XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 9

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Xiva xonligi

BUGUN DARSDA MULOHAZA UCHUN

siy ahvoli. • Soliq va majburiyatlar.

Savollar: 1. Xiva xonligi qachon tash kil top gan? 2. Xiva xonligida davlat boshqaruvi qanday asosda tashkil qilingan edi? Buxoro amirligi va Xiva xonligining bir-biriga o‘x shash va o‘ziga xos tomonlari nimadan iborat edi?

MA’LUMOT UCHUN

Xiva xonligida 1873-yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik ma’muriyati sarfxarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish yo‘li bilan qoplay boshladi.

Dehqonlar mehnati yer unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan. Xonlikda g‘alla yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i hisoblangan. Shu davrdan boshlab Rossiya bilan savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida uy hunarmandchiligi hanuz saqlanib kelayotgan edi. Unda ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlar, gilamlar, kigizlar va boshqalar tayyorlanardi.

MA’LUMOT UCHUN

Har bir dehqon xo‘jaligi yordamchi daromad manbayi bo‘lgan uy hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar edi. Deyarli har bir qishloqda ko‘nchi, etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvozchi va boshqalar faoliyat ko‘rsatish gan.

O‘rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi ichki savdo-sotiqni ham jonlantirdi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tovar-pul munosabatlarining o‘sishiga imkoniyat yaratdi. Buning natijasida shaharlar qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanib, yangi shaharlar vujudga keldi, eskilarining rivojlanish jarayoni tezlashdi.

Bu mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlarning ahamiyati ortishiga olib keldi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Gurlan singari shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylandi. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta singari yangi shaharlar vujudga keldi. Shaharlarda mahalliy va Rossiya qo‘shma korxonalarining idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. Rossiya imperiyasi va mahalliy kapital hamkorligi vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar faoliyati, milliy kapital namoyandalarining sarmoyalari daromadi Rossiya bozori mahsulotlariga bevosita bog‘langan edi. Ular ikki davlat o‘rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma bank uyushmalarini tuzishga harakat qilishdi.

MA’LUMOT UCHUN

Xiva xonligi vakillari Nikolay II taxtga chiqishi marosimida

Xiva naqqoshlari

Ipak ishlab chiqarish

MA’LUMOT UCHUN

Xiva xonligida XIX asrning ikkinchi yarmida butun qoraqalpoq urug‘larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida beklarbegi lavozimi joriy etilgan.

Qoraqalpoq hunarmandlari, asosan, ro‘zg‘or uchun zarur buyumlarni tayyorlash bilan shug‘ullangan. Ehtiyojdan ortgan buyumlar esa bozorga chiqarilgan. Ular o‘tovlarning atrofini o‘rash uchun matolar, tuya junidan guldor namatlar to‘qigan. Ularning xalq amaliy san’atida o‘tovlar uchun o‘ymakor eshiklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash, gilam to‘qish, kashtachilik rivojlangan. Qoraqalpoqlarda yog‘och va suyakka ishlov berish borasida qo‘li gul ustalar ko‘p bo‘lgan.

MA’LUMOT UCHUN

Qoraqalpoq urug‘larini biy va uning oqsoqollari boshqargan. Urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlab, uni tasdiqlovchi yorliq bergan. Xiva xonining ishonchini qozongan biylarning vakolatlari kengaytirilib, ularga alohida muruvvat ko‘rsatilgan.

BILASIZMI?

XIX asrning o‘rtalarida Yangi Urganchda 15 ta masjid va ikkita madrasa bo‘lgan. Gurlanda 6 ta masjid va 2 maktab, Shohobodda 2 ta maktab va 2 masjid, Shovotta 4 ta masjid va 1 madrasa, Xazoraspda 10 ta masjid, Qutlug‘ Inoq madrasasi faoliyat yuritgan.

Xiva xonligida masjid imomi o‘zining bevosita vazifasidan tashqari soliq to‘lovchilar hisobini yuritish, soliq yig‘ish, ba’zan esa suv taqsimoti bilan ham shug‘ullanar edi.

Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylantirilgandan so‘ng Xiva saroy kutubxonasidan 300 dona qo‘lyozma, 18 dona Qur’oni karim, 50 dan ortiq nodir kitoblar Kaufman tomonidan musodara qilingan.

Qoraqalpoqlar shayqaltasi

BILASIZMI?

Rossiya imperiyasi tomonidan Amudaryo bo‘limidagi qoraqal poqlarga nisbatan jabr-zulm kuchayishi oqibatida Biybozor va Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo Go‘klan boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tadi.

DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Xiva xonligida soliqlarning oshib ketishiga nima sabab bo‘ldi? Soliq larni oshirmasdan davlatni bosh qarish mum kinmidi? 2. Ta’lim tizimi haqida qanday ma’lumotga ega bo‘ldingiz? 3. Ta’lim sohasining mamlakat rivojida qanchalik ahamiyati bor? 4. Rossiya imperiyasi bosib olganidan so‘ng qoraqalpoqlar hayoti va turmushida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xiva xonligida qaysi yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tdi?
  1. 1868-yildan so‘ng
  2. 1876-yildan so‘ng
  3. 1873-yildan so‘ng
  4. 1881-yildan so‘ng

To‘g‘ri javob: 1873-yildan so‘ng. 1873-yildan so‘ng hosildor yerlar Rossiya tasarrufiga o‘tib, xonlik yangi soliqlar joriy qildi.

Xiva xonligi ma’muriyati 1873-yildan keyin yangi soliqlar joriy etishga yoki mavjudlarini oshirishga nima uchun majbur bo‘lgan?
  1. Xonlikda aholi soni keskin kamayib, ishchi kuchi yetishmagani uchun
  2. Hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tgani uchun
  3. Amudaryo bo‘yidagi savdo yo‘llari Buxoroga o‘tib ketgani uchun
  4. Saroy xarajatlari va ma’muriy lavozimlar soni kamaytirilgani uchun

To‘g‘ri javob: Hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tgani uchun. Hosildor yerlar Rossiya tasarrufiga o‘tgach, xonlik ma’muriyati sarf-xarajatlarini yangi soliqlar hisobiga qoplagan.

Xiva xonligida qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i qaysi edi?
  1. Paxta yetishtirish
  2. Ipakchilik
  3. G‘alla yetishtirish
  4. Bog‘dorchilik

To‘g‘ri javob: G‘alla yetishtirish. Xonlikda g‘alla yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i hisoblangan.

Rossiya bilan savdo-sotiq rivojlanishi natijasida Xiva xonligida qaysi ekinni yetishtirishga ixtisoslashuv jadallashdi?
  1. Tamaki
  2. Sholi
  3. Zig‘ir
  4. Paxta

To‘g‘ri javob: Paxta. Rossiya bilan savdo rivoji paxta yetishtirishga ixtisoslashuvni jadallashtirgan.

Xiva xonligida 1873-yildan so‘ng yangi soliqlar joriy etildi yoki avvalgilari oshirildi. Buning asosiy sababi nima edi?
  1. Hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tgani sababli xonlik ma’muriyati xarajatlarini soliqlar hisobidan qoplay boshladi
  2. Xonlik armiyasi kengayib, harbiy xarajatlar keskin ortib ketgani sababli ma’muriyat xarajatlarini soliqlar hisobidan qoplay boshladi
  3. Paxta narxining tushishi tufayli xazina daromadi kamayib, xonlik ma’muriyati yetishmovchilikni soliqlar hisobidan qoplay boshladi
  4. Buxoro amirligiga to‘lanadigan tovon xonlik zimmasiga yuklangani sababli ma’muriyat xarajatlarini soliqlar hisobidan qoplay boshladi

To‘g‘ri javob: Hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tgani sababli xonlik ma’muriyati xarajatlarini soliqlar hisobidan qoplay boshladi. Yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tgach, xonlik ma’muriyati sarf-xarajatlarini yangi soliqlar yoki oshirilgan soliqlar bilan qoplagan.

Rossiya bilan savdo-sotiqning rivojlanishi Xiva xonligi qishloq xo‘jaligida qanday o‘zgarishga olib keldi?
  1. G‘alla yetishtirish to‘xtab, bog‘dorchilik asosiy tarmoqqa aylanib, paxta ekilmay qoldi
  2. Dehqonlar paxta yetishtirishdan butunlay voz kechib, g‘alla ekinlari yanada kengaydi
  3. G‘alla asosiy tarmoq bo‘lib qolgan holda paxta yetishtirishga ixtisoslashuv jadal kechdi
  4. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining yagona tarmog‘iga aylanib, dehqonchilik inqirozga uchradi

To‘g‘ri javob: G‘alla asosiy tarmoq bo‘lib qolgan holda paxta yetishtirishga ixtisoslashuv jadal kechdi. G‘alla yetishtirish asosiy tarmoq hisoblangan, Rossiya bilan savdo rivojlanishi natijasida esa paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechgan.

Quyidagi shaharlardan qaysi biri XX asr boshlarida Xiva xonligida yangi vujudga kelgan?
  1. Mo‘ynoq
  2. Xiva
  3. Qo‘ng‘irot
  4. Gurlan

To‘g‘ri javob: Mo‘ynoq. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta yangi shaharlar sifatida vujudga kelgan; Xiva, Qo‘ng‘irot, Gurlan esa markazlarga aylangan.

Xiva xonligidagi shaharlar haqida hukmlarni ko‘rib chiqing. I. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz va Gurlan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylangan. II. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta singari yangi shaharlar vujudga kelgan. III. Shaharlarda faqat mahalliy kapital korxonalari joylashgan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. I va II
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Shaharlarda mahalliy va Rossiya qo‘shma korxonalari idoralari hamda sanoat korxonalari joylashgan; III hukm noto‘g‘ri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligiKeyingi →XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati