Turkiston o‘lkasida siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi
MULOHAZA UCHUN
- Turkiston o‘lkasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi va boshqaruvidagi o‘zgarishlar. Boshqaruvning mustamlakachilik tartiblari. • Mustamlakachilik boshqaruvining xususiyatlari.
MA’LUMOT UCHUN
Bosib olingan hududlarda mustamlakachilik siyo satining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari muhim sanaladi. Hududlarni boshqarish harbiy zobitlar qo‘liga o‘tadi. Boshqaruv tizimi «harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlarini mujassamlashtirgan. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan to‘liq nazorat qilish vakolati berilgan.
Rossiya imperiyasi Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiq laydi.
MA’LUMOT UCHUN
Mahalliy aholidan tuzilgan posbonlar
MA’LUMOT UCHUN
Qozilar majlisi
1867-yildagi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi asosida o‘troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, ya’ni oqsoqolliklarga, chorvador aholi esa ikki bosqichli tizim ko‘rinishidagi volost va ovullarga birlashtirilgan. Har bir oqsoqollik 100–200 xonadon, ovul 100–200 o‘tov, har bir volost esa 1000–2000 o‘tovdan iborat holda tashkil qilinishi belgilangan.
General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan. Turkiston o‘lkasi ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan.
MA’LUMOT UCHUN
Viloyatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. Uyezdlar uchast kalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchastkalarni uchastka pristavlari boshqargan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi bosh qaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan.
Boshqaruv tizimining quyi bosqichida volost boshlig‘i (mingboshi), qishloq oqsoqoli, ovul boshlig‘i, xalq sudyalari (o‘troq aholida qozilar, ko‘chmanchi aholida biylar) va ularning yordam chilari, bosh mirob, mirob, yuzboshi, ellikbo shi, o‘nboshi kabi lavozimlarda mahalliy aholi vakillari ish olib borgan.
BILASIZMI?
Turkiston general-gubernatori S.Duxov skoy: «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi», – degan edi.
MA’LUMOT UCHUN
Turkiston o‘lkasi bosib olingan davr dan boshlab to‘liq mustamlaka sifatida boshqaruv tartiblariga asoslangan ma’muriy-hududiy birliklar va ularning boshqaruv tartiblari joriy qilib borilgan. Imperiyaning markaziy hududlaridan O‘rta Osiyo yerlariga aholini ko‘chirib keltirish Rossiya hukumatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan.
Ko‘chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag‘lar bilan ta’minlangan. Aholini ko‘chirib keltirib joylashtirishdan yana bir maqsad bu o‘lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha tayanch kuchlarga ega bo‘lish edi. Shuningdek, bu siyosat mahalliy aholini ruslashtirishga qaratilgan tadbirlardan biri bo‘ldi.
IJODIY FAOLIYAT
Karvon saroy
MA’LUMOT UCHUN
1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Duma a’zolarining 1/3 qismi Eski shahar, 2/3 qismi esa Yangi shahar hududidan saylangan. Bunga ko‘ra shaharning 80 minglik mahalliy aholisidan 21 nafar deputat, 3 900 kishilik, asosan ruslardan iborat Yangi shahar aholisidan esa 48 nafar deputat qatnashgan. Shahar xo‘jaligiga oid barcha ishlar Duma qo‘lida bo‘lgan. Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs general-gubernator tav siyasi bilan harbiy vazir tomonidan tasdiqlangan.
1886-yil Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» tasdiqlandi. Nizomga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb o‘zgartirildi.
MA’LUMOT UCHUN
1886-yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan.
1885-yildan Buxoroda Rossiya imperatorining siyosiy agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Uning ruxsatisiz Buxoro amiri tashqi va ichki siyosatda mustaqil ish olib bora olmagan.
Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar) ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi.
Toshkent shahridagi Davlat banki
Bu vaqtgacha vaqf mulkidan olingan daromadlar maktablar, madrasalar va masjid binolarini ta’mir lashga, xodimlarini moddiy ta’minlashga, diniy maro simlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) va boshqa tadbirlarga sarfl angan.
MA’LUMOT UCHUN
Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan.
Vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlarining to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo‘liga o‘tishi bilan masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashdi.
Viloyat boshqaruvi
Harbiy gubernator yordamchisi
Harbiy gubernator
Viloyat mahkamasi boshlig‘i maslahatchilari
Politsmeyster (mirshabboshi)
Viloyat mahkamasi boshlig‘i Tumanboshilar
Uchastka (bo‘lim)
Shahar hokimiyati boshliqlari
IJODIY FAOLIYAT
1880–1890-yillarda mintaqaga ko‘chib kelganlar hiso biga o‘lkada ko‘plab pravos lav jamoalari shakllanib, ular ya shaydigan aholi punktlarida pravoslav cherkovlari qurilgan.
BILASIZMI?
1886-yildagi «Nizom»da hukumat tasarrufida qolayotgan bo‘sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Ko‘chirish siyosati bilan shug‘ullanish o‘lka ma’muriyati zimmasiga yuklatilgan. Ko‘chib kelganlarga katta imtiyozlar berilgan. Ular mablag‘, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta’minlangan. Ko‘chib kelganlar 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, keyingi 5 yil davomida soliqlarning yarmini to‘lagan. Rossiyadan ko‘chib kelganlar, asosan, qishloq aholisi bo‘lgan. Ular uchun o‘lka ma’muriyati maktab va cherkovlar qurishga mablag‘ ajratgan. Turkiston o‘lkasida harbiy xizmatchilar ya shab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin bo‘lgan.
IJODIY FAOLIYAT
Nuqtalar o‘rnini to‘ldirib, daftaringizga ko‘chiring: 1. 1886-yildagi «Nizom»ga ko‘ra Zarafshon okrugi... viloyatiga aylantirildi. 2. Viloyat... gubernatorlari, general-gubernator... boshqaruvchisi, Turkiston harbiy... shtabi boshlig‘i bu...ning doimiy... bo‘lishgan. 3....yil Rossiya imperatorining... agentligi... yo‘lga qo‘yildi. 4. Nima uchun imperiya hukumati yerga egalik qilishni to‘liq o‘z qo‘liga olishga harakat qildi?
CHIQARIB
XIX asr. Qozixona.
Toshkent shahri.
Muhim sanalar
- 1865-yil — Rossiya imperiyasi Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiq laydi.
- 1867-yilda — 1867-yildagi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi asosida o‘troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, ya’ni oqsoqolliklarga, chorvador aholi esa ikki bosqichli tizim ko‘rinishidagi volost va…
- 1877-yilda — 1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi.
- 1880–1890-yillarda — 1880–1890-yillarda mintaqaga ko‘chib kelganlar hiso biga o‘lkada ko‘plab pravos lav jamoalari shakllanib, ular ya shaydigan aholi punktlarida pravoslav cherkovlari qurilgan.
- 1885-yilda — 1885-yildan Buxoroda Rossiya imperatorining siyosiy agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
- 1886-yil — 1886-yil Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» tasdiqlandi.
- 1886-yilda — 1886-yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan.
- 1886-yilda — 1886-yildagi «Nizom»da hukumat tasarrufida qolayotgan bo‘sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Bilimingizni sinang
Aleksandr II Toshkent bosib olingach, «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni qaysi yilda tasdiqladi?
- 1863-yil
- 1867-yil
- 1865-yil
- 1868-yil
To‘g‘ri javob: 1865-yil. Toshkent bosib olingandan so‘ng 1865-yil Aleksandr II Muvaqqat Nizomni tasdiqlagan.
Bosib olingan Turkiston hududlarida gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlarini mujassamlashtirgan boshqaruv tizimi qanday nomlangan?
- «Xalq vakilligi boshqaruvi»
- «Fuqarolik-harbiy kengashi»
- «Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish»
- «Harbiy-xalq boshqaruvi»
To‘g‘ri javob: «Harbiy-xalq boshqaruvi». Bu tizim «harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlarini birlashtirgan.
Toshkent bosib olingach, Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni qaysi yili tasdiqladi?
- 1867-yili
- 1865-yili
- 1877-yili
- 1886-yili
To‘g‘ri javob: 1865-yili. Muvaqqat Nizom 1865-yili tasdiqlangan.
Qozilar majlisi qaysi yildagi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi asosida o‘troq aholini oqsoqolliklarga, chorvadorlarni volost va ovullarga birlashtirgan?
- 1886-yildagi
- 1868-yildagi
- 1867-yildagi
- 1865-yildagi
To‘g‘ri javob: 1867-yildagi. Oqsoqolliklar va volostlar 1867-yildagi Nizom loyihasi asosida shakllantirilgan.
1867-yildagi Nizom loyihasiga ko‘ra har bir volost qancha o‘tovdan iborat bo‘lishi belgilangan?
- 100–200 o‘tovdan
- 10–20 o‘tovdan
- 1000–2000 o‘tovdan
- 5000–6000 o‘tovdan
To‘g‘ri javob: 1000–2000 o‘tovdan. Oqsoqollik 100–200 xonadon, ovul 100–200 o‘tov, volost 1000–2000 o‘tovdan iborat bo‘lgan.
Turkiston general-gubernatorligida katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ qaysi edi?
- General-gubernatorlik devoni
- Harbiy gubernatorlar kengashi
- Viloyat harbiy boshqarmasi
- Senatning Turkiston bo‘limi
To‘g‘ri javob: General-gubernatorlik devoni. General-gubernatorlik devoni katta vakolatli asosiy ijrochi organ hisoblangan.
Turkiston viloyatlarini kimlar boshqargan?
- Faqat fuqarolik hokimiyatini boshqargan mahalliy ma’muriy beklar
- Harbiy hokimiyatdan ajratilgan fuqarolik gubernatorlari va mahalliy qozilar
- Yuqoridan tayinlangan sud hokimiyatini birlashtirgan harbiy komendantlar
- Fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar
To‘g‘ri javob: Fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar. Viloyatlarni fuqarolik va harbiy hokimiyatni o‘z qo‘lida birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan.
1867-yilgi Nizom loyihasida o‘troq va chorvador aholining quyi boshqaruv tizimi qanday farqlangan?
- O‘troq aholi bir bosqichli oqsoqolliklarga, chorvadorlar esa ikki bosqichli volost va ovullarga birlashtirilgan
- O‘troq aholi ikki bosqichli volost va ovullarga, chorvadorlar esa bir bosqichli oqsoqolliklarga birlashtirilgan
- Ikkala toifa ham bir xil bir bosqichli oqsoqolliklarga birlashtirilgan
- O‘troq aholi uyezdlarga, chorvadorlar esa viloyatlarga bevosita bo‘ysundirilgan
To‘g‘ri javob: O‘troq aholi bir bosqichli oqsoqolliklarga, chorvadorlar esa ikki bosqichli volost va ovullarga birlashtirilgan. Oqsoqollik o‘troq aholi uchun bir bosqichli, volost va ovul esa chorvadorlar uchun ikki bosqichli tizim edi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash