Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari
Moddalar
63-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash
Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish;
sudyaning daxlsizligi;
odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy tartib-taomil;
qarorlarni chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudyaga hurmatsizlik qilganlik, odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga aralashganlik va sudyaning daxlsizligini buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.
Sudyaning mustaqilligini cheklaydigan qonunchilik hujjatlari qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudya, uning oila a’zolari va ularning mol-mulki davlatning alohida himoyasida bo‘ladi.
64-modda. Sudyaning daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, u foydalanadigan transport vositasi va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha saqlash, olib yurish va undan foydalanish huquqi bilan xizmat quroli hamda shaxsiy himoya vositalari beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Sudya tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining sudyalar daxlsizligini buzganlik va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik faktlari to‘g‘risidagi taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘rsatilgan faktlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki qo‘zg‘atilishi rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar beradi.
64-modda. Sudyaning daxlsizligi (davomi)
Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hay’atining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Mazkur qoida sudya sifatida ishlagan davrida shunday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyaga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlar ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi shart.
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoxud olish faqat sudning qaroriga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
64-modda. Sudyaning daxlsizligi (davomi)
Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
65-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligi prinsipiga rioya etishi shart.
Sudyaga hurmatsizlik qilish, xuddi shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga haqli emas.
Bilimingizni sinang
«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 63-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tumanlararo ma’muriy sud raisining o‘rinbosari
- Sudyaning huquqlari
- Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi
- Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash
To‘g‘ri javob: Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash. 63-modda: Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash.
«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash» qaysi moddada belgilangan?
- 69-modda
- 57-modda
- 63-modda
- 61-modda
To‘g‘ri javob: 63-modda. 63-modda: Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash.
Sudyalar mustaqilligini ta’minlash kafolatlariga oid qaysi hukm to‘g‘ri?
- Qarorlarni chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatlashuvining oshkora o‘tkazilishi va uni jamoatchilikka e’lon qilish majburiy hisoblanadi
- Maslahatlashuv sir tutilishi faqat jinoyat ishlari bo‘yicha amal qiladi, fuqarolik ishlarida oshkor qilinishi mumkin
- Qarorlarni chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etish taqiqlanadi
- Qarorlarni chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi ixtiyoriy, uni oshkor qilishni talab etish mumkin
To‘g‘ri javob: Qarorlarni chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etish taqiqlanadi. 63-moddaga ko‘ra maslahatlashuv sir tutiladi va uni oshkor qilishni talab etish taqiqlanadi.
Sudya, uning oila a’zolari va ularning mol-mulki kimning alohida himoyasida bo‘ladi?
- Sud raisining
- Sudyalar uyushmasining
- Ichki ishlar organining faqat tashabbusi bilan
- Davlatning
To‘g‘ri javob: Davlatning. 63-moddaga ko‘ra sudya, uning oila a’zolari va mol-mulki davlatning alohida himoyasida bo‘ladi.
Sudyalar oliy kengashi raisining sudyalar daxlsizligi buzilgani haqidagi taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
- uch oy
- bir oy
- bir hafta
- o‘n kun
To‘g‘ri javob: bir oy. Taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 64-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
- Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik
- Sudyaning daxlsizligi
- Sudyalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
To‘g‘ri javob: Sudyaning daxlsizligi. 64-modda: Sudyaning daxlsizligi.
«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Sudyaning daxlsizligi» qaysi moddada belgilangan?
- 67-modda
- 64-modda
- 66-modda
- 65-modda
To‘g‘ri javob: 64-modda. 64-modda: Sudyaning daxlsizligi.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishini kim qo‘zg‘atishi mumkin?
- Faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
- Faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- Faqat Oliy sud raisi o‘z taqdimnomasi bilan
- Faqat Sudyalar oliy kengashi raisi qarori bilan
To‘g‘ri javob: Faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori. 64-moddaga ko‘ra sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash