XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 126–134-m.

Soliq to‘lovchilarni hisobga olish tartibi

Umumiy Qism

126-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish to‘g‘risida umumiy qoidalar

Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qo‘yish ushbu Kodeks u yoki bu soliqni to‘lash majburiyatining paydo bo‘lishini bog‘laydigan holatlar mavjudligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Soliq organlarida hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish ularga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida u bir vaqtning o‘zida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qo‘yilgan holda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini yuritadi.

126-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish to‘g‘risida umumiy qoidalar (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning tarkibi hamda reyestrni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organida hisobga qo‘yilgan paytdan boshlab soliq siridir.

127-modda. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami

Hisobga olishda har bir soliq to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona bo‘lgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.

Adliya organlarida hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga ko‘ra beriladi.

Ushbu Kodeks 126-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi.

Soliq to‘lovchiga identifikatsiya raqamini berish, qo‘llash hamda uni o‘zgartirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Soliq organi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatadi.

Har bir soliq to‘lovchi o‘zining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini soliq hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ko‘rsatadi.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy ko‘rsatiladi:

faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarda;

yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;

127-modda. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (davomi)

yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv hujjatlarida;

pul, hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida;

qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.

128-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish

Yuridik shaxslar o‘zlari joylashgan yerdagi va ularning alohida bo‘linmalari joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

Tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida bo‘linmalar kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida bo‘linma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida, kripto-birjalarda va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident bo‘lgan yuridik shaxslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida yirik soliq to‘lovchilarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni vakolatxona yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Jismoniy shaxslar o‘z yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra hisobga qo‘yilishi lozim.

Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi ushbu Kodeksning 129 va 130-moddalarida belgilanadi.

129-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tartibi

Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan tartibda olinadigan ma’lumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Soliq organlari o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilar hisobga olinishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq to‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumotlar hisobi yuritilishini ta’minlashi shart.

O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida soliq organlarida hisobga qo‘yish quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:

Chet el yuridik shaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali o‘z faoliyatini amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Faoliyatini boshqa alohida bo‘linmalar orqali amalga oshirish chog‘ida chet el yuridik shaxsini hisobga qo‘yish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

129-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tartibi (davomi)

Hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini boshlagan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ariza bunday shaxs tomonidan u O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini tugallagan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi.

Hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi ariza berilayotganda chet el yuridik shaxsi mazkur ariza bilan bir vaqtning o‘zida soliq organiga hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Chet el yuridik shaxsni O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday chet el yuridik shaxsining o‘zini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etishi to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan voz kechishi haqidagi) arizasi asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni hisobga qo‘yish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.

Yuridik shaxsni soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobga qo‘yish ushbu Kodeksning 64-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazgan soliq organi tomonidan shartnoma ro‘yxatga olingan sanadan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi).

129-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tartibi (davomi)

Yuridik shaxsni soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarish soliq organi tomonidan ushbu Kodeksning 68-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi).

Jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatuvchi va hisob-kitoblarni bevosita mazkur jismoniy shaxslar bilan amalga oshiradigan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan hisobga olish (hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi ariza hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Soliq agenti deb e’tirof etiladigan vositachi bo‘lgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi ariza ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan chet el tashkilotlari tomonidan soliq organiga mazkur xizmatlar ko‘rsatish boshlangan (tugallangan) kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi. Hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan tegishli ariza va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

129-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tartibi (davomi)

Chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunchiligi talablari buzilgan taqdirda, soliq organi bunday yuridik shaxsni tegishli ariza taqdim etmagan holda soliq hisobidan chiqarishga haqli.

Soliq organida avval ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan chet el yuridik shaxsini hisobga qo‘yish soliq organi tomonidan hisobga olish to‘g‘risidagi ariza va ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ushbu modda o‘n uchinchi — o‘n oltinchi qismlarining qoidalari mazkur xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatuvchi yoki bunday xizmatlarni bevosita vositachi sifatida o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan organlar taqdim etadigan ma’lumot yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida mazkur jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yashash joyi soliq solish maqsadlari uchun jismoniy shaxsning turgan joyi bo‘yicha aniqlanadigan jismoniy shaxslar o‘zi turgan joydagi soliq organiga soliq organlarida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Soliq to‘lovchida hisobga qo‘yish joyini aniqlash xususida qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, qaror u taqdim etgan ma’lumotlar asosida soliq organi tomonidan qabul qilinadi.

130-modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan chet ellik shaxslarni hisobga qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Ushbu arizaga quyidagilarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tarzda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi:

Agar O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.

130-modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan chet ellik shaxslarni hisobga qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs o‘z faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan bir nechta shartnomalar tuzgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan oshadigan bo‘lsa, o‘sha shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning) ishtirokchisi bo‘lgan, faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish uchun o‘z faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan (yashaydigan, turgan) yeridagi soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:

130-modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan chet ellik shaxslarni hisobga qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oladigan, ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq to‘lash manbasida soliq solinishi lozim bo‘lmagan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan o‘ttiz kalendar kun davomida turgan (yashaydigan) joyidagi soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:

O‘zbekiston Respublikasida mol-mulk solig‘i yoki yer solig‘i solish obyekti bo‘lgan mol-mulkni oluvchi chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun bunday mol-mulk yoki yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:

131-modda. Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish

Soliq to‘lovchini hisobga qo‘yish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish u ushbu Kodeksning 129-moddasida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq to‘lovchida soliq to‘lovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.

Hisobga qo‘yilmagan joyda yer solig‘ini, mol-mulk solig‘ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash majburiyati o‘zida yuzaga kelgan soliq to‘lovchi mazkur majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan yerda hisobga qo‘yish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi kerak, bundan ushbu Kodeks 133-moddasining uchinchi va oltinchi qismlariga muvofiq soliq organlariga bunday ma’lumotlarni taqdim etish organlar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyati bo‘lgan hollar mustasno.

Hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan soliq solinadigan obyektlar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi.

131-modda. Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish (davomi)

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyat, shuningdek:

benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘ining soliq to‘lovchilariga;

hududiy alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha xodimlar soni yigirma besh kishidan ko‘p bo‘lgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi.

Ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab o‘n kun ichida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi soliq organiga aksiz solig‘i soliq to‘lovchisi sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.

Ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq agenti alohida bo‘linma tashkil etilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin o‘n kun ichida alohida bo‘linma joylashgan yerdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchi soliq agenti sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.

Soliq organi soliq to‘lovchiga ilgari berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga muvofiq uni murojaat qilgan kunidan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay obyektning joylashgan yeri bo‘yicha hisobga oladi.

132-modda. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari

Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari deganda soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek ushbu Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tushuniladi.

Yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan:

Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsga doir ma’lumotlari kiritiladi:

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob ma’lumotlari tarkibiga ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi:

132-modda. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari (davomi)

Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak.

Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan ularni tasdiqlash, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari

Tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi soliq organiga ushbu shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan ko‘chirmani, rahbar (rahbar vazifalarini bajaruvchi shaxs) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini va uning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlarni topshirishi shart. Shuningdek mazkur organlar soliq organiga davlat reyestriga kiritilgan va tegishli shaxslarga taalluqli bo‘lgan har qanday o‘zgartirishlar to‘g‘risida bunday o‘zgartirishlar kiritilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ma’lum qilishi shart.

Ichki ishlar organlari identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi, shu jumladan yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati o‘tgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar o‘rniga identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi faktlari to‘g‘risida, bekor qilingan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida o‘zlari joylashgan joydagi soliq organlariga har oyda xabar berib borishi, shuningdek turar joyni ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasi, tekin foydalanishga berish shartnomasi mavjud emasligi yoki ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasining soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etilmaganligi bo‘yicha aniqlangan faktlar to‘g‘risida o‘zlari joylashgan joydagi soliq organlariga uch kun ichida xabar berishi shart.

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari (davomi)

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida har yili 1-mayga qadar maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shart.

Tabiiy resurslardan foydalanuvchilarni hisobga olishni va (yoki) ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiruvchi organlar tabiatdan foydalanish joyidagi soliq organlariga tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (litsenziya, ruxsatnoma berilgan) kundan e’tiboran o‘n kun ichida soliq solish obyekti bo‘lgan bunday resurslardan foydalanishga doir huquqlar berish to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.

Suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga suvdan foydalanuvchi shaxslar va ular tomonidan foydalanilgan suv hajmlari to‘g‘risida real vaqt rejimida elektron shaklda axborot taqdim etishi shart.

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari (davomi)

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatilgan tartib-taomillardan o‘tgan shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga elektron shaklda real vaqt rejimida taqdim etishi shart.

Chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar hamda tashkilotlar chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi (akkreditatsiyadan mahrum etilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatxona joylashgan yerdagi soliq organiga tegishli hodisa ro‘y bergan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ma’lum qilishi shart.

Xalqaro tashkilotlarning hamda chet el notijorat nohukumat tashkilotlarining vakolatxonalari reyestrini yuritish vakolatiga ega bo‘lgan organ mazkur reyestrga tegishli tarzda kiritilganlik (reyestrdagi o‘zgartirishlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni akkreditatsiyadan o‘tkazilgan (akkreditatsiyadan mahrum etilgan) yoki mazkur reyestrga ma’lumotlar (o‘zgartirishlar) kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida vakolatxona joylashgan yerdagi soliq organiga xabar qilishi shart.

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari (davomi)

Vasiylik va homiylik organlari mol-mulk mulkdorlari (egalari) bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan vasiylik, homiylik hamda mol-mulk boshqaruvi belgilanganligi to‘g‘risida, shu jumladan mol-mulk mulkdori (egasi) bo‘lgan bolaning vasiy oilaga topshirilganligi haqida, shu jumladan mazkur vasiylik, homiylik va mol-mulk boshqaruvi bilan bog‘liq keyingi o‘zgartirishlar to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida o‘zlari joylashgan yerdagi soliq organlariga ma’lum qilishi shart.

Notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan organlar (muassasalar) ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori haqida, merosga egalik qilish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar berilganligi hamda hadya etish shartnomalari notarial tarzda tasdiqlanganligi to‘g‘risida soliq organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida real vaqt rejimida xabar qilishi shart. Bunda hadya etish shartnomalari tasdiqlanganligi to‘g‘risida taqdim etilayotgan axborotda hadya qiluvchi va hadya oluvchi shaxs o‘rtasidagi qarindoshlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Chet ellik fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ishlash uchun ruxsatnomalar yoki patentlar berishni amalga oshiruvchi organlar chet ellik fuqarolar yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar turgan joyi bo‘yicha migratsiya hisobiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. Bunday ma’lumotlar soliq organlarida hisobda turmagan va o‘ziga nisbatan ishlash uchun ruxsatnomani yoki patentni rasmiylashtirish uchun hujjatlar ko‘rib chiqishga qabul qilingan chet ellik fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan taqdim etiladi. Mazkur organlar belgilangan hujjatlar qabul qilingan kundan keyin keladigan kundan kechiktirmay ushbu ma’lumotlarni o‘zlari joylashgan yerdagi soliq organlariga xabar qiladi.

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari (davomi)

Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.

Bojxona organlari soliq organlariga quyidagilarni taqdim etishi shart:

import operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni, tovarlar, shuningdek milliy va xorijiy elektron savdo maydonchalarida (elektron savdo platformalarida) xorijiy davlatlarga realizatsiya qilingan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganidan keyin eksport operatsiyalari bo‘yicha axborotni hamda tovarlarni olib o‘tish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali elektron tijorat shaklida amalga oshirilgan tovarlarni olib o‘tish haqidagi axborotni real vaqt rejimida;

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona omborlarida tovarlar saqlanayotganligi faktlari to‘g‘risidagi axborotni har oyda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik xarita ma’lumotlarini axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etishi shart.

Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilovchi organ soliq organlariga tegishli ma’lumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy mahsulotlarni taqdim etish orqali domen nomlarining ma’murlari to‘g‘risidagi axborotlarga kirish huquqini beradi.

133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari (davomi)

Soliq organlariga ushbu moddada nazarda tutilgan, qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etiladigan ma’lumotlarning shakllari, shuningdek shakllarni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ma’lumotlarni soliq organlariga elektron shaklda taqdim etish tartibi o‘zaro hamkorlik qiluvchi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan ma’lumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’lumotlar ushbu moddada belgilangan organlar, muassasalar, tashkilotlar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan soliq organlarining so‘rovlariga binoan so‘rov olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi.

Muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyati qonunchilikda belgilanadi.

134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari

Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning (bundan buyon ushbu moddada mijoz deb yuritiladi) hisobvarag‘i yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvarag‘i yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi axborotni tegishli hodisa ro‘y bergan kundan e’tiboran uch kun ichida elektron shaklda, o‘zi joylashgan yerdagi soliq organiga ma’lum qilishi shart.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni bank tomonidan ma’lum qilish tartibi va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘roviga binoan bank yozma so‘rov olingan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni berishi shart:

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli organining so‘rovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan so‘rab olinishi mumkin.

134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari (davomi)

Soliq organi tomonidan bankka so‘rov yuborish shakli va tartibi hamda banklar tomonidan soliq organlarining so‘rovlariga ko‘ra axborot taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

V BO‘LIM.

SOLIQ NAZORATI

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq organlarida hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
  1. Davlat boji to‘langan holda
  2. Bepul amalga oshiriladi
  3. Eng kam ish haqining bir baravari miqdoridagi yig‘im evaziga
  4. Faqat yuridik shaxslar uchun pullik asosda

To‘g‘ri javob: Bepul amalga oshiriladi. 126-moddaga ko‘ra soliq organlarida hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligini qaysi hujjat tasdiqlaydi?
  1. Soliq organi bergan alohida ro‘yxat daftarchasi
  2. Bank tomonidan beriladigan hisobvaraq ochilganlik ma’lumotnomasi
  3. Statistika organi beradigan xat
  4. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma

To‘g‘ri javob: Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma. 126-moddaga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Fuqaro Karimova ID-karta oldi va endi soliq organidan «soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganlik» haqida alohida guvohnoma berilishini talab qilmoqda. Soliq kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Soliq organi unga alohida guvohnoma berishi shart, chunki hisobga qo‘yish faqat shunday hujjat berilgandan keyin amalga oshadi
  2. Guvohnoma faqat davlat boji to‘langandan keyin beriladi, hisobga qo‘yish esa guvohnoma olingach kuchga kiradi
  3. Alohida hujjat berilmaydi, hisobga qo‘yish ID-karta yoki shaxsiy identifikatsiya raqami berilishi bilan bir vaqtda amalga oshadi
  4. Hisobga qo‘yish faqat daromad olganidan keyin amalga oshadi, shuning uchun alohida hujjat daromad olingach beriladi

To‘g‘ri javob: Alohida hujjat berilmaydi, hisobga qo‘yish ID-karta yoki shaxsiy identifikatsiya raqami berilishi bilan bir vaqtda amalga oshadi. 126-moddaga ko‘ra jismoniy shaxs hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.

Soliq kodeksiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini kim yuritadi?
  1. Iqtisodiyot vazirligi
  2. Davlat soliq qo‘mitasi
  3. Statistika agentligi
  4. Markaziy bank xizmati

To‘g‘ri javob: Davlat soliq qo‘mitasi. 126-modda: yagona reyestrni Davlat soliq qo‘mitasi yuritadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qachondan boshlab soliq siri hisoblanadi?
  1. Birinchi soliq hisoboti topshirilgan paytdan
  2. Soliq tekshiruvi boshlangan paytdan
  3. Soliq organida hisobga qo‘yilgan paytdan
  4. Soliq majburiyati birinchi marta paydo bo‘lgan paytdan

To‘g‘ri javob: Soliq organida hisobga qo‘yilgan paytdan. 126-moddaga ko‘ra ma’lumotlar soliq organida hisobga qo‘yilgan paytdan boshlab soliq siridir.

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlardan qaysi birida majburiy ko‘rsatiladi?
  1. Yuridik va jismoniy shaxslar tuzadigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida
  2. Faqat soliq to‘lovchining ichki xizmat yozishmalarida va ichki xizmat buyruqlarida
  3. Matbuotdagi reklama e’lonlarida va tijorat takliflarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida
  4. Soliq to‘lovchining shaxsiy yozishmalarida hamda ichki xizmat buyruqlarida va nizomlarida

To‘g‘ri javob: Yuridik va jismoniy shaxslar tuzadigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida. 127-moddaga ko‘ra identifikatsiya raqami xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida majburiy ko‘rsatiladi.

«Kamalak» MChJ Toshkent shahrida joylashgan, Samarqandda esa uning alohida bo‘linmasi (filiali) faoliyat yuritadi. Soliq kodeksiga ko‘ra MChJ qayerda soliq organida hisobga qo‘yilishi lozim?
  1. Faqat Toshkentdagi soliq organida, alohida bo‘linma joylashgan yerda hisobga qo‘yilmaydi
  2. Faqat Samarqanddagi soliq organida, chunki faoliyat shu yerda amalga oshiriladi
  3. Faqat Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida, filial joylashuvidan qat’i nazar
  4. O‘zi joylashgan yerdagi ham, alohida bo‘linmasi joylashgan yerdagi ham soliq organida

To‘g‘ri javob: O‘zi joylashgan yerdagi ham, alohida bo‘linmasi joylashgan yerdagi ham soliq organida. 128-modda: yuridik shaxslar o‘zlari joylashgan yerdagi va alohida bo‘linmalari joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra jismoniy shaxslar qayerdagi soliq organida hisobga qo‘yiladi?
  1. O‘z yashash joyidagi soliq organida
  2. Ish joyidagi soliq organida
  3. Tug‘ilgan joyidagi soliq organida
  4. Bank hisobvarag‘i ochilgan joydagi soliq organida

To‘g‘ri javob: O‘z yashash joyidagi soliq organida. 128-moddaga ko‘ra jismoniy shaxslar o‘z yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq qarzini undirishKeyingi →Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari (1/2)