XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 433–440-m.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i

Maxsus Qism

433-modda. Soliq to‘lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.

Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

434-modda. Soliq solish obyekti

Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:

Ko‘p kvartirali uylar egallagan va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilgan yer uchastkalari va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari mustasno.

435-modda. Soliq bazasi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.

Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi.

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qo‘ygan holda davlat orderi berilgan bo‘lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha sotib olish to‘lovlarining to‘langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.

435-modda. Soliq bazasi (davomi)

Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

436-modda. Soliq imtiyozlari

Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

436-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

Uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.

436-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, bundan 5-bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

437-modda. Soliq stavkalari

Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):

Respublika hududlari

1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)

Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona

1 856

1 574

1 290

1 014

725

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

377

Andijon viloyati

463

Buxoro viloyati

377

Jizzax viloyati

377

Qashqadaryo viloyati

377

Navoiy viloyati

377

Namangan viloyati

463

Samarqand viloyati

463

Surxondaryo viloyati

353

Sirdaryo viloyati

297

Toshkent viloyati

392

Farg‘ona viloyati

392

Xorazm viloyati

377

Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.

437-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10-yanvarga qadar taqdim etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llashga haqli.

Issiqxona xo‘jaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda to‘lanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

437-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi.

Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo‘llaniladi.

438-modda. Soliq davri

Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.

439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to‘lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.

Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquq yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq to‘lovchiga soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishi kerak.

Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

440-modda. Soliq to‘lash tartibi

Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.

Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).

Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

XVII BO‘LIM.

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ

Bilimingizni sinang

Fuqaro Bahrom vafot etdi va uning uy-joyi yer uchastkasi bilan birga merosxo‘rlarga o‘tdi. Yer solig‘i qanday undiriladi?
  1. Meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi
  2. Merosxo‘rlardan undirilmaydi, chunki meros qoldiruvchining majburiyatlari vafot bilan tugaydi
  3. Faqat meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olmagan holda merosxo‘rlardan undiriladi
  4. Meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda davlat budjetidan qoplanadi

To‘g‘ri javob: Meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi. 433-moddaga ko‘ra meros bo‘yicha o‘tgan yer uchun soliq meros qoldiruvchining majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq to‘lovchilari qatoriga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Faqat yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklari
  2. Yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari
  3. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va kooperativlar
  4. Yer uchastkasiga egalik qilmaydigan budjet tashkilotlari xodimlari

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari. 433-moddaga ko‘ra yer uchastkalariga ega jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan dehqon xo‘jaliklari soliq to‘lovchi hisoblanadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha quyidagilardan qaysi biri soliq solish obyekti hisoblanadi?
  1. Umumiy foydalanishdagi shahar yo‘llari
  2. O‘rmon fondiga kiruvchi yer uchastkalari
  3. Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar
  4. Suv fondi yerlari tarkibidagi daryolar

To‘g‘ri javob: Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar. 434-moddaning 4-bandiga ko‘ra xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar soliq solish obyektidir.

Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari bo‘yicha qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish uchun berilgan tutash yerlar soliq solish obyekti hisoblanadi, ammo yarim stavkada
  2. Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari faqat birinchi qavatdagi kvartira egalari uchun soliq solish obyekti bo‘lmaydi, qolganlari soliq to‘laydi
  3. Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqisiz berilgan bo‘lsa, ular mulkdorlar uchun soliq solish obyekti bo‘lmaydi
  4. Ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan tutash yerlar soliq solish obyekti bo‘lmaydi

To‘g‘ri javob: Ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan tutash yerlar soliq solish obyekti bo‘lmaydi. 434-moddaga ko‘ra bunday tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi (tadbirkorlik yerlari va noturar obyektlar mustasno).

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq bazasi nima hisoblanadi?
  1. Yer uchastkalarining maydoni
  2. Yer uchastkasining bozor qiymati
  3. Yerdan olingan daromad
  4. Yer uchastkasining sug‘orish qiymati

To‘g‘ri javob: Yer uchastkalarining maydoni. 435-moddaga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.

Pensioner Rahim voyaga yetmagan farzandi bilan alohida uyda yashaydi. Yer solig‘i imtiyozi bo‘yicha qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. U yolg‘iz pensioner hisoblanmaydi, imtiyoz yo‘q
  2. U yolg‘iz pensioner sifatida soliqdan ozod qilinadi
  3. Imtiyoz faqat bolasi yo‘q pensionerga beriladi
  4. U faqat 50 foiz imtiyoz oladi

To‘g‘ri javob: U yolg‘iz pensioner sifatida soliqdan ozod qilinadi. 436-moddaga ko‘ra voyaga yetmagan bolalari bilan alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensioner deb tushuniladi va soliqdan ozod.

Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ida uy-joy fondidagi 100 kVtgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchilar soliq summasi qurilmalar o‘rnatilgan oydan e’tiboran qancha davom etib kamaytiriladi (to‘plash tizimisiz)?
  1. ikki yil
  2. besh yil
  3. bir yil
  4. uch yil

To‘g‘ri javob: uch yil. Qurilmalar o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida soliq summasi kamaytiriladi.

Soliq solish maqsadida qaysi oilalar boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar hisoblanadi?
  1. Ota-onadan biri yoki ikkalasi ishsiz bo‘lgan ko‘p bolali oilalar
  2. Ota-onadan biri yoki ikkalasi nogironligi bo‘lgan ko‘p bolali oilalar
  3. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar
  4. Ota va onadan biri vafot etgan, ammo bolalari voyaga yetgan oilalar

To‘g‘ri javob: Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar. 436-moddaning 5-bandiga ko‘ra ota va onadan biri yoki ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar boquvchisini yo‘qotgan hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iKeyingi →Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash