XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 210–218-m.

Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

Umumiy Qism

210-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi

Soliq to‘lovchining, soliq agentining yoki boshqa shaxsning ushbu Kodeksda javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.

211-modda. Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar

Yuridik va jismoniy shaxslar soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan hollarda javobgar bo‘ladi.

Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun o‘n olti yoshdan boshlab javobgarlikka tortilishi mumkin.

212-modda. Javobgarlikka tortishning umumiy shartlari

Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo‘yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Hech kim soliqqa oid sodir etilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Agar jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, bu huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.

Yuridik shaxsning soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikka tortilishiga mazkur huquqbuzarlik sodir etilganligi fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida aniqlanganligi asos bo‘ladi.

Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini ma’muriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.

Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi uni to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar (yig‘imlar) va penyalarning summalarini to‘lash (o‘tkazish) majburiyatidan ozod etmaydi.

Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o‘zining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor emasligini isbotlashi shart emas.

212-modda. Javobgarlikka tortishning umumiy shartlari (davomi)

Soliqqa oid huquqbuzarlik fakti va shaxsning uni sodir etishda aybdorligi to‘g‘risida dalolat beruvchi holatlarni isbotlash majburiyati soliq organlarining yoki bunday huquqbuzarliklarni aniqlagan vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.

213-modda. Javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holatlar

Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda ayb shakllari

G‘ayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb e’tirof etiladi.

Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati (harakatsizligi) g‘ayriqonuniy ekanligini bilgan bo‘lsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari yuzaga kelishini istagan yoxud ularning yuzaga kelishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb topiladi.

Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakatlari (harakatsizligi) g‘ayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga keladigan oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda bilmagan bo‘lsa, bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan deb e’tirof etiladi.

Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishini keltirib chiqargan aybiga qarab aniqlanadi.

215-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiluvchi holatlar

Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:

215-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiluvchi holatlar (davomi)

Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari qoidalari, agar soliq organining yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq to‘lovchi (yig‘im to‘lovchi, soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri axborotga asoslangan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganida shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgar bo‘lmaydi.

216-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar

Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:

Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb e’tirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilgan shaxs bu choralar qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida bunday huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan bo‘lsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.

Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni ko‘rayotgan soliq organi tomonidan belgilanadi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilganda inobatga olinadi.

217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi

Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran yoki mazkur huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran va javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytga qadar uch yil (o‘tish muddati) o‘tgan bo‘lsa, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran muddatning o‘tishini hisoblab chiqarish barcha soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llaniladi, ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bundan mustasno.

Muddatning o‘tishini tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llaniladi.

Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxs soliq tekshiruvini o‘tkazishga faol qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa va ushbu soliq tekshiruvini o‘tkazish hamda budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini soliq organlari tomonidan aniqlash uchun bartaraf etib bo‘lmaydigan to‘siqqa aylangan bo‘lsa, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi to‘xtatiladi.

Javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi ushbu Kodeks 144-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan dalolatnoma tuzilgan kundan e’tiboran to‘xtatilgan deb hisoblanadi. Mazkur holatda javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va muddat o‘tishini tiklash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran qayta tiklanadi.

218-modda. Moliyaviy sanksiyalar

Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.

Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.

Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech bo‘lmaganda bitta holat mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi.

Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘linganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.

Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi.

Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi.

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliqqa oid huquqbuzarlik deb nima e’tirof etiladi?
  1. Kodeksda javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)
  2. Kodeksda javobgarlik belgilangan, faqat hisobotni topshirmaslikda ifodalanadigan g‘ayriqonuniy qilmish
  3. Faqat soliqni to‘lashdan bosh tortishda ifodalanadigan g‘ayriqonuniy aybli harakat va qilmish
  4. Har qanday soliq to‘lashni kechiktirish, ayb bo‘lmasa ham, Kodeksda javobgarlik belgilangan qilmish

To‘g‘ri javob: Kodeksda javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). 210-modda.

Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun necha yoshdan boshlab javobgarlikka tortilishi mumkin?
  1. Yigirma bir yoshdan
  2. O‘n olti yoshdan
  3. O‘n to‘rt yoshdan
  4. O‘n sakkiz yoshdan

To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshdan. 211-modda ikkinchi qism.

Soliq to‘lovchi Anvar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan edi. Shu huquqbuzarlik uchun uni yana javobgarlikka tortish mumkinmi?
  1. Ha, soliq organi xohlasa, ayni bir huquqbuzarlik uchun qayta javobgarlikka tortishi mumkin
  2. Ha, har yili ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortish mumkin
  3. Ha, faqat sud qarori bilan ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortiladi
  4. Yo‘q, ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas

To‘g‘ri javob: Yo‘q, ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 212-modda ikkinchi qism.

Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishiga qanday hujjat asos bo‘ladi?
  1. Huquqbuzarlik fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida aniqlanganligi
  2. Soliq to‘lovchining o‘zi yozgan tushuntirish xatida aybini tan olganligi
  3. Soliq inspektorining og‘zaki ogohlantirishi va huquqbuzarlik haqidagi xabari
  4. Huquqbuzarlik haqida jamoatchilik fikri shakllanganligi va ommaviy xabarlar

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlik fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida aniqlanganligi. 212-modda to‘rtinchi qism.

Quyidagilardan qaysi biri javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holat hisoblanadi?
  1. Soliq summasining kamligi va xatoning arzimasligi
  2. Soliq to‘lovchining yoshi katta ekanligi va nogironligi
  3. Javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi
  4. Soliq to‘lovchi g‘azab holatida bo‘lganligi

To‘g‘ri javob: Javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi. 213-modda 3-band.

Soliq to‘lovchi huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan qilmishni o‘z harakati g‘ayriqonuniy ekanligini bilgan holda, oqibat yuzaga kelishini istagan yoki ongli ravishda yo‘l qo‘ygan holda sodir etdi. Bu qanday ayb shakli?
  1. Ehtiyotsizlik
  2. Qasd
  3. Aybsizlik
  4. Ehtiyotkorlik

To‘g‘ri javob: Qasd. 214-modda ikkinchi qism.

Ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik qanday belgilanadi?
  1. Shaxs harakatlarining g‘ayriqonuniyligini va oqibatlarining zararliligini oldindan ko‘rgan va ularning kelib chiqishini istagan
  2. Shaxs harakatlarining g‘ayriqonuniy ekanligini va oqibatlari zararli ekanligini oldindan ko‘ra bilgan holda, oqibatga ongli yo‘l qo‘ygan
  3. Shaxs harakatlarining g‘ayriqonuniyligini yoki oqibatlari zararli ekanligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda bilmagan
  4. Shaxs hech qanday harakat sodir etmagan va oqibatlarning kelib chiqishida unga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, shu bois javobgar emas

To‘g‘ri javob: Shaxs harakatlarining g‘ayriqonuniyligini yoki oqibatlari zararli ekanligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda bilmagan. 214-modda uchinchi qism.

Quyidagi holatlardan qaysi biri shaxsning aybini istisno qiladi?
  1. Soliq to‘lovchi qonunni bilmasligini yozma ravishda soliq organiga ma’lum qilganda
  2. Soliq organining yozma tushuntirishlari soliq to‘lovchi tomonidan bajarilganda
  3. Soliq to‘lovchi hisobotni noto‘g‘ri to‘ldirib, keyin xatoni o‘zi aniqlaganda
  4. Soliq to‘lovchi tushuntirish so‘ramasdan, kasbiy maslahatchi fikriga amal qilganda

To‘g‘ri javob: Soliq organining yozma tushuntirishlari soliq to‘lovchi tomonidan bajarilganda. 215-modda 3-band.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalariKeyingi →Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik · Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun banklarning javobgarligi