Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati
MULOHAZA UCHUN
liy xususiyatlari.
MA’LUMOT UCHUN
XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab yangi usuldagi maktablar ochildi. Jadidlar maktablarda yoshlarni tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviyma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi.
RAHBARLARI
Polvonniyoz hoji
Bobooxun Salimov
BUXORO BUXORO
Abdurauf Fitrat
Sadriddin Ayniy
Fayzulla Xo‘jayev
Munavvarqori Abdurashidxonov
Abdulla Avloniy
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Abduqodir Shakuriy
SAMARQAND SAMARQAND
Saidahmad Siddiqiy-Ajziy
TOSHKENT TOSHKENT
Hamza Hakimzoda
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
Is’hoqxon Ibrat
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
A. Avloniy tashkil etgan «Turon» teatri truppasi
Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘rta Osiyo jadid chilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi bo‘lgan. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiy tashabbusi bilan uning otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.
TOSHKENT TOSHKENT
Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi. U maktab va madrasada ta’lim olib, o‘z zamonining ma’rifatli va chuqur bilimga ega insonlaridan biriga aylandi. Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi. O‘zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashid xonov, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy taraqqiyparvarlar ham ma’rifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xayriya jamiyatlari, kutubxona va kitob do‘konlari ochdilar.
MA’LUMOT UCHUN
Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlikni qoralaganlar.
Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasb larni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar.
Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda mablag‘ ajratgan. 1908-yilda Buxoroda Abduvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Hamidxo‘ja Meqriy, Ahmadjon Abdusaidov va boshqalar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar.
MA’LUMOT UCHUN
«...Maktab va madrasa bir millatning hatto bani odamning darajali taraqqiy va taoliysi deb bo‘ladur. Faqat taraqqiy va taoliyni maktab va madrasalarni ko‘pligi ila bo‘lmayincha, balki nizom va tartiblik bo‘lub, yaxshi idora etilmog‘i ila bo‘ladur. Dunyoda mavjud millatlar taraqqiyni ibtidoiy maktablardan boshlarlar. Haqiqatan taraqqiy va taoliy uchun birinchi yo‘l va asosulasos maktabdur».
Mulla Rahimxonning «Masala». maqolasidan. «Izhor ul-Haq» jurnali. 1918-yil
Mirkomil Mirmo‘minboyev (o‘ngda) tijoratchi do‘sti bilan
«Tarbiyai atfol» jamiyati ishtirokchilari
IJODIY FAOLIYAT
«Agar bizlarning maktablarimiz boshqa millat maktablari kabi bir nizomga qo‘yilib yaxshi muallimlik vazifasini lavozimicha ado qilurlik kishilardin muallimlar tayin qilinsa edi, ma’sum avlodlarimiz ruhiy hayotiga, dunyo va oxiratni saodatig‘a birinchi sabab o‘ladurg‘on ilm va maorifdin bu darajada mahrum o‘lmagiga sabab o‘lmas eduk».
MA’LUMOT UCHUN
XX asrga kelib mamlakatda bir tomondan turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida tartib va iqtisodiy munosabatlar vujudga kelayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomonidan mamlakat hududiga turli g‘oyaviy oqimlar kirib kela boshladi.
Mustamlaka davrida sha’riy masalalarni hal qilish, hanafiylik mazhabini sofligicha keyingi avlodga yetkazish masalasi dolzarb muammolardan biriga aylandi. Shu maqsadda 1917-yili 10-avgustda Toshkent shahrida «Fuqaho jamiyati» tashkil topdi.
Ushbu jamiyat to‘rt qozi va ular yonidagi muhrdor, a’lam va muftiylardan iborat bo‘lib, u fuqarolar ijtimoiy-maishiy hayotlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni shar’iy yo‘l bilan hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Fuqaho jamiyati»ning nashri bo‘lgan «Izhor ul-Haq» jurnalidagi bir maqolada: «Tahzib va tasfiyai axloq degan narsa maktablarimizda hech yo‘q. Muddati tahsil ko‘b uzoq bo‘lgani uchun ko‘b kishilar bolalarini 8-15 yil maktabga qo‘yolmaydurlar, chunki qudrat va iste’dodlari yetmaydur. Ham maktablarimizga intizom yo‘qdur. Shuning uchun maktabda yurgan aziz, gavhari noyob bolalarimizdan o‘n besh yo sakkiz nafardan ikki yo uch nafari ahli savod bo‘lib chiqadurlar», — deyiladi. Maqolada maktablarda faqat kitoblarni yodlatish, savod chiqarish bilan jamiyatni rivojantirib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga har bir maktab va madrasada qat’iy intizom va tartib bo‘lishi zarurligi aytilgan.
IJODIY FAOLIYAT
«Islomiyatning avvalgi asrlarindagi musulmonlar oila tarbiyasig‘a ahamiyat berib, erkak va qiz bolalarini o‘qita boshladilar. Xotunlar huquqini rioya etdilar. Va shul soyada maorif va madaniyat yo‘lig‘a qadam qo‘yib, ulug‘ bir quvvat hosil etdilar. Ozgina vaqtda dunyoning qismi a’zamini o‘zlarig‘a qaratdilar. Ul asrlarda islom dunyosinda erlar qatorinda xotunlardan ham qancha olima va shoira, muharrira, xatiba, adiba va faqihalar yetishgan edi».
Hoji Muin, «Oila tarbiyasi», «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918-yil.
IJODIY FAOLIYAT
Delegat (lotincha – yuborgan) – biror tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Jadidlar ko‘plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun mablag‘lar yig‘ildi.
O‘lkada savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi.
BILASIZMI?
Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri, Toshkentning «Qoryog‘di» mahallasidan bo‘lgan Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja Rossiyada huquqshunoslik sohasi bo‘yicha ta’lim olib, birinchi oliy ma’lumotli o‘zbek advokati bo‘ldi. U buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan. Taraqqiyparvarlar barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash, zavod va fabrikalar qurib, mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb bildilar.
Federatsiya (lotincha – ittifoq bo‘lib mustahkamlash) – davlatlarning o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN Turkiston taraqqiyparvarlari XX asrning boshlarida dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar. Bu davrda xorijda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini tahlil qildilar. Keskin vaziyatda taraqqiyparvarlar mahalliy xalqning tinchliksevarligi, bosiqligidan kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga intildilar.
1917-yilga kelib Turkiston jadidchiligi siyosiy harakatga aylandi.
«Sadoi Turkiston» gazetasi xodimlari
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasi urushdan chiqqanidan keyin jadidlar parlamentar mo narxiya uchun kurashgan bo‘lsalar, fevral voqealaridan keyin ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdilar. Jumladan, mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish, o‘lkani boshqarish yuzasidan islohotlar o‘tkazish, Davlat Dumasida o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish, milliy matbuot erkinligini ta’minlash kabilar.
Ayni vaqtda, milliy-siyosiy partiyalar va tashkilotlar, masalan, «Sho‘royi islomiya», «Ittifoq» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytda jadidlar tub yerli aholi ijtimoiy tarkibining barcha qatlam vakillarini o‘z ortidan ergashtira oldilar. Turkistonda jadidlar faoliyati mahalliy aholining ma’rifatiga, ularda milliy o‘zlikni anglashning kuchayishiga, ozodlik uchun kurashlarning ko‘tarilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jadidchilik harakati o‘lkada imperiya hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi turuvchi asosiy ma’naviy kuch sifatida namoyon bo‘ldi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1 Delegat a lotincha – ittifoq bo‘lib mustahkamlash – davlatlarning o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi.
2 Jadid b arabcha – «yangi» degan ma’noni bildiradi.
3 Federatsiya c lotincha – yuborgan – biror tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil.
Muhim sanalar
- 1878-yil — Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi.
- 1907-yil — Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi.
- 1908-yilda — 1908-yilda Buxoroda Abduvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Hamidxo‘ja Meqriy, Ahmadjon Abdusaidov va boshqalar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30…
- 1911-yilda — 1908-yilda Buxoroda Abduvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Hamidxo‘ja Meqriy, Ahmadjon Abdusaidov va boshqalar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30…
- 1912-yilda — 1908-yilda Buxoroda Abduvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Hamidxo‘ja Meqriy, Ahmadjon Abdusaidov va boshqalar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30…
- 1917-yili — Shu maqsadda 1917-yili 10-avgustda Toshkent shahrida «Fuqaho jamiyati» tashkil topdi.
- 1917-yilga — 1917-yilga kelib Turkiston jadidchiligi siyosiy harakatga aylandi.
- 1918-yil — Hoji Muin, «Oila tarbiyasi», «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918-yil.
- XX asr — XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab yangi usuldagi maktablar ochildi.
- XX asr — XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviyma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi.
Bilimingizni sinang
Jadidlar yangi usuldagi maktablarda yoshlarni tarbiyalab, ular orqali qaysi g‘oyalarni ilgari surganlar?
- Mustamlakani mustahkamlash g‘oyalarini
- Milliy davlatchilik g‘oyalarini
- Diniy ta’limni taqiqlash g‘oyalarini
- Rossiyaga qo‘shilish g‘oyalarini
To‘g‘ri javob: Milliy davlatchilik g‘oyalarini. Jadidlar mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan (1875–1919) shaxs kim?
- Abdulla Avloniy
- Munavvarqori Abdurashidxonov
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
- Ismoil G‘aspirali
To‘g‘ri javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy. Mahmudxo‘ja Behbudiy «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan.
«O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan shaxs kim?
- Abdulla Avloniy
- Munavvarqori Abdurashidxonov
- Is’hoqxon Ibrat
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
To‘g‘ri javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan.
Behbudiy tashabbusi bilan tashkil qilingan «Behbudiya kutubxonasi» kim sharafiga shunday atalgan?
- Uning otasi sharafiga
- Buxoro amiri sharafiga
- Uning ustozi sharafiga
- General-gubernator sharafiga
To‘g‘ri javob: Uning otasi sharafiga. Kutubxona Behbudiyning otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan.
Abdulla Avloniy qaysi yilda Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ilgan?
- 1868-yil
- 1883-yil
- 1873-yil
- 1878-yil
To‘g‘ri javob: 1878-yil. Avloniy 1878-yil Toshkentda hunarmandlar oilasida tug‘ilgan.
Abdulla Avloniy «Shuhrat» gazetasiga qaysi yilda asos solgan?
- 1907-yil
- 1912-yil
- 1905-yil
- 1910-yil
To‘g‘ri javob: 1907-yil. Avloniy 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos solgan.
Abdulla Avloniy 1907-yilda qaysi gazetaga asos solgan?
- «Sadoi Turkiston»
- «Shuhrat»
- «Izhor ul-Haq»
- «Mehnatkashlar tovushi»
To‘g‘ri javob: «Shuhrat». Avloniy 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos solgan.
Abdulla Avloniy qaysi yilda Toshkentda hunarmandlar oilasida tug‘ilgan?
- 1878-yilda
- 1875-yilda
- 1883-yilda
- 1919-yilda
To‘g‘ri javob: 1878-yilda. Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash