XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 10

XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati

BUGUN DARSDA MULOHAZA UCHUN

Savollar: 1. Adabiyot fanidan olgan bilimlaringizga tayanib quyidagi savollarga javob bering. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalaridan misollar keltiring. Qoraqalpoq folklorida qanday g‘oyalar aks etgan? 2. «Qirq qiz» dostonining mazmuni nimadan iborat?

ijodi. • Berdaq (1827–1900) — qoraqalpoq shoiri.

MA’LUMOT UCHUN

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda bir qancha madrasalar bo‘lib, ularning eng kattalari Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi. Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o‘rtalarida qurilgan. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Tosh madrasa esa 1841-yil Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qurdirilgan. Madrasada ta’lim ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o‘qitilgan.

XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarda 318 ta maktab, Qoraqum Eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oybit eshon, Eshonqal’a kabi madrasalar tashkil etilgan. Bundan tashqari qoraqalpoqlar Buxoro va Xiva shaharlarida ta’lim olganlar.

MA’LUMOT UCHUN

XIX asr oxirida Kunxo‘ja (1799–1880), Otash Olshinboy (1788– 1875), Ajiniyoz (1824–1878) kabilarning nomlari keng tanildi. Ular o‘z taqdirini xalqi taqdiri bilan bog‘lagan kishilar edi. Masalan, Kunxo‘ja o‘z ijodida ovullarning oddiy ahlini, ularning kundalik mehnati va turmushini kuyladi.

U adolatsiz tartiblarni qattiq qoralaydi. Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li (taxallusi – Zevar) Mo‘ynoqdagi maktabda, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan bo‘lib oxund (o‘qimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mahoratli kuychisi) darajasiga erishgan. O‘zbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan. Shoirning «Bo‘zatov» dostonida qoraqalpoq xalqining hayoti, ayniqsa, ularning ko‘chib yurish jarayoni bilan bog‘liq voqealar katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz adabiy merosidan bizga 100 ga yaqin she’rlar va dostonlar yetib kelgan. Uning she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari kuy langan. «Qiz Mengesh bilan aytishuv» dostoni esa xalq orasida mashhur bo‘lgan.

MA’LUMOT UCHUN

Berdaq (1827–1900) Orolbo‘yida tug‘ilgan. Ovul maktabida, so‘ngra Qoraqum eshon madrasasida o‘qigan. 20 yoshidan she’rlar yoza boshlagan va yarim asr davomida turli mavzularda o‘lanlar to‘qigan.

Berdaq o‘z ijodini xalqi uchun o‘lmas asarlar yaratishga bag‘ishladi. She’rlaridan biri ham «Xalq uchun» deb nomlangan. Uning she’rlarida zulmni qoralovchi tuyg‘ular, jo‘shqinlik ustuvor bo‘lgan.

XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik an’analarni yangi avlod vakillari Umar, Sariboy, Qulmurot, Sodiq kabilar davom ettirdilar.

Berdaq haykali

Kunxo‘ja –... Zevar –... Berdaq –... Madrasalar –...

MA’LUMOT UCHUN

Qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodi chuqur mazmunga egaligi va xalq chilligi bilan ajralib turadi. Xalq ma’naviy madaniyatining yuksak darajasi ajdodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq dostonlarida, termalarida, shuningdek, musiqali o‘lanlarda saqlanib qolgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo‘shiqlarda ifoda etilgan «otalar so‘zi» alohida ajralib turar edi. Qoraqalpoqlar o‘z to‘y-marakalarini qo‘shiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy hangomalarsiz o‘tkazmaganlar. Bayramlar va urug‘ning boshqa tadbirlarida «Qirq qiz» va turkiylarning boshqa dostonlari kuylangan.

Qoraqalpoq oilasi

Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan O‘mirbek laqqi obrazi orqali razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar hajv yo‘li bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik ulug‘langan. Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo‘llari mashhur edi. Doston qahramonlik haqida she’riy asar bo‘lib, unda xalq baxt-saodati va farovonligi yo‘lida mard botirlarning buyuk jasoratlari madh etilgan. Mashhur bo‘lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning «Qirq qiz» dostoni alohida ajralib turadi.

MA’LUMOT UCHUN

Qoraqalpoq bolalari

Dostonda Sarkub hukmdori Olloyor o‘z qizi Guloyimga Muyeli degan hosildor yerlarni tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi mustahkam bir qal’a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlariga hujum qilib, Guloyimning otasini o‘ldirishadi. Sarkub mulklari talanadi, sarkubliklarning ko‘pi asir olinib haydab ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga qarshi kurashga kirishadi, qoraqalpoqlarni asirlikdan ozod qiladi va ona yurtga ozodlikni qaytaradi. Bu ishda Guloyimga uning oshig‘i xorazmlik bahodir Arslon yordam beradi. Dostonning bosh g‘oyasi – yuksak vatanparvarlik hissi va ona Vatanga, xalqqa fidoyilarcha muhabbatdir. «Qirq qiz» dostoni bugungi kunda xalq og‘zaki ijodining durdonalaridan biri sanaladi.

IJODIY FAOLIYAT

1. Nuqtalar o‘rniga tegishli ma’lumotlarni kiriting.

O‘mirbek laqqi –... Guloyim –... «Qirq qiz» –... Doston –... 2. «Qirq qiz afsonasi — hurlik, erk va sadoqat timsoli» degan fikrni vatanparvarlik, jasurlik, birdamlik bilan bog‘lab ta’riflang.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Qoraqalpoqlarda xalq ijodiyoti qaysi shakllarda rivojlandi? 2. Qoraqalpoqlarning eng mashhur «Qirq qiz» dostoni mazmunini aytib bering. 3. Ajiniyozning ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Berdaqning tarixiy dostonlarini sanab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qoraqalpoqlarning eng yirik madrasalaridan biri Qoraqum eshon madrasasi qaysi asrning o‘rtalarida qurilgan?
  1. XX asr
  2. XVIII asr
  3. XIX asr
  4. XVII asr

To‘g‘ri javob: XIX asr. Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o‘rtalarida qurilgan va dastlab masjid vazifasini bajargan.

Qoraqalpoqlardagi Tosh madrasa Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qaysi yilda qurdirilgan?
  1. 1841-yil
  2. 1831-yil
  3. 1861-yil
  4. 1851-yil

To‘g‘ri javob: 1841-yil. Tosh madrasa 1841-yil Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qurdirilgan.

XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarda nechta maktab tashkil etilgan?
  1. 318 ta
  2. 238 ta
  3. 381 ta
  4. 218 ta

To‘g‘ri javob: 318 ta. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarda 318 ta maktab va bir qancha madrasalar tashkil etilgan.

Tosh madrasani 1841-yilda kim qurdirgan?
  1. Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz
  2. Qoraqum eshon
  3. Ajiniyoz
  4. Xiva xoni Muhammad Rahimxon

To‘g‘ri javob: Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz. Tosh madrasa 1841-yil Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qurdirilgan.

Tosh madrasada ta’limning birinchi bosqichida nima o‘rganilgan?
  1. Diniy-huquqiy bilimlar
  2. Arab tili grammatikasi
  3. Hisob va handasa
  4. Tarix va jug‘rofiya

To‘g‘ri javob: Arab tili grammatikasi. Ta’lim ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o‘rganilgan.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
  1. Qoraqum eshon madrasasi 1841-yilda Xo‘janiyoz tomonidan qurilgan
  2. Tosh madrasada ta’lim bir bosqichli bo‘lgan
  3. Qoraqum eshon madrasasi dastlab masjid vazifasini bajargan
  4. Tosh madrasa XIX asr o‘rtalarida Qoraqum eshon tomonidan qurilgan

To‘g‘ri javob: Qoraqum eshon madrasasi dastlab masjid vazifasini bajargan. Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o‘rtalarida qurilib, dastlab masjid vazifasini bajargan.

Qoraqalpoqlarda madrasalar haqidagi hukmlarni o‘qing. I. Tosh madrasa 1841-yil Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qurdirilgan. II. Qoraqum eshon madrasasi dastlab masjid vazifasini bajargan. III. Tosh madrasani Qoraqum eshon qurdirgan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. II va III
  3. I va II
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Tosh madrasani Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz qurdirgan, shuning uchun III hukm noto‘g‘ri.

Ajiniyozning taxallusi qanday edi?
  1. Berdaq
  2. Kunxo‘ja
  3. Olshinboy
  4. Zevar

To‘g‘ri javob: Zevar. Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li taxallusi Zevar bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Xiva xonligiKeyingi →Turkistonda jadidchilik harakati