Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylanishi
BUXORO AMIRLIGI VA XIVA BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGINING ROSSIYA IMPERIYASI XONLIGINING ROSSIYA IMPERIYASI VASSALIGA AYLANISHI VASSALIGA AYLANISHI
MULOHAZA
- Buxoro amirligi va Rossiya
imperiyasi o‘rtasidagi janglar, 1868 va 1873-yildagi shartnomalar. • Qo‘qon va Xiva xonligining Rossiya im periyasi harbiy yurishlariga qarshi harakatlari. • Gandimiyon shartnomasi.
- Farg‘ona viloyatining tashkil qilinishi.
MA’LUMOT UCHUN
Nima uchun Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Xo‘jandga hujum qilishdi? Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi xaritasidan Xo‘jand shahri joy lashgan nuqtani toping. Uni Qo‘qon, Toshkent, Balx va Buxoro bilan tutashtirib fikr bildiring.
Rus qo‘shinlari ishg‘ol qilgan Xo‘jand darvozasi.
Rossiya imperiyasi Tosh kent shahrini bosib olganidan so‘ng barcha harbiy harakatlarni Toshkent shahridan turib tashkil qildi va boshqardi. Mustamlakachilar o‘zlarining asosiy qoidasi hisoblangan «Bo‘lib tashla va hukmronlik qil» tamoyiliga asoslanib xonliklarni birlashishiga yo‘l qo‘ymadi. 1866-yil 8-mayda Rossya imperiyasi va Buxoro amirligi qo‘shinlari Yerjar qishlog‘i yaqinida to‘qnashdi. Kuchlar harbiy jihatdan teng bo‘lmaganligi uchun amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Buxoro qo‘shinini ta’qib qilishni to‘xtatib, avval Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida joylashgan Xo‘jandga qarab yurish qildi. May oyida Xo‘jand qal’asi qamal qilindi. Qamal ikki kun davom etdi. Istilochilar himoyachilarning mudofaasini yorib o‘tib, shaharni egallashdi.
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasining Turkiston viloyati gubernatori N. Krijanovskiy Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi bo‘yi cha uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to‘lashni talab qildi.
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari amirlik sarbozlarini miltiq va to‘pdan tinmay o‘qqa tutdi. Cho‘ponota va Zirabuloq tepaligidagi janglarda Buxoro amiri qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi.
Belgilangan muddat o‘tgach, Krijanovskiy Buxoro amiri talablarni bajarmaganligini bahona qilib, o‘z qo‘shinlariga amirlikka qarshi hujum boshlashga buyruq berdi. Gubernatorning harbiy qo‘shinlari O‘ratepani egalladi. So‘ng Jizzaxga qarshi harakat boshladi. To‘xtovsiz otishmalar ikki kecha-kunduz davom etdi. Jizzax shahri ham imperiya hukumati qo‘liga o‘tdi. Bu jangda har ikkala tomondan 6 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘ldi. 1864–1866-yillar davomida bosib olingan hududlarni o‘z ichiga olgan Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.
MA’LUMOT UCHUN
1868-yil Turkiston general-gubernatori Kaufman amir Muzaffarni general-gubernatorlik chegaralariga bostirib kirish ga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab, 4 mingdan ziyod qo‘shindan iborat harbiy otryad bilan Samarqandga bostirib kirdi.
Kaufman Samarqand bekligini Rossiyaga berish, «harbiy xarajatlarni» to‘lash va 1865-yildan buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qildi. Amir Muzaffarga yozgan maktubi javobsiz qoldi.
Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Kitob begi Jo‘rabek va Shahrisabz begi Bobobek boshchiligida Samarqandda kurash olib borildi. Mudofaachilar 1868-yil 2-iyunda Rossiya imperiyasi qo‘shinlari garnizoni joy lashgan qal’aga hujum qilishdi. Lekin garnizonchilarga yordamga qo‘shimcha kuchlar yetib keldi, shundan so‘ng himoyachilar Samarqanddan chiqib, tog‘ tomonga chekinishga majbur bo‘lishdi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasi tomonidan yangi bosib olingan hududlarda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi.
Zirabuloq jangidan keyin amir Muzaffar o‘z mag‘lubiyatini tan olib, Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralari haqidagi taklifini qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Zirabuloq shartnomasiga ko‘ra Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan barcha bosib olingan hudud – Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tdi.
Shu bilan Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Bu tarixga «Zirabuloq shartnomasi» nomi bilan kirdi.
MA’LUMOT UCHUN
1869–1870-yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to‘g‘risida muzokaralar olib bordi. Natijada chegaralar Amudaryo bo‘ylab Panj tumanidan o‘tkazilishiga kelishildi. Buxoro amirligi va Eron o‘rtasidagi chegara 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada belgilandi.
Kaufman 1868-yil 23-iyunda Samarqandda amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi.
1885–1887-yillardagi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash bo‘yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi.
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro bilan Rossiya imperiyasi 1873-yilda amirlikka o‘z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzoladi. P. Lessar Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlandi. Natijada imperiya hukumati Buxoro amirini o‘z ta’sir doirasiga kiritib, undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasining keyingi harakatlari Xiva xonligini bosib olishga qaratildi. Shu orqali u Amudaryo ustidan nazoratni qo‘lga kiritishni maqsad qilib olgandi. Buning uchun Rossiya imperiyasi besh yil puxta tayyorgarlik ko‘rdi.
Kaufman boshchilik qilgan ko‘p sonli harbiy qo‘shin 1873-yil fevralda o‘zlari o‘rnashgan joylari – g‘arbda Mang‘ishloq, shimolda Orenburg, sharqda Turkiston va janubda Krasnovodsk kabi to‘rt harbiy okrugdan deyarli bir vaqtda yo‘lga chiqdi. Rossiya imperiya si qo‘shinlari bilan Xiva xonligi qo‘shinlari o‘rtasida may oyida Hazorasp qal’asi, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Mang‘it shaharlari va Xiva shahri yaqinida janglar bo‘lib o‘tdi.
MA’LUMOT UCHUN
1873-yil may oyining o‘rtalariga kelib mustamlakachi hukumatning asosiy qo‘shinlari Xivaga yetib keldi. Kaufman qo‘shinlari Hazorasp darvozasi orqali xonlik poytaxtini egalladi. Kaufman Xivani bosib olganidan so‘ng xon xazinasini kontributsiya (tovon) evaziga musodara qilib, xazinadagi moddiy va ma’naviy boyliklarni Sankt-Peterburgga jo‘natdi. Kaufman Xivani egallaganidan so‘ng 1873-yil 12-avgustda Gandimiyon qishlog‘ida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi.
Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning o‘ng sohili, unga qo‘shni yerlarning barchasi, bu joylarda yashaydigan o‘troq va chorvador aholisi bilan birga xonlik tasarrufidan chiqdi. Shartnomaga binoan Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdoridagi tovonni 20 yil davomida to‘lashi belgilandi. Xonlik xazinasida yetarli darajada pul bo‘lmaganligi uchun bu tovon aholidan yig‘ib olinadigan bo‘ldi. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga tobeligini, xonning davlat boshlig‘i darajasida boshqa davlatga bo‘ysunganligini ko‘rsatuvchi hujjat bo‘ldi.
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylanganligi to‘g‘rishida shartnoma imzolasada, aslida uning vassaliga aylantirilgan edi.
IJODIY FAOLIYAT
1717-yilda A.BekovichCherkasskiy, 1839-yilda V. Perov skiy boshchi ligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligiga hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan.
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasi XIX asrning 50–60-yillarida harbiy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududining bir qismini bosib oldi. Bu davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Rossiya savdogarlariga katta imkoni yatlar berildi. Urush natijasida ko‘rilgan zararlar xalq zimmasiga tush di, soliq va majburiyatlar ko‘paydi. Buning oqibatida Qo‘qon xonligida ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi. Ichki nizolarni bartaraf eta olmagan Xudoyorxon Makkaga haj ziyoratiga boradi va u yerdan qaytib kelayotganda Afg‘onistonda vafot etadi.
1875-yilda Xudoyorxon o‘rniga taxtga Nasriddinbek o‘tirdi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskinlashib, qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Kaufman qo‘shinlari ham vodiyda harbiy harakatlarni boshlab yuboradi. Yangi xon 1875-yil 22-sentyabrda Qo‘qon xonligi taslim bo‘lganligi haqidagi shartnomani imzolaydi.
IJODIY FAOLIYAT
Shartnomaga ko‘ra Qo‘qon xoni tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi, ikki million rubl tovon to‘lashi, Sirdaryoning o‘ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi belgilangan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan bo‘limiga general M. Skobelev boshliq etib tayinlanadi.
IJODIY FAOLIYAT
Nasriddinbek imzolagan shartnomadan norozi bo‘lgan aholi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Ulardan biriga Mulla Is’hoq Mullo Hasan o‘g‘li «Po‘latxon» nomi bilan rahbarlik qildi. 1875-yil oktyabr oyi boshida Po‘latxonga qarshi Skobelev boshchiligidagi harbiy qo‘shin hujum qiladi. 1876-yil fevral oyiga kelibgina harbiy qurol ustunligi bilan xonlik bosib olindi. Po‘latxon va uning tarafdorlari qatl qilindi. 1876-yil fevralda Rossiya imperiyasi hukumatining Qo‘qon xonligi tugatilganligi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Shu tariqa Qo‘qon xonligi hududi o‘rnida Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati tashkil qilindi.
IJODIY FAOLIYAT
Po‘latxon asli ismi Is’hoq Hasan o‘g‘li bo‘lib, Qo‘qon xoni Olimxon (1801-1810) nabirasi Po‘latxon nomidan soxta xon sifatida 1873–1876-yillarda qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan.
BILASIZMI?
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich – 1847–1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoli-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg generalgubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich – 1865–1868-yillar Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich – 1873–1879-yillar davomida Xiva xonligi yerlarining bir qismi va Qo‘qon xonligining yerlari to‘liq bosib olindi.
To‘rtinchi bosqich – 1880–1885-yillarda turkmanlar bo‘ysundirildi.
BILASIZMI?
1-bosqich Qo‘qon xonligining shimolig‘arbi, Toshkent shahri
3-bosqich Xiva va Qo‘qon xonliklari
1847–1865 1873–1879 1865–1868 1880–1885
4-bosqich Turkmanlar 2-bosqich Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy-hududiy tuzilishi
Turkiston general-gubernatorligi Buxoro amirligi
Xiva xonligi
Sirdaryo viloyati Tarkibiga: G‘azali, Perovskiy, Chimkent,
Avliyoota, Toshkent kirgan.
Yettisuv viloyati Tarkibiga: Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsinek,
Prjevalsk uyezdlari kirgan.
Farg‘ona viloyati Tarkibiga: Marg‘ilon, Andijon, Qo‘qon, Namangan, O‘sh uyezdlari va Pomir kirgan.
Samarqand viloyati Tarkibiga: Samarqand, Kattaqo‘rg‘on,
Jizzax va Xo‘jand uyezdlari kirgan.
Kaspiyorti viloyati Tarkibiga: Ashxobod, Krasnovodsk, Mang‘ishloq, Marv va Tajan uyezdlari kirgan.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari mag‘lubiyati sabablarini sanab bering. 2. Yillarga mos javoblarni toping.
1 1875-yil 22-sentyabr a Xiva va Qo‘qon xonliklari yerlari bosib olindi.
2 1864–1885-yillar b Nasriddinbek Kaufman bilan shartnoma imzoladi.
3 1847–1865-yillar c Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.
Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoli-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi.
4 1873–1879-yillar d
Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi.
5 1865–1868-yillar e
Muhim sanalar
- 1717-yilda — 1717-yilda A.BekovichCherkasskiy, 1839-yilda V. Perov skiy boshchi ligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligiga hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan.
- 1839-yilda — 1717-yilda A.BekovichCherkasskiy, 1839-yilda V. Perov skiy boshchi ligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligiga hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan.
- 1847–1865-yillarda — O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich – 1847–1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoli-g‘arbiy viloyatlari va…
- 1847–1865-yillar — 3 1847–1865-yillar c Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.
- 1864–1866-yillar — 1864–1866-yillar davomida bosib olingan hududlarni o‘z ichiga olgan Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.
- 1864–1885-yillar — 2 1864–1885-yillar b Nasriddinbek Kaufman bilan shartnoma imzoladi.
- 1865-yilda — Kaufman Samarqand bekligini Rossiyaga berish, «harbiy xarajatlarni» to‘lash va 1865-yildan buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif…
- 1865–1868-yillar — Ikkinchi bosqich – 1865–1868-yillar Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi.
- 1866-yil — 1866-yil 8-mayda Rossya imperiyasi va Buxoro amirligi qo‘shinlari Yerjar qishlog‘i yaqinida to‘qnashdi.
- 1868-yil — 1868-yil Turkiston general-gubernatori Kaufman amir Muzaffarni general-gubernatorlik chegaralariga bostirib kirish ga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab, 4 mingdan ziyod qo‘shindan iborat harbiy otryad bilan Samarqandga…
Bilimingizni sinang
Mustamlakachilar xonliklarning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qaysi asosiy qoidaga tayangan?
- Birlashtir va hukmronlik qil
- Zaiflarni yut va hukmronlik qil
- Bo‘lib tashla va hukmronlik qil
- Kuchli bo‘l va hukmronlik qil
To‘g‘ri javob: Bo‘lib tashla va hukmronlik qil. Mustamlakachilarning asosiy qoidasi «Bo‘lib tashla va hukmronlik qil» tamoyili bo‘lgan.
Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi qo‘shinlari Yerjar qishlog‘i yaqinida qaysi yilda to‘qnashgan?
- 1865-yil
- 1864-yil
- 1866-yil
- 1868-yil
To‘g‘ri javob: 1866-yil. To‘qnashuv 1866-yil 8-mayda Yerjar yaqinida bo‘lgan.
1866-yil 8-mayda Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi qo‘shinlari qaysi qishloq yaqinida to‘qnashdi?
- Yerjar
- Zirabuloq
- Cho‘ponota
- Gandimiyon
To‘g‘ri javob: Yerjar. Amir qo‘shinlari Yerjar qishlog‘i yaqinidagi to‘qnashuvda mag‘lub bo‘lgan.
Yerjar jangidan so‘ng Rossiya qo‘shinlari Buxoro qo‘shinini ta’qib qilishni to‘xtatib, avval qaysi shaharga yurish qildi?
- Samarqand
- Xo‘jand
- Jizzax
- Kattaqo‘rg‘on
To‘g‘ri javob: Xo‘jand. Ular Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi Xo‘jandga yurgan.
Xo‘jand qal’asining qamali necha kun davom etdi?
- Bir kun
- Uch kun
- Ikki kun
- Besh kun
To‘g‘ri javob: Ikki kun. Qamal ikki kun davom etib, istilochilar shaharni egallagan.
Mustamlakachilarning «Bo‘lib tashla va hukmronlik qil» tamoyili xonliklarga nisbatan qanday maqsadni ko‘zlagan?
- Xonliklarni savdo orqali iqtisodiy boyitish
- Xonliklar o‘rtasida yangi chegaralar belgilash
- Xonliklarga to‘liq mustaqillik berib qo‘yish
- Xonliklarning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik
To‘g‘ri javob: Xonliklarning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik. Mustamlakachilar shu tamoyilga asoslanib xonliklarni birlashishiga yo‘l qo‘ymagan.
Rossiya imperiyasi xonliklarni birlashishiga yo‘l qo‘ymasdan, «Bo‘lib tashla va hukmronlik qil» tamoyilini qo‘llagan. Bu tamoyilning asosiy maqsadi nima edi?
- Xonliklarni o‘zaro urushga undab, ularning Rossiyaga yordam so‘rashiga erishish
- Xonliklarga teng huquqli mustaqil davlat maqomini berib, savdoni rivojlantirish
- Xonliklarni bir-biridan ajratib, ularning birlashib qarshilik ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik
- Xonliklar hududini aholi tarkibiga ko‘ra yangi viloyatlarga bo‘lib, ularni mustaqil qilish
To‘g‘ri javob: Xonliklarni bir-biridan ajratib, ularning birlashib qarshilik ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik. Mustamlakachilar bu tamoyilga tayanib xonliklarning birlashishiga yo‘l qo‘ymagan, shu orqali ularni birin-ketin bo‘ysundirish osonlashgan.
N. Krijanovskiy sulh shartnomasi bo‘yicha Buxoro amiridan tovonni necha kun ichida to‘lashni talab qilgan?
- 5 kun
- 7 kun
- 10 kun
- 15 kun
To‘g‘ri javob: 10 kun. Krijanovskiy 10 kun mobaynida tovon to‘lashni talab qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash