XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 351–358-m.

Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Maxsus Qism

351-modda. Umumiy qoidalar

Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Soliqning ushlab qolinishi soliq to‘lovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir to‘lovi paytida amalga oshiriladi.

Bunday daromadlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:

351-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Bunday daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 356-moddasida belgilanadi;

Ushbu bandda ko‘rsatilgan daromadlar hujjatlar bilan tasdiqlangan, norezident tomonidan realizatsiya qilingan tovar uchun olinadigan summaning uni olishdan oshgan qismi sifatida belgilanadi. Tovarlarni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, soliqni ushlab qolish norezident tomonidan olinadigan barcha summadan amalga oshiriladi;

351-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Xalqaro tashish deganda yo‘lovchilarni, yuklarni, tovarlarni, shu jumladan pochtani daryo yoki havo kemalari, avtomobil yoki temir yo‘l transporti orqali, davlatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan turli davlatlarda joylashgan punktlar o‘rtasida amalga oshiriladigan har qanday tashish tushuniladi.

Ushbu bandning maqsadi uchun faqat O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan punktlar o‘rtasida, shuningdek faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida amalga oshiriladigan tashish xalqaro tashish deb e’tirof etilmaydi;

Bunda yuk yuboruvchidan (yuk oluvchidan) olingan summa va yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan, yuk tashuvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan mukofot summasi soliq solinishi lozim bo‘lgan daromaddir. Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga ushbu Kodeks 353-moddasining 3-bandida belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘langan barcha summaga soliq solinishi lozim;

351-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Bunda shunday daromadning miqdori norezidentning birlamchi hujjatlariga muvofiq, qaysi talab qilish huquqi bo‘yicha voz kechish amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha talab qilish huquqining qiymati va talab qilish huquqidan voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim bo‘lgan talab qilish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi;

Bunda shunday daromadning miqdori asosiy qarzning talabiga ko‘ra qarzdordan olinishi lozim bo‘lgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq bo‘lgan summa va talab qilish huquqini olish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi;

351-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Quyidagilar norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalaridan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirish bilan bog‘liq operatsiyalarga nisbatan ushbu qoida quyidagi shartlarga rioya etgan holda import bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda qo‘llaniladi:

Agar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilmagan bo‘lsa, ushbu shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatiga taalluqli daromadlarining bir qismi tovarni realizatsiya qilish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad deb e’tirof etiladi.

351-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Agar norezident tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) bo‘yicha xalqaro shartnomada (kontraktda) ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Xuddi shunday qoidalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida norezident vakillarining tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha asbob-uskunalarni montaj qilish, o‘rnatish yoki ishga tushirish-sozlash paytida haqiqatdan mavjud bo‘lgan taqdirda, hattoki ushbu shartnomada (kontraktda) norezidentlar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish- sozlash ishlarini amalga oshirish, ular tomonidan xodimlarni o‘qitish xizmatlarini va boshqa shu kabi xizmatlarni ko‘rsatish nazarda tutilmagan bo‘lsa ham, qo‘llaniladi;

Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kontraktda norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi qoidalar mavjud bo‘lganda, ushbu moddada belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida qo‘llaniladi. Norezident tomonidan yagona ishlab chiqarish-texnologik sikl doirasida xizmat ko‘rsatishning har bir bosqichi norezidentning daromadlaridan to‘lov manbaida soliqni ushlab qolish maqsadida xizmatlarning alohida turi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda kontrakt bo‘yicha norezident daromadlarining umumiy summasi O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlarga asoslangan tarzda taqsimlangan bo‘lishi kerak.

351-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismi qoidalarini qo‘llash maqsadida norezident xizmat oluvchiga norezidentning umumiy daromad summasi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar va uning tashqarisida xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlarga taqsimlanganligini tasdiqlovchi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va (yoki) chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, norezident tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart. Bunday taqsimlanish mavjud bo‘lmaganda, ham O‘zbekiston Respublikasida, ham uning tashqarisida xizmat ko‘rsatishdan norezidentga to‘lanadigan daromadning butun summasiga soliq solinishi lozim.

352-modda. Soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar

Quyidagilar soliq agentlari deb e’tirof etiladi:

353-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq solinadigan daromad

Soliq stavkalari, foizlarda

1

Dividendlar va foizlar

10

2

Sug‘urta, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari

10

3

Xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlar (fraxtdan olingan daromadlar)

6

4

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb etilgan kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan chet el moliya institutlariga to‘lanadigan daromadlar

0

5

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro to‘lov kartochkalari vositasida hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar

0

6

Boshqa daromadlar, bundan 1 — 5-bandlarda ko‘rsatilgan daromadlar mustasno

20

354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Soliq bazasi soliq to‘lovchiga har bir daromadni to‘lash chog‘ida soliq agenti tomonidan alohida aniqlanadi.

Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga solinadigan soliq summasi ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizdagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi tomonidan norezidentga dividendlar to‘lash paytida ushlab qolinadigan norezident daromadidan olinadigan soliq summasi ushbu yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining boshqa yuridik shaxslaridan olingan dividendlaridan ilgari to‘langan soliq summasiga quyidagi shartlar bajarilganda kamaytiriladi:

norezident dividendlar to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining ustav fondida (ustav kapitalida) kamida yigirma besh foizlik ishtirok ulushiga ega bo‘lsa;

mazkur ulushga egalik qilish dividendlarning to‘lanish sanasidan oldingi kamida 365 kalendar kun davomida uzluksiz amalga oshirilgan bo‘lsa;

olingan dividendlardan to‘langan soliq summasi ilgari norezidentning dividendlar tarzidagi daromadidan olinadigan soliqni aniqlashda hisobga olinmagan bo‘lsa;

soliq agenti O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining boshqa yuridik shaxslaridan olingan dividendlardan soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni olgan bo‘lsa.

354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi (davomi)

Soliq summasi O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga daromadni to‘lash sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada, ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda hisoblab chiqariladi va to‘lanadi.

Norezidentlarga to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq agenti tomonidan daromadlarning barcha turlari bo‘yicha amalga oshiriladi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar:

354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi (davomi)

Norezidentga O‘zbekiston Respublikasining qo‘llaniladigan xalqaro shartnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadigan daromadlar to‘langan taqdirda, daromadlardan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab qolish norezident tomonidan soliq agentiga ushbu Kodeksning 358-moddasida nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim etilishi sharti bilan tegishli kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu qism qoidalari mazkur Kodeksning 6-moddasi qoidalari hisobga olingan holda qo‘llaniladi.

Daromadni to‘lash deganda, norezidentga bunday to‘lash amalga oshiriladigan joyidan qat’i nazar, quyidagilar tushuniladi, xususan:

Agar daromad pulsiz shaklda yoki o‘zaro hisobga o‘tkazishlar orqali to‘lansa, shuningdek agar ushlab qolinishi lozim bo‘lgan soliq summasi norezidentning pul shaklida olinadigan daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, agar ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq agenti soliqni norezidentning pulsiz shaklda olinadigan daromadini tegishli tarzda hisoblab chiqarilgan summada budjetga to‘lashi shart.

354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi (davomi)

Norezidentning daromadlariga soliq solish mazkur norezident tomonidan o‘z daromadlarini uchinchi shaxslarning, boshqa davlatlardagi o‘z bo‘linmalarining foydasiga va boshqa maqsadlarda tasarruf etishdan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Sug‘urta mukofotlaridan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarning to‘langan summalari sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda sug‘urta to‘lovlari o‘zidan soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolingan va to‘langan sug‘urtalovchi bo‘lgan norezidentning daromadlarini kamaytirish uchun hisobga o‘tkazishga qabul qilinadi. Mazkur qayta hisoblash norezidentga daromadni to‘lagan va daromadni to‘lash chog‘ida soliqni ushlab qolgan soliq agenti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganda, bu soliqning ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lsa, soliq agenti ushlab qolinmagan soliq summasini va tegishli penya summasini budjetga kiritishi shart.

Soliq agenti tomonidan ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq norezidentning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi o‘z mablag‘lari hisobidan uni ushlab qolmagan holda to‘langan taqdirda, soliq agentining soliqni ushlab qolish va o‘tkazish bo‘yicha majburiyati bajarilgan deb e’tirof etiladi.

355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-kitobini taqdim etish va uni to‘lash tartibi

Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan o‘zi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi soliq organiga daromadlar to‘langan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Agar ushbu Kodeksning 356-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliq summasi soliq agenti tomonidan budjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

356-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Agar ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida ko‘rsatilgan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar, ulushlar (paylar), ko‘chmas mulk, mol-mulk majmuasi tarzidagi korxonalar, payli investitsiya fondlari investitsiya paylari (bundan buyon ushbu moddada mol-mulk deb yuritiladi) norezident bo‘lgan bir yuridik shaxs tomonidan norezident bo‘lgan boshqa yuridik shaxsga yoki norezident bo‘lgan jismoniy shaxsga yoxud O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga realizatsiya qilingan bo‘lsa, ushbu modda qoidalari qo‘llaniladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi chet el tuzilmalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida ko‘rsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mol-mulkni realizatsiya qilish summasining uni hujjatlar bilan tasdiqlanadigan sotib olish qiymatidan oshgan summasi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, soliq agenti tomonidan soliqni ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi norezident soliq agentiga mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart. Soliq agenti taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasidan hamda ushbu Kodeksning 353-moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq summasini hisoblab chiqaradi va ushlab qoladi.

356-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq agenti sotib olinayotgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazguniga (rasmiylashtirguniga) qadar norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi soliqning hisob-kitobini quyidagilarni realizatsiya qilish chog‘ida mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim etishi shart:

Norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo‘yicha soliq hisoboti norezident daromadni oladigan valyutada tuziladi. Soliq hisobotiga mol-mulk oldi-sotdi shartnomasining ko‘chirma nusxasi hamda sotuvchi tomonidan taqdim etilgan, mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi. Agar mol-mulkni sotib olish qiymati soliq hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanmagan bo‘lsa, mazkur qiymat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mol-mulkni sotib olish sanasidagi kursi bo‘yicha soliq hisoboti tuzilayotgan valyutaga qayta hisoblab chiqariladi. Soliq organlari soliq hisob-kitobi taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli shaxsi nomiga soliq summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasidagi kursi bo‘yicha milliy valyutadagi soliq summasini ko‘rsatgan holda to‘lov xabarnomasini yoxud norezident tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulkdan olingan soliq bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yozib beradi.

356-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq sotib olingan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar budjetga to‘lanishi lozim.

Soliq organi soliq to‘langanligi faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga soliq to‘langanligi yoxud soliq bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi, ma’lumotnoma olingan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladi.

Olinadigan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organlar soliq organining ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirdagina mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.

Ushbu modda uchinchi — to‘qqizinchi qismlarining qoidalari aksiyalarni va investitsiya paylarini O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlarining birjadagi va birjadan tashqari uyushgan bozorlarida realizatsiya qilish chog‘ida qo‘llanilmaydi.

Aksiyalar va investitsiya paylari qimmatli qog‘ozlarning birjadagi va birjadan tashqari uyushgan bozorida realizatsiya qilinganda O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlari bozoridagi hisob-kitob — kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof etiladi.

Soliq agenti aksiyalarning va investitsiya paylarining tuzilgan oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha savdolar yakunlari reyestri asosida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish vaqtida realizatsiya qilingan aksiyalar (investitsiya paylari) qiymatidan va ushbu Kodeksning 353-moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda sotuvchining pul mablag‘laridan soliqni ushlab qoladi.

356-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq summasi pul mablag‘larini aksiyalar va investitsiya paylari qiymatini to‘lash hisobiga bir vaqtning o‘zida sotuvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilgan holda to‘lov valyutasida budjetga to‘lanadi. Soliq agenti aksiyalar va investitsiya paylari sotuvchisining talabiga ko‘ra bitim va ushlab qolingan soliq summasi haqida ma’lumotnoma berishi shart.

Soliq agenti soliq hisobotini taqdim etish muddatlarida o‘zi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi soliq organiga soliq ushlab qolingan aksiyalar va investitsiya paylarining oldi-sotdisiga doir bitimlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha reyestrini taqdim etadi.

Aksiyalar va investitsiya paylarini sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sotuvchi soliq agenti soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga ortiqcha to‘langan soliqni qaytarish to‘g‘risida ariza taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aksiyalarni va investitsiya paylarini realizatsiya qilish va sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim va ushlab qolingan soliq summasi haqidagi ma’lumotnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.

Norezidentlarning daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

357-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi (bitimi) qoidalarini qo‘llashning ushbu moddada belgilangan tartibi norezidentning ushbu Kodeksning 351-moddasida nazarda tutilgan daromadlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti bo‘lsa, mustaqil ravishda qo‘llash huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari daromad oluvchi tomonidan soliq agentiga soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni to‘lash sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi sharti bilan qo‘llaniladi.

Daromadlar norezidentga dividendlar, foizlar va (yoki) royalti tarzida to‘langanda, basharti norezident ushbu daromadlarga bo‘lgan huquqqa haqiqatda ega bo‘lsa, soliq agenti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va ushbu Kodeksning 6-moddasida belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llaydi. Soliq agenti norezidentdan ushbu norezident tegishli daromadni olishga bo‘lgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini so‘rab olishga haqli.

Daromadlarni olish uchun haqiqiy huquqqa ega bo‘lgan norezidentga ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlarni vositachi orqali to‘lashda soliq agenti daromadning bunday haqiqiy oluvchisi rezidenti bo‘lgan davlat bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki norezident tomonidan daromadlarni to‘lashga asos bo‘ladigan qo‘shimcha shartnoma (kontrakt) va boshqa hujjatlar vositachi orqali haqiqiy oluvchi bo‘lgan har bir shaxs bo‘yicha daromad summasi aks ettirilganda uning pasaytirilgan stavkasini qo‘llashga haqli. Bunday hujjatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

357-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlab qolingan soliq budjetga to‘langan taqdirda, daromadning haqiqiy oluvchisi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq uni qaytarib olish huquqiga ega. Ortiqcha ushlab qolingan soliqni norezidentga qaytarish ushbu Kodeksning 12-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Norezident tomonidan bitta yoki aloqador loyihalar doirasida xizmatlar ko‘rsatishdan daromad olingan taqdirda, mazkur soliq agenti uchun ushbu moddani qo‘llash maqsadida soliq agenti norezident tomonidan doimiy muassasa tashkil etilganligi faktini aniqlaydi, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi (kontrakti) asosida aniqlaydi. Norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, soliq organi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini norezidentlarning daromadlarini soliq solishdan ozod etish qismi bo‘yicha qo‘llashga haqli emas.

Soliq agenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llanilmagan taqdirda, soliq agenti ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda to‘lov manbaidan soliqni ushlab qolishi hamda o‘tkazishi shart.

358-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatga qo‘yiladigan talablar

Norezident bo‘lgan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning rezidenti ekanligini tasdiqlaydigan, quyidagi turlardan birida taqdim etilgan rasmiy hujjat ushbu bo‘lim qoidalarini qo‘llash maqsadida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatdir:

Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud bo‘lgan davlatda chet el banklari va xalqaro banklararo telekommunikatsiya tuzilmalariga chet el bankining yoki xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimining doimiy turgan joyi faktini tasdiqlash, agar bunday turgan joy hamma foydalana oladigan axborot manbalaridagi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, talab qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda legallashtirish quyidagi hollarda talab qilinmaydi, agar:

358-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatga qo‘yiladigan talablar (davomi)

Norezidentning soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnoma tuzgan davlatning soliq rezidenti deb norezident e’tirof etiladi.

Agar soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda soliq rezidentligi davri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hujjat berilgan (chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan) kalendar yil mobaynida norezident O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzgan davlatning soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, norezidentning O‘zbekistondagi manbalardan olgan va doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan soliqni kim hisoblab chiqaradi va ushlab qoladi?
  1. Norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti
  2. Norezidentning o‘zi yil yakunida deklaratsiya orqali
  3. Soliq organi o‘z tashabbusi bilan
  4. Norezidentning chet eldagi vakili

To‘g‘ri javob: Norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti. 351-modda birinchi qismiga ko‘ra, soliq norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va har bir to‘lov paytida ushlab qolinadi.

Norezidentning O‘zbekistondagi manbalardan olgan qaysi daromadiga Soliq kodeksiga ko‘ra soliq solinmaydi?
  1. Rezident yuridik shaxsning ustav kapitalidagi ulushi bo‘yicha norezidentga to‘langan dividendlar
  2. Norezidentga O‘zbekistonda ko‘rsatilgan mehnat xizmatlari uchun to‘langan ish haqi va boshqa mukofotlar
  3. O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar
  4. O‘zbekiston hududida ko‘rsatilgan montaj va ishga tushirish xizmatlari bo‘yicha norezident daromadlari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar. 351-moddaning 2-bandiga ko‘ra, davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlarga soliq solinmaydi.

Norezident «TradeCo» rezident vositachi orqali topshiriq shartnomasi bo‘yicha o‘z tovarini 100 million so‘mga sotdi, ammo tovarni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘q. Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq qanday summadan ushlab qolinadi?
  1. Norezident olinadigan summaning ellik foizidan
  2. Faqat vositachining mukofotidan oshgan summadan
  3. Tovarning bozor qiymatidan oshgan summadan
  4. Norezident tomonidan olinadigan barcha summadan

To‘g‘ri javob: Norezident tomonidan olinadigan barcha summadan. 351-moddaning 6-bandiga ko‘ra, sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa, soliq norezident olgan barcha summadan ushlab qolinadi.

Soliq kodeksining 351-moddasiga ko‘ra, quyidagi tashishlardan qaysi biri xalqaro tashish deb e’tirof etiladi?
  1. Davlatlardan biri O‘zbekiston bo‘lgan turli davlatlardagi punktlar o‘rtasida avtotransportda yuk tashish
  2. Faqat chet davlat hududida boshlanib, yana shu davlat ichida tugaydigan havo kemalarida yo‘lovchi tashish
  3. Faqat O‘zbekiston ichidagi punktlar o‘rtasida (masalan, Toshkent–Samarqand) avtotransportda yuk tashish
  4. Faqat O‘zbekistondan tashqaridagi punktlar o‘rtasida (masalan, Olmaota–Moskva) avtotransportda yuk tashish

To‘g‘ri javob: Davlatlardan biri O‘zbekiston bo‘lgan turli davlatlardagi punktlar o‘rtasida avtotransportda yuk tashish. 351-modda 9-bandiga ko‘ra, faqat O‘zbekistondan tashqaridagi yoki faqat O‘zbekiston ichidagi punktlar o‘rtasidagi tashish xalqaro tashish hisoblanmaydi.

Transport-ekspeditorlik xizmatlarida norezidentning soliq solinadigan daromadi (tegishli birlamchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) nima hisoblanadi?
  1. Yuk yuboruvchidan olingan umumiy summa va yuk tashuvchiga to‘langan summa yig‘indisi sifatida hisoblangan transport mukofoti
  2. Yuk yuboruvchidan olingan summaning yuk tashish masofasiga qarab belgilangan ulushi sifatida hisoblangan mukofot, hujjatlarsiz ham
  3. Yuk yuboruvchidan olingan va yuk tashuvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan mukofot
  4. Yuk yuboruvchidan olingan summaning yuk tashuvchiga to‘langan summadan qat’i nazar, o‘n foizi miqdorida hisoblangan mukofot

To‘g‘ri javob: Yuk yuboruvchidan olingan va yuk tashuvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan mukofot. 351-modda 11-bandiga ko‘ra, soliq solinadigan daromad — yuk yuboruvchidan olingan summa va yuk tashuvchiga to‘lanadigan summa o‘rtasidagi farqdan iborat mukofot.

Germaniyadagi «Beratung GmbH» O‘zbekistonlik MChJ uchun konsalting xizmatlarini to‘liq Germaniyada ko‘rsatdi (montaj yoki ishga tushirish xizmatlari yo‘q). Soliq kodeksiga ko‘ra, bu daromad haqida qanday xulosa to‘g‘ri?
  1. Bu O‘zbekistondagi manbadan olingan daromad, xizmat qiymatiga 12 foiz soliq ushlanadi
  2. Bu daromad dividendga tenglashtiriladi, 10 foiz stavka bo‘yicha soliq to‘lov manbaida ushlanadi
  3. Bu daromad fraxtga tenglashtiriladi, 6 foiz stavka bo‘yicha soliq to‘lov manbaida ushlanadi
  4. Bu O‘zbekistondagi manbadan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi, soliq solinmaydi

To‘g‘ri javob: Bu O‘zbekistondagi manbadan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi, soliq solinmaydi. 351-modda bo‘yicha O‘zbekistondan tashqarida xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar (montaj va shu kabilardan tashqari) O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi.

«Consult Ltd» norezidenti shartnoma bo‘yicha xizmatlarni ham O‘zbekistonda, ham chet elda ko‘rsatdi; jami to‘lov 200 million so‘m. Daromad O‘zbekistonda va tashqarida ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha taqsimlanganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmadi. Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq qanday solinadi?
  1. Daromadning butun summasiga soliq solinadi
  2. Faqat yarmiga soliq solinadi
  3. Soliq umuman solinmaydi
  4. Faqat chet eldagi qismiga soliq solinadi

To‘g‘ri javob: Daromadning butun summasiga soliq solinadi. 351-moddaga ko‘ra, taqsimlanish tasdiqlanmasa, ham O‘zbekistonda, ham tashqarida xizmat ko‘rsatishdan to‘lanadigan daromadning butun summasiga soliq solinadi.

Quyidagilardan qaysi biri Soliq kodeksiga ko‘ra norezidentga daromad to‘lashda soliq agenti deb e’tirof etiladi?
  1. O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan chet davlat elchixonasi
  2. Norezidentning chet eldagi bosh ofisi va filiallari
  3. Norezident yuridik shaxsning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
  4. Norezidentga xizmat ko‘rsatuvchi har qanday auditorlik tashkiloti

To‘g‘ri javob: Norezident yuridik shaxsning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. 352-moddaning 4-bandiga ko‘ra, norezident yuridik shaxslarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari soliq agentlari hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFaoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlarning daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlariKeyingi →Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari