Xiva xonligining tugatilishi
UCHUN
- Xalq harakatlari.
- Islohotlar uchun kurash.
- Xiva xonligining tugatilishi.
MA’LUMOT UCHUN
Muhammad Rahimxon II vafot etgach, imperiya hukumati yordamida taxtni uning o‘g‘li Asfandiyorxon (1910–1918) egallaydi. Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qildilar.
Islohotlar xon hokimiyati saqlangan, ammo Majlis (deputatlar palatasi) va Nozirlar kengashi (Vazirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni ko‘zda tutgandi. Yosh xivaliklar, shuningdek, davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlikning butun hududida yangi usul maktablarini tashkil qilish uchun qo‘mita tuzishni, temiryo‘llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini ham talab qilishgandi.
MA’LUMOT UCHUN
1917-yilning 4-aprel kuni xon devonxonasi ro‘parasida bir necha ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi. Xon Polvonniyoz Hoji Yusupov va Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi va 5-aprel kuni Yosh xivaliklar taqdim etgan manifestni imzoladi. Hujjatga muvofiq Xorazm konstitutsiyaviy monarxiya etib belgilandi.
1917-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tgan Majlisning birinchi sessiyasida 30 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi. Maj lis Vazirlar kengashini sayladi. Ammo ikki oy o‘tmasdan konservativ kuchlar harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi va Majlisni tarqatib yubordi. Yosh xivaliklar hibsga olinib, ulardan bir qismi otib tashlandi.
Manifest talablari
— Xon va uning hukumati tomonidan mamlakatni mutlaq boshqarishni butkul barham toptirish.
— Xiva xoniga shahzodalar va vazirlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar va mulklarni xalq mulki deb e ’lon qilish.
— Kambag‘allar hayotini yaxshilash yo‘lida yirik zamindorlar yerlaridan foydalanish.
— Bolalarni bepul o‘qitish uchun xonlikning hamma joyida maktablar ochish.
— Shaharlar va aholi manzilgohlarida bepul shifoxonalar va sog‘lomlashtirish muassasalari ochish.
— Xiva xoni va beklari tomonidan kambag‘al aholidan tortib olingan yerlar, mulk va boshqa narsalarni qaytarib berish.
Rossiya imperi– yasining Xivaga yurishlari paytida yosh Qurbon Mamed (Muhammad) turkman yovmut yigitlari qatorida bosqinchilarga qarshi janglarda qatnashgan. Asfandiyorxon Junaydxonni turkman qabilalarining sardori etib tayinlagan (1915). Turkman oqsoqollari uni Junaydxon deb e’lon qilishgan.
Manifest talablari
— Majburiy mehnatga jalb qilish (begor)ni butunlay yo‘q qilish.
BILASIZMI?
1917-yil oktyabr to‘ntarishidan keyin Rossiyada bolsheviklar hukumatni qo‘lga kiritdi. Turkistonda ham hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tdi va bu yerda ham sovet respublikasi tuzildi. Sovetlar xavfi oldida hukumatni yo‘qotishdan qo‘rqqan Asfandiyorxon bosh qo‘mondon etib turkmanlarning yovmut qabilasi sardori Qurbon Mamed (Muhammad) sardor Junaydxonni tayinladi. Saroyda mavqeyini oshirib olgan Junaydxon 1918-yilning oktyabr oyida davlat to‘ntarishini amalga oshirdi va Nurullaboy saroyida Asfandiyorxonga suiqasd uyushtirdi.
Taxtga Asfandiyorxonning akasi Said Abdulla o‘tirdi. Amalda hokimiyat Junaydxon qo‘lida to‘plangan edi.
MA’LUMOT UCHUN
1920-yil yanvar oyidan Xivaga qarshi hujumga o‘tgan sovetlar fevral oyining boshlarigacha bir qator shaharlarni qo‘lga kiritadilar. Natijada Said Abdullaxon taxtdan voz kechadi.
1920-yilning 27–30-aprel kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan xalq vakillari Butunxorazm qurultoyi xonlik tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy shuningdek, 15 kishidan iborat hukumat – Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz Yusupov uning birinchi raisi bo‘ldi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1917-yil — Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qildilar.
- 1917-yilning — 1917-yilning 4-aprel kuni xon devonxonasi ro‘parasida bir necha ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.
- 1917-yil — 1917-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tgan Majlisning birinchi sessiyasida 30 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi.
- 1917-yil — 1917-yil oktyabr to‘ntarishidan keyin Rossiyada bolsheviklar hukumatni qo‘lga kiritdi.
- 1918-yilning — Saroyda mavqeyini oshirib olgan Junaydxon 1918-yilning oktyabr oyida davlat to‘ntarishini amalga oshirdi va Nurullaboy saroyida Asfandiyorxonga suiqasd uyushtirdi.
- 1920-yil — 1920-yil yanvar oyidan Xivaga qarshi hujumga o‘tgan sovetlar fevral oyining boshlarigacha bir qator shaharlarni qo‘lga kiritadilar.
- 1920-yilning — 1920-yilning 27–30-aprel kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan xalq vakillari Butunxorazm qurultoyi xonlik tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi.
- 4-aprel — 1917-yilning 4-aprel kuni xon devonxonasi ro‘parasida bir necha ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.
- 5-aprel — Xon Polvonniyoz Hoji Yusupov va Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi va 5-aprel kuni Yosh xivaliklar taqdim etgan manifestni imzoladi.
- 26-aprelda — 1917-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tgan Majlisning birinchi sessiyasida 30 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi.
Bilimingizni sinang
Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar manifestini imzolashni qaysi yilgi fevral voqealaridan keyin talab qildilar?
- 1917-yil
- 1916-yil
- 1918-yil
- 1905-yil
To‘g‘ri javob: 1917-yil. Talab Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan keyin qo‘yilgan.
Muhammad Rahimxon II vafotidan so‘ng taxtni egallagan o‘g‘li Asfandiyorxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1900–1910-yillarda
- 1918–1920-yillarda
- 1910–1918-yillarda
- 1905–1917-yillarda
To‘g‘ri javob: 1910–1918-yillarda. Asfandiyorxon 1910–1918-yillarda xon bo‘lgan.
1917-yil fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklar Asfandiyorxondan nimani talab qildilar?
- Islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni
- Rossiya bilan tuzilgan shartnomani darhol bekor qilishni
- Xonlik qo‘shinini zudlik bilan tarqatib yuborishni
- Taxtdan voz kechib, hokimiyatni o‘g‘liga topshirishni
To‘g‘ri javob: Islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni. Ular islohotlar haqidagi manifestni imzolashni talab qilgan.
Asfandiyorxon 1917-yil aprelida islohotlar to‘g‘risidagi manifestni imzolashga qaysi voqeadan keyingi talab sabab bo‘ldi?
- Xiva xonligida davlat mablag‘lari sarflanishi bo‘yicha xon xazinasining bo‘shab qolishi
- Turkman qabilalari sardorining xonlikka qarshi chiqishi
- Xonning konservativ kuchlar tomonidan taxtdan ag‘darilishi
- Rossiyadagi fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklarning talabi
To‘g‘ri javob: Rossiyadagi fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklarning talabi. Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklar xondan islohotlar manifestini imzolashni talab qilgan.
Yosh xivaliklar manifestida ko‘zda tutilgan davlat tuzumining mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
- Xon hokimiyati bekor qilinib, respublika tuzilishi
- Xon hokimiyati saqlanib, lekin Majlis va Nozirlar kengashi bilan cheklanishi
- Xon hokimiyatining mutlaq kuchayishi va Majlisning maslahat organiga aylanishi
- Hokimiyatning to‘liq turkman sardorlariga o‘tishi
To‘g‘ri javob: Xon hokimiyati saqlanib, lekin Majlis va Nozirlar kengashi bilan cheklanishi. Islohotlar xon hokimiyatini saqlagan holda uni Majlis va Nozirlar kengashi bilan cheklovchi konstitutsiyaviy monarxiyani ko‘zda tutgan.
Xiva xoni devonxonasi ro‘parasida bir necha ming kishilik namoyish 1917-yilning qaysi sanasida bo‘ldi?
- 4-aprel
- 14-aprel
- 24-mart
- 4-may
To‘g‘ri javob: 4-aprel. Namoyish 1917-yil 4-aprelda bo‘lib o‘tgan.
Xiva xoni Yosh xivaliklar taqdim etgan manifestni aprelning qaysi kuni imzoladi?
- 5-aprel
- 7-aprel
- 9-aprel
- 3-aprel
To‘g‘ri javob: 5-aprel. Xon manifestni 5-aprel kuni imzolagan.
Xorazmda Majlisning birinchi sessiyasi 1917-yilning qaysi sanasida bo‘lib o‘tdi?
- 26-aprelda
- 16-aprelda
- 6-aprelda
- 26-mayda
To‘g‘ri javob: 26-aprelda. Majlisning birinchi sessiyasi 1917-yil 26-aprelda o‘tgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash