechiktirish huquqiga ega. Bunda kechiktirilgan soliqlar summasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalarining, binolarning va inshootlarning qiymatidan va (yoki) maydonlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan soliqlar miqdorida belgilanadi.

Manfaatdor shaxsning soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi (davomi)

Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:

Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi.

Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga bunday asos mavjudligini va budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish hisobiga ushbu shaxsga kelib tushmagan summani yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasining, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlarning haqi to‘lanmaganligini tasdiqlovchi moliya organining hujjati ilova qilinadi.

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi (davomi)

Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida ko‘rsatilgan asos mavjudligi manfaatdor shaxsning moliyaviy holatini tahlil qilish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yoki u vakolat bergan soliq organi tomonidan aniqlanadi. Bunday tahlil O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan uslubiyatga muvofiq o‘tkaziladi.

Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 4-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning ko‘char va ko‘chmas mulki (bundan qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 5-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga ushbu shaxs tomonidan tuzilgan, mazkur shaxsning umumiy daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdan olingan daromadlarining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar va faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi (davomi)

Ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3¹-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Bunda ushbu qismda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadigan soliq summasi oxirgi uch yil davomida to‘langan soliqlar summasining ellik foizidan oshmasligi kerak.

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasida ushbu shaxs mazkur bobga muvofiq qarz summasiga hisoblangan foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Vakolatli organning talabiga ko‘ra, manfaatdor shaxs garov predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank kafolatini taqdim etadi.

Vakolatli organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha ushbu shaxs tomonidan qarz summasining to‘lanishini vaqtinchalik (ariza ko‘rib chiqiladigan davrda) to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Bunday qarorning ko‘chirma nusxasi manfaatdor shaxs tomonidan o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda taqdim etiladi.

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish yoxud uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsning arizasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi.

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi (davomi)

Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

Tegishli hollarda soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorda garov predmeti bo‘lgan mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlar, kafillik xati yoki bank kafolati ko‘rsatilishi kerak.

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qaror ushbu qarorda belgilangan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Bunda soliqni to‘lash uchun belgilangan kundan e’tiboran ushbu qaror kuchga kiradigan kunga qadar bo‘lgan butun vaqt uchun tegishli penyalar, agar to‘lovning ko‘rsatilgan muddati ushbu qaror kuchga kiradigan kundan oldin bo‘lsa, qarz summasiga kiritiladi.

Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mol-mulk garovi evaziga beriladigan bo‘lsa, uni berish to‘g‘risidagi qaror faqat ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda mol-mulk garovi to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga kiradi.

Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Agar soliq to‘lovchi tomonidan yuborilgan xabarnoma ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3²-bandida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq bo‘lmasa, soliq organi uch kundan kechiktirmay soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

101-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi (davomi)

Soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi vakolatli organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.

102-modda. Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishini tugatish

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi tegishli qarorning amal qilish muddati o‘tganidan keyin tugatiladi yoxud ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda bu muddat kelishidan oldin tugatilishi mumkin.

Soliqning to‘liq summasi va tegishli foizlarning summasi belgilangan muddat o‘tgunga qadar to‘langan taqdirda soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi muddatidan oldin tugatiladi.

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari manfaatdor shaxs tomonidan buzilgan taqdirda, uning amal qilishi soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish muddatini tegishli o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organning qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Yer uchastkalar, binolar va inshootlar soliq to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish muddati davrida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan taqdirda, ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3²-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra kechiktirish summasi bir oy ichida to‘liq miqdorda undiriladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi muddatidan oldin tugatilganda manfaatdor shaxs tegishli qarorni olganidan keyin bir oy ichida soliq qarzining to‘lanmagan summasini, shuningdek soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan boshlab ushbu summa to‘langan kungacha bo‘lgan har bir kalendar kun uchun penya to‘lashi kerak. Bunda soliq qarzining qoplanmasdan qolgan summasi kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan soliq qarzi summasi to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) amal qilgan davrda kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) haqidagi qarorga muvofiq hisoblangan foizlar summasiga oshirilgan summa bilan haqiqatda to‘langan summalar hamda foizlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

102-modda. Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishini tugatish (davomi)

Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu qarorni qabul qilgan vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda manfaatdor shaxsga yuboriladi. Bunday qarorning ko‘chirma nusxasi ayni shu muddatda manfaatdor shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.

Vakolatli organning soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan manfaatdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Ushbu bobda nazarda tutilgan va manfaatdor shaxs tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar ularni to‘lash muddati buzilgan taqdirda hamda ularni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani bajarish muddati o‘tganidan keyin ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda undiriladi.

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, agar 99-moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, eng ko‘pi bilan qancha muddatga beriladi?
  1. Bir yildan oshmagan muddatga
  2. Olti oydan oshmagan muddatga
  3. Uch yildan oshmagan muddatga
  4. Ikki yildan oshmagan muddatga

To‘g‘ri javob: Bir yildan oshmagan muddatga. 99-moddada boshqacha qoida bo‘lmasa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bir yildan oshmagan muddatga beriladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish deb nima e’tirof etiladi?
  1. Soliq stavkasini kamaytirish yoki soliq bazasini qisqartirish
  2. Soliq summasini to‘liq yoki qisman kechib yuborish
  3. Soliq to‘lashning muddatini keyinroq muddatga ko‘chirish
  4. Soliqni budjetga belgilangan muddatdan oldin to‘lash

To‘g‘ri javob: Soliq to‘lashning muddatini keyinroq muddatga ko‘chirish. 97-modda: soliq to‘lashning muddatini keyinroq muddatga ko‘chirish soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish deb e’tirof etiladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish qaysi shaklda amalga oshiriladi?
  1. Soliqni kamaytirish yoki ayrim qismidan voz kechish shaklida
  2. Soliqni kafolat bilan qaytarib berish shaklida
  3. Soliq stavkasini vaqtincha pasaytirish shaklida
  4. Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida

To‘g‘ri javob: Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida. 97-modda: muddatni o‘zgartirish to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida amalga oshiriladi.

Soliq kodeksining 99-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash qancha muddatga beriladi?
  1. Bir yildan oshmagan muddatga
  2. Olti oydan oshmagan muddatga
  3. Ikki yildan oshmagan muddatga
  4. Besh yildan oshmagan muddatga

To‘g‘ri javob: Bir yildan oshmagan muddatga. 97-modda: kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, 99-moddada boshqacha qoida bo‘lmasa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilgach, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv davrida to‘xtatib turilgan joriy soliq qarzlari qancha muddat ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi?
  1. Olti oy ichida
  2. To‘qqiz oy ichida
  3. O‘n ikki oy ichida
  4. Uch oy ichida

To‘g‘ri javob: Olti oy ichida. Sud boshqaruvchining hisobotini tasdiqlab, ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran qarzlar olti oy ichida teng ulushlarda to‘lanadi.

«Atlas» MChJga nisbatan sud sanatsiyasi joriy etildi. Sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlab, to‘lovga qobiliyatsizlik haqidagi ishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqardi. To‘xtatib turilgan joriy soliq qarzlari ajrim sanasidan e’tiboran qanday to‘lanadi?
  1. Bir oy ichida to‘liq summada
  2. Uch yil ichida har yili teng ulushlarda
  3. Olti oy ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib
  4. Qarz soliq organi tomonidan hisobdan chiqariladi

To‘g‘ri javob: Olti oy ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib. 97-modda: sud ajrimi sanasidan e’tiboran soliq qarzlari olti oy ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Quyidagi holatlardan qaysi birida manfaatdor shaxsga nisbatan soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish mumkin emas?
  1. Shaxs tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan bo‘lsa
  2. Shaxs bankrot deb topilgan bo‘lsa
  3. Shaxsning faoliyati mavsumiy xususiyatga ega bo‘lsa
  4. Shaxsni budjetdan moliyalashtirish kechiktirilgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Shaxs bankrot deb topilgan bo‘lsa. 98-modda: shaxs bankrot deb topilgan bo‘lsa, soliq to‘lash muddati o‘zgartirilishi mumkin emas.

Soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingani haqida manfaatdor shaxs va uning soliq organi qaysi muddatda yozma xabardor qilinadi?
  1. Bir kunlik
  2. Besh kunlik
  3. O‘n kunlik
  4. Uch kunlik

To‘g‘ri javob: Uch kunlik. 98-modda: bekor qilingani haqida uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq majburiyatini bajarishKeyingi →Ortiqcha to‘langan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish