XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 6

Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri

MULOHAZA UCHUN

BUGUN DARSDA 1. Jahon urushi atamasiga ta’rif bering. 2. Birinchi jahon urushi qachon va qanday sabablarga ko‘ra boshlandi? 3. Bu urushda qaysi davlatlar qatnashdi? Bu davlatlarning maqsadlari nimalardan iborat edi? 4. Rossiyaning mustamlakalariga bu urush qanday ta’sir ko‘rsatdi?

kistonga ta’siri. • Mardikorlikka safarbarlikning e’lon qilinishi. • Xalq norozilik harakatlari.

XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlarning o‘zaro munosabatlari keskin ko‘rinish oldi. Oqibatda 1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushida bir tomondan Rossiya, Angliya va Fransiya – Antanta, ikkinchi tomondan Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya boshchiliklarida tuzilgan harbiy ittifoqlar (jami 38 davlat) qatnashdi.

UCHUN

Rossiya imperiyasi Birinchi jahon urushida ishtirok etishi munosabati bilan ommaviy safarbarlik e’lon qildi. Safarbarlik Rossiyaning mustamlakalariga, jumladan, Turkistonga ham tegishli edi. Unga ko‘ra, Turkiston o‘lkasidan urushga 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan aholining yevropalik qismi vakillari chaqirildi.

Ishchi kuchi sifatida erkaklarning urushga olinishi oilalarning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ularning og‘ir ahvolga tushishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy aholidan arzon mehnat kuchi sifatida foydalanishga harakat qilindi.

Savollar: IJODIY FAOLIYAT 1. Rossiya imperiyasi tomonidan Birinchi jahon urushi masalasidagi ommaviy safarbarlik nima sababdan aholining yevropalik qismi hamda mahalliy qismi uchun alohida tarzda olib borildi? 2. Turkiston aholisi uchun Birinchi jahon urushiga ommaviy safarbarlik qanday natijalar bilan yakunlandi?

MA’LUMOT UCHUN

1914-yilda Turkistonda favqulodda muhofaza holati e’lon qilindi. Bu holat Turkiston aholisi uchun noodatiy bo‘lganligi uchun turli ziddiyatlar kelib chiqa boshladi.

Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Talafotlar o‘rnini to‘ldirish va harbiy xarajatlar o‘sishini qoplash maqsadida Turkistonda paxtaga o‘zgarmas davlat narxi joriy etildi. Narxlar umumiy o‘sishi sharoitida bu narx paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi.

Favqulodda holat tartibini buzganlar

50 so‘mgacha jarima to‘laydigan yoki 3 oygacha qamoq jazosiga hukm qiliinadigan bo‘ldi.

Savollar: 1. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq – Antantaga birlashishiga sabab bo‘lgan omillarni «Jahon tarixi» darsligida olingan bilimlaringizga tayanib asoslang. 2. Nega mahalliy aholi Birinchi jahon urushida harbiy xizmatga jalb qilinmadi? 3. Erkaklarning urushga yuborilishi o‘lka hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? 4. Urushning Turkiston o‘lkasidagi aholi turmush sharoiti, narx-navo, qishloq xo‘jaligiga ta’siri bo‘ldimi? Javobingizda ushbu davrda yasha gan insonlarning turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini inobatga oling.

MA’LUMOT UCHUN IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Sizningcha, 1914-yilda Turkistonda favqulodda muhofaza holati e’lon qilinishiga qanday omil sabab bo‘ldi va bu holat mahalliy aholi uchun qanday natijalar bilan yakunlandi? 2. Birinchi jahon urushi Rossiya iqtisodiyotining qaysi jihatlarini ko‘rsatib berdi?

Urush ketayotgan joylardagi vayronagarchiliklarni tugatish, mudofaa inshootlarini qurish, urushga oziq-ovqat va qurol-yarog‘larni tayyorlash va ularni joylarga yetkazish ishlari katta muammoga aylandi. Bu ishlarni amaliy boshqarish va tashkil qilish umuman izdan chiqib ketdi.

Yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun imperiya Turkiston, Sibir va Kavkazdagi tub aholidan front orqasidagi ishlarda foydalanishga qaror qiladi. Natijada erkaklar front ortidagi ishlarni bajarishga safarbar qilina boshlandi.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. «Shum bola» filmini ko‘ring va davrdagi ijtimoiy jarayonlarga baho bering. 1) Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar. 2) Xalqning turmush tarzi. 3) Aholining Birinchi jahon urushiga munosabati. 2. Nima uchun mardikorlikka qar shi harakatlarning keng ommaviy tus olishidan mustamlaka hukumati, o‘lka va viloyat ma’murlari xavotirga tushdi? 3. 1914-yilda Turkistonda favqulodda muhofaza holatini e’lon qilishdan maqsad nima edi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rossiya, Angliya va Fransiya Antantani tashkil etgan Birinchi jahon urushi qaysi yilda boshlangan?
  1. 1912-yilda
  2. 1918-yilda
  3. 1916-yilda
  4. 1914-yilda

To‘g‘ri javob: 1914-yilda. Birinchi jahon urushi 1914-yilda boshlandi; unda jami 38 davlat qatnashdi.

Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya birlashgan ittifoq qanday nomlanadi?
  1. Uchlar ittifoqi
  2. Muqaddas ittifoq
  3. Hind-Yevropa ittifoqi
  4. Antanta

To‘g‘ri javob: Antanta. Rossiya, Angliya va Fransiya ittifoqi Antanta deb ataladi.

Birinchi jahon urushida harbiy ittifoqlar tarkibida jami nechta davlat qatnashgan?
  1. 38
  2. 14
  3. 27
  4. 52

To‘g‘ri javob: 38. Urushda ikki tomonning harbiy ittifoqlari jami 38 davlatni o‘z ichiga olgan.

Birinchi jahon urushida Antantaga qarshi turgan harbiy ittifoqlar qaysi davlatlar boshchiligida tuzilgan?
  1. Angliya, Fransiya, Rossiya va Yaponiya
  2. Rossiya, Serbiya, Ruminiya va Gretsiya
  3. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya
  4. Germaniya, Fransiya, Belgiya va Italiya

To‘g‘ri javob: Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya. Ikkinchi tomon Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya boshchiligida tuzilgan.

Turkistonni o‘z mustamlakasiga aylantirgan davlat Birinchi jahon urushiga qaysi ittifoq tarkibida kirgan va unda yana qaysi davlatlar bor edi?
  1. Antantada, Germaniya va Italiya bilan birga
  2. Germaniya boshchiligidagi ittifoqda, Angliya va Fransiya bilan birga
  3. Antantada, Angliya va Fransiya bilan birga
  4. Germaniya boshchiligidagi ittifoqda, Avstriya-Vengriya bilan birga

To‘g‘ri javob: Antantada, Angliya va Fransiya bilan birga. Rossiya Antanta tarkibida Angliya va Fransiya bilan birga urushga kirdi.

Birinchi jahon urushining ishtirokchilari haqidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
  1. Urush 1914-yilda boshlangan
  2. Urushda jami 38 davlat qatnashgan
  3. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya boshchiligida ikkinchi harbiy ittifoq tuzilgan
  4. Germaniya Rossiya, Angliya va Fransiya bilan bitta ittifoqda bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Germaniya Rossiya, Angliya va Fransiya bilan bitta ittifoqda bo‘lgan. Germaniya Antantaga qarshi ikkinchi tomonda, Avstriya-Vengriya va Italiya bilan birga bo‘lgan.

Rossiya imperiyasi Turkiston aholisidan urushga qaysi yosh oralig‘idagi yevropalik vakillarni chaqirgan?
  1. 16 yoshdan 30 yoshgacha
  2. 25 yoshdan 50 yoshgacha
  3. 18 yoshdan 35 yoshgacha
  4. 19 yoshdan 43 yoshgacha

To‘g‘ri javob: 19 yoshdan 43 yoshgacha. Safarbarlikka ko‘ra 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan yevropalik aholi chaqirilgan.

Erkaklarning ishchi kuchi sifatida urushga olinishi oilalarga qanday ta’sir qildi?
  1. Oilalar boquvchisidan ajralib, og‘ir ahvolga tushdi
  2. Oilalarning daromadi oshib, turmush darajasi yaxshilandi
  3. Oilalar yangi yerlar olib, ahvoli yengillashdi
  4. Oilalar davlat nafaqasi hisobiga to‘liq ta’minlandi

To‘g‘ri javob: Oilalar boquvchisidan ajralib, og‘ir ahvolga tushdi. Erkaklar urushga olinishi oilalarni asosiy boquvchisidan ajratib, og‘ir ahvolga solgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkistonda Rossiya imperiyasiga qarshi milliy-ozodlik harakatlariKeyingi →Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi