XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 18

Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining o‘rnatilishi

TURKISTON O‘LKASIDA TURKISTON O‘LKASIDA SOVET HOKIMIYATI BOSHQARUV SOVET HOKIMIYATI BOSHQARUV TIZIMINING O‘RNATILISHI TIZIMINING O‘RNATILISHI

MULOHAZA UCHUN BUGUN DARSDA

tomonidan xususiy mulkni tugatish ishlari.

Savollar: 1. Bolsheviklar hokimiyatiga Turkistonda «sovet avtonomiyasi»ni o‘rnatishdan qanday manfaatdorlik bor edi? 2. 1918-yil Buxoro va Xiva davlatlarining chegaralarini xaritadan ko‘rsating. 3. Buxoro va Xiva xonligidan tashqari hududlarda qanday boshqaruv tarkibi mavjud edi? Bu hududlar kim tomonidan va qanday boshqarilgan?

MA’LUMOT UCHUN

Sovet hokimiyati Rossiyaga tegishli bo‘lgan chekka o‘lkalar, shu jumladan, Turkistonda ham «sovet avtonomiyasi» o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu ishni bajarish uchun sovet Rossiyasi poytaxti Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkiston o‘lkasiga yuborildi.

Turkiston Muxtoriyatini tor-mor etilishi va bu yerdagi siyosiy vaziyat Moskva e’tiborini Turkistonga qaratdi. Sovet hukumatining topshirig‘i bilan bolshevik P. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib Toshkentga jo‘natildi.

1918-yil 30-aprelda «Rossiya Sovet federatsiyasi (RSFSR)ning Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom» qabul qilindi.

Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti va Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya idoralari, mahalliy idoralar tuzilishi, vazifalari va ularning RSFSR bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi.

MA’LUMOT UCHUN

Ushbu nizomga ko‘ra, RSFSR tarkibida Turkistonda avtonom respublika – Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston ASSR) tuzilganligi e’lon qilindi. Unga Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud kirdi.

Nizomda: «Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, o‘z xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan muvofiqlashtiradi», – deb qayd etildi. Moskva yana bir idora – Turkiston komissiyasini tuzadi. Turkiston ASSRdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq barcha muhim masalalar ularning roziligi bilangina hal etila boshlangan.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Turkiston ASSR qanday tuzilma edi? U nima maqsadda tashkil etilgan? 2. Moskva Turkiston komissiyasini tuzishdan maqsadi nima bo‘lgan deb o‘ylaysiz? Nima uchun? 3. Turkiston ASSRdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar Turkiston komissiyasi roziligi bilangina hal etilsa, mamlakat mustaqil bo‘ladimi? 4. Bu masala «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi» chaqirig‘iga qanchalik to‘g‘ri keladi?

MA’LUMOT UCHUN

topshirgan (oziq-ovqat razvyorstkasi, ya’ni taqsimoti); • davlat oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini taqsimlashni o‘z qo‘liga olgan; bozor yo‘qotilib, pul muomalasi natura (mahsulotlar) bilan almashtirildi; • mehnatga yaroqli barcha aholi majburiy mehnatga jalb qilindi

(mehnat militarizatsiyasi) va boshqalar.

Turkiston o‘lkasidan Markazga oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqib ketish tobora kuchaydi. 1920-yilda tashib ketilayotgan non mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat turlarining miqdori bir necha marta ko‘paygan.

MA’LUMOT UCHUN

O‘sha paytda don yetishtirishga ixtisoslashmagan Turkiston qishloq xo‘jaligi uchun bu katta miqdordagi hosil hisoblangan. Xalq ochlikdan qirilayotgan bir mahalda Turkistondagi oziq-ovqat zaxiralaridan bolsheviklar o‘zlarining harbiy maqsadlari uchun foy dalangan.

«Harbiy kommunizm» siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra xalqqa qarshi qaratilgan bo‘lib, sotsializm qurish usuli sifatida mutlaqo yaroqsiz edi. Sovet hokimiyati Turkistondagi barcha fabrika-zavodlarni o‘z egalari qo‘lidan tortib olib, undan avvalo mudofaaga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalandi. «Harbiy kommunizm» siyosati natijasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan jamiyatlar tarqatib yuborildi. Yirik va o‘rta sanoat korxonalari bilan birgalikda banklar, temiryo‘l transporti, bosmaxonalar davlat hisobiga o‘tkazildi.

IJODIY FAOLIYAT

Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida quyidagi savollarga javob bering:

Savollar: 1. «Harbiy kommunizm» siyo satining mohiyati nimadan iborat edi? 2. Rossiyaning o‘zida bu siyosat qanday amalga oshirildi? 3. Nima uchun bolsheviklar sovet hokimiyatining dastlabki davri (1918– 1920)da yuritgan siyosati «harbiy kommunizm» deb nomlagan?

Angren konidagi shaxtyor

Xususiy mulk egalari tekinxo‘rlar deb e’lon qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum etildi. Bozor munosabatlari rad etildi. 1921-yil ko‘klamiga kelib mamlakatning iqtisodiy munosabatlarida keskin o‘zgarishlar yuzaga keldi.

NEP (Yangi iqtisodiy siyosat)ning asosi iqtisodiyot, xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab chiqaruvchiga, avvalo dehqonlarga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi.

IJODIY FAOLIYAT

Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish maqsadida O‘rta Osiyoda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Yer-suv islohoti boy xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazish, katta yer egaligini yo‘qotib, yerlarni yersiz va kam yerli dehqonlar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlashdan iborat edi.

Islohotning dastlabki natijasiga ko‘ra yer tuzish jamg‘armasiga 1.722.626 desyatina yer qo‘shildi. Biroq sovet hokimiyati tomonidan ana shu resurslardan mahalliy aholiga faqat 600.000 desyatina yer ekin ekish va yaylovlar uchun ajratildi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida quyidagi savollarga javob bering: 1. NEP qachon qabul qilindi? 2. NEP dasturidan ko‘zlangan maqsad nima edi? 3. NEP Turkiston o‘lkasiga qanday ta’sir qildi?

O‘rta Osiyoda Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish 1921–1922-yillardan boshlandi. Dastlab Turkiston ASSR va Qozog‘iston ASSRda Yettisuv, Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida katta yer egaligi yo‘qotildi. Mazkur islohot jarayonida vaqf yerlari ham tugatila boshlandi.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Turkistonda sovet avtonomiyasini tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad nima edi? 2. Turkiston sovet avtonomiyasi mazmunan va mohiyatan nega mahalliy aholining tub manfaatlariga javob berolmas edi? 3. Turkiston Kompartiyasini tuzish zaruriyati qanday sabablar bilan bog‘liq edi? 4. Turkkomissiya faoliyati haqida nimalar deya olasiz? 5. Yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishdan kuzatilgan asosiy maqsadlarni bilasizmi? 6. Turkistonda o‘tkazilgan yer-suv islohotining birinchi bosqichida nimalarga asosiy e’tibor qaratildi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Sovet hokimiyati Turkistonda qanday nomdagi boshqaruvni o‘rnatishga qattiq kirishdi?
  1. sovet kondominiumi
  2. sovet avtonomiyasi
  3. sovet mandati
  4. sovet protektorati

To‘g‘ri javob: sovet avtonomiyasi. Sovet hokimiyati chekka o‘lkalar qatorida Turkistonda ham «sovet avtonomiyasi» o‘rnatishga kirishdi.

RSFSRning Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizomi 1918-yilning qaysi kuni qabul qilindi?
  1. 12-may
  2. 30-aprel
  3. 28-iyun
  4. 18-mart

To‘g‘ri javob: 30-aprel. Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom 1918-yil 30-aprelda qabul qilindi.

RSFSRning Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizomi qaysi sanada qabul qilingan?
  1. 1917-yil 30-aprelda
  2. 1918-yil 30-oktabrda
  3. 1918-yil 30-aprelda
  4. 1920-yil 30-aprelda

To‘g‘ri javob: 1918-yil 30-aprelda. Nizom 1918-yil 30-aprelda qabul qilingan.

Sovet hukumati topshirig‘i bilan O‘rta Osiyoning favqulodda komissari sifatida Toshkentga kim jo‘natilgan?
  1. P. Kobozev
  2. F. Kolesov
  3. V. Lenin
  4. M. Frunze

To‘g‘ri javob: P. Kobozev. Bolshevik P. Kobozev favqulodda komissar qilib Toshkentga jo‘natilgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. 1) NEPga o‘tish (1921-yil ko‘klami) 2) Turkiston ASSR haqidagi Nizomning qabul qilinishi 3) Turkiston Muxtoriyatining tor-mor etilishi 4) «Harbiy kommunizm» yillarining tugashi (1920)
  1. 2–3–4–1
  2. 3–2–4–1
  3. 3–2–1–4
  4. 3–4–2–1

To‘g‘ri javob: 3–2–4–1. Avval Muxtoriyat tor-mor etildi, so‘ng 1918-yil 30-aprelda Nizom qabul qilindi, 1918–20 harbiy kommunizm, 1921 NEP.

Turkiston ASSR tarkibiga qaysi hududlar kirmagan?
  1. Sirdaryo va Samarqand viloyatlari
  2. Farg‘ona va Yettisuv viloyatlari
  3. Toshkent shahri va uning atrofi
  4. Buxoro amirligi va Xiva xonligi

To‘g‘ri javob: Buxoro amirligi va Xiva xonligi. Turkiston ASSRga Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari butun hudud kirgan.

Moskva Turkiston ASSRdagi muhim masalalarni nazorat qilish uchun qaysi idorani tuzgan?
  1. Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti
  2. Turkiston komissiyasi
  3. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti
  4. Turkiston Kompartiyasi

To‘g‘ri javob: Turkiston komissiyasi. Moskva yana bir idora – Turkiston komissiyasini tuzgan.

Turkiston komissiyasi tuzilgandan keyin Turkiston ASSRning mustaqilligi amalda qanday bo‘lib qolgan?
  1. Cheklangan: muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalar komissiya roziligi bilan hal etilgan
  2. To‘liq: Turkiston ASSR barcha siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalarni komissiyasiz o‘zi hal qilgan
  3. Faqat iqtisodiy masalalarda cheklangan, siyosiy va madaniy masalalarda esa to‘liq erkin bo‘lgan
  4. Turkiston ASSR RSFSRdan ajralib chiqib, komissiya esa o‘z vakolatlarini butunlay yo‘qotgan

To‘g‘ri javob: Cheklangan: muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalar komissiya roziligi bilan hal etilgan. Barcha muhim masalalar komissiya roziligi bilan hal etilgani avtonomiyani rasmiy bo‘lib qoldirgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkiston muxtoriyatiKeyingi →Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli hara- katlar