Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida
BUGUN DARSDA
- 1917-yil fevral– oktyabr voqealari. • Fevral inqilobining
Turkiston o‘lkasiga ta’siri.
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan edilar. 1917-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, «Rusiyada bosh ko‘targan yangi bir balo – bolshevik balosi» kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zbek xalqining boshqa bir fidoyi farzandi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan «Haq olinur, berilmas!» shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyot va mustaqillik to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini Fevral inqilobi g‘oyalari bilan bog‘lab, o‘zlari e’lon qilgan tamoyillarni amalga oshirishga faol kirishdi.
IJODIY FAOLIYAT
1917-yil fevral oyida Rossiya imperiyasi markazida yuz bergan davlat to‘ntarishi oqibatida 15-mart kuni Nikolay II taxtdan voz kechadi. Hokimiyat boshqaruviga Muvaqqat hukumat keldi. Shu tariqa, mazkur davlatda imperiya hukmronligiga chek qo‘yildi. Ushbu keskin siyosiy o‘zgarish qaram o‘lkalar hayotiga ham ta’sir o‘tkazishi tabiiy edi. Turkiston bo‘ylab har bir shahar, uyezd, volost va qishloqda eski ma’muriyat idoralari Muvaqqat hukumat tomonidan tugatilib, o‘rniga jamoat tashkilotlari ijroiya qo‘mitalari, ya’ni jamoat xavfsizligi deb nomlangan qo‘mitalar tashkil topa boshladi.
1917-yilning mart oyida tashkil topgan «Sho‘royi islomiya» tashkilotiga Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qildi. Undan 1917-yilning iyun oyida «Sho‘royi ulamo» va 1917-yilning iyul oyida «Turk adami markaziyat firqasi» («Turkiston federalistlar partiyasi») ajralib chiqqan edi. Mazkur harakatlar Turkiston manfaatlarini himoya qilishni o‘z maqsadi deb bilgan tarqoq milliy siyosiy kuchlarni jipslashtirish uchun qilingan ilk urinishlardan biri edi.
IJODIY FAOLIYAT
«Sho‘royi islomiya» tashabbusi bilan Toshkentda 1917-yil 16–23-aprel kunlari Butunturkiston musulmonlarining birinchi o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda butun Turkistondan 150 ga yaqin delegat to‘plandi. 20 ga yaqin masalani ko‘rib chiqqan qurultoy o‘lkada mustamlakachilikni tugatish va musodara qilingan yerlarni mahalliy aholiga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Mazkur yig‘ilishda Turkistonda musulmonlar Markaziy Sho‘rosini ta’sis etishga ham kelishilgan. Bu qaror keyinchalik Milliy markaz shaklida amalga oshirildi.
Muvaqqat hukumat ishlab chiqqan yangi qonunda: 1. Rusiyaning har bir fuqarosi din masalasida hurdir. 2. To‘qqiz yoshga yetmagan bolalar ota-onasining dinida, ota-onalari ikki e’tiqodda bo‘lsa, otasining dinida deb hisoblanur.
IJODIY FAOLIYAT
3. Ota-onasi ma’lum bo‘lmagan bolalar vasiylarining dinida deb hisoblanur.
4. O‘n yetti yoshga har bir kishiga bir dindan ikkinchi dinga ko‘chishi uchun biror ruxsat lozim emas.
5. To‘qqiz yoshga yetmagan bola ota-onasi ko‘chgan dinga ko‘chgan hisoblanur.
Ibrohim Tohiriyning "Hurriyati diniya" maqolasidan,
Allsloh, 1917.
IJODIY FAOLIYAT
MULOHAZA UCHUN Turkistonda Rossiya dagi kabi ikki hokimiyatchilik emas, balki quyidagi uch hokimiyatchilik paydo bo‘ldi:
- Birinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatining vaqtli Turkiston komiteti; • Ikkinchisi, Turkistondagi ishchi va askar deputatlarining mahalliy va markaziy Sovetlari; • Uchinchisi, jadidlarning «Sho‘royi islomiya» tashkiloti (jamiyati) va uning joylardagi shu’balari, Toshkentda Turkiston o‘lka musulmonlari soveti (Kraymussovet) – Milliy Markaz.
1917-yil 1-noyabrda bolsheviklar Toshkentda ham sovet hokimiyatini o‘rnatdilar.
MA’LUMOT UCHUN
Rossiyaning Birinchi jahon urushidagi muvaffaqiyatsizligi, iqtisodiy inqiroz, uning oqibatida boshlangan ocharchilik ommaning noroziligini yanada kuchaytirdi. 1917-yil martdan boshlab aholi orasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni bosh lagan, avombop shiorlarni o‘rtaga tashlab, ommaning e’tiborini qozongan bolsheviklar 25-oktyabrda zo‘ravonlik yo‘li bilan to‘ntarish yasab, imperiya markazida hokimiyatni egallab oldi.
CHIQARIB
MULOHAZA UCHUN
Muhim sanalar
- 1917-yil — 1917-yil fevral– oktyabr voqealari. • Fevral inqilobining
- 1917-yilda — 1917-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, «Rusiyada bosh ko‘targan yangi bir balo – bolshevik balosi» kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib…
- 1917-yil — 1917-yil fevral oyida Rossiya imperiyasi markazida yuz bergan davlat to‘ntarishi oqibatida 15-mart kuni Nikolay II taxtdan voz kechadi.
- 1917-yilning — 1917-yilning mart oyida tashkil topgan «Sho‘royi islomiya» tashkilotiga Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qildi.
- 1917-yilning — Undan 1917-yilning iyun oyida «Sho‘royi ulamo» va 1917-yilning iyul oyida «Turk adami markaziyat firqasi» («Turkiston federalistlar partiyasi») ajralib chiqqan edi.
- 1917-yil — «Sho‘royi islomiya» tashabbusi bilan Toshkentda 1917-yil 16–23-aprel kunlari Butunturkiston musulmonlarining birinchi o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
- 1917-yil — 1917-yil 1-noyabrda bolsheviklar Toshkentda ham sovet hokimiyatini o‘rnatdilar.
- 1917-yil — 1917-yil martdan boshlab aholi orasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni bosh lagan, avombop shiorlarni o‘rtaga tashlab, ommaning e’tiborini qozongan bolsheviklar 25-oktyabrda zo‘ravonlik yo‘li bilan to‘ntarish…
- 15-mart — 1917-yil fevral oyida Rossiya imperiyasi markazida yuz bergan davlat to‘ntarishi oqibatida 15-mart kuni Nikolay II taxtdan voz kechadi.
- 23-aprel — «Sho‘royi islomiya» tashabbusi bilan Toshkentda 1917-yil 16–23-aprel kunlari Butunturkiston musulmonlarining birinchi o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Bilimingizni sinang
Abdurauf Fitrat «bolshevik balosi» kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yubordi, deb yozgan voqealar jarayoni qaysi yilda kechgan?
- 1920-yilda
- 1905-yilda
- 1914-yilda
- 1917-yilda
To‘g‘ri javob: 1917-yilda. Fitrat 1917-yildagi voqealar jarayonini bolshevik balosi kuchlar nisbatini o‘zgartirgan davr deb baholagan.
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘rtaga tashlagan va butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylangan shior qaysi?
- Ilm – najot yo‘li!
- Yashasin Amir!
- Haq olinur, berilmas!
- Hurriyat, Adolat, Musavvat!
To‘g‘ri javob: Haq olinur, berilmas!. Behbudiyning «Haq olinur, berilmas!» shiori millatning jangovar chaqirig‘iga aylangan.
“Haq olinur, berilmas!” shiorini o‘rtaga tashlagan va u butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylangan fidoyi o‘zbek farzandi kim?
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
- Abdurauf Fitrat
- Munavvarqori Abdurashidxonov
- Ibrohim Tohiriy
To‘g‘ri javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy. Bu shior Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan.
Jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi kim edi?
- Munavvarqori Abdurashidxonov
- Abdurauf Fitrat
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
- Ibrohim Tohiriy
To‘g‘ri javob: Abdurauf Fitrat. Abdurauf Fitrat jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi sifatida tilga olingan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Jadidlar taraqqiyotga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan
- Jadidlar qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan hokimiyatni egallashni mo‘ljallagan
- Jadidlar Fevral inqilobiga qarshi chiqib, Muvaqqat hukumatni ag‘darishni talab qilgan
- Jadidlar islohotlarni faqat Rossiya Sovetlari orqali amalga oshirishni mo‘ljallagan
To‘g‘ri javob: Jadidlar taraqqiyotga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan. Jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich, tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Shaxslarni ularga tegishli ma’lumot bilan moslashtiring. 1. Mahmudxo‘ja Behbudiy; 2. Abdurauf Fitrat; 3. Munavvarqori Abdurashidxonov. A) «Sho‘royi islomiya»ga rahbarlik qilgan; B) «Haq olinur, berilmas!» shiorini o‘rtaga tashlagan; C) bolsheviklarni «Rusiyada bosh ko‘targan yangi balo» deb atagan nazariyotchi.
- 1–A, 2–B, 3–C
- 1–B, 2–C, 3–A
- 1–C, 2–B, 3–A
- 1–B, 2–A, 3–C
To‘g‘ri javob: 1–B, 2–C, 3–A. Shior Behbudiyga, bolshevik balosi haqidagi so‘zlar Fitratga, Sho‘royi islomiyaga rahbarlik esa Munavvarqoriga tegishli.
Fevral inqilobining Turkiston o‘lkasi uchun asosiy ahamiyati nimada bo‘ldi?
- U o‘lkada bolsheviklar hokimiyatining mustahkamlanishiga zamin yaratib, ularning hukmronligini ta’minladi
- U musulmon aholini siyosiy uyg‘otib, yangi demokratik kuchlarning siyosat maydoniga chiqishiga imkon berdi
- U Turkistonning Rossiyadan to‘liq mustaqil bo‘lishini darhol ta’minlab, yangi davlat tuzilishiga yo‘l ochdi
- U jadidlarni siyosiy faoliyatdan chetlashtirib, ularni yashirin ishlashga va yer ostiga ketishga majbur qildi
To‘g‘ri javob: U musulmon aholini siyosiy uyg‘otib, yangi demokratik kuchlarning siyosat maydoniga chiqishiga imkon berdi. Fevral inqilobi musulmon aholini siyosiy jihatdan uyg‘otdi va jadidlar o‘zagini tashkil etgan milliy demokratik kuchlarni siyosat maydoniga olib chiqdi.
Rossiya imperiyasi markazida Nikolay II ning taxtdan voz kechishiga olib kelgan davlat to‘ntarishi qaysi yilning fevralida yuz berdi?
- 1918-yil
- 1915-yil
- 1917-yil
- 1916-yil
To‘g‘ri javob: 1917-yil. To‘ntarish 1917-yil fevralida yuz bergan va Nikolay II taxtdan voz kechgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash