XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 7

Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi

BUGUN DARSDA MULOHAZA UCHUN

Savollar: 1. «Mardikor», «mardikorlik» deganda nimani tushunasiz? 2. Rossiya imperiyasiga mardikorlar nima uchun kerak edi?

MA’LUMOT UCHUN

Turkiston mahalliy aholisining front ortida ishlash uchun mardikorlikka olinadiganlari soni viloyatlar bo‘yicha taqsimlandi. Masalan, Farg‘ona viloyatida xonadonlarning har beshtasidan bir kishi mardikorlikka olingan. Bu mahalliy xalqning kuchli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mardikorlikka boradiganlarning ro‘yxatini tuzishda Turkiston mahalliy ma’muriyati vakillari adolatsizliklarga yo‘l qo‘ydilar. Hatto oilada bir nechta erkak bo‘lishiga qaramasdan badavlat xonadon vakillari pora evaziga ro‘yxatga kiritilmagan. Lekin kambag‘al oilalardan garchi bir erkak bo‘lsa ham, u ro‘yxatga olindi. Bunday nohaqliklar xalq ommasining noroziligini yanada kuchaytirgan.

MA’LUMOT UCHUN

Mahalliy aholi o‘rtasida mardikorlikka olishga qarshi keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. Samarqandning Urgut qishlog‘ida, keyinchalik, Siyob, Mahalla, Xo‘ja Ahror, Angorda, 1916-yilning iyulida Dahbedda norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar mahalliy boshqaruv vakillarini kaltaklab, ro‘yxatlarni yirtib tashlaganlar.

MA’LUMOT UCHUN

Savollar: 1. Turkistonda mardikorlikka olishga qarshi qo‘zg‘olon qanday yakunlandi? 2. Qo‘zg‘olon boshlanishiga nima sabab bo‘lgan? 3. Qo‘zg‘olonchilarning maqsadlari nima edi? 4. «Mardikorlikka ro‘yxatga olishdagi adolatsizlik» deganda nimani tushundingiz?

1916-yil Jizzaxda mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Tez orada u boshqa shaharlarga, jum ladan, Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi qish loqlarga yoyildi. Jizzax shahrida Damin kulol bosh chiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo‘yicha ro‘yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli huzuriga bordilar.

Oqsoqol ro‘yxatni bermay, to‘plangan odamlarni haqorat qildi. Bu holat aholining keskin noroziligini keltirib chiqardi. Shundan keyin ketmon, tayoqlar bilan qurollangan qo‘zg‘olonchilar Jizzaxning yangi shahar qismiga yo‘l oladi.

MA’LUMOT UCHUN

Jizzax qo‘zg‘oloni ishtirokchilari mustamlakachi ma’muriyatga tegishli bo‘lgan harbiy, ma’muriy binolar va boshqa joylarga hujum qildilar. Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Jizzax qo‘zg‘oloni qay holatda boshlandi? 2. Qo‘zg‘olon rahbarlari kimlar edi va ular qanday yo‘l tutishdi? 3. Jizzax qo‘zg‘oloni qanday bostirildi? 4. Qo‘zg‘olonchilarning yengilishiga nimalar sabab bo‘lgan?

Bu vaqtda mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni bostirish va uning ishtirokchilarini jazolash choralarini ko‘rdi.

Qo‘zg‘olon rahbarlari va faol ishtirokchilari qo‘lga olinib, o‘lim jazosiga hukm etildi. Qo‘zg‘olon ko‘tarilgan qishloqlarga o‘t qo‘yildi. Ularning oila a’zolari ham jazoga tortildi.

Qo‘zg‘olonda ishtirok etgan, unga xayrixoh bo‘lganlar qo‘lga olindi. Hukumatga yordam bermagan aholi uylaridan cho‘lga haydab yuborildi.

MA’LUMOT UCHUN

Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurollari bilan jang olib bordi. Bundan tashqari, ularning aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bo‘lganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi qo‘zg‘olonning mag‘lubiyatga uchra shiga sabab bo‘ldi.

Qo‘zg‘olon bostirilgach, xalq boshiga juda katta musibatlar tushdi. Birinchidan, aholisi qo‘zg‘olonda qatnashgan Jizzax atrofidagi qishloqlar yondirib yuborildi, oqibatda ko‘pchilik uy-joysiz qoldi.

IJODIY FAOLIYAT Nuqtalar o‘rnini to‘ldirib, daftaringizga ko‘chiring: Birinchi jahon urushi... boshlandi va unda... davlatlar ishtirok etdi. Birinchi jahon urushi vaqtida... aholi vakillari mardikorlikka olindi. Jizzax qo‘zg‘oloni... yilda boshlandi.

MA’LUMOT UCHUN

Ikkinchidan, qo‘zg‘olon yoz faslida bo‘lib o‘tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘ldi. Bu esa oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning ko‘tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi.

Uchinchidan, qo‘zg‘olon aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘lishiga olib keldi.

Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining ko‘plab olilalarini boquvchisiz qoldirdi.

1916-yil qo‘zg‘oloniga qarshi otlangan qurolli kuchlar

MA’LUMOT UCHUN

1916-yilgi qo‘zg‘olonlar mustamlakachi hukumatni qattiq sarosimaga soldi. Bu qo‘zg‘olon Turkiston xalqlarining o‘z huquqlarini poymol qilishlaridan qattiq norozi bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Mustamlaka hukumati ba’zi choralar ko‘rish ga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga majbur bo‘ldi. 1916-yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Turkistondagi eng yirik qo‘zg‘olon sifatida tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom bilan muhrlandi.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Berilgan matnni o‘qing va javob bering. 1. «G‘alla yetishmay qimmatchilik bo‘la boshladi». Qahatchilik va qimmatchilk deganda nimani tushundingiz? 2. «To‘rt yil davom etgan muhorabaning ko‘b nimarsalarga zarari tegdi. Jannatdin nishona bo‘lg‘on buyuk Turkiston qit’asida g‘alla yetishmay qimmatchilik bo‘la boshladi. Hozir emdi qimmatchilik dahshatli qahatlikka aylanmakda...» Miyon Buzruk. Muallif fikrini izohlang. 3. 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar boshlanish va yengilish sabablarini sanab bering. 4. 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar qanday oqibatlarga olib keldi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

1916-yilda Farg‘ona viloyatida mardikorlikka qanday nisbatda aholi olingan?
  1. Har uchta xonadondan bir kishi
  2. Har o‘nta xonadondan bir kishi
  3. Har beshta xonadondan bir kishi
  4. Har yettita xonadondan ikki kishi

To‘g‘ri javob: Har beshta xonadondan bir kishi. Matnda Farg‘ona viloyatida xonadonlarning har beshtasidan bir kishi mardikorlikka olingani aytilgan.

Mardikorlikka olinadiganlar ro‘yxatini tuzishda badavlat va kambag‘al xonadonlarga munosabat qanday farq qilgan?
  1. Badavlat xonadonlardan har beshtadan bir kishi olingan, kambag‘al oilalar esa butunlay ozod etilib, mardikorlikka olinmagan
  2. Kambag‘al xonadon vakillari pora evaziga ro‘yxatdan chiqarilgan, badavlatlardan esa bitta erkak bo‘lsa ham ro‘yxatga olingan
  3. Ikkala toifadan ham xonadondagi erkaklar soniga qarab teng miqdorda kishi olingan, pora yoki tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmagan
  4. Badavlat xonadon vakillari pora evaziga ro‘yxatga kiritilmagan, kambag‘al oilalardan esa bitta erkak bo‘lsa ham ro‘yxatga olingan

To‘g‘ri javob: Badavlat xonadon vakillari pora evaziga ro‘yxatga kiritilmagan, kambag‘al oilalardan esa bitta erkak bo‘lsa ham ro‘yxatga olingan. Ma’muriyat vakillari adolatsizlikka yo‘l qo‘yib, boylarni pora evaziga ro‘yxatga kiritmagan, kambag‘al oilaning yagona erkagini ham olgan.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Farg‘ona viloyatida xonadonlarning har beshtasidan bir kishi mardikorlikka olingan. II. Qo‘zg‘olon rahbarlari va faol ishtirokchilari qamoq jazosiga hukm etilgan, o‘lim jazosi qo‘llanilmagan. III. Samarqandning Urgut qishlog‘ida mardikorlikka olishga qarshi norozilik chiqishlari bo‘lgan.
  1. faqat I
  2. II va III
  3. I va III
  4. faqat II

To‘g‘ri javob: I va III. I va III hukmlar matnga mos; qo‘zg‘olon rahbarlari esa o‘lim jazosiga hukm etilgan.

Samarqand yaqinidagi Dahbedda mardikorlikka olishga qarshi norozilik chiqishlari qaysi yilning iyulida bo‘lib o‘tgan?
  1. 1915-yilning
  2. 1914-yilning
  3. 1916-yilning
  4. 1917-yilning

To‘g‘ri javob: 1916-yilning. Dahbedda norozilik chiqishlari 1916-yilning iyulida bo‘lib o‘tgan.

Dahbedda mardikorlikka qarshi norozilik chiqishlari qaysi oyda bo‘lib o‘tgan?
  1. Mayda
  2. Iyulda
  3. Sentabrda
  4. Oktyabrda

To‘g‘ri javob: Iyulda. Matnda 1916-yilning iyulida Dahbedda norozilik chiqishlari bo‘lgani aytilgan.

Jizzaxda mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon qaysi yilda ko‘tarilgan?
  1. 1898-yil
  2. 1879-yil
  3. 1916-yil
  4. 1892-yil

To‘g‘ri javob: 1916-yil. Jizzaxda mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon 1916-yilda ko‘tarilgan va boshqa shaharlarga yoyilgan.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
  1. Jizzaxda hunarmandlar ro‘yxatni talab qilib Toshkent general-gubernatori huzuriga borgan
  2. Jizzaxda oqsoqol ro‘yxatni hunarmandlarga topshirib, ularni tinchitgan
  3. Jizzaxda hunarmandlar ro‘yxatni o‘zlari tuzib, oqsoqolga taqdim etgan
  4. Jizzaxda hunarmandlar mardikorlikka olish ro‘yxatini talab qilib qishloq oqsoqoli huzuriga borgan

To‘g‘ri javob: Jizzaxda hunarmandlar mardikorlikka olish ro‘yxatini talab qilib qishloq oqsoqoli huzuriga borgan. Hunarmandlar ro‘yxatni talab qilib oqsoqol huzuriga bordilar, oqsoqol esa uni bermadi.

Jizzaxda hunarmandlarning mardikorlik ro‘yxatini talab qilgan harakatiga kim boshchilik qilgan?
  1. Eshon Sulton
  2. Miyon Buzruk
  3. Damin kulol
  4. Mulla Ibodulla

To‘g‘ri javob: Damin kulol. Jizzaxda Damin kulol boshchiligida hunarmandlar oqsoqol huzuriga borgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBirinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siriKeyingi →XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi