XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 13

Turkistonda ilm-fan va madaniyat

MULOHAZA UCHUN

•Tarix, tabiiy fanlarga oid ilmiy izlanishlar. • Adabiyot haqida.

1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi) tashkil etildi.

Savollar: 1. Mahmudxo‘ja Behbudiyning quyidagi fikrlarini o‘qing. Nima uchun u o‘z vatani tarixini o‘rganish ziyoli, komil va odil inson bo‘lish uchun zarurat deb hisoblagan? «Hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil bo‘lish uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish zarur». 2. XX asrda jahon ilmfanidagi o‘zgarishlar va Turkiston o‘lkasidagi holatni tahlil qiling. Bu davrda qanday ilmiy ixtirolar qilindi? 3. O‘rta Osiyo xonliklarining rivojlanishidagi ortda qolishiga asosiy sabablar nimalarda ko‘rinadi?

MA’LUMOT UCHUN

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ilm-fan sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlarga erishishda jadidlarning o‘rni katta bo‘ldi. Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalashda tarix fanining ahamiyatini yuqori baholadilar.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Mahdum hoji «Tarixi Turkiston» («Turkiston tarixi») asarini yozdi. Bu asar o‘zbek tilida bosmadan chiqdi. Unda qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha Turkistonda bo‘lgan voqealar yilnomasi bayon etilgan edi.

Bu kitob o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozondi.

XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish hamda maqbaralarini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqot ishlari rivojlandi.

MA’LUMOT UCHUN

Shunday tadqiqotlardan birida 1908-yilda Ulug‘bek rasadxonasi binosi qoldiqlari va rasad xonaga tegishli asbob-uskunalarning bir qismi topildi.

1908-yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbobuskunalar ning bir qismini topishga muvaffaq bo‘lindi.

Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi (rekonstruksiya)

MA’LUMOT UCHUN

Savollar: O‘lkadagi ilmiy tadqiqotlar imperiya uchun qanday ahamiyat kasb etgan? Nima uchun Rossiya imperiyasi o‘lkani har tomonlama chuqur o‘rganishga e’tibor qaratgan?

Hududni xaritalashtirish va iqlimini o‘rganish uchun Toshkentda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yetishmasligi sababli uzoq vaqt davomida keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish amalga oshirilmadi.

Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlari avj oldi. Masalan, N. A. Seversev Pomir tog‘ tizimini o‘rganib, botanikaga va minerallarga oid namunalar to‘pladi. P. P. Semyonov-Tyan-Shanskiy Tyanshan tog‘ tizimini o‘rganib, muzlik, vulqonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi.

MA’LUMOT UCHUN

Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati faol ish boshladi. Jamiyat nashr ettirgan «Turkistonning qishloq xo‘jaligi» jurnali sohadagi ishlab chiqarish, yerlarni sug‘orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg‘or usullarni targ‘ib qildi. Mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan o‘ziga xos O‘rta Osiyo paxta navidagi dastlabki hosil yetishtirildi.

P. P. Semyonov-

1871-yilda tashkil etilgan «O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati» mablag‘ yo‘qli gi tufayli 1893-yilda o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yetishib chiqdi. Shulardan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ahmad Donish va boshqalarning ijodini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. She’rlaridagi haqqoniylik va samimiylik ularni mashhur xalq shoirlariga aylantirdi.

MA’LUMOT UCHUN

Anbar otin ayollarning jamiyat va oiladagi haq-huquqsiz ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlarni qalamga oldi. O‘zbek shoirlarining she’rlari keng xalq ommasi yuragiga yo‘l topdi. Ularning she’rlari asosida ko‘plab qo‘shiqlar yaratildi.

XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi. Nasrda yaratilgan asarlar ham dunyo yuzini ko‘rdi. Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi.

MULOHAZA UCHUN

1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi.

Xiva teatri, Toshkent

Savollar: 1. Anbar otin va Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning qalamiga mansub qaysi asarlarini bilasiz? Ular nimasi bilan sizning yodingizda qolgan? 2. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida qaysi janrni boshlab berdi va u avvalgi davr adabiyotidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 3. QR kodda berilgan Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasini o‘qing. Hikoya asosida jamiyat hayotiga baho bering.

1911–1913-yillarda Turkistonning turli shaharlarida teatrlar tashkil etildi. Adiblar ular uchun pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan ona tilidagi nutq va teatr aktyorining harakatlari xalq ommasiga nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi.

MULOHAZA UCHUN

Jadid teatrlarida spektakllarning aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yilib, ularga ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari uchun jadidlar qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan mashhur «Padarkush» pyesasida otalar va bolalar o‘rtasidagi munosabat, ma’naviy qashshoqlik, molmulkka ruju qo‘yish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida hikoya qilingan.

O‘zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlarning o‘rni katta edi. Shu o‘rinda Mahmudxo‘ja Behbudiyning: «Teatr – bu ibratxonadir», deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Jadid adabiyotida o‘sha davrga xos bo‘lgan qanday g‘oyalar yetakchilik qiladi? 2. Shu mavzu bo‘yicha kichik esse yozing.

1868-yilda mustamlakachi hukumat tomonidan o‘lkada rus ta’lim maktablarini tashkil etish loyihasini ishlab chiqili shi borasida ko‘rsatma berilgan.

1870-yili o‘lkada o‘quv bo‘limini tashkil etish bo‘yicha max sus komissiya Toshkent shahrida ish boshladi. 1886-yilda Toshkent shahrida Rossiya Xalq maorifi vazirligiga tegishli 9 ta, 1889-yilga kelib esa 14 ta ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan.

Gimnaziya o‘quvchilari

«Turon» teatri truppasining birinchi spektakllari qo‘yilgan «Kolizey» teatrisirki binosi, Toshkent

IJODIY FAOLIYAT

O‘zbekistonda XX asr boshlaridan zamonaviy futbol qoidalari asosida o‘yinlar o‘tkazilgan. 1912-yilda Qo‘qon da birinchi futbol jamoasi tuzildi.

BILASIZMI?

Xudoybergan Devonov 1878-yilda tug‘ilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan.

1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon II o‘z himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan.

BILASIZMI?

Xudoybergan Devonov

MA’LUMOT UCHUN

«Biz kim, Xo razm mamlakatining oliy xoqoni Muhammad Rahimxon Soniy quyidagi farmoni oliyga imzo chekdik. Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilinsin. Ushbu farmoni oliyga shak keltirgan va maqomlarni kamsitgan yoki uni buzib ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin!»

Xalq sozandalari mashhur usta-bastakorlar qo‘lida ta’lim olishgan. Ko‘p asr lar davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar professional musiqaning og‘zaki an’analaridagi bebaho xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og‘zaki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) asarlardir. Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar edi. Bu borada torli-kamonchali cholg‘u asboblari (g‘ijjak, qo‘biz, uchtor), torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torlizarbli (chang), puflama nayli (nay, surnay), munshtukpuflamali (karnay), zarb li-membranali (doira, nog‘ora, chindovul) kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi.

MA’LUMOT UCHUN

Sitorai Mohi Xosa

MA’LUMOT UCHUN

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida me’morchilikda ham o‘zgarishlar bo‘ldi, Yevropa va sharq me’morchilik ananalari uyg‘unlashib ketdi.

Masalan, XX asr boshlarida Buxoroda barpo etilgan Sitorai Mohi Xosa qurilishida Usta Shirin Murodov boshchiligida bir guruh usta ganchkorlar ishlagan.

Farg‘ona vodiysida ham o‘zbek xalq me’morchiligining o‘ziga xos tarmog‘i mavjud edi. XIX asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me’morchiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari kirib keldi. Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi o‘z qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo‘lib qoldi.

MA’LUMOT UCHUN

Toshkent ayollar gimnaziyasi

Toshkentning Yangi shahar qismida general-gubernatorlikning ma’muriy va boshqa binolari qad ko‘tardi. Ular me’moriy jihatdan g‘arb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi.

Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shundaki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Xattotlar bu yozuvlarni mohirlik bilan bino bezagiga uyg‘unlashtirib yubora olganlar.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston tasviriy san’ati Samarqand, Qo‘qon, Buxoro miniatyurachilari ijodida, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘ldi (Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S. Siddiqov). Ular tasviriy san’atning an’anaviy turlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

MA’LUMOT UCHUN

XX asr boshlarida devoriy naqshlarda ilgari uchramagan manzaralar – suzib borayotgan kema, temiryo‘llar va hayvonlar tasvirlaridan foydalana boshlandi.

Yog‘och lavh va Xudoyorxonga tegishli Qur’on qo‘lyozmasi. XIX asr

Kumush muqovali

Qur’oni Karim.

XIX asr

«Yusuf va Zulayho» Mirza Mir Ishoq al Buxoriy,

XIX asrning oxiri –

XX asrning boshi

Shirmonpaz masjidining ustunlari va shifti.

XX asr. Marg‘ilon

Ramziy ranglar va naqshlar zargarlikda, liboslarda, nodir toshlardan ishlangan zeb-ziynat buyumlarida ustuvorlik qilgan.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston aholisiga tabiblar, jarrohlar, rishtachilar (yaralarni tuzatuvchi), siniqchilar, doyalar, zulukchilar kabi an’anaviy tibbiyot vakillari tibbiy yordam ko‘rsatganlar. Mahalliy aholi orasida qon oldirish va zulukdan foydalanish, shuning dek, turli xil uqalash (massaj) usullari ham keng tarqalgan edi. Davolovchi vosita sifatida margimush, simob, sulema (zaharli poroshok), kinovar (simob sulfid), temir va mis kuporosi, achchiqtosh, novshadil kabi minerallar keng qo‘llanilgan.

MA’LUMOT UCHUN

Tabiblar o‘simlik va minerallardan tayyor dorilarni bemorlarga berishdan tashqari, o‘zlari ham oltingugurt va azot kislotasi tayyorlashni bilgan, shuningdek, damlamalar, kukunlar, hapdori, malham dori (maz) va plastirlar tayyorlashgan.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

1. Mavzuda berilgan rasmlar asosida xalqimizning hunarmandchiligiga baho bering. 2. Me’morchilikdagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos tomonlari haqida taqdimot tayyorlang. 3. G‘arb va Sharq an’analari uslubida qurilgan inshootlar haqida ma’lumot to‘plang.

BUGUN DARSDA

MULOHAZA UCHUN

Savollar: 1. Rossiyada sodir bo‘lgan fevral va oktyabr inqiloblariga nimalar sabab bo‘ldi? 2. Inqilobchilarning maqsadlari nimalardan iborat bo‘lgan? 3. Rossiyada bo‘lgan davlat to‘ntarishining Turkistonga ta’siri bo‘ldimi? Nima uchun?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi) qaysi yilda tashkil etilgan?
  1. 1866-yil
  2. 1876-yil
  3. 1871-yil
  4. 1881-yil

To‘g‘ri javob: 1876-yil. Turkiston muzeyi 1876-yil Toshkentda tashkil etilgan.

Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi) qaysi yili tashkil etilgan?
  1. 1870-yili
  2. 1876-yili
  3. 1882-yili
  4. 1893-yili

To‘g‘ri javob: 1876-yili. Turkiston muzeyi 1876-yili Toshkentda tashkil etilgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang: A) Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasining tashkil etilishi; B) Turkiston muzeyining tashkil etilishi; C) Xorazm maqomlari haqidagi farmon; D) Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlarining topilishi.
  1. A–B–C–D
  2. B–A–C–D
  3. A–C–B–D
  4. A–B–D–C

To‘g‘ri javob: A–B–C–D. Kutubxona 1870, muzey 1876, farmon 1882, rasadxona qoldiqlari 1908-yilda.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. I. Samarqandda Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlarining topilishi. II. Toshkentda Turkiston muzeyining tashkil etilishi. III. Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasining tashkil etilishi. IV. Qo‘qonda birinchi futbol jamoasining tuzilishi.
  1. II–III–I–IV
  2. III–I–II–IV
  3. III–II–I–IV
  4. III–II–IV–I

To‘g‘ri javob: III–II–I–IV. Xalq kutubxonasi 1870-yilda, muzey 1876-yilda, rasadxona qoldiqlari 1908-yilda, Qo‘qondagi futbol jamoasi 1912-yilda tashkil topgan yoki topilgan.

XIX asrning qaysi yillarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish va maqbaralarini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar rivojlandi?
  1. 90-yillarida
  2. 30-yillarida
  3. 70-yillarida
  4. 50-yillarida

To‘g‘ri javob: 90-yillarida. Tadqiqotlar XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida rivojlangan.

«Tarixi Turkiston» («Turkiston tarixi») asarining muallifi kim?
  1. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy
  2. Xudoybergan Devonov
  3. Mahmudxo‘ja Behbudiy
  4. Mulla Olim Mahdum hoji

To‘g‘ri javob: Mulla Olim Mahdum hoji. Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Mahdum hoji bu asarni yozgan.

Mulla Olim Mahdum hojining «Tarixi Turkiston» asari nima uchun alohida ahamiyatga ega?
  1. U Turkiston tarixini faqat arab tilida bayon etgani sababli mashhur bo‘lgan, ammo xalq orasida keng tarqalmagan
  2. U o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozongan, qadimgi davrdan XX asr boshigacha voqealar yilnomasini bayon etgan
  3. U faqat Ulug‘bek rasadxonasi haqida yozilgan asar bo‘lib, uning astronomiya va matematika yutuqlarini batafsil bayon etgan
  4. U Rossiya imperiyasi tarixiga bag‘ishlangan darslik bo‘lib, rus tilida yozilgan va barcha maktablarda majburiy o‘qitilgan

To‘g‘ri javob: U o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozongan, qadimgi davrdan XX asr boshigacha voqealar yilnomasini bayon etgan. Kitob o‘zbek tilida bosmadan chiqqan va qadimgi davrdan XX asr boshigacha Turkistondagi voqealar yilnomasini bergani uchun ilk tarixiy asar sifatida mashhur bo‘lgan.

Ulug‘bek rasadxonasi binosi qoldiqlari va asbob-uskunalarining bir qismi qaysi yilda topilgan?
  1. 1871-yilda
  2. 1893-yilda
  3. 1908-yilda
  4. 1912-yilda

To‘g‘ri javob: 1908-yilda. 1908-yilda tadqiqotlar chog‘ida rasadxona qoldiqlari va asbob-uskunalar topilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyatiKeyingi →Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida