XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 424–432-m.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i

Maxsus Qism

424-modda. Umumiy qoidalar

Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydi.

425-modda. Soliq to‘lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.

Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

426-modda. Soliq solish obyekti

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.

Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:

426-modda. Soliq solish obyekti (davomi)

426-modda. Soliq solish obyekti (davomi)

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yer uchastkalari xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti hisoblanadi.

427-modda. Soliq bazasi

Quyidagilar soliq bazasidir:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati;

davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qo‘ygan holda davlat orderi berilgan bo‘lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha sotib olish to‘lovlarining to‘langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.

Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafig Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.

427-modda. Soliq bazasi (davomi)

Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).

Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmaganda, soliq bazasi soliqni to‘lash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

428-modda. Soliq imtiyozlari

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:

madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;

sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;

shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;

aholi punktlarining suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar);

magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;

ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va chala cho‘l zonalaridagi o‘rmonlar; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;

428-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi;

qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;

melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;

ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari. Ushbu xatboshiga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod qilinadi.

428-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari:

100 kVtgacha — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga;

100 kVt va undan ko‘proq — ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga.

Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar) uchun besh yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lanadi. Bunda vakolatli organ tomonidan bog‘lar va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va hosildorligi past deb topish to‘g‘risidagi xulosa berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida yangi bog‘lar va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi uch baravar miqdorda oshirilgan holda belgilanadi.

428-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan soliq imtiyozi muddatini hisoblash kuzda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun keyingi yilning 1-yanvaridan e’tiboran, bahorda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi.

Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari bevosita mo‘ljallanilgan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

429-modda. Soliq stavkalari

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)

Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona

319,0

254,2

196,6

130,6

65,9

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

41,2

Andijon viloyati

51,8

Buxoro viloyati

42,4

Jizzax viloyati

42,4

Qashqadaryo viloyati

42,4

Navoiy viloyati

42,4

Namangan viloyati

51,8

Samarqand viloyati

51,8

Surxondaryo viloyati

37,7

Sirdaryo viloyati

31,8

Toshkent viloyati

43,5

Farg‘ona viloyati

43,5

Xorazm viloyati

42,4

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.

429-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10-yanvarga qadar taqdim etiladi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida har yili 1-mayga qadar maqbul ekin ekilmaganligi to‘g‘risida ushbu Kodeks 133-moddasining to‘rtinchi qismiga binoan taqdim etilgan axborotga asosan mazkur yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi uch baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashga haqli.

Issiqxona xo‘jaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda to‘lanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

429-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan binolar va inshootlar joylashgan yerlar (bundan ijara huquqi asosida foydalanilayotgan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar mustasno) uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.

Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,48 koeffitsiyent qo‘llaniladi:

elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;

umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;

429-modda. Soliq stavkalari (davomi)

umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;

magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;

samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;

O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;

konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.

Ushbu moddaning sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.

429-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Bunda ushbu modda to‘qqizinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari bo‘yicha o‘rtacha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 0,48 koeffitsiyent qo‘llaniladi. Har bir tuman va shahar bo‘yicha o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi.

Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.

Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar mazkur yer uchastkalarida qurilish tugallanguniga qadar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

429-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.

Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.

Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.

Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi, bundan ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

430-modda. Soliq davri

Kalendar yil soliq davridir.

431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay.

Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.

Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.

Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.

Ushbu Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay mazkur obyektlarning joylashgan yeri bo‘yicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.

431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi (davomi)

Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

432-modda. Soliqni to‘lash tartibi

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;

aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;

hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar qanday shaklda amalga oshiriladi?
  1. Yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzida
  2. Faqat yer solig‘i tarzida, ijara to‘lovi olinmaydi
  3. Yer solig‘i yoki yer uchun sug‘urta badali tarzida
  4. Faqat yer uchun ijara to‘lovi tarzida, soliqsiz

To‘g‘ri javob: Yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzida. 424-moddaga ko‘ra yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzida amalga oshiriladi.

“Poytaxt” MChJ moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektini lizingga oldi. Yer solig‘ini kim to‘laydi?
  1. Ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)
  2. Ijaraga oluvchi (lizing oluvchi)
  3. Yer uchastkasining avvalgi egasi
  4. Tuman hokimligi (yer egasi sifatida)

To‘g‘ri javob: Ijaraga oluvchi (lizing oluvchi). 425-moddaga ko‘ra lizing shartnomasi bo‘yicha berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha lizing oluvchi soliq to‘lovchi hisoblanadi.

Quyidagi yer uchastkalaridan qaysi biri yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi?
  1. Ishlab chiqarish inshootlari egallagan yer uchastkalari
  2. Savdo va maishiy xizmat markazlari egallagan yer uchastkalari
  3. Yuridik shaxslarning mulkida bo‘lgan omborxonalar egallagan yerlar
  4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar

To‘g‘ri javob: Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar. 426-moddaga ko‘ra umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shu jumladan pulli yo‘llar egallagan yerlar soliq solish obyekti emas.

Ko‘p kvartirali uyning birinchi qavatida “Mega” MChJning do‘koni joylashgan. Do‘kon egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘i masalasida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk egallagan yer uchastkasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi
  2. Ko‘p kvartirali uy egallagan yer uchastkasi, jumladan do‘kon joylashgan qismi, soliq solish obyekti bo‘lmaydi
  3. Yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk egallagan yer uchastkasi soliq solish obyekti hisoblanadi
  4. Do‘kon yuridik shaxsga tegishli bo‘lgani uchun faqat binoning foydali maydoniga yer solig‘i hisoblanadi, yerga emas

To‘g‘ri javob: Yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk egallagan yer uchastkasi soliq solish obyekti hisoblanadi. 426-moddaning 12-bandiga ko‘ra yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari mustasno, ya’ni soliqqa tortiladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha yer solig‘ining soliq bazasi nima?
  1. Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati
  2. Yer uchastkalarining bozor narxlari bo‘yicha mustaqil baholangan qiymati
  3. Yer uchastkalarining kadastr bo‘yicha belgilangan yillik ijara to‘lovi miqdori
  4. Yer uchastkalarining balans qiymati va hosildorlik ko‘rsatkichi

To‘g‘ri javob: Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati. 427-moddaga ko‘ra qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha baza yer uchastkalarining normativ qiymatidir.

Yuridik shaxs yer uchastkasiga ijara huquqini yil o‘rtasida, iyun oyida oldi. Soliq bazasi qaysi vaqtdan boshlab hisoblab chiqariladi?
  1. Huquq vujudga kelgan oyning o‘zidan e’tiboran
  2. Huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran
  3. Huquq vujudga kelgan yildan keyingi yildan e’tiboran
  4. Huquq vujudga kelganidan keyingi chorakdan e’tiboran

To‘g‘ri javob: Huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran. 427-moddaga ko‘ra yil mobaynida huquq o‘tgan bo‘lsa, baza huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblanadi.

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar uchun yer solig‘i imtiyozi joriy etilgan oyning boshidan qancha muddatga beriladi?
  1. o‘n yil
  2. uch yil
  3. besh yil
  4. ikki yil

To‘g‘ri javob: besh yil. Imtiyoz texnologiyalar joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga beriladi.

Fermer xo‘jaligi yerida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etdi va imtiyozdan foydalanmoqda. Texnologiya joriy etilgandan so‘ng uch yil ichida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Imtiyoz saqlanadi, ammo majburiyatlar faqat texnologiya yaroqsiz bo‘lgan davr uchun tiklanadi
  2. Imtiyoz faqat yaroqsiz bo‘lgan sug‘orish tizimi qiymati miqdorida bekor qilinadi va jarima undiriladi
  3. Imtiyoz butun soliq davri uchun soliqni to‘lash majburiyatlarining tiklanishi bilan bekor qilinadi
  4. Imtiyoz saqlanib qoladi, chunki texnologiya joriy etilgandan keyin uch yil o‘tgan va muddat tugagan

To‘g‘ri javob: Imtiyoz butun soliq davri uchun soliqni to‘lash majburiyatlarining tiklanishi bilan bekor qilinadi. 428-moddaga ko‘ra besh yil ichida yaroqsiz bo‘lsa yoki demontaj qilinsa, imtiyoz butun soliq davri uchun majburiyatlar tiklanishi bilan bekor qilinadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘iKeyingi →Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i