Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim
Umumiy Qism
196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) soliq solish maqsadida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim (bundan buyon matnda narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim deb yuritiladi) tuzish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilishga haqli.
Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan, o‘zining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi bitim narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim deb hisoblanadi.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning maqsadi soliq to‘lovchi tomonidan tuziladigan bitimlarda bozor narxlarini qo‘llashdan iboratdir.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim predmeti quyidagilardan iborat:
- 1) nazorat qilinadigan bitimlarning hamda o‘ziga nisbatan narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim tuziladigan tovarlarning (xizmatlarning) turlari va (yoki) ro‘yxatlari;
- 2) soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash tartibi va (yoki) narxni belgilash usullarining (formulalarining) tavsifi hamda ularning qo‘llanilish tartibi;
- 3) bitimlar narxlarining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiqligini aniqlashda foydalaniladigan axborot manbalarining ro‘yxati;
- 4) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati;
196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar (davomi)
- 5) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning ro‘yxati, ularni taqdim etish tartibi va muddatlari.
Taraflarning kelishuvi bo‘yicha boshqa shartlar ham narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim predmeti bo‘lishi mumkin.
197-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari
Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflaridir.
Agar tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash to‘g‘risida taraflardan hech bo‘lmaganda biri chet davlatning soliq rezidenti hisoblanib, bitim tuzish nazarda tutilsa, soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga bunday chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokida narxni belgilash to‘g‘risida shunday bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat etishga haqli. Chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokidagi bunday bitimni tuzish, basharti ushbu davlat bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilsa, mumkin bo‘ladi. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bunday bitimlarni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar O‘zbekiston Respublikasining bir nechta o‘zaro bog‘liq yuridik shaxsi (yuridik shaxslar guruhi) o‘rtasida tuzilsa, mazkur yuridik shaxslar bilan narxni belgilash to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim tuzilishi mumkin. Bunday bitimning shartlari ushbu bitimni tuzgan barcha yuridik shaxslar guruhiga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Kodeksning tegishincha 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda narx belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini o‘zgartirishda va uning shartlari bajarilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazishda yuridik shaxslar guruhining umumiy manfaatlarini ushbu guruhdan bitta yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi.
197-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari (davomi)
Narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzgan soliq to‘lovchi bitim qaysi shaxslar bilan tuzilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni bunday bitim tuzilganligi fakti haqida va unda belgilangan, soliqqa tortish maqsadida qo‘llaniladigan narxni aniqlash tartibi to‘g‘risida xabardor qilishga haqli.
198-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega bo‘lgan bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) bo‘yicha uch yildan oshmaydigan muddatga tuzilishi mumkin.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilishi soliq to‘lovchi mazkur bitim kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning birinchi sanasidan e’tiboran o‘tgan davrga nisbatan tatbiq etiladi.
Soliq to‘lovchi, agar u narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning barcha shartlariga rioya etsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilishga haqli.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflarning kelishuviga ko‘ra ushbu Kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
199-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish tartibi
Soliq to‘lovchining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etilgan arizasiga soliq to‘lovchi tomonidan quyidagilar ilova qilinadi:
- 1) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim loyihasi;
- 2) soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bog‘liq faoliyati haqidagi hujjatlar, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish taklif qilinayotgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi hujjatlar;
- 3) soliq to‘lovchi ta’sis hujjatlarining ko‘chirma nusxalari;
- 5) soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan joydagi soliq organida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligi haqidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi;
- 6) soliq to‘lovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti;
- 7) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, erkin shaklda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va boshqa hujjatlarni ular olingan kundan e’tiboran olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Mazkur muddat to‘qqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
199-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish tartibi (davomi)
Soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish asoslari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- 1) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish haqidagi qaror;
- 2) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror;
- 3) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim loyihasini maromiga yetkazish zarurligi haqidagi qaror.
Tegishli qaror soliq to‘lovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.
Narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qarorda bitim imzolangan joy, sana va vaqt ko‘rsatiladi.
Takroran taqdim etilgan bitim loyihasi bo‘yicha qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi, xususan:
- 1) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim etilmaganligi yoki to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
- 2) narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim loyihasida taklif etilgan narxlarni aniqlash tartibini va (yoki) narxni belgilash usullarini qo‘llash natijasida bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi ta’minlanmasligi haqidagi asoslantirilgan xulosa.
199-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish tartibi (davomi)
Narxni belgilash to‘g‘risida tuzilgan bitimning ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga ushbu bitim imzolangan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuboriladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etilgan narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish haqidagi arizani uning o‘zi chaqirib olishi mumkin.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
200-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning bajarilishini tekshirish
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning soliq to‘lovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar soliq to‘lovchi o‘zi tuzgan narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qo‘shimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.
201-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tugatish tartibi
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim uning amal qilish muddati o‘tganidan keyin tugatiladi yoki ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Soliq to‘lovchi narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni uning amal qilishi muddati davomida soliqlarning to‘liq to‘lanmasligini keltirib chiqargan holda buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) qaroriga ko‘ra ushbu bitim muddatidan oldin tugatiladi.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflarning kelishuviga yoki sudning qaroriga ko‘ra ham muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tugatish haqidagi qarori soliq to‘lovchiga (uning vakiliga) undan tilxat olingan holda topshiriladi yoki unga qaror olingan sana to‘g‘risida dalolat beruvchi boshqa usul bilan beriladi yoxud soliq to‘lovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan qaror ushbu buyurtma xat yuborilgan kundan e’tiboran besh kun o‘tgach olingan deb hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tugatish haqidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
202-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlarining barqarorligi
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik o‘zgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish, unga o‘zgartishlar kiritish va uning amal qilishini tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliq to‘lovchining faoliyatiga va narx belgilashga ta’sir qiluvchi o‘zgartirishlar bo‘lgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning matniga tegishli o‘zgartishlar kiritishga haqli.
VII BO‘LIM.
NAZORAT QILINADIGAN CHET EL KOMPANIYALARINING FOYDASIGA SOLIQ SOLISH SHARTLARI VA UMUMIY QOIDALARI
Bilimingizni sinang
Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq solish maqsadida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim tuzish haqida ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga kim murojaat qilishga haqli?
- Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan O‘zbekiston yuridik shaxsi
- Yirik soliq to‘lovchi bo‘lmagan har qanday O‘zbekiston yuridik shaxsi
- Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan har qanday fuqaro
- Faqat chet el yuridik shaxsining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
To‘g‘ri javob: Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan O‘zbekiston yuridik shaxsi. 196-modda birinchi qism.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning maqsadi nimadan iborat?
- Soliq to‘lovchini soliq tekshiruvlaridan butunlay ozod etish
- Soliq to‘lovchi tuzadigan bitimlarda bozor narxlarini qo‘llash
- Bitimlar narxini davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yish
- Soliq to‘lovchi uchun soliq stavkalarini individual pasaytirish
To‘g‘ri javob: Soliq to‘lovchi tuzadigan bitimlarda bozor narxlarini qo‘llash. 196-modda uchinchi qism.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari kimlar?
- Soliq to‘lovchi va Davlat soliq qo‘mitasi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari)
- Soliq to‘lovchi va Moliya vazirligi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari)
- Soliq to‘lovchi va viloyat hokimligi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari)
- Ikki soliq to‘lovchi va ularning kelishuvi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi guvoh sifatida
To‘g‘ri javob: Soliq to‘lovchi va Davlat soliq qo‘mitasi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari). 197-modda birinchi qism.
Bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar O‘zbekistonning bir nechta o‘zaro bog‘liq yuridik shaxsi o‘rtasida tuzilsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim qanday tuzilishi mumkin?
- Ko‘p tomonlama bitim tuzilishi mumkin
- Faqat har bir shaxs bilan alohida
- Bunday bitim tuzish mumkin emas
- Faqat sud orqali
To‘g‘ri javob: Ko‘p tomonlama bitim tuzilishi mumkin. 197-modda uchinchi qism.
«Gulbahor» MChJ tashqi savdo bitimi bo‘yicha narx kelishuvini istaydi; bitim taraflaridan biri chet davlat soliq rezidenti. Ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish shartnomasi mavjud. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Faqat chet davlat vakolatli organi ariza bilan murojaat etishga haqli, soliq to‘lovchi bunday huquqqa ega emas
- Soliq to‘lovchi faqat sudning ruxsati bilan chet davlat vakolatli organi ishtirokida ariza bilan murojaat etishi mumkin
- Bunday bitim hech qachon tuzilmaydi, chunki ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish shartnomasi uni taqiqlaydi
- Soliq to‘lovchi chet davlat vakolatli organi ishtirokida bitim tuzish haqida ariza bilan murojaat etishga haqli
To‘g‘ri javob: Soliq to‘lovchi chet davlat vakolatli organi ishtirokida bitim tuzish haqida ariza bilan murojaat etishga haqli. 197-modda ikkinchi qism.
Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim eng ko‘pi bilan qancha muddatga tuzilishi mumkin?
- ikki yildan oshmaydigan
- besh yildan oshmaydigan
- bir yildan oshmaydigan
- uch yildan oshmaydigan
To‘g‘ri javob: uch yildan oshmaydigan. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim uch yildan oshmaydigan muddatga tuziladi.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim eng ko‘pi bilan qancha muddatga tuzilishi mumkin?
- Besh yildan oshmaydigan muddatga
- Bir yildan oshmaydigan muddatga
- Uch yildan oshmaydigan muddatga
- O‘n yildan oshmaydigan muddatga
To‘g‘ri javob: Uch yildan oshmaydigan muddatga. 198-modda birinchi qism.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflar kelishuviga ko‘ra qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?
- Ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga
- Besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga
- Bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga
- Uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga
To‘g‘ri javob: Ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga. 198-modda to‘rtinchi qism.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash