XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 19

Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli hara- katlar

TURKISTON ASSR, BXSR VA TURKISTON ASSR, BXSR VA XXSR XXSRda da SOVET HOKIMIYATIGA SOVET HOKIMIYATIGA QARSHI QUROLLI HARAKATLAR QARSHI QUROLLI HARAKATLAR

BUGUN DARSDA

MULOHAZA UCHUN

Turkiston muxtoriyatining tugatilishi natijasida o‘lkada sovet hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshlangan. Milliy-ozodlik harakati uzluksiz sal kam 20 yil, 1918–1935-yillargacha davom etgan. Ularga Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Ibrohimbek, Fuzayl Maxsum singari milliy yetakchilar bosh bo‘lganlar.

Istiqlolchilik harakati goh kuchayib, goh pasayib turgan. Harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi uchun kurash bo‘lib qolaverdi.

MA’LUMOT UCHUN

Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi kurash 1918-yil fevral oyi oxirlarida boshlandi. Harakatning bosh g‘oyasi Turkiston mustaqilligi edi. Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozining oxiri va kuzida o‘zining eng yuqo ri cho‘qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinning sovet hukumatiga qarshi hujumi Farg‘ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 12-oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo‘lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.

Istiqlolchilar harakati a’zolarining uchrashuvi. 1921-yil. Farg‘ona

Hukumat tarkibiga 16 nafar mahalliy aholi vakili kiritilgan edi. Madaminbek hukumat boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni etib ham tayinlandi.

MA’LUMOT UCHUN

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida 20 000, Katta Ergash qo‘rboshida 8 000 nafar askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar. Farg‘ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo‘shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi. Katta Ergash qo‘rboshining qo‘shini mag‘lubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib, Oloy vohasiga chekindi.

Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarashish muzokaralarini boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i N. Veryovkin-Roxalskiy o‘rtasida 1920-yil 6-martda Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 1920-yil mayda sovet qo‘mondonligi tomonidan qo‘rboshilar o‘rdasiga yuborilgan Madaminbek noaniq vazi yatda o‘ldirildi. Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda ham qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.

BILASIZMI?

BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Usmon Xo‘ja, harbiy ishlar noziri Abdulhamid Oripov hamda Muhiddin Maxsum Xo‘jayev, Ali Rizo Afandi, Surayyo Afandi, Qulmuhamedov va boshqa milliy rahbar xodimlar o‘z lavozimlarini tark etib, muxolifatdagi qurolli harakat saflariga o‘tib ketgani ko‘p narsadan dalolat beradi.

MA’LUMOT UCHUN

Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darilgach, 1920-yil sentyabr oyida Sharqiy Buxoro (Ko‘lob, Kalif, Baljuvon viloyatlari)ga kelgan sobiq amir Olimxon katta kuch to‘plab, qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qildi. 1921-yil mart oyida bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon Afg‘oniston davlatiga o‘tib ketdi.

G‘arbiy Buxoro hududida Mulla Abdulqahhor, Sharqiy Buxoro hududida Ibrohimbek va Davlatmandbek kabi qo‘rboshilar harakatga rahbarlik qilishdi.

Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to‘plandi va qizil armiyaga qarshi jangovar harakatlar olib borildi. Uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismida 20 nafar qo‘rboshi birlashgan. Mulla Abdulqahhor qo‘rboshi 1924-yilning oxirida Qizilqumda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida halok bo‘ldi.

MA’LUMOT UCHUN

Ibrohimbek qo‘l ostidagi Sharqiy Buxoro hududida yangi Buxoro hukumati tugatilib, uning o‘rniga amirlik davridagi boshqaruv usuli joriy qilingan. Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi tomonidan Ibrohimbek bilan boshqa qo‘rboshi guruhlari o‘rtasida nizo chiqarish uchun tavsiyalar beriladi. Shunga qaramay, Ibrohimbek qo‘rboshi ko‘p yillar davomida Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi fidokorona kurashdi.

Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan generallar – Anvar Posho va Salim Posho alohida ajralib turadi. Anvar Posho 1921-yilning kuzida Mulla Nafis qo‘rboshi bilan uchrashib, maxsus bayonot bilan chiqadi hamda turkistonliklar va buxoroliklarning sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi kurashiga qo‘shilganligini e’lon qiladi. Anvar Poshoning sa’y-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan qismlar tashkil etildi va u turk zobitlari bilan mustahkamlandi, g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi. Anvar Posho 1922-yil avgustda Sharqiy Buxoroning Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog‘ida qizil askarlarga qarshi bo‘lgan jangda halok bo‘ldi.

MA’LUMOT UCHUN

Istiqlolchilar

MA’LUMOT UCHUN

Xorazmda Junaydxon boshchiligidagi qurolli guruhlar safida turkman va o‘zbeklardan tashqari qozoq va qoraqalpoqlar ham ko‘pchilik edi. Ko‘hna Urganch, Toshhovuz, Mang‘it, Qo‘shko‘pir, Chimboy, Qo‘ng‘irot va To‘rtko‘lda harakat qilgan o‘nlab sardorlarning guruhlari qizil askarlarga jiddiy zarba bergan. Junaydxon tarix sahifalarida murakkab va ziddiyatli shaxs sifatida bitilgan. U avval Rossiya imperiyasi va Xiva xonligiga qarshi kurashgan bo‘lsa, 1918-yil o‘rtalaridan e’tiboran qizil askarlarga qarshi mustaqillik uchun jangga kirgan.

Junaydxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining 20 nafar hamrohi bilan Afg‘onistondagi Hirot shahriga yetib keldi. Manbalarda aytilishicha, u bu yerda turib o‘z qo‘shinlari safini to‘ldirishga tayyorlangan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, Junaydxon XXSR hududiga qaytib keldi va istiq lolchilik harakatiga boshchilik qilishda davom etdi.

MA’LUMOT UCHUN

Harakatning mohiyatini sovet qo‘mondonligi vakillari ham e’tirof etishga majbur bo‘ldilar. Turkiston frontining qo‘mondoni M. Frunze: «Bosmachilikka qarshi kurash tamomila yangi, ayricha xususiyati bo‘lgan, o‘ziga xos dushman bilan kurash demakdir», deb yozgan edi. Uning gapiga ko‘ra «Yo‘qolsin sovet hokimiyati!» va «Mustaqil bir musulmon davlatini tuzamiz!» iboralari harakatning lo‘nda g‘oyasini ifodalardi.

1921-yil iyun–sentyabr oylarida vodiyda 200 dan ortiq qo‘rboshi guruhlari harakat qilgan.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Istiqlolchilik harakatining eng zaif tomoni nimalardan iborat bo‘lgan deb o‘ylaysiz? 2. Matnni o‘qib fikr bildiring. «... Turkiston marvaridi bo‘lgan Farg‘ona ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri qonli urush maydoni holatidadir... Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerlik ishchi, dehqon ommalarini o‘ziga tortish o‘rniga mehnatkash xalqni o‘zidan uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qildi...

Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba’zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arz-u dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda vujudga keldi».

IJODIY FAOLIYAT

M. Frunze

MA’LUMOT UCHUN

1924-yil kuzida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida qurolli kurashning birinchi davri yakunlandi.

Uning ikkinchi davri (1925–1935-yillar) esa yana 10 yil davom etib, o‘zining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrdagidan ancha farq qiladi.

Bu davrda asosan Sharqiy Buxoro, Xorazm vohasi va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida janglar davom etdi. 1935-yilga kelib Turkistondagi istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatga uchradi. Tirik qolgan kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir bo‘lib jo‘nab ketishga majbur bo‘ldi.

Istiqlolchilik harakatining eng zaif tomoni uning Turkiston mintaqasida yagona markaz ostida to‘liq birlasha olmaganligi va harbiy tayyorgarlikning yetarli darajada emasligida edi.

MA’LUMOT UCHUN

Shuningdek, istiqlolchilik harakatiga aloqador bo‘lmagan ba’zi jinoiy to‘dalar talonchilik va bosqinchilik bilan shug‘ullanib, ko‘plab begunoh aholini o‘ldirishdi. Bundan qizil armiya qo‘mondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus josuslar, turli ayg‘oqchilar va sotqinlar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, ba’zi guruhlar rahbarlari o‘rtasidagi tarqoqlik va o‘zaro ixtiloflarni yanada avj oldirish ga urindilar.

Sovet davrida ushbu istiqlol harakatining vakillari «bosmachilar» deb atalgan.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Qanday sabablar Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni keltirib chiqardi? 2. Farg‘onadagi harakat rahnamolari orasida kimlarning nomlarini alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz? 3. Madaminbek shaxsini qanday baholaysiz? 4. Samarqanddagi harakat rahnamolari orasida kimlarning nomlarini alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz? 5. Vodiy qo‘rboshilarining bir-birlari bilan yetarli darajada birlasha olmaganligining sabablarini qanday izohlaysiz? 6. Nima sababdan BXSR hukumati a’zolarining ayrimlari qo‘rboshilar tomoniga o‘tib ketdilar? 7. Buxoro va Xorazmda qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatining boshlanishiga nimalar sabab bo‘ldi? 8. Istiqlolchilik harakatining mag‘lubiyatga uchrashi bilan bog‘liq omillarni sanab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Turkistondagi milliy-ozodlik harakati uzluksiz sal kam 20 yil, qaysi yillar oralig‘ida davom etgan?
  1. 1917–1930-yillar
  2. 1918–1935-yillar
  3. 1920–1940-yillar
  4. 1919–1929-yillar

To‘g‘ri javob: 1918–1935-yillar. Milliy-ozodlik harakati 1918–1935-yillargacha davom etgan.

Turkistondagi milliy-ozodlik (istiqlolchilik) harakati qaysi yillar oralig‘ida uzluksiz davom etgan?
  1. 1918–1935-yillar
  2. 1917–1924-yillar
  3. 1919–1930-yillar
  4. 1920–1940-yillar

To‘g‘ri javob: 1918–1935-yillar. Harakat sal kam 20 yil, 1918–1935-yillargacha davom etgan.

Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli kurash qaysi voqea natijasida boshlangan?
  1. Qizil armiyaning Xivaga kirib kelishi
  2. Turkiston muxtoriyatining tugatilishi
  3. Buxoro amirligining ag‘darilishi
  4. Milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishi

To‘g‘ri javob: Turkiston muxtoriyatining tugatilishi. Turkiston muxtoriyatining tugatilishi o‘lkada qurolli kurashni boshlab bergan.

Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi kurash qaysi yilning fevral oyi oxirlarida boshlandi?
  1. 1918-yil
  2. 1920-yil
  3. 1917-yil
  4. 1919-yil

To‘g‘ri javob: 1918-yil. Sovet hokimiyatiga qarshi kurash 1918-yil fevral oyi oxirlarida boshlangan.

Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati qaysi yilning yozi oxiri va kuzida eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi?
  1. 1919-yil
  2. 1920-yil
  3. 1921-yil
  4. 1918-yil

To‘g‘ri javob: 1919-yil. Farg‘ona vodiysidagi harakat 1919-yil yozi oxiri va kuzida cho‘qqiga chiqdi.

Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati 1919-yilning qaysi kuni tuzildi?
  1. 5-oktyabr
  2. 12-oktyabr
  3. 30-oktyabr
  4. 21-oktyabr

To‘g‘ri javob: 12-oktyabr. Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati Ergashtom ovulidagi anjumanda 12-oktyabrda tuzilgan.

Madaminbek boshchiligidagi Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tarkibiga necha nafar mahalliy aholi vakili kiritilgan?
  1. 20 nafar
  2. 12 nafar
  3. 16 nafar
  4. 24 nafar

To‘g‘ri javob: 16 nafar. Hukumat tarkibiga 16 nafar mahalliy aholi vakili kiritilgan.

1919-yil 12-oktyabrda Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgan anjuman qayerda o‘tgan?
  1. Andijonning Asaka qishlog‘ida
  2. Marg‘ilonning Yozyovon ovulida
  3. Pomirning Ergashtom ovulida
  4. O‘shning Oltinko‘l ovulida

To‘g‘ri javob: Pomirning Ergashtom ovulida. Anjuman Pomirning Ergashtom ovulida bo‘lib o‘tgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining o‘rnatilishiKeyingi →O‘rta Osiyoda hududiy chegaralanish