Turkiston muxtoriyati
TURKISTON MUXTORIYATI TURKISTON MUXTORIYATI
- Muxtoriyat uchun kurash.
- Muxtoriyatning tugatilishi.
- Qo‘qon fojiasi.
MA’LUMOT UCHUN
1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.Turkistonni boshqarish shakli to‘g‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi.
Qurultoy qatnashchilari muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini qo‘llabquv vatlashdi. 27-noyabrda tashkil topgan hukumat Turkiston Muxtoriyati deb ataldi. Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy majlisi qo‘lida jamlandi.
Shu tariqa, o‘lkada ikki hokimiyatchilik yuzaga keldi. Ularning biri millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi huquqini yoqlagan, milliy davlat mustaqilligini tiklashga qattiq bel bog‘lagan taraqqiyparvar ziyolilar, ishbilarmonlar hukumati, ikkinchisi, Rossiya imperiyasi hukmronligini yangicha sharoitlarda saq lab qolish siyosatini yuritgan bolsheviklar edi.
MA’LUMOT UCHUN
Demokratik musulmon ziyolilari talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli ishtirok etdilar. Qurultoyning 27-noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi».
«27-noyabr Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati umumiy musulmon syezdida e’lon qilindi. Muborak va xayrli bo‘lsin! Kamina ham majlisda bo‘lushdan iftixor etaman. Yashasin Turkiston muxtoriyati!»
MA’LUMOT UCHUN
Behbudiy. «Hurriyat» gazetasi, 1917-yil.
Oldiniga bolsheviklar Turkiston Muxtoriyati hukumatining ta’sir doirasini cheklash va uni tugatish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmagan. Ular 1918-yil 19-yanvardagina Orenburgni qo‘lga olib, Moskva bilan Turkiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovini tiklaganlaridan so‘ng Toshkentga qurol-yarog‘ yetkazib berish imkoniga ega bo‘ladilar. Toshkentdagi bolsheviklar bundan ruhlanib, 1918-yil 31-yanvarda Qo‘qondagi Turkiston Muxtoriyati hukumatini tarqatib yuborish haqida qaror qabul qiladilar.
IJODIY FAOLIYAT
Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz g‘asb qilindi, huquqimizg‘a tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz oyog‘lar ostig‘a olindi, to‘zimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug‘ga bo‘yunsundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashunturdik, imonlarimizga avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!
IJODIY FAOLIYAT
Fitrat. «Hurriyat», 1917-yil.
Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da’vat etdi.
MULOHAZA UCHUN
Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq o‘rtasida katta e’tibor qozondi. Fitrat, Cho‘lpon, Hamza singari o‘zbek xalqining otashin shoirlari muxtoriyat hukumatini alqab, o‘tli she’rlar bitishdi. Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan 27-noyabr tunini «Milliy laylatulqadrimiz» deb atadi. Turkiston o‘lkasining turli shahar va qishloqlarida muxtoriyatni olqishlab, ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. O‘sha davrda chiqqan gazetalarning yozishicha, namoyish qatnashchilarining bayroqlarida «Yashasin Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» deb yozilgan so‘zlar hilpirab turardi.
MA’LUMOT UCHUN
O‘lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati, afsuski, uzoq qa cho‘zilmadi. Bolsheviklar va Toshkent Soveti (rahbari: Ivan Tobolin) unga katta xavf deb qaradilar hamda zudlik bilan tugatishga harakat qildilar. Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining 1918-yil 19–26-yanvarda bo‘lib o‘tgan favqulodda IV syezdida Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi.
Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti 1918-yil 30-yanvar kuni harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil gvardiyachilardan tashqari yollangan qurolli guruhlardan ham keng foydalandi. Natijada Qo‘qon shahrida ko‘plab aholi halok bo‘ldi. Turkiston Muxtoriyati esa harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tugatildi.
MA’LUMOT UCHUN
1918-yil 22-fevralda Qo‘qon shahridagi Rus–Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Ushbu shartnomaning 2-moddasida: «Aholi o‘lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyati va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi», deb yozilgan edi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1917-yil — 1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.Turkistonni boshqarish shakli to‘g‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi.
- 1917-yil — «Hurriyat» gazetasi, 1917-yil.
- 1918-yil — Ular 1918-yil 19-yanvardagina Orenburgni qo‘lga olib, Moskva bilan Turkiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovini tiklaganlaridan so‘ng Toshkentga qurol-yarog‘ yetkazib berish imkoniga ega bo‘ladilar.
- 1918-yil — Toshkentdagi bolsheviklar bundan ruhlanib, 1918-yil 31-yanvarda Qo‘qondagi Turkiston Muxtoriyati hukumatini tarqatib yuborish haqida qaror qabul qiladilar.
- 1918-yil — Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining 1918-yil 19–26-yanvarda bo‘lib o‘tgan favqulodda IV syezdida Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi.
- 1918-yil — Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti 1918-yil 30-yanvar kuni harbiy harakatlarni boshladi.
- 1918-yil — 1918-yil 22-fevralda Qo‘qon shahridagi Rus–Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi.
- 28-noyabrda — 1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.Turkistonni boshqarish shakli to‘g‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi.
- 27-noyabrda — 27-noyabrda tashkil topgan hukumat Turkiston Muxtoriyati deb ataldi.
- 27-noyabr — Qurultoyning 27-noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi…
Bilimingizni sinang
Qo‘qonda Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi qaysi yilning noyabrida bo‘lib o‘tdi?
- 1916-yil
- 1917-yil
- 1918-yil
- 1919-yil
To‘g‘ri javob: 1917-yil. Qurultoy 1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qonda o‘tgan.
Qo‘qondagi favqulodda IV qurultoy 1917-yil 26-noyabrda boshlanib, qaysi kuni yakunlandi?
- 28-noyabrda
- 30-noyabrda
- 27-dekabrda
- 25-noyabrda
To‘g‘ri javob: 28-noyabrda. Qurultoy 26–28-noyabrda o‘tgan, ya’ni 28-noyabrda yakunlangan.
1917-yil noyabrida Turkiston Muxtoriyati deb atalgan hukumat qaysi sanada tashkil topdi?
- 7-noyabrda
- 29-noyabrda
- 17-noyabrda
- 27-noyabrda
To‘g‘ri javob: 27-noyabrda. Turkiston Muxtoriyati hukumati 27-noyabrda tashkil topgan.
Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi qayerda va qachon bo‘lib o‘tdi?
- 1917-yil 26–28-noyabrda Toshkentda
- 1918-yil 19–26-yanvarda Qo‘qonda
- 1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qonda
- 1917-yil 26–28-noyabrda Samarqandda
To‘g‘ri javob: 1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qonda. Qurultoy Qo‘qon shahrida 1917-yil 26–28-noyabrda o‘tgan.
Turkiston Muxtoriyati deb atalgan hukumat qachon tashkil topdi?
- 1917-yil 27-noyabrda
- 1917-yil 26-noyabrda
- 1918-yil 19-yanvarda
- 1918-yil 22-fevralda
To‘g‘ri javob: 1917-yil 27-noyabrda. 27-noyabrda tashkil topgan hukumat Turkiston Muxtoriyati deb atalgan.
Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat kimlarning qo‘lida jamlandi?
- Toshkent Soveti va Xalq Komissarlari Soveti
- Senat va Xalq majlisi
- Qo‘qon xoni va uning vazirlari
- Muvaqqat kengash va Turkiston Milliy majlisi
To‘g‘ri javob: Muvaqqat kengash va Turkiston Milliy majlisi. Hokimiyat Muvaqqat kengash va Turkiston Milliy majlisi qo‘lida jamlangan.
Quyidagi voqealarni sodir bo‘lish tartibi bo‘yicha joylashtiring: 1) Qo‘qonda «tinchlik shartnomasi» imzolanishi; 2) bolsheviklarning Orenburgni qo‘lga olishi; 3) Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi; 4) Muxtoriyatga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi.
- 3–2–4–1
- 3–4–2–1
- 2–3–4–1
- 3–2–1–4
To‘g‘ri javob: 3–2–4–1. Hukumat 1917-yil 27-noyabrda tuzilgan, Orenburg 1918-yil 19-yanvarda olingan, harbiy harakatlar 30-yanvarda boshlangan, shartnoma 22-fevralda imzolangan.
Turkistonda yuzaga kelgan ikki hokimiyatchilikning tomonlari maqsadlari qanday farqlangan?
- Muxtoriyat hukumati Rossiya hukmronligini saqlashni yoqlagan, bolsheviklar esa milliy mustaqillik tarafdori bo‘lib, mahalliy aholi huquqlarini himoya qilgan
- Muxtoriyat hukumati milliy davlat mustaqilligini tiklashni yoqlagan, bolsheviklar esa Rossiya hukmronligini yangicha sharoitda saqlab qolishga intilgan
- Ikkala tomon ham o‘lkani Rossiyadan butunlay ajratib, alohida xonlik tiklashni maqsad qilgan, farq faqat boshqaruv shakli va rahbarlar tarkibida bo‘lgan
- Muxtoriyat hukumati faqat savdo erkinligini, bolsheviklar esa faqat diniy erkinlikni yoqlab, boshqa siyosiy talablarga e’tibor bermagan
To‘g‘ri javob: Muxtoriyat hukumati milliy davlat mustaqilligini tiklashni yoqlagan, bolsheviklar esa Rossiya hukmronligini yangicha sharoitda saqlab qolishga intilgan. Taraqqiyparvar ziyolilar va ishbilarmonlar hukumati o‘z taqdirini o‘zi belgilashni yoqlagan; bolsheviklar Rossiya hukmronligini yangicha sharoitda saqlamoqchi bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash