XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 5

Turkistonda Rossiya imperiyasiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari

MULOHAZA

Savollar: 1. Xalqning milliy an’analari, tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarining tahqirlanishi qanday oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin? 2. Vabo qanday kasallik, u haqida nimalar bilasiz?

batlari. • 1892-yil 18-iyundan «Harbiy holat da deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida»ning kuchga kirishi. • Andijon qo‘zg‘oloni va uning natijalari.

MA’LUMOT UCHUN Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Natijada, XIX asr oxirida mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Andijon viloyati, Marhamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi hukumat kuch bilan bostirdi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Nima deb o‘ylaysiz, O‘rta Osiyo bozorlariga Rossiya tovarlarining kirib kelishi mahalliy hunarmandlarning bozorlari kasod bo‘lishiga asosiy sabab bo‘ldimi? Fikringizni asoslang. 2. Rossiya imperiyasi o‘lkani bosib olmaganida boshqa davlatlarning tovarlari kirib kelarmidi? Bozorning kasod bo‘lishiga olib kelgan omillarni aniqlang. 3. Siz shu davrda hunarmand bo‘lganingizda qanday yo‘l tutardingiz?

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Mustaqil izlanib, dunyo siyosatida mustamlakachi davlatlar tomonidan mustamlaka boshqaruvining qanday yo‘nalishlari mavjud ekanligini aniqlang. 2. Sizningcha, Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi mahalliy bozor va ishlab chiqarilishiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

MA’LUMOT UCHUN

1879-yilning kuzida Farg‘onada, 1880-yilning noyabrida Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida, 1882-yilning boshlarida Namangan, 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida mahalliy xalq harakatlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi xalq norozilik harakatlari qatnashchilari o‘z usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-ketin butun viloyatga yoyildi.

1892-yildan mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan oddiy fuqarolarni bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. «Gunohkorlar»ni ochiqchasiga qatl etish orqali odamlarni qo‘rqitish endilikda mustamlakachilar quroliga aylandi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Mustamlakachilik jabrzulmining kuchayishi, asosan, qanday ko‘rinishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi? 2. Sizningcha, mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib borgan siyosatining maqsad va vazifalari nimadan iborat edi? 3. Xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo‘ldi? 4. Nima uchun xalq harakatlari XIX asrning 70-yillari oxirida aynan Farg‘ona vodiysida kuchaydi? 5. XIX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar boshlarida Turkistonning qaysi volost va uyezdlarida xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi?

MA’LUMOT UCHUN

1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida, iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi.

Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Shu kasallikdan vafot etgan kishilar uchun shahardan chekka joyda maxsus qabristonlar ochish va’da qilindi.

Lekin amalda shahardan tashqarida faqat bitta qabriston ochildi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi. Bundan tashqari, shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi. Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalarning qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to‘g‘risidagi mish-mish gaplar tarqaldi.

MA’LUMOT UCHUN

Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yil 24-iyunda boshlandi.

Bu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlardan biri shunday yozgan edi: «Qo‘zg‘olonchilarning maqsadi bo‘layotgan kamsitishlarni to‘xtatishga erishish edi.

Olomon shahar boshlig‘i S. Putinsev huzuriga chora ko‘rish to‘g‘risidagi talab bilan yo‘lga tushadi. Olomonda o‘qotar qurollar ham yo‘q bo‘lib, ular taxminan 400 kishi atrofida edi».

Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub olomondan qo‘rqib shahar bosh lig‘i huzuriga boradi. Xalq S. Putinsevdan oqsoqolni ular ixtiyoriga berishni talab qildi. Putinsev esa muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal ko‘rdi.

MA’LUMOT UCHUN

Bu esa norozilikni kuchaytirib yubordi. Putinsev odamlarini tor-mor etib, o‘zini esa kaltaklashdi. Toshkent oqsoqolining uyiga o‘t qo‘yishdi. S. Putinsev va uning mir shablarini do‘pposlagan xaloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar polki va bir rota askar chaqirildi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. XIX asrning 90-yillarida mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan «Vabo isyoni»ning asl ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sabab va oqibatlarini daftaringizda jadval ko‘rinishida ifodalang. Fikringizni sinfda kichik taqdimot ko‘rinishida himoya qiling. 2. «Vabo isyoni» voqealari mustamlakachi ma’muriyatni qanday islohotlar qilishga majbur qildi?

MA’LUMOT UCHUN

O‘lkadagi norozilik harakatlari kuch bilan bostirildi, qo‘zg‘olon ishtirokchilari jazolandi. Toshkentdagi qo‘zg‘olondan so‘ng o‘lkada mirshablik holati joriy etildi.

Turkiston general-gubernatori «kuchli muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda majlis yig‘inlarini tarqatish, savdo-sanoat korxonalarini yopish, istalgan odamni surgun qilish, jarima solish va yana boshqa huquqlarni oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda esa butun hokimiyat general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tishi belgilandi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Turkistonda mustamlakachi hukumat siyosatining asosiy yo‘nalishida nimalar yaqqol ko‘rinadi? 2. O‘lkada Turkiston generalgubernatoriga qanday maqsadda keng vakolatlar berildi?

MA’LUMOT UCHUN

1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ga ko‘ra Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi.

1891-yilda Rossiyadan Farg‘o na viloyatiga ko‘plab aholining ko‘chirib keltirilishi va joylashtirilishi yer taq chil va aholi zich yashay digan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, imperiya hukumatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining yanada ortib borishiga sabab bo‘ldi.

Imperiya hukumati tomonidan o‘lkadagi vaqf mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli yerlarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarining katta qismi davlat mulkiga aylantirilishiga olib keldi.

MA’LUMOT UCHUN

Bu keng xalq ommasining keskin noroziligini keltirib chiqardi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni boshlanishiga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat? Fikringizni ko‘ chirish siyosati bilan mantiqiy bog‘lab, xulosangizni daftaringizga asoslab yozing. 2. Sizningcha, mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘o lonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha hududlarida muttasil davom etishining sabablari nimalardan iborat bo‘lgan?

MA’LUMOT UCHUN

1898-yilda mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qarshi qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olonga Dukchi eshon (Muhammad Ali) rahbarlik qildi.

Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik qildi.

Qo‘zg‘olonchilarning safi kengayib bordi. Ular Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar.

Ammo harbiy kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ldilar.

General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi. Dukchi eshon va uning safdoshlari jazolandi.

MA’LUMOT UCHUN

1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlarini xavfga qo‘yib, mustam-

Hibsga olingan

Dukchi eshon lakachilik zulmiga qarshi kurash olib borishlari mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haq-huquqlari, orzu-umidlari uchun jang qildilar.

Garchi 1898-yilgi qo‘zg‘olon tor-mor etilgan bo‘lsa-da, mahalliy xalqlarning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi. Mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha hududlarida davom etdi.

Eshon – dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni. Dukchi (forscha – yig, duk) – charxning yigirilayotgan ip o‘ralib boradigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Andijon qo‘zg‘oloni boshlanishi sabablarini sanab bering. 2. Qo‘zg‘olonning shafqatsiz bostirilganligini qanday dalillarda ko‘rish mumkin? 3. Bu qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada? 4. Turkistonda mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlarni xronologiya tartibida daftaringizga yozing. 5. «Vabo isyoni» deb tarixda nom olgan qo‘zg‘olonda xalq vakillarining asosiy talablari nimalardan iborat edi? 6. Dukchi eshon qo‘zg‘olonining mag‘lubiyati sabablarini tahlil qiling. 7. Bilimingizni sinab ko‘ring, to‘g‘ri javobni toping.

Qo‘lga olingan qo‘zg‘olonchilar, 1898-yil

1 1879-yilning kuzida a Tarixda «Tosh otar voqeasi» deb nomlangan qozg‘olon boshlandi.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

2 1880-yilning noyabrida b Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi.

3 1892-yil 24-iyunda c Rossiyadan aholi Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirildi.

4 1892-yilning martida d Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.

5 1891-yilda e Farg‘onada mahalliy aholi ishtirokida xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.

MULOHAZA UCHUN

BUGUN DARSDA 1. Jahon urushi atamasiga ta’rif bering. 2. Birinchi jahon urushi qachon va qanday sabablarga ko‘ra boshlandi? 3. Bu urushda qaysi davlatlar qatnashdi? Bu davlatlarning maqsadlari nimalardan iborat edi? 4. Rossiyaning mustamlakalariga bu urush qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

«Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» qaysi yil 18-iyundan kuchga kirgan?
  1. 1898-yil
  2. 1892-yil
  3. 1885-yil
  4. 1886-yil

To‘g‘ri javob: 1892-yil. Qoida 1892-yil 18-iyundan kuchga kirgan.

Mingtepada Yetimxon boshchiligida mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon qaysi yili ko‘tarildi?
  1. 1880-yili
  2. 1874-yili
  3. 1876-yili
  4. 1878-yili

To‘g‘ri javob: 1878-yili. Mingtepa qo‘zg‘oloni 1878-yili Yetimxon boshchiligida ko‘tarilgan.

1878-yili Mingtepada mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga kim boshchilik qildi?
  1. Yetimxon
  2. Darvishxon
  3. Dukchi eshon
  4. Ziyovuddin maxsum

To‘g‘ri javob: Yetimxon. 1878-yili Mingtepada Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilgan va u kuch bilan bostirilgan.

Rossiya sanoat mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlari to‘ldirilishi mahalliy iqtisodiyotga qanday ta’sir qildi?
  1. savdo-sotiq jonlanib, hunarmandchilik gullab-yashnadi
  2. hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi
  3. soliqlar kamayib, aholi ahvoli yaxshilandi
  4. paxta yetishtirish keskin qisqardi

To‘g‘ri javob: hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bozorlarning Rossiya mahsulotlari bilan to‘lishi hunarmandchilik turlarining inqiroziga olib kelgan.

Qo‘zg‘olonlarni qadimiysidan yangisiga tartiblang: A) “Vabo isyoni”; B) Mingtepadagi Yetimxon qo‘zg‘oloni; C) Dukchi eshon qo‘zg‘oloni; D) Andijondagi Darvishxon qo‘zg‘oloni.
  1. A–B–C–D
  2. B–A–D–C
  3. B–D–A–C
  4. D–B–A–C

To‘g‘ri javob: B–D–A–C. Mingtepa – 1878, Darvishxon – 1885, Vabo isyoni – 1892, Dukchi eshon – 1898.

XIX asr oxirida Turkiston hunarmandchiligining ko‘plab turlari nima sababdan inqirozga uchradi?
  1. Mahalliy hunarmandlarning o‘z ixtiyori bilan dehqonchilikka o‘tib ketishi va shaharlardan ko‘chib ketishi tufayli
  2. Rossiya sanoati mahsulotlari, ayniqsa to‘qimachilik buyumlari bilan bozorlarning to‘ldirilishi tufayli
  3. Vaqf mulklarining kengaytirilib, savdo yo‘llarining ochilishi va soliqlarning kamayishi tufayli
  4. Eski shahar oqsoqollarining hunarmandlarga soliq solishni to‘xtatishi va ustaxonalarni yopishi tufayli

To‘g‘ri javob: Rossiya sanoati mahsulotlari, ayniqsa to‘qimachilik buyumlari bilan bozorlarning to‘ldirilishi tufayli. O‘rta Osiyo bozorlari Rossiya sanoati mahsulotlari bilan to‘ldirilgani natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchragan.

Quyidagi harakatlarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. A) Dukchi eshon qo‘zg‘oloni; B) Vabo isyoni; C) Yetimxon boshchiligidagi Mingtepa qo‘zg‘oloni; D) Andijonda Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
  1. C–B–D–A
  2. D–C–B–A
  3. C–D–A–B
  4. C–D–B–A

To‘g‘ri javob: C–D–B–A. Mingtepa — 1878, Darvishxon qo‘zg‘oloni — 1885, Vabo isyoni — 1892, Dukchi eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘oloni — 1898-yil.

Mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan oddiy fuqarolarni bevosita harbiy dala sudiga berishni qaysi yildan boshladi?
  1. 1892-yildan
  2. 1885-yildan
  3. 1898-yildan
  4. 1878-yildan

To‘g‘ri javob: 1892-yildan. 1892-yildan qarshilik ko‘rsatgan fuqarolar harbiy dala sudiga berila boshlandi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkiston o‘lkasida siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimiKeyingi →Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri