Turkistonda jadidchilik harakati
MULOHAZA UCHUN
•Turkistonda ta’lim.
- Jadidchilikning shakllanishi. • Milliy taraqqiyparvarlik harakati.
MA’LUMOT UCHUN
Har bir jamiyatdagi o‘zgarishlarda shu jamiyatning yetakchi shaxs lari, ayniqsa, ziyolilarining o‘rni katta bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo‘llarini topishga harakat qiladi. XIX asr ning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o‘z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar.
Quyi sinflarda olgan bilimlaringizga taya nib quyidagi savollarga javob bering: 1. Markaziy Osiyo xonliklarida ta’lim tizimi qanday bo‘lgan? 2. «Ta’lim rivojlansa – jamiyat rivojlanadi» degan fikrni o‘rganilayotgan davr bilan bog‘lab tushuntiring. 3. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olganidan so‘ng ta’lim tizimida qanday o‘zgarish bo‘ldi?
MA’LUMOT UCHUN
«Jadid» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, «yangi» degan ma’noni anglatadi.
MA’LUMOT UCHUN
XIX asr oxirlarida jadidchilik harakati yuzaga keldi. Buning natijasida yangi usul maktablari tashkil qilinib, ta’limni rivojlantirish orqali mustaqillikka erishish mumkin degan g‘oyalar ilgari surilgan.
XX asr boshlarida ko‘plab jadid adabiyotlari, gazeta va jurnallarning ommaviy nashr etilishi, mamlakat aholisining bunga ehtiyoji borligi va savod xon bo‘lganligidan dalolat beradi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
Turkistonda ma’ri fatparvarlik harakati vujudga keldi.
Ziyolilar xalq orasida ilg‘or g‘oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar.
IJODIY FAOLIYAT
Qrimtatar ma’rifatparvari bo‘lgan Ismoil G‘aspirali (1851–1914) butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. U diniy va dunyo viy bilimlarni chuqur egallab, jahon taraqqiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir nech ta xorijiy tillarni, turli xalqlarning madaniyatini o‘rgangan edi.
IJODIY FAOLIYAT
Jadidchilk g‘oyalarining keng yoyilishida «Tarjimon» gazetasi muhim o‘rin tut di. Ismoil G‘aspiralining 1893-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining keyingi rivojiga turtki bo‘ldi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi 1893-yilda faoliyat ko‘rsata boshladi. Keyinchalik, bunday maktablar boshqa hududlarda ham keng tarqaldi. Jadidlar ma’rifatparvarlik yo‘lida Qrim ziyolilari tajribalarini o‘rganish bilan birga boshqa mamlakatlardagi taraqqiyparvarlarning ilg‘or g‘oyalaridan ham foydalandilar.
IJODIY FAOLIYAT
O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo‘linadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashning oldingi saflarida turdilar.
Buxoroda jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi, asosan, mayda do‘kondorlar, o‘qituvchilar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi.
IJODIY FAOLIYAT
Buxoro jadidchiligi ayrim mutaassib mullalar, yangi lik va islohotlarni xush ko‘rmaydiganlar oqimi qarshiligiga uchradi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi.
IJODIY FAOLIYAT
Xiva xonligida jadidchilik ikkita oqimdan iborat bo‘lib, uning o‘ng oqimi Bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligida xonlikdagi savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini birlash tirdi. Mazkur oqim o‘z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o‘tkazilishini maqsad qilib qo‘ydi. So‘l oqim esa qozikalon Bobooxun Salimov rahbarligida sarmoyadorlar, hunarmandlar va boshqa tabaqa vakillarini birlashtirib, yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishmoqchi bo‘ldilar.
IJODIY FAOLIYAT
Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi ikki bosqichda bo‘ldi. Birinchi bosqichda ma’rifatparvarlikdan boshlangan. Bu harakat 1917-yilga kelib o‘zining ikkinchi bosqichida – siyosiy ko‘rinishdagi harakatga aylandi.
Buxorodagi eski maktab
MA’LUMOT UCHUN
1909-yildan yangi usul maktablarini ochish uchun maxsus ruxsatnoma olinishi belgilanadi. Bu bilan maktablar ro‘yxatga olib borilgan va ro‘yxatdan o‘tmagan maktablarning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Turkistonda bu davrdagi mustamlakachi hukumat va uning amaldorlari hamda mahalliy mutaassib ruhoniylarning qarshiligiga qaramay, jadidlar ma’rifatparvarlik harakatlarini matbuot, noshirlik va teatr sohalarida davom ettirdilar. 1898-yilda Qo‘qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochdi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochib, ko‘plab o‘quvchilarning yangi usulda ta’lim olishlariga erishdilar.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1893-yilda — Ismoil G‘aspiralining 1893-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining keyingi rivojiga turtki bo‘ldi.
- 1893-yilda — Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi 1893-yilda faoliyat ko‘rsata boshladi.
- 1898-yilda — 1898-yilda Qo‘qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochdi.
- 1899-yili — 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochib, ko‘plab o‘quvchilarning yangi usulda ta’lim olishlariga erishdilar.
- 1909-yilda — 1909-yildan yangi usul maktablarini ochish uchun maxsus ruxsatnoma olinishi belgilanadi.
- 1910-yilda — 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi.
- 1917-yilga — Bu harakat 1917-yilga kelib o‘zining ikkinchi bosqichida – siyosiy ko‘rinishdagi harakatga aylandi.
- XIX asr — XIX asr ning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o‘z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar.
- XIX asr — XIX asr oxirlarida jadidchilik harakati yuzaga keldi.
- XX asr — XX asr boshlarida ko‘plab jadid adabiyotlari, gazeta va jurnallarning ommaviy nashr etilishi, mamlakat aholisining bunga ehtiyoji borligi va savod xon bo‘lganligidan dalolat beradi.
Bilimingizni sinang
Arab tilidan olingan va «yangi» degan ma’noni anglatuvchi, harakat nomiga asos bo‘lgan so‘z qaysi?
- Islohot
- Maorif
- Jadid
- Usul
To‘g‘ri javob: Jadid. «Jadid» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, «yangi» degan ma’noni anglatadi.
“Jadid” so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
- Arab tilidan, “yangi”
- Fors tilidan, “taraqqiyot”
- Turkiy tildan, “ma’rifat”
- Arab tilidan, “islohot”
To‘g‘ri javob: Arab tilidan, “yangi”. “Jadid” arab tilidan olingan bo‘lib, “yangi” degan ma’noni bildiradi.
Jadidchilik harakati qaysi asrning oxirlarida yuzaga kelgan?
- XIX asr
- XX asr
- XVII asr
- XVIII asr
To‘g‘ri javob: XIX asr. Jadidchilik harakati XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan.
Jadid adabiyotlari, gazeta va jurnallarning ommaviy nashr etilishi qaysi asr boshlariga to‘g‘ri keladi?
- XIX asr
- XX asr
- XVII asr
- XVIII asr
To‘g‘ri javob: XX asr. Ko‘plab jadid adabiyotlari, gazeta va jurnallar XX asr boshlarida ommaviy nashr etilgan.
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati qaysi asrning ikkinchi yarmidan boshlab vujudga kelgan?
- XIX asr
- XVIII asr
- XVII asr
- XX asr
To‘g‘ri javob: XIX asr. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab vujudga kelgan.
Jadidchilik harakati qaysi davrda yuzaga keldi?
- XVIII asr oxirlarida
- XIX asr oxirlarida
- XX asr o‘rtalarida
- XIX asr boshlarida
To‘g‘ri javob: XIX asr oxirlarida. Jadidchilik harakati XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan.
Jadidlar yangi usul maktablarini tashkil etish va ta’limni rivojlantirish orqali qanday yakuniy maqsadni ko‘zlagan?
- Mahalliy maktablarni yopib, ularni mustamlaka ma’muriyatiga bo‘ysundirish va rus tilini joriy etish
- Xon va amir hokimiyatini saqlab, ularni diniy ta’limdan ozod qilish va savodxonlikni oshirish
- Faqat Qrim ziyolilari tajribasini nusxalab, savdo-sotiqni kengaytirish va boylik orttirish
- Ta’limni rivojlantirish orqali mustaqillikka erishish mumkin degan g‘oyani ro‘yobga chiqarish
To‘g‘ri javob: Ta’limni rivojlantirish orqali mustaqillikka erishish mumkin degan g‘oyani ro‘yobga chiqarish. Yangi usul maktablari tashkil etilib, ta’limni rivojlantirish orqali mustaqillikka erishish g‘oyasi ilgari surilgan.
Butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblangan qrimtatar ma’rifatparvari kim?
- Ismoil G‘aspirali
- Hamza Hakimzoda
- Abdulla Avloniy
- Munavvarqori Abdurashidxonov
To‘g‘ri javob: Ismoil G‘aspirali. Qrimtatar ma’rifatparvari Ismoil G‘aspirali jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash