Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi
MULOHAZA UCHUN
- Yosh buxoroliklar.
- Amir Olimxon islohotlari.
- Buxoro amirligining qulashi.
MA’LUMOT UCHUN
XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch paydo bo‘ldi. Birinchisi – Buxoroning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg‘or mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi uchun astoydil kurashuvchi Yosh buxoroliklar, ikkinchisi – diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan toifa vakillari edi.
Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini 1910-yildan boshlashgan bo‘lib, bu siyosiy harakatning tashkil etilishiga yosh turklarning «Ittihodi va taraqqiy» partiyasi katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Abduvohid Burhonov, Usmon Xo‘ja, Muso Saidjonov, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev va Sadriddin Ayniy kabi ko‘plab ziyolilar yosh buxoroliklarning yetuk namoyondalari bo‘lishgan.
MA’LUMOT UCHUN
Yosh buxoroliklar
Yosh buxoroliklar mamlakatda quyidagi ishlarni amalga oshirishni ko‘zlashgan edi:
- amirlikdagi yer-suv masalasiga katta e’tibor berish;
- milliy armiyani shakllantirish uchun harbiy maktablar ochish;
- moliya masalasida kirim-chiqimlarni hisoblash;
- ma’orif sohasida amirlik xazinasi hisobidan maktablar va oliy
o‘quv yurtlari ochish. • yakka hokimlik (monarxiyani) yevropacha konstitutsion monarxiyaga almashtirish. 1910-yil 10-dekabr kuni amir Abdullahad vafot etgach, taxtni uning o‘g‘li Said Olimxon egalladi. Amir Olimxon hali siyosiy kuchga ega bo‘lmagani uchun yosh buxoroliklarga yon berishga majbur bo‘ladi va islohot o‘tkazish uchun va’dalar beradi. Ammo 1917-yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan fevral inqilobidan so‘ng, imperiya hukumatining ag‘darilishi amirlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirib yuboradi. Yosh buxoroliklar amirni islohot o‘tkazishga undaydilar.
IJODIY FAOLIYAT IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Amir Abdulahad o‘g‘li Sayid Olimxonni 1893-yilda Peterburgga o‘qishga jo‘natdi. Bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqaruvi asoslarini o‘rgandi. Amirlik taxtiga o‘tirganidan keyin Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimni o‘zgartirish taraddudida bo‘lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o‘zidagi muxolafatchi harakatlar uni chora-tadbirlar ko‘rishga va Yosh buxoroliklarning (jadidlar) mamlakatni demokratlashtirish va islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi talablariga yon berishga majbur qildi.
1917-yil bahorida bosh qozi amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini o‘qib eshittirdi.
MA’LUMOT UCHUN
Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so‘z borardi. Sanoat va savdoni rivojlantirishga ham e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlandi. Buning o‘rniga davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan maosh ta’sis etildi. «So‘ngra biz tomonimizdan, – deyiladi farmonda, – xususan, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi». Farmonda bosmaxona ochish, mahbuslarni zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar berildi.
BILASIZMI?
Yosh buxoroliklar farmonni amalga oshirish maqsadida Yosh buxoroliklar qo‘mitasini tuzdilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vazmin, bosiq harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatladilar. Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini zudlik bilan namoyish o‘tkazishga da’vat etdilar. 1917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o‘tkazishdi. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat boshchilik qilishdi. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qatorida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da’vatlar ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkgacha yetib kelishganida amir sarbozlari ularni to‘xtatishdi.
BILASIZMI?
Amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga ola boshladi. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko‘plariga tan jarohati yetkazildi. Qutulib qolgan namoyishchilar boshqa shaharlarga qochib jon saqlashdi. Buxorodagi voqealar jadidlarni sergaklantirdi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
1920-yil yanvarda Toshkentda bo‘lgan Yosh buxoroliklarning so‘l qismi Fayzulla Xo‘jayev rahbarligida «Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi»ni tuzishdi. Ammo bu tashkilot nufuzli siyosiy kuchlarni o‘zida mujassam etmagan. Bu tashkilot O‘rta Osiyoni butunlay zabt etib, uni bolsheviklar qo‘l ostida bo‘lgan yangi davlat tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan mustamlakachilarning kurash vositasiga aylandi.
Fayzulla Xo‘jayev rahbarlik qilgan Yosh buxoroliklar va bolsheviklarning birgalikdagi harakatlari bilan qo‘zg‘olon boshlanadi. 1920-yili avgustda Chorjo‘yda Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuziladi. Vaziyatdan foydalangan sovet davlati yaxshi qurollangan qo‘shin va mahalliy aholini dahshatga soluvchi harbiy aviatsiya bilan ta’minlangan yirik harbiy qismlarni Buxoroga tashladi.
MA’LUMOT UCHUN
Amir va uning qo‘shinlari deyarli hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Amir Olimxon Afg‘onistonga chekinishga majbur bo‘ldi.
1920-yil 2-sentyabrda bolsheviklar armiyasi qo‘shinlari Buxoroga kirdi. 6-oktyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi birinchi hukumat Xalq Nozirlar Kengashi tuzilganligi e’lon qilindi.
IJODIY FAOLIYAT
BUXORO XALQINING HASRATI TARIXI
Bolsheviklar bu orada ko‘p hiylatadbir qo‘llashga, go‘yo do‘stlik liboslarini kiygandek bo‘lib, aslida makru hiyla tadbirlarini ishlatish yo‘liga, makkorlik yo‘liga o‘tdilar. Go‘yo sulh tuzish uchun Baranov degan tashqi ishlar vaziri bo‘lmish bir kimsani favqulodda elchi qilib, Toshkentdan Buxoroga yubordilar. Muxtor vakil bu bandayi ojiz huzuriga kelib uchrashdi. Shu kishi uzr bayon etib, gaplashdi, gaplarimizni eshitib, biz bilan kelishdi. U kishi iltimos qilib aytdiki, rus davlati ellik besh yildan beri Buxoro davlati bilan do‘stlik va oshnachilikda bo‘lib keldi, to shu paytgacha bizning davlatimiz Buxoro davlatidan barcha manfaatlarni ko‘rib kelmoqda, shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasida bu orada hech qanday bir-biriga zarar ko‘radigan ishlarni bajo keltirishmadi. Istardimki, bugundan keyin ham bu ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va oshnachilik gullabyashnasa va bizga ham sizning davlatingizdan yordam va manfaat tegsa. Sizlardan bizlarga har qancha xizmat bo‘lsa, bizning jumhuriyat davlatimiz uni o‘rniga qo‘ysa. Lekin sizlardan bir iltimosimiz bor, o‘z askarlaringizni bizning temiryo‘l stansiyasidan olsangiz, chunki biz uni o‘zimizga istehkom qilmoqchimiz. Bizning askarlarimiz vahshiy va nodon odamlardir. Mabodo sizning askarlaringizni ko‘rib qolsa, unga to‘qnashib qolib, sizdek zoti shahona oldida bizni uyaltirib qo‘yishadi. Bu borada siz nimaiki istab, unga xohish bildirsangiz, o‘sha aytganingizni bajo keltiramiz.
BUXORO XALQINING HASRATI TARIXI
Shu tariqa u bilan gaplashib, gaplarini eshitib, kelishuv tuzdik, unga imzo ham chekdik. Shu bilan u o‘z joyiga qaytib ketdi.
Ammo dushmanlarimiz bu nayrang bilan bizni g‘aflatda qoldirib, misoli bir yo‘lto‘sarlar kabi, urush e’lon qilmasdan hijriyning 1339-yili (1920) zulhijja oyining o‘n beshida yakshanba kechasi soat o‘n ikkida soqchilar va qo‘riqchilar ustiga hujum qilib kelib, o‘sha yerda temiryo‘l atrofiga qo‘yilgan barcha qorovullarni, taxminan, yuz ellik nafar kishini bandi qildilar.
Shu tariqa ular Buxoro askarlari ustiga yopirilib kelib hujum uyushtirdilar, shu bilan urushni boshlab yubordilar. Natijada vaqt yarim kecha soat ikkida ancha askar va harbiy qurollar jamlab, to‘p otish va o‘q yog‘dirish bilan birga temir qalqonli aravalar — broneviklar, temir qoplangan motorlar — bronepoyezdlar bilan urush boshlab yubordilar. Ular o‘n bitta tayyora bilan Buxoro shahri ustida havoda parvoz etib, bomba yog‘dirdilar. Bu bandayi ojiz o‘z askarimni majburan oldinga — frontga chiqarib, ixtiyorni taqdiri ilohiyga topshirib, to‘rt kechayu to‘rt kunduz urushdik. Bu urush asnosida dushman taxminan Buxoroning yarmini to‘p va pulemyotdan o‘qqa tutib, ko‘p talafot yetkazdi.
BUXORO XALQINING HASRATI TARIXI
To‘p o‘qlarining ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag‘al bevabechoralarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon 1910-yil 3-fevralda Sankt-Peterburgdagi masjid poydevorini qurish marosimida.
Sankt-Peterburgdagi
Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon uchun qurilgan saroy.
UCHUN
- Xalq harakatlari.
- Islohotlar uchun kurash.
Muhim sanalar
- 1339-yili — Ammo dushmanlarimiz bu nayrang bilan bizni g‘aflatda qoldirib, misoli bir yo‘lto‘sarlar kabi, urush e’lon qilmasdan hijriyning 1339-yili (1920) zulhijja oyining o‘n beshida yakshanba kechasi soat o‘n ikkida soqchilar…
- 1893-yilda — Amir Abdulahad o‘g‘li Sayid Olimxonni 1893-yilda Peterburgga o‘qishga jo‘natdi.
- 1910-yilda — Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini 1910-yildan boshlashgan bo‘lib, bu siyosiy harakatning tashkil etilishiga yosh turklarning «Ittihodi va taraqqiy» partiyasi katta ta’sir ko‘rsatgan edi.
- 1910-yil — 1910-yil 10-dekabr kuni amir Abdullahad vafot etgach, taxtni uning o‘g‘li Said Olimxon egalladi.
- 1910-yil — Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon 1910-yil 3-fevralda Sankt-Peterburgdagi masjid poydevorini qurish marosimida.
- 1917-yil — Ammo 1917-yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan fevral inqilobidan so‘ng, imperiya hukumatining ag‘darilishi amirlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirib yuboradi.
- 1917-yil — 1917-yil bahorida bosh qozi amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini o‘qib eshittirdi.
- 1917-yil — 1917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o‘tkazishdi.
- 1920-yil — 1920-yil yanvarda Toshkentda bo‘lgan Yosh buxoroliklarning so‘l qismi Fayzulla Xo‘jayev rahbarligida «Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi»ni tuzishdi.
- 1920-yili — 1920-yili avgustda Chorjo‘yda Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuziladi.
Bilimingizni sinang
Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini qaysi yildan boshlashgan?
- 1905-yildan
- 1912-yildan
- 1910-yildan
- 1908-yildan
To‘g‘ri javob: 1910-yildan. Yosh buxoroliklar faoliyati 1910-yildan boshlangan.
Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini qaysi yildan boshlagan?
- 1910-yildan
- 1893-yildan
- 1917-yildan
- 1920-yildan
To‘g‘ri javob: 1910-yildan. Yosh buxoroliklar faoliyatini 1910-yildan boshlagan.
Yosh buxoroliklar harakatining tashkil etilishiga qaysi tashkilot katta ta’sir ko‘rsatgan?
- Rossiyaning kadetlar (Konstitutsion-demokratlar) partiyasi
- Yosh turklarning “Ittihodi va taraqqiy” partiyasi
- Eronning “Mashruta” konstitutsion harakati partiyasi
- Hindistonning “Milliy kongress” siyosiy partiyasi
To‘g‘ri javob: Yosh turklarning “Ittihodi va taraqqiy” partiyasi. Harakat tashkil etilishiga yosh turklarning «Ittihodi va taraqqiy» partiyasi katta ta’sir ko‘rsatgan.
Quyidagilardan qaysi biri Yosh buxoroliklarning yetuk namoyondalaridan biri bo‘lgan?
- Amir Abdulahad
- Baranov
- Sadriddin Ayniy
- Said Olimxon
To‘g‘ri javob: Sadriddin Ayniy. Sadriddin Ayniy Yosh buxoroliklarning yetuk namoyondalari qatorida tilga olingan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Yosh buxoroliklar Buxoroning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish uchun kurashgan
- Yosh buxoroliklar har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan toifa edi
- Diniy mutaassiblar Buxoroda yevropacha konstitutsion monarxiya o‘rnatishni talab qilgan
- Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatini 1893-yildan boshlagan
To‘g‘ri javob: Yosh buxoroliklar Buxoroning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish uchun kurashgan. Yosh buxoroliklar siyosiy hayotni demokratik asosda qayta qurish va iqtisodni rivojlantirish uchun kurashgan; yangiliklar dushmani esa mutaassiblar edi.
Yosh buxoroliklar harakati haqidagi quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Harakat faoliyati 1910-yildan boshlangan. II. Uning tashkil etilishiga Rossiya bolsheviklari katta ta’sir ko‘rsatgan. III. Fayzulla Xo‘jaev va Sadriddin Ayniy uning yetuk namoyondalari qatorida bo‘lgan.
- faqat I
- I va III
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va III. Harakatning tashkil etilishiga bolsheviklar emas, yosh turklarning «Ittihodi va taraqqiy» partiyasi katta ta’sir ko‘rsatgan, shuning uchun II hukm noto‘g‘ri.
Buxoro amiri Abdullahad qaysi yilning dekabrida vafot etib, taxtni o‘g‘li Said Olimxon egalladi?
- 1906-yil
- 1908-yil
- 1910-yil
- 1912-yil
To‘g‘ri javob: 1910-yil. Amir Abdullahad 1910-yil 10-dekabrda vafot etgan.
Amir Abdullahad 1910-yilda qaysi sanada vafot etgan?
- 15-oktyabr
- 20-noyabr
- 10-dekabr
- 5-dekabr
To‘g‘ri javob: 10-dekabr. Amir Abdullahad 1910-yil 10-dekabr kuni vafot etgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash