XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 318–331-m.

Ayrim soliq to‘lovchilar va operatsiyalar turlari bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Maxsus Qism

318-modda. Notijorat tashkilotlarining soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeksning 58-moddasida ko‘rsatilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda notijorat tashkilotining quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:

Notijorat tashkilotlarining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan daromadlariga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.

Notijorat tashkilotining ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq xarajatlar jumlasiga kiritilishi lozim bo‘lgan chiqimlari quyidagi usullarning biri orqali aniqlanadi:

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hisob mavjud bo‘lmagan va (yoki) ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlardan mo‘ljallangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda (budjet mablag‘lari bundan mustasno), soliq to‘lovchi tomonidan olingan maqsadli mablag‘lar ushbu soliq to‘lovchining jami daromadi tarkibiga kiritiladi va unga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.

318-modda. Notijorat tashkilotlarining soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Maqsadli foydalanilmagan budjet mablag‘lariga nisbatan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik normalari qo‘llaniladi.

Ushbu moddaning qoidalari faoliyatni ijtimoiy sohada amalga oshiruvchi notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar foyda solig‘ini hisoblab chiqarish hamda to‘lashda qo‘llaniladi.

Soliq bo‘yicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) sherigining (ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz hissa sifatida ulush kiritilgan taqdirda:

Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi) barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat bo‘yicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, soliqni hisoblab chiqaradi va to‘laydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan soliq to‘lovchining barcha huquqlariga ega bo‘ladi va majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ishonchli shaxs foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkalarini qo‘llashga haqli emas.

Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o‘rtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.

320-modda. Kursdagi farqlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkni (bundan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkni qo‘shimcha baholashda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qiymatini pasaytirishda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi ijobiy farq deb e’tirof etiladi.

Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkning (bundan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkning qiymatini pasaytirishda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarni qo‘shimcha baholashda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi salbiy farq deb e’tirof etiladi.

Ko‘rsatilgan qiymatni qo‘shimcha baholash yoki pasaytirish chet el valyutasi rasmiy kursining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan o‘zgarishi yoxud chet el valyutasi (shartli pul birliklari) kursining qonunchilikda yoki taraflarning bitimida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan o‘zgarishi munosabati bilan amalga oshirilgan taqdirda, agar ushbu chet el valyutasida (shartli pul birliklarida) ifodalangan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanishi lozim bo‘lgan talablarning (majburiyatlarning) qiymati tegishincha taraflarning qonunchiligida yoki bitimida belgilangan kurs bo‘yicha aniqlansa, ushbu modda qoidalari qo‘llaniladi.

320-modda. Kursdagi farqlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Kursdagi ijobiy farq jami daromad tarkibiga, kursdagi salbiy farq — xarajatlar tarkibiga kiritiladi.

Berilgan (olingan) bo‘naklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi.

321-modda. Zaxiralarni baholash usullarini o‘zgartirish natijasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Zaxiralarni baholashning soliq to‘lovchi tomonidan oldingi soliq davrida qo‘llanilgan usulidan boshqa usuliga o‘tilgan taqdirda, soliq to‘lovchining jami daromadi (xarajati) baholashning yangi usulini qo‘llash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga ko‘paytirilishi va salbiy farq summasiga kamaytirilishi lozim.

Zaxiralarni hisoblashning boshqa usuliga o‘tish soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri boshidan e’tiboran amalga oshiriladi.

322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ishonchli boshqaruv shartnomasi bo‘yicha berilgan mol-mulk, ushbu bo‘lim maqsadlarida, ishonchli boshqaruvchining daromadi deb e’tirof etilmaydi.

Ishonchli boshqaruv shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan pul mukofoti uning daromadi deb e’tirof etiladi va unga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq solinadi.

Agar ishonchli boshqaruv shartnomasida ishonchli boshqaruvni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning o‘rnini ishonchli boshqaruv muassisi yoki boshqa shaxs tomonidan qoplash nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur xarajatlar ishonchli boshqaruvchining xarajatlari deb e’tirof etiladi.

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishga doir daromadlarni va xarajatlarni har oyda o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlashi hamda muassisga va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa naf oluvchisiga olingan daromadlar hamda xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu bo‘limga muvofiq soliq bazasini aniqlash chog‘ida bu daromadlar va xarajatlarni mazkur shaxslar tomonidan hisobga olish uchun taqdim etishi shart.

Qimmatli qog‘ozlarni va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini ishonchli boshqarish chog‘ida ishonchli boshqaruvchi daromadlar hamda xarajatlarni ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlaydi.

Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga ko‘ra, ishonchli boshqaruv muassisi yagona naf oluvchi bo‘lsa, bunday muassisning soliq bazasini aniqlash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:

322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga ko‘ra ishonchli boshqaruv muassisi naf oluvchi bo‘lmasa yoxud bittadan ortiq naf oluvchi aniqlansa, bunday shartnoma ishtirokchilarining soliq bazasini belgilash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:

322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ishonchli boshqaruv shartnomasi amalda bo‘lgan davrda ko‘rilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq bo‘yicha soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvdan olinadigan kelgusi daromadlarga ushbu bo‘limda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Ishonchli boshqaruv shartnomasini tugatish chog‘ida ishonchli boshqaruvdan ko‘rilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi va kelgusi davrga o‘tkazilmaydi.

Ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk, mazkur shartnoma shartlariga ko‘ra, ishonchli boshqaruv muassisiga qaytarilishi yoxud boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

Mol-mulk qaytarilgan taqdirda ishonchli boshqaruv muassisida, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkning ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgan paytdagi qiymati va ushbu shartnomani tugatish paytidagi qiymati o‘rtasidagi ijobiy (salbiy) farq yuzaga kelishidan yoki kelmasligidan qat’i nazar, daromad (zarar) yuzaga kelmaydi.

Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda ushbu shaxsda u olgan mol-mulkning qiymati miqdoridagi daromad yuzaga keladi.

322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar bo‘yicha hamda ishonchli boshqarishdan pul mukofoti tarzida olgan daromadlari bo‘yicha, har bir ishonchli boshqaruv shartnomasi kesimida alohida-alohida hisob yuritishi shart.

Muassisning yoki naf oluvchining, shuningdek ishonchli boshqaruv shartnomasi bo‘yicha ishonchli boshqaruvchining daromadlari har bir hisobot (soliq) davrida, bunday shartnomada ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddatida hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutilganligidan yoki tutilmaganligidan qat’i nazar, shakllantiriladi.

Agar ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi yuridik shaxs bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish (shu jumladan amortizatsiya chegirmalarini hisoblab chiqarish) bilan bog‘liq daromadlarni va xarajatlarni ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi bo‘lgan yuridik shaxsning soliq solish maqsadida hisob siyosatidan kelib chiqqan holda aniqlashi shart. Bunda ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruvning ushbu muassisiga soliq bazasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha birlamchi hujjatlarni taqdim etishi shart.

Ushbu moddaning (bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari mustasno), shuningdek ushbu Kodeks 336-moddasi ikkinchi qismining qoidalari alohida mol-mulk majmui — pay investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni boshqaruvchi kompaniyaga va ishonchli boshqaruv shartnomasi ishtirokchilariga (muassislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

323-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va xarajatlarni e’tirof etishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu bo‘lim maqsadida korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olish narxi va korxonaning mol-mulk kompleksi sifatidagi sof aktivlarining qiymati (majburiyatlar chegirib tashlangan holdagi aktivlar) o‘rtasidagi farq ushbu moddada belgilangan tartibda soliq to‘lovchining xarajati (daromadi) deb e’tirof etiladi. Mazkur farq topshirish dalolatnomasi asosida narxga ustama (ijobiy farq bo‘lganda) yoki narxdan siylov berish (salbiy farq bo‘lganda) tarzida aniqlanadi.

Korxona kim oshdi savdolarida xususiylashtirish tartibida yoki tanlov bo‘yicha mol-mulk majmui sifatida sotib olingan taqdirda, xaridor tomonidan to‘lanadigan ustama (olinadigan chegirma) miqdori xarid narxi va korxonaning mol-mulk majmui sifatidagi baholash (boshlang‘ich) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Xaridor tomonidan to‘lanadigan ustamaning (olinayotgan chegirmaning) summasi soliq solish maqsadida quyidagi tartibda hisobga olinadi:

323-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va xarajatlarni e’tirof etishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Sotuvchining korxonani mol-mulk majmui sifatida realizatsiya qilishdan ko‘rgan zarari ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda soliq solish maqsadlarida sotuvchi tomonidan hisobga olinadi.

325-modda. Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar chog‘ida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlarga doir qarz operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Qimmatli qog‘ozlarni qarzga berish va qimmatli qog‘ozlarni qarzdan qaytarib olish chog‘ida soliq solish maqsadlarida moliyaviy natija aniqlanmaydi, bundan ushbu moddada belgilangan hollar mustasno. Bunda qarz shartnoma bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish xarajatlari kreditor tomonidan mazkur qimmatli qog‘ozlarni ushbu Kodeks qoidalarini hisobga olgan holda kelgusida (qarz qaytarilgandan keyin) realizatsiya qilish (chiqib ketishi) chog‘ida hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchilar qimmatli qog‘ozlar qarzi doirasida berilgan (olingan) qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha alohida soliq hisobini yuritishi shart. Qimmatli qog‘ozlar qarzi bo‘yicha analitik hisob har bir taqdim etilgan (olingan) qarz bo‘yicha yuritiladi.

Qarz shartnomasiga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lovlar, agar ularni olishga bo‘lgan huquq qarz shartnomasi amal qilishi davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, qarz oluvchining daromadlari deb e’tirof etilmaydi va qarz beruvchining daromadlariga kiritiladi.

Foizli (kuponli) daromad kreditorning soliq bazasini ushbu bo‘limda belgilangan tartibda hisob-kitob qilishda hisobga olinadi va qarz oluvchining qarz obyekti bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli (kuponli) daromadi bo‘yicha soliq bazasini aniqlash chog‘ida hisobga olinmaydi.

325-modda. Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar chog‘ida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar qimmatli qog‘ozlarga doir qarz shartnomasi norezident (kreditor) va O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs (qarz oluvchi) o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa hamda qimmatli qog‘ozlarga doir qarz shartnomasining amal qilish davrida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli (diskont) daromad to‘lansa yoki qarz predmeti bo‘lgan aksiyalar (dividendlar olish huquqini beradigan depozitar tilxatlar) bo‘yicha dividendlar to‘lansa, bunday qarz oluvchi foizli (diskont) daromadga yoki dividendlar tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb e’tirof etiladi.

Kreditor tomonidan qimmatli qog‘ozlarga doir qarz shartnomasi bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan foizlar uning ushbu bo‘limga muvofiq hisobga olinadigan daromadi deb e’tirof etiladi.

Qarz oluvchi tomonidan qimmatli qog‘ozlarga doir qarz shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar uning ushbu bo‘limga muvofiq hisobga olinadigan xarajatlari deb e’tirof etiladi.

326-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirish xarajatlari

Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchisiga berilgan tegishli litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari professional faoliyatni amalga oshiruvchilar deb e’tirof etiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari soliq solish maqsadlarida qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralariga ajratmalarni xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli. Bunday holda, tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalari ilgari soliq bazasini aniqlashda hisobga olingan qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishining tiklangan zaxiralari summalari mazkur soliq to‘lovchilarning daromadi deb e’tirof etiladi.

Qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralari qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotib olish narxlarining bu qimmatli qog‘ozlarning bozor kotirovkasidan (zaxiralarning hisob-kitob miqdori) ortiq bo‘lgan miqdorda, hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga ko‘ra tashkil etiladi (tuzatish kiritiladi). Bunda qimmatli qog‘ozni sotib olish narxiga ushbu modda maqsadlarida qimmatli qog‘ozni sotib olishga doir xarajatlar ham kiritiladi.

Zaxiralar mazkur talablarni qanoatlantiradigan qimmatli qog‘ozlarning bir marta chiqarilishidagi (qo‘shimcha chiqarilishidagi) har bir qimmatli qog‘ozga nisbatan, boshqa chiqarilgan (qo‘shimcha chiqarilgan) qimmatli qog‘ozlarning qiymati o‘zgarishidan qat’i nazar, tashkil etiladi (tuzatishlar kiritiladi).

326-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirish xarajatlari (davomi)

O‘ziga nisbatan ilgari zaxira tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar realizatsiya qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, ilgari soliq bazasini aniqlash chog‘ida hisobga olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalar, bunday zaxiraning summasi soliq to‘lovchining qimmatli qog‘ozni realizatsiya qilish yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishi sanasidagi daromadlariga kiritilishi lozim.

Agar hisobot (soliq) davri tugagach, zaxiraning mazkur davr oxiridagi qimmatli qog‘ozlarning bozor kotirovkasi hisobga olingan holdagi summasi yetarli bo‘lmasa, soliq to‘lovchi zaxira summasini ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda ko‘paytiradi. Agar hisobot (soliq) davrining oxiriga kelib ilgari tashkil etilgan zaxiraning qayta tiklangan summalar hisobga olingan holdagi summasi hisob-kitob qilingan miqdordan ko‘p bo‘lsa, soliq to‘lovchi zaxirani bunday qayta tiklash summalari daromadga kiritilgan holda hisob-kitob qilingan miqdorga kamaytiradi (tiklaydi).

Qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralari, qimmatli qog‘ozlar nominalining valyutasidan qat’i nazar, milliy valyutada tashkil etiladi. Chet el valyutasida nominallashtirilgan qimmatli qog‘ozlar uchun sotib olish narxi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qog‘ozni sotib olish sanasidagi rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi, ularning bozor kotirovkasi esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining zaxirani tashkil etish (tuzatish kiritish) sanasidagi rasmiy kursi bo‘yicha aniqlanadi.

326-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirish xarajatlari (davomi)

Chiqarilish shartlarida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatini qisman qoplash nazarda tutilgan qimmatli qog‘ozlar uchun hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga ko‘ra zaxirani shakllantirish (unga tuzatish kiritish) chog‘ida sotib olish narxiga tuzatish qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini qisman qoplash ulushi hisobga olingan holda kiritiladi.

REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi bo‘lgan yoki qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar yuzasidan qarz beruvchi bo‘lgan soliq to‘lovchi REPO operatsiyalari (qarz shartnomasi) bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirishga haqli emas.

REPOning birinchi qismi bo‘yicha xaridor bo‘lgan yoki qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar yuzasidan qarz oluvchi bo‘lgan soliq to‘lovchi REPO operatsiyalari (qarz shartnomasi) bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirishga haqli.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliq to‘lovchining qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplashdan) olingan daromadlari qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketish narxidan, shuningdek soliq to‘lovchiga xaridor tomonidan to‘langan, jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan va soliq to‘lovchiga emitent (veksel beruvchi) tomonidan to‘langan jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchining qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan olgan daromadiga ilgari soliq solishda hisobga olingan foizli (kuponli) daromad summasi kiritilmaydi.

Soliq to‘lovchining qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan payli investitsiya fondining investitsiya paylarini realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplash) chog‘idagi xarajatlari qimmatli qog‘ozni sotib olish narxidan (shu jumladan uni sotib olish xarajatlaridan), uni realizatsiya qilish xarajatlaridan, investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan qiymatidan ajratilgan siylovlar miqdoridan, qimmatli qog‘ozlarni sotuvchiga soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ilgari soliq solishda hisobga olingan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasi xarajatga kiritilmaydi.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qog‘ozlar quyidagi hollarda ham realizatsiya qilingan (sotib olingan) deb e’tirof etiladi:

Muomaladagi qimmatli qog‘ozlarga oid bitimlar amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozga doir tegishli bitim tuzilgan savdolar o‘tkazilgan sana bitim amalga oshirilgan sana deb e’tirof etiladi.

Muomaladagi qimmatli qog‘ozlarga oid bitim qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridan tashqarida amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozni o‘tkazishning barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni amalga oshirish sanasi deb e’tirof etiladi.

Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish chog‘ida olingan aksiyalarni realizatsiya qiluvchi aksiyador bo‘lgan soliq to‘lovchi daromadni aksiyalarni realizatsiya qilish narxi va aksiyalarning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish natijasida aksiyalarning soni o‘zgarishi hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan, dastlab to‘langan qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlaydi.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq to‘lovchi soliq solish maqsadlarida qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi chog‘ida chiqib ketgan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini xarajatlarga o‘tkazishning quyidagi usullaridan birini mustaqil ravishda tanlaydi:

Ushbu modda maqsadlarida to‘lovi qimmatli qog‘ozni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozni chiqarish sanasidan yoki keyingi kuponli daromadni to‘lash sanasidan qimmatli qog‘ozni berish sanasiga qadar o‘tgan kalendar kunlar soniga mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadigan foizli (kuponli) daromadning bir qismi jamg‘arilgan foizli (kuponli) daromad deb e’tirof etiladi.

Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchilar tomonidan alohida aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchilar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha soliq bazasini qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha soliq bazasidan alohida aniqlaydi.

O‘tgan soliq davrlari davomida qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha zarar (zararlar) ko‘rgan soliq to‘lovchilar qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha joriy hisobot (soliq) davrida olingan tegishli soliq bazasini ushbu Kodeksning 336-moddasida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytirishga (ushbu zararlarni kelgusiga o‘tkazishga) haqli.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

O‘tgan soliq davrlarida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalardan ko‘rilgan zararlar hisobot (soliq) davrida belgilangan ushbu qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalarning soliq bazasini kamaytirishi mumkin.

O‘tgan soliq davrlarida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalardan ko‘rilgan zararlar ushbu toifadagi qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalar bo‘yicha hisobot (soliq) davrida soliq bazasini kamaytirishi mumkin.

Tegishli hisobot davrida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan hamda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlarni soliq davri mobaynida kelgusiga ko‘chirish qimmatli qog‘ozlarning ko‘rsatilgan toifalari bo‘yicha tegishincha bunday qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalardan ko‘rilgan foyda doirasida alohida-alohida amalga oshiriladi.

Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalardan olingan daromadlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlarga yoki ko‘rilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas.

Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlarga yoki ko‘rilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Quyidagi bitimlar tuzilganda sotuvchi tomonidan (bundan emitent mustasno) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga quyidagi yig‘imlar to‘lanadi:

Sotuvchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining ushbu moddaning o‘n oltinchi qismida ko‘rsatilgan, tuzilgan bitimlar bo‘yicha daromadlariga foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qog‘ozning bozor kotirovkasi deb quyidagilar e’tirof etiladi:

Agar ayni bir qimmatli qog‘oz bo‘yicha bitim ikki yoki undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi savdo tashkilotchilarining birida yuzaga kelgan bozor kotirovkasini mustaqil tanlashga haqli.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar o‘rtacha tortilgan narx savdo tashkilotchisi tomonidan hisob-kitob qilinmasa, ushbu modda maqsadlarida bu savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni davomida amalga oshirilgan bitimlarning eng past hamda eng yuqori narxlari yig‘indisining yarmi o‘rtacha tortilgan narx deb e’tirof etiladi.

Muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo tashkilotchisi orqali bitim amalga oshirilgan taqdirda:

Muomaladagi qimmatli qog‘ozlarga oid bitim qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridan tashqarida (savdo tashkilotining ishtirokisiz) amalga oshirilgan taqdirda:

agar bitim amalga oshirilgan kuni qimmatli qog‘ozga nisbatan bittadan ko‘p bitim ro‘yxatga olingan bo‘lsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, basharti bu narx bitimni amalga oshirish sanasida savdo tashkilotchisi (tashkilotchilari) tomonidan ushbu sanada ro‘yxatga olingan mazkur qimmatli qog‘ozga doir bitimlarning eng yuqori va eng past narxlari o‘rtasidagi oraliqda (narxlar oralig‘ida) bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi;

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

agar bitim amalga oshirilgan sanada qimmatli qog‘ozga doir bitta bitim ro‘yxatga olingan bo‘lsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu narx ko‘rsatilgan qimmatli qog‘oz bilan bozor narxi belgilanayotgan bitimni amalga oshirish sanasidagi boshqa bir bitimning narxiga muvofiq bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi;

savdo tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatga olingan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi (bitta bitimning narxi) manzilsiz buyurtmalar asosida amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha aniqlanadi;

savdo tashkilotchilarida bitimni amalga oshirish sanasidagi narxlar oralig‘i (bitta bitimning narxi) to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmaganda, ushbu band maqsadlari uchun savdo tashkilotchilarining tegishli bitim amalga oshirilgan kunga qadar bo‘lib o‘tgan eng yaqin savdolar sanasidagi ma’lumotlariga ko‘ra ushbu qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilish chog‘idagi oraliq narx (bitta bitimning narxi), agar ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdolar savdo tashkilotchisida bitim amalga oshirilgan sanadan keyingi ketma-ketlikdagi uch oy ichida loaqal bir marta o‘tkazilgan bo‘lsa, qabul qilinadi;

agar ayni bir qimmatli qog‘oz bo‘yicha bitimlar ko‘rsatilgan sanada ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, agar ushbu bandda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida qimmatli qog‘ozning narxini aniqlash uchun foydalanadigan narxlar oralig‘ining (bitta bitim narxining) qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Bunda, agar ushbu moddada ko‘rsatilgan savdo tashkilotchilaridan ayrimlarida ushbu qimmatli qog‘ozga doir bittadan ortiq bitim ro‘yxatga olingan bo‘lsa, boshqa savdo tashkilotchilarida esa ushbu qimmatli qog‘ozga doir faqat bitta bitim ro‘yxatga olingan bo‘lsa, soliq to‘lovchi ushbu qimmatli qog‘ozga doir bittadan ortiq bitim ro‘yxatga olingan savdo tashkilotchilari orasidan savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida qimmatli qog‘ozning narxini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar oralig‘ining (bitta bitim narxining) qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Muomalada bo‘lgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ularni joylashtirish chog‘ida sotib olingan taqdirda, shuningdek ushbu qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgandan keyin doirasi cheklanmagan shaxslarga birinchi bor taklif qilinganda, shu jumladan ushbu qimmatli qog‘ozlarni taklif etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan brokerdan sotib olinganda bunday qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy narxi bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul qilinadi.

Muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridagi bitimlarning eng past narxidan past narx bo‘yicha realizatsiya qilingan taqdirda moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridagi bitimning eng past narxi qabul qilinadi.

Muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridagi bitimlarning eng yuqori narxidan yuqori narx bo‘yicha sotib olingan taqdirda, moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridagi eng yuqori narxi qabul qilinadi.

Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida yagona bitim amalga oshirilgan taqdirda, bunday bitimning narxi eng yuqori (eng past) narx deb e’tirof etiladi.

Ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyadan sotib olingan (to‘langan) taqdirda, bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda investitsiya payining hisob-kitob qiymatiga teng bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadida qabul qilinadi.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu bandda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxi va narxning cheklangan tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng yuqori va eng past narxi o‘rtasidagi oraliqda turgan bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul qilinadi.

Ushbu modda maqsadlari uchun muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar narxining cheklangan tarzda chetga chiqishi, ushbu qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan 20 foiz miqdorda ko‘payishidan yoki kamayishidan kelib chiqib belgilanadi.

Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘oz hisob-kitob qilingan narxidan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam narxidan va narxlarning chegaraviy tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib hisoblangan narxidan past narxda realizatsiya qilingan taqdirda, moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng past narx qabul qilinadi.

Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx bo‘yicha sotib olingan taqdirda, soliq solish maqsadlarida moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy chetga chiqishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx qabul qilinadi.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob narxini belgilash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘yicha vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan (to‘langan) taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.

Yopiq va oraliq payli investitsiya fondlarining muomalada bo‘lmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulk ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.

327-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq payli investitsiya fondlarining muomalasi cheklangan investitsiya paylarini berish, to‘lash yoki ayirboshlash investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati bo‘yicha amalga oshirilmasa, agar bitimning haqiqiy bahosi bitta investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish qoidalariga muvofiq, tebranishlarning eng ko‘p chegarasi hisobga olinmagan holda aniqlangan pul mablag‘larining summasiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.

Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob qilingan narxi qimmatli qog‘ozni o‘tkazishning barcha muhim shartlarini belgilovchi shartnoma sanasida aniqlanadi.

Soliq solish maqsadlari uchun muomalada bo‘lmagan investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan narxi bitimni tuzish sanasiga eng yaqin bo‘lgan, investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati aniqlanadigan sanadan oldingi sanada aniqlanadi.

328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu modda maqsadlarida uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq to‘lovchining hisobot (soliq) davrida olgan daromadlari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

Ushbu modda maqsadlari uchun soliq to‘lovchining hisobot (soliq) davrida uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada bo‘lgan moliyaviy vositalari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ushbu modda maqsadlari uchun soliq to‘lovchining uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada bo‘lmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha hisobot (soliq) davrida olingan daromadlari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:

328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasi va uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasi alohida hisoblab chiqariladi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasi hisobot (soliq) davrida olinishi kerak bo‘lgan barcha asos aktivlar bilan tuzilgan mazkur bitimlarga doir daromadlarning summalari va hisobot (soliq) yilidagi barcha asos aktivlar bo‘yicha xarajatlarning summalari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Salbiy farq, tegishincha, shunday operatsiyalardan ko‘rilgan zarar deb e’tirof etiladi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasi barcha asos aktivlar bilan mazkur operatsiyalarga doir daromadlar va hisobot (soliq) davridagi barcha bazis aktivlar bilan mazkur operatsiyalarga doir xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Salbiy farq, tegishincha, bunday operatsiyalardan olingan zararlar deb e’tirof etiladi.

328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha keyingi soliq davrlarida yuzaga keladigan soliq bazasini ushbu bo‘limda belgilangan tartibda kamaytirish jumlasiga kiritilishi mumkin.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga nisbatan bitimning haqiqiy narxi, agar bitimning haqiqiy narxi bitimni tuzish sanasida savdo tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatga olingan mazkur vositaga doir tuzilgan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi o‘rtasidagi oraliqda (narxlar oralig‘ida) bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida bozor narxi deb e’tirof etiladi. Agar ayni bir muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi bo‘yicha bitimlar ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, muddatli bitimlarning ishtirokchisi narxlar oralig‘idan bitimning haqiqiy narxini soliq solish maqsadlarida e’tirof etish uchun foydalanadigan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo tashkilotchisini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Savdo tashkilotchisida tegishli bitimni tuzish sanasidagi narxlar oralig‘i to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatilgan maqsadlar uchun savdo tashkilotchisining oxirgi uch oy ichida bo‘lib o‘tgan eng yaqin savdolar sanasidagi narxlar oralig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanadi.

328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi, agar ushbu narx mazkur muddatli bitimlar moliyaviy vositasining muddatli bitimni tuzish sanasidagi hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga ko‘pi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq solish maqsadlari uchun bozor narxi deb e’tirof etiladi.

Muddatli bitimlar moliyaviy vositalari tegishli turlarining hisob-kitob qiymatini aniqlash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘yicha vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Agar uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi mazkur muddatli bitimlar moliyaviy vositasining hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga ko‘pi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq to‘lovchining daromadlari (xarajatlari) 20 foiz oshirilgan (kamaytirilgan) hisob-kitob qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Svop-kontraktdagi majburiyatlar (talablar) bo‘yicha olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlar muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha tegishli soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi.

329-modda. Xedjirlash operatsiyasi bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeks 51-moddasining birinchi qismi talablari inobatga olingan holda xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashda daromadlar (xarajatlar) hisobga olinadi, uni hisoblashda xedjirlash obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi.

Banklar soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan va asos aktivi chet el valyutasidan iborat bo‘lgan, yetkazib beriladigan muddatli bitimga doir operatsiyalar bo‘yicha ko‘rilgan zararning summasiga kamaytirishga haqli.

Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda, bunday vositalarning shartlarida nazarda tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromadlarni (xarajatlarni) hisobga olish hisobot (soliq) davrining so‘nggida amalga oshirilmaydi. Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir tegishli operatsiyalar bo‘yicha daromad (xarajat) deb, shu jumladan, foizli stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga muvofiq olinishi (to‘lanishi) lozim bo‘lgan daromadlar (xarajatlar) e’tirof etiladi.

Tegishli shartnomada nazarda tutilgan to‘lovlarning sanasi bunday operatsiyalar bo‘yicha daromadlarni (xarajatlarni) e’tirof etish sanasidir.

330-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining barcha ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq bazasi (bundan buyon ushbu moddada konsolidatsiyalashgan soliq bazasi deb yuritiladi) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining soliqqa tortish maqsadlarida hisobga olinadigan barcha daromadlarining va barcha xarajatlarining summalari asosida, ushbu moddada belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda aniqlanadi. Bu maqsadlar uchun ushbu guruhning har bir ishtirokchisi soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisiga konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur axborotni soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

Soliq bazasini aniqlash va soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisiga zarur axborotni taqdim etish tartibi hisob siyosatida soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga soliq solish maqsadida belgilanadi.

Konsolidatsiyalashgan soliq bazasining hisobot (soliq) davridagi hisob-kitobi ushbu moddaga muvofiq ushbu guruh barcha ishtirokchilarining ma’lumotlari asosida, soliq to‘lovchilar uyushgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan mustaqil ravishda tuziladi.

Konsolidatsiyalashgan soliq to‘lovchilar guruhining konsolidatsiyalashgan soliq bazasi konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining ushbu bo‘lim qoidalari hisobga olingan xarajatlarining arifmetik summasiga kamaytirilgan daromadlarining arifmetik summasi sifatida aniqlanadi. Salbiy farq soliq to‘lovchilar uyushgan guruhining zarari deb e’tirof etiladi.

330-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Konsolidatsiyalashgan soliq to‘lovchilar guruhi ishtirokchilarining daromadlarni to‘lash manbaida soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlari, shuningdek konsolidatsiyalashgan soliq to‘lovchilar guruhining nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari bo‘lgan ishtirokchilarining ular nazorat qiladigan chet el kompaniyalarining foydasi tarzidagi daromadlari konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydi.

Konsolidatsiyalashgan soliq to‘lovchilar guruhining ishtirokchilari, ushbu Kodeksning 316-moddasiga muvofiq kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zaxirani tovarlarni (xizmatlarni) ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishga taalluqli qismi bo‘yicha shakllantirmaydi.

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga soliq to‘lovchi kirganda, kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zaxira ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilingan tovarlarga (ishlarga) taalluqli bo‘lgan zaxiralar summalariga oid qism bo‘yicha tiklanadi. Bunda ushbu Kodeks 316-moddasining uchinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan zaxiraning eng ko‘p miqdoriga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish soliq to‘lovchi tomonidan kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning ko‘rsatkichlarini aniqlashda soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari o‘rtasidagi operatsiyalarni ko‘rsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) o‘tgan uch yilda realizatsiya qilishdan olingan tushum, shuningdek ko‘rsatilgan tovarlarni (ishlarni) hisobot (soliq) davrida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmida istisno etadi.

330-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq to‘lovchi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisiga aylangan soliq davri boshlanguniga qadar o‘tgan uch yilda tovarlarni (ishlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning ko‘rsatkichiga tuzatish kiritish amalga oshirilmaydi. Soliq to‘lovchi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi a’zosi bo‘lgan soliq davrlarida bu ko‘rsatkich mazkur tovarlarni (ishlarni) bunday guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishdan olingan tushumni o‘z ichiga olmaydi.

Kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tiklangan zaxiralarning summalari, shu jumladan zaxiraning eng ko‘p miqdorini kamaytirish natijasidagi summalar soliq to‘lovchi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi a’zosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi.

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi bo‘lgan banklar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan birining bu guruhning boshqa ishtirokchilari oldidagi qarziga taalluqli qism bo‘yicha ushbu Kodeksning 315-moddasiga muvofiq zaxirani shakllantirmaydi. Guruhga kirish chog‘ida banklar zaxirani bu guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli bo‘lgan qarzning summasiga tiklaydi. Tegishli summalar bank soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi a’zosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi.

330-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ushbu guruh tarkibiga kirgan, soliq davridan oldingi soliq davrlarida ushbu bo‘limga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararlarni ko‘rgan a’zolari konsolidatsiyalashgan soliq bazasini o‘zlari ko‘rgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga yoxud ushbu guruh tarkibiga kirgan soliq davridan e’tiboran zararlarni ushbu Kodeksning 333-moddasida belgilangan tartibda kelgusiga o‘tkazishga haqli emas.

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi a’zolarining ushbu guruh tarkibiga kirguniga qadar ko‘rgan zararlarini (shu jumladan ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar obyektlaridan foydalanganlik oqibatida ko‘rilgan zararlarni) konsolidatsiyalashgan soliq bazasi bilan umumlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur qoida soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga ushbu guruhning ishtirokchisiga qo‘shib olish yoki bunday guruhning ishtirokchisiga qo‘shib yuborish yo‘li bilan kirgan yuridik shaxslar ko‘rgan zararlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Kodeksning ushbu bo‘limida nazarda tutilgan soliq solish maqsadida qabul qilinadigan xarajatlar normativlari soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi tomonidan qo‘llaniladi.

Ushbu Kodeksda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun belgilangan qimmatli qog‘ozlarga va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari soliq bazasini alohida aniqlashga, shuningdek soliq bazasini ko‘rilgan zararlar summasiga kamaytirishga va zararlarni kelgusi davrga o‘tkazishga taalluqli qismi bo‘yicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarishda qo‘llaniladi.

330-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ushbu moddada belgilangan qoidalar faqat 337-moddaning 12-bandida belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq bazasini aniqlashga, banklar uchun esa ushbu Kodeks 337-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq bazasini aniqlashga nisbatan tatbiq etiladi.

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) deb mazkur kompaniyaning ushbu moddada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan aniqlangan foydasining (zararining) miqdori e’tirof etiladi:

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatda bunday qonunchilik mavjud bo‘lmasa, foyda (zarar) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga yoxud moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro jihatdan e’tirof etilgan, qimmatli qog‘ozlarni savdolarga qo‘yishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga kiritilgan chet el fond birjalari hamda chet el depozitar-kliring tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan standartlariga muvofiq aniqlanadi;

Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda, shuningdek nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq aniqlanadi, bundan ushbu moddaning oltinchi, yettinchi, to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida belgilangan qoidalar mustasno.

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash tartibi ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha qo‘llanilsa, bunday tartib tegishli nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan bu tartibni qo‘llash boshlangan sanadan e’tiboran kamida besh soliq davri ichida qo‘llanilishi lozim va bu hisob siyosatida nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchiga soliq solish maqsadlari uchun mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan va chet el valyutasida ifodalangan, ushbu Kodeksning 208-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga olinadigan dividendlarning (taqsimlangan foydaning) miqdoriga kamaytirilgan foydasi (zarari) chet el valyutasining yillik moliyaviy hisobot tuziladigan davr uchun aniqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan o‘rtacha kursi qo‘llanilgan holda milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim.

Nazorat qilinadigan har bir chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi kompaniyaning tegishli davr (davrlar) uchun tuzilgan, uning moliyaviy va soliq hisobotlari ilova qilingan moliyaviy hisoboti bilan hujjatlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq aniqlangan taqdirda, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi chet el tashkiloti doimiy turgan davlatning (hududning) rasmiy valyutasida aniqlanadi hamda u chet el valyutasining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi aniqlanadigan kalendar yil uchun aniqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan o‘rtacha kursi qo‘llanilgan holda milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi foydaning summasini aniqlash imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunday hujjatlar, xususan, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining hisob-kitob varaqlaridan ko‘chirmalar, amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlardan iborat bo‘lishi mumkin.

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlashda ushbu kompaniyaning yillik moliyaviy hisobotida aks ettirilgan quyidagi daromadlari (xarajatlari) hisobga olinmaydi:

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash chog‘ida ilgari shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiruvchi xarajatlar summasini hisobga olishning ushbu modda to‘qqizinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibi, agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisobotida ilgari shakllantirilgan rezervlarni kamaytiruvchi xarajatlar summasi ochib berilgan bo‘lsa yoki bunday xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qo‘llaniladi.

Kompaniyaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari, kooperativlarning paychilik fondlaridagi paylari va paychilik investitsiya fondlarining paylari, qimmatli qog‘ozlar, hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining, ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq, aniqlangan foydasiga (zarariga) ularni qayta baholash summalari (agar bunday qayta baholash amalga oshirilgan bo‘lsa), shu jumladan ularning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararning summasi miqdorida tuzatish kiritiladi.

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yillik moliyaviy hisobotlarining ma’lumotlariga ko‘ra zarar aniqlansa, agar ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, u kelgusi davrlarga cheklovlarsiz taqsimlab o‘tkazilishi va ushbu kompaniyaning soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi mumkin.

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan usullardan biri yordamida aniqlangan zarari, agar nazorat qiladigan shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchi mazkur zarar olingan davr uchun nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi to‘g‘risidagi bildirish xatini taqdim etmasa, kelgusi davrlarga taqsimlab o‘tkazilishi mumkin emas.

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasi nazorat qilinadigan har bir chet el kompaniyasiga nisbatan alohida-alohida aniqlanadi.

Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadigan daromadlari o‘ziga nisbatan o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning to‘liqligini tekshirish o‘tkazilgan soliq to‘lovchi bilan nazorat qilinadigan bitim tuzilishi natijasida olingan bo‘lsa hamda mazkur tekshiruv natijalari yuzasidan qabul qilingan, kuchga kirgan qarorga muvofiq bitim narxiga soliqni qo‘shimcha hisoblash maqsadida tuzatish kiritilgan bo‘lsa, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tegishli daromadlari soliq bazasini belgilash maqsadida mazkur tuzatishni hisobga olgan holda aniqlanadi.

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi tomonidan shu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yoxud uning o‘zaro bog‘liq shaxsining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etiladigan yuridik shaxsning foydasiga qimmatli qog‘ozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, shuningdek nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining qimmatli qog‘ozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) sotib olish narxi tarzidagi xarajatlari, basharti qimmatli qog‘ozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) realizatsiya qilish narxi ularning, nazorat qilinadigan kompaniyaning hisobga olish ma’lumotlariga ko‘ra, mulk huquqi mazkur qog‘ozlarga va (yoki) mulkiy huquqlarga (shu jumladan ulushlarga, paylarga) o‘tgan sanadagi hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan kelib chiqqan holda, biroq mazkur qimmatli qog‘ozlarning va (yoki) mulkiy huquqlarning (shu jumladan ulushlarning, paylarning) mulk huquqi o‘tgan sanadagi bozor qiymatidan oshmagan, hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlangan bo‘lsa, nazorat qilinadigan kompaniyaning foydasidan (zararidan) chiqarib tashlanadi.

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tegishli davrdagi foydasiga nisbatan hisoblab chiqarilgan soliq summasi nazorat qiluvchi shaxsning ishtiroki ulushiga mutanosib ravishda chet davlatlar qonunchiligiga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shu foydaga nisbatan hisoblab chiqarilgan soliqning (shu jumladan daromadni to‘lash manbaida ushlab qolinadigan daromad solig‘ining), shuningdek shu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi foydasiga nisbatan hisoblab chiqariladigan foyda solig‘ining miqdoriga nisbatan kamaytiriladi.

Chet davlatning qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, O‘zbekiston Respublikasining davlat (hudud) bilan soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu summa chet davlatning soliqlar sohasida nazorat qilish va tekshirishga vakolatli organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Bilimingizni sinang

58-modda shartlariga rioya etuvchi «Imon» notijorat tashkiloti aholining diniy maqsadda foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni sotib daromad oldi. Soliq kodeksiga ko‘ra, bu daromadga qanday munosabat bildiriladi?
  1. Umumiy tartibda soliq solinadi, chunki bu tadbirkorlik daromadi
  2. Faqat yarmiga soliq solinadi
  3. Soliq solinmaydi
  4. Soliq faqat tashkilot rahbari shaxsan to‘laydi

To‘g‘ri javob: Soliq solinmaydi. 318-moddaga ko‘ra, 58-modda shartlariga rioya etilsa, notijorat tashkilotining diniy maqsadda foydalaniladigan tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadiga soliq solinmaydi.

Notijorat tashkiloti ustav faoliyati uchun maqsadli mablag‘ oldi, ammo hisobni alohida yuritmadi va mablag‘dan mo‘ljallangan maqsadda foydalanmadi (budjet mablag‘i emas). Soliq kodeksiga ko‘ra, bu mablag‘lar bilan nima bo‘ladi?
  1. Soliq solinmaydi, chunki ular maqsadli mablag‘ sifatida olingan
  2. Jami daromad tarkibiga kiritiladi va umumiy tartibda soliq solinadi
  3. Davlat budjetiga to‘liq qaytariladi, ularga soliq solinmaydi
  4. Faqat jarima undiriladi, mablag‘larga esa soliq solinmaydi

To‘g‘ri javob: Jami daromad tarkibiga kiritiladi va umumiy tartibda soliq solinadi. 318-moddaga ko‘ra, hisob bo‘lmasa yoki maqsadda foydalanilmasa (budjet mablag‘lari mustasno), maqsadli mablag‘lar jami daromadga kiritiladi va umumiy tartibda soliqqa tortiladi.

Uch shaxs oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi tuzib, ishonchli shaxs sifatida «Sharq» MChJni belgiladi. Soliq kodeksiga ko‘ra, shirkat faoliyati bo‘yicha soliq to‘lovchi kim hisoblanadi?
  1. Har bir sherik alohida va faqat o‘z ulushi bo‘yicha
  2. Soliq organi tanlagan sherik
  3. Barcha sheriklar birgalikda, umumiy mas’uliyat bilan
  4. Shirkatning ishonchli shaxsi

To‘g‘ri javob: Shirkatning ishonchli shaxsi. 319-moddaga ko‘ra, oddiy shirkatning ishonchli shaxsi shartnoma doirasidagi faoliyat bo‘yicha soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) natijasida olingan daromadning sheriklar o‘rtasida taqsimlanishi bilan bog‘liq qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Taqsimlangan daromad har bir sherikda mehnat daromadiga tenglashtiriladi
  2. Taqsimlangan daromad har bir sherikda dividendga tenglashtiriladi
  3. Taqsimlangan daromadga soliq solinmaydi
  4. Daromad faqat ishonchli shaxsga tegishli bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Taqsimlangan daromad har bir sherikda dividendga tenglashtiriladi. 319-moddaga ko‘ra, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromad har bir sherikda dividendga tenglashtiriladi va ushbu Kodeksga muvofiq soliqqa tortiladi.

Kompaniya chet el valyutasida ifodalangan talab tarzidagi mol-mulkini qo‘shimcha baholadi va kursdagi ijobiy farq yuzaga keldi (bu bo‘nakni qayta baholash natijasi emas). Soliq kodeksiga ko‘ra, bu farq qanday hisobga olinadi?
  1. Xarajatlar tarkibiga kiritiladi
  2. Soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi
  3. Faqat kelgusi yilda daromad sifatida hisobga olinadi
  4. Jami daromad tarkibiga kiritiladi

To‘g‘ri javob: Jami daromad tarkibiga kiritiladi. 320-moddaga ko‘ra, kursdagi ijobiy farq jami daromad tarkibiga, salbiy farq xarajatlar tarkibiga kiritiladi.

Muassis Anvar mol-mulkini ishonchli boshqaruvga berdi, ishonchli boshqaruvchi Bobur shartnoma bo‘yicha pul mukofoti oladi. Soliq kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Berilgan mol-mulk Boburning daromadi hisoblanadi, pul mukofoti esa soliq solinadigan daromad hisoblanmaydi
  2. Berilgan mol-mulk ham, pul mukofoti ham Boburning daromadi hisoblanib, ikkalasiga soliq solinadi
  3. Berilgan mol-mulk Boburning daromadi emas, pul mukofoti esa uning daromadi hisoblanadi va soliqqa tortiladi
  4. Berilgan mol-mulk ham, pul mukofoti ham Boburning daromadi hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi

To‘g‘ri javob: Berilgan mol-mulk Boburning daromadi emas, pul mukofoti esa uning daromadi hisoblanadi va soliqqa tortiladi. 322-moddaga ko‘ra, berilgan mol-mulk ishonchli boshqaruvchining daromadi emas, olinadigan pul mukofoti esa uning daromadi hisoblanadi.

Ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilganda mol-mulk muassis Azizga qaytarildi. Shartnoma boshida mol-mulk qiymati 100 million so‘m, tugatilganda 140 million so‘m edi. Soliq kodeksiga ko‘ra, Azizda qanday natija yuzaga keladi?
  1. 40 million so‘m daromad yuzaga keladi
  2. 40 million so‘m zarar yuzaga keladi
  3. Daromad ham, zarar ham yuzaga kelmaydi
  4. 100 million so‘m daromad yuzaga keladi

To‘g‘ri javob: Daromad ham, zarar ham yuzaga kelmaydi. 322-moddaga ko‘ra, mol-mulk muassisga qaytarilganda qiymat farqi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar daromad (zarar) yuzaga kelmaydi.

Mol-mulk majmui sifatida sotib olingan korxona xaridori to‘laydigan ustama mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tgan oydan keyingi oydan e’tiboran necha yil mobaynida bir me’yorda xarajat deb e’tirof etiladi?
  1. To‘rt yil
  2. O‘n yil
  3. Besh yil
  4. Uch yil

To‘g‘ri javob: Besh yil. Ustama xaridorning xarajati sifatida mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tgan oydan keyingi oydan boshlab besh yil davomida bir me’yorda hisobga olinadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXarajatlarKeyingi →Soliq bazasiga tuzatish kiritish