XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 8

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi

BUGUN DARSDA MULOHAZA UCHUN

Savollar: 1. Rossiya imperiyasi istilosi natijasida amirlik taqdiri nima bo‘lgan edi? 2. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi qanday asosda tashkil qilingan edi?

MA’LUMOT UCHUN

XIX asr oxirida Buxoro amirligida Buxorodan tashqari Chorjo‘y, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan.

Amirlik iqtisodining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi sohasi tashkil etgan. Lekin dehqonlar har doim ham katta daromad olmagan. Ketma-ket kamhosil yillardan keyin baljuvonlik dehqonlar 1885-yilda mo‘l hosil yig‘ib olishdi. Soliq yig‘uvchilar esa nafaqat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to‘lashni talab qilishdi.

Bu esa dehqonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni to‘lashdan bosh tortdilar. Amaldorlar zo‘ravonligi va zulmi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon 1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida ko‘tarilgan. Dehqonlar va amir Muzaffar lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rmagan va mehnat qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘lga olinib, qatl etildi. 1888-yil Ko‘lob viloyatida boshlangan dehqonlarning norozilik harakatlari ham amir tomonidan bostirildi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. O‘ylab ko‘ringchi, nega bu davrda Buxoro amirligining markaziy shaharlari tarkibida Samarqand mavjud emas edi? 2. Ko‘lob bekligidagi qo‘zg‘olonni boshlanishiga nimalar sabab bo‘ldi? 3. Sizningcha, qo‘zg‘olonning oldini olish mumkinmidi?

MA’LUMOT UCHUN

Buxoro amirligida bu davrda ham xalq hunarmandchiligi rivojlanishdan to‘xtamadi. Buxoro gilamlariga nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham talab katta bo‘lib, amirlik sav dogarlari ularni ko‘p miqdorda xorijga sotar edilar.

Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, ko‘nchilik, zardo‘zlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, bo‘yoq va sovun mahsulotlari, ustalarning oltin va kumushdan yasagan buyumlari Sharq va G‘arbda xaridorgir bo‘lgan.

MA’LUMOT UCHUN

Buxoro amirligida azaldan rivojlanib kelgan o‘ziga xos ko‘ri nishdagi hunarmandchilik mavjud bo‘lgan. Zargarlar yasagan mahsulotning barchasi nozik naqshlar bilan bezatilardi. Buxoro kulolchilik buyumlari bozori ham chaqqon bo‘lib, kulollar butun amirlik shaharlarida faoliyat olib borgan. Hunarmandlar daromadining aksariyat qismi behisob soliqlarni to‘lashga ketardi. Shu bois ular o‘z ustaxona va korxonalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larga ega emasdi.

Buxoro amirligi hududi katta foyda keltiruv chi tranzit savdo uchun ham qulay bo‘lgan. 1888-yil amirlik hududi orqali dastlabki temiryo‘l o‘tkazildi. Buxorodan 15 kilometr masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurili shi boshlab yuborildi. Bu yerda amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham barpo etildi. Endilikda Buxoro amirligi temiryo‘l orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog‘landi. Buxoroda Rossiya davlat banki bo‘limi, paxta tozalash zavodi, Yevropa namunasidagi mehmonxona barpo etildi. Eski Buxorodagi qo‘shbegi uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi ilk paydo bo‘lgan telefon aloqasi bilan bog‘langan edi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: Rossiya imperiyasi amirlik hududidan temiryo‘l o‘tkazishdan qanday manfaatlarni ko‘zlagandi?

Yangi Buxorodagi (Kogon)

temiryo‘l stansiyasi

BILASIZMI?

Matolar sotish do‘koni

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida ta’lim tizimi o‘tgan asrlardan qolgan an’anaga muvofiq boshlang‘ich (maktablar) va yuqori (madrasa) bosqichlaridan iborat edi. Boshlang‘ich ta’lim muassasalarida asosan arab tili va alifbosida savod chiqarish, islom asoslarini egallash, axloqiy tarbiyaga urg‘u berilgan. Ularning moddiy asosini vaqf mulklari, ayrim shaxslardan tushgan xayri-ehsonlar tashkil etgan.

Bu davrda Buxoroda 350 ga yaqin an’anaviy (boshlang‘ich) maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Maktabxonada o‘qishga qabul qilish yoshi Buxoroda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrni tashkil etgan. Ta’lim jarayoni esa 7–10 yilgacha davom etgan.

BILASIZMI?

Buxorodagi maktab

O‘g‘il bolalar maktablarining aksariyati masjidlar qoshida tashkil etilgan. Qizlar maktabida o‘qitish o‘g‘il bolalar o‘qiydigan masjidlar huzuridagi maktabxonadagi o‘qitishdan bir muncha farq qilgan. Bu yerda darslar tushlikkacha davom etgan. Qizlarning o‘qishi 7 yoshdan boshlanib, 13 yoshda tugar edi. Odatda qizlar uylarida ta’lim olishgan.

Madrasa talabalari

BILASIZMI?

O‘rta Osiyoda maktablar sonining ko‘pligini ko‘rgan rus olimi A. Middendorf musulmon aholisining ommaviy savodxonligini xalq ta’limi bo‘yi cha Rossiya hukumatiga namuna sifatida ko‘tsatgan.

Maktabda sinflarga bo‘lish degan gap yo‘q, hamma o‘quvchi qizlar bir xonada bo‘yra ustida o‘tirib dars qilishardi... Biri alifbe o‘qisa, ikkinchisi «Haftiyak» o‘qir, uchinchisi «Qur’on» o‘qisa, to‘rtinchisi «Chahor kitob» o‘qir, beshinchisi «Hikmat» o‘qisa, oltinchisi Mashrabni o‘qirdi...

Bir kunda asosan ikki-uch soat o‘qilar, qolgan vaqt qizlar otinning xizmatini qilishardi...

«Haftiyak»ni bitirib Qur’onga o‘tmoqchi bo‘lsa, yoki Qur’onni bitirib «Chahor kitobi»ga o‘tmoqchi bo‘lsa, qizning ota-onasi otinga, uning eriga albatta bosh oyoq sarpo qilib kelishi shart edi.

BILASIZMI?

Kibriyo Qahhorovaning «Chorak asr hamnafas» kitobidan.

Buxorodagi rustuzem maktabi, 1898-yil

Maktabda o‘qiyotgan o‘quv chining muvaf faqiyati uchun ota-onasi domla (otinoyi)ga non, don (g‘alla) yoki pul ber gan. Bundan tashqari,

«bo‘yra puli», «ko‘mir puli», «supurgi puli» kabi

«to‘lovlar» ham bo‘lgan.

Har pay shanba kuni kel tiriladigan «pay shanbalik noni» maktabdor domla ning asosiy haqi hisob langan.

DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Buxoroda soliqlarning oshib ketishiga nima sabab bo‘ldi? Soliqlarni oshirmasdan davlatni bosh qarish mum kinmidi? 2. Ta’lim tizimi haqida qanday ma’lumotga ega bo‘ldingiz? 3. Ta’lim sohasining mamlakat rivojida qanchalik ahamiyati bor?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Buxoro amirligida soliq zulmiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloni qaysi yil iyulining oxirgi kunlarida ko‘tarilgan?
  1. 1885-yil
  2. 1890-yil
  3. 1887-yil
  4. 1883-yil

To‘g‘ri javob: 1885-yil. Soliq yig‘uvchilar o‘tgan yillar uchun ham xiroj talab qilgach, 1885-yil iyul oxirida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.

Buxoro amirligida Ko‘lob viloyatida boshlangan dehqonlarning norozilik harakatlari qaysi yilda bo‘lgan va amir tomonidan bostirilgan?
  1. 1891-yil
  2. 1888-yil
  3. 1883-yil
  4. 1895-yil

To‘g‘ri javob: 1888-yil. 1888-yil Ko‘lob viloyatida boshlangan dehqonlar norozilik harakatlari amir tomonidan bostirildi.

1885-yilda Baljuvon dehqonlarining noroziligiga qaysi talab sabab bo‘ldi?
  1. Hosilning yarmini amir xazinasiga topshirish talab qilindi
  2. Barcha dehqonlarni mardikorlikka jalb qilish talab qilindi
  3. Mo‘l hosil yilida kamhosil yillar uchun ham xiroj talab qilindi
  4. Yerlarni Rossiya mulkdorlariga sotish talab qilindi

To‘g‘ri javob: Mo‘l hosil yilida kamhosil yillar uchun ham xiroj talab qilindi. Soliq yig‘uvchilar nafaqat o‘sha yil, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj talab qildilar.

Buxoro amirligidagi baljuvonlik dehqonlarning qo‘zg‘oloni qachon ko‘tarilgan?
  1. 1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida
  2. 1885-yil dekabr oyining dastlabki kunlarida
  3. 1888-yil iyul oyining oxirgi kunlarida
  4. 1881-yil mart oyining oxirgi kunlarida

To‘g‘ri javob: 1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida. Matnga ko‘ra qo‘zg‘olon 1885-yil iyul oxirida ko‘tarilgan.

1885-yilgi qo‘zg‘olonda dehqonlar kimning lashkari bilan jang qilgan?
  1. Amir Nasrullo
  2. Amir Haydar
  3. Amir Abdulahad
  4. Amir Muzaffar

To‘g‘ri javob: Amir Muzaffar. Dehqonlar va amir Muzaffar lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan.

1888-yilda dehqonlarning norozilik harakatlari qaysi viloyatda boshlangan?
  1. Shahrisabz viloyatida
  2. Ko‘lob viloyatida
  3. Denov viloyatida
  4. Chorjo‘y viloyatida

To‘g‘ri javob: Ko‘lob viloyatida. 1888-yil Ko‘lob viloyatida boshlangan norozilik harakatlari ham amir tomonidan bostirilgan.

1885-yilda Baljuvon dehqonlarining noroziligiga bevosita qanday holat sabab bo‘ldi?
  1. Kamhosillik tufayli amir xirojni ikki barobar oshirib, dehqonlarni yerdan haydagani va ularni qarzga botirgani
  2. Amir Muzaffar lashkarining dehqonlarni mardikorlikka majburan olib ketgani va ularning mollarini tortib olgani
  3. Dehqonlarning ekin yerlari temiryo‘l qurilishi uchun tortib olinib, qishloqlari buzib tashlangani va haq to‘lanmagani
  4. Mo‘l hosil yig‘ilgach, soliq yig‘uvchilar o‘sha yil uchun ham, o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to‘lashni talab qilgani

To‘g‘ri javob: Mo‘l hosil yig‘ilgach, soliq yig‘uvchilar o‘sha yil uchun ham, o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to‘lashni talab qilgani. Ketma-ket kamhosil yillardan keyin mo‘l hosil olingach, o‘tgan yillar uchun ham xiroj talab qilinishi adolatsiz deb topilgan.

Baljuvon dehqonlari qo‘zg‘olonidan necha yil o‘tib Ko‘lob viloyatida dehqonlarning norozilik harakatlari boshlandi?
  1. 2 yil o‘tib
  2. 4 yil o‘tib
  3. 3 yil o‘tib
  4. 5 yil o‘tib

To‘g‘ri javob: 3 yil o‘tib. Baljuvon qo‘zg‘oloni 1885-yilda, Ko‘lobdagi norozilik harakatlari 1888-yilda boshlangan; farq uch yil.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishiKeyingi →XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Xiva xonligi