XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 20

O‘rta Osiyoda hududiy chegaralanish

O‘RTA OSIYODA O‘RTA OSIYODA HUDUDIY CHEGARALANISH HUDUDIY CHEGARALANISH

Savollar: MULOHAZA UCHUN BUGUN DARSDA 7-sinf «O‘zbekiston tarixi» darsligidan o‘lkamiz qachondan boshlab «Turkiston» nomi bilan atala boshlanganini eslang. O‘lkamiz hududining bunday nomlanganligi bo‘yicha qanday omillar mavjud?

garalanish. • TASSR, BXSR va XXSRlar ning tugatilishi. • O‘zbekiston SSRning tash kil topishi.

MA’LUMOT UCHUN

Turor Risqulov

O‘rta Osiyoni hududiy chegaralab bo‘lish masalasi 1924-yil boshlaridan amalga oshirila boshlandi. 1924-yil fevral–iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va Rossiya kommunistlar partiyasi (bolsheviklar) (RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan jadal ish olib borishdi.

Turkiston va Buxoro Kompartiyalari Markaziy Komitetlari huzurida maxsus komissiyalar tuzildi.

Turor Risqulov boshchiligidagi bir guruh milliy kommunistlar 1920-yildayoq turkiy xalqlar yagona bo‘lib, ularning tarixiy ildizlari, dinlari, an’analari va madaniyati mushtarakdir, yagona Turkistonni alohida qismlarga ajratib bo‘lmaydi, degan g‘oyani ilgari surdilar. Biroq Markaz kommunistlari bu fikrni inkor etib, uni «panturkizm», «panislomizm», «burjua millatchiligi va o‘ng og‘machiligi» deb baholadi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: Jahon tarixi darsligidagi ma’lumotlarga tayanib «panturkizm», «panislomizm», «burjua millatchiligi», «kommunist» singari tushunchalarga izoh bering. Ularning o‘lkamiz tarixiga qanday daxldorligi bor?

MA’LUMOT UCHUN

Sovet hokimiyatining chegaralanish siyosatiga dastavval Turkiston ASSR, BXSR va XXSR rahbarlari qarshi bo‘lishgan. 1924-yil fevralda Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasi yuzasidan Fayzulla Xo‘jayev tomonidan yozilgan tezislarni qabul qildi.

Unda RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining bu sohadagi qarashlari xato ekanligi tanqid qilingan edi. 1920-yil 10-martda bo‘lgan Turkiston ASSR MIK va Turkiston Kompartiyasining birlashgan kengashida Sultonbek Xo‘janov, Sanjar Asfandiyorov, N. Paskutskiy kabi partiya xodimlari Sovet Sotsialistik Respublikalarining O‘rta Osiyo federatsiyasini tuzish taklifi bilan chiqdilar.

Shu bilan birga S. Xo‘janov Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidladi.

MA’LUMOT UCHUN

Bundan tashqari, 1923-yil dekabrda Farg‘ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg‘ona muxtor viloyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan edilar. Xullas, munozaralar tobora qizib bordi.

XXSR rahbarlarida ham alohida qarashlar bo‘lgan. 1924-yil 8-mayda bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) MKga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘risida maktub» yuborib, unga Xorazmni chegaralanishga qo‘shmaslikni iltimos qildilar. Ular o‘zlarining shu nuqtayi nazarlarini respublikaning olisda joylashganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar. Bu nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlagan Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibi Qalandar Odinayev 1924-yil iyulda o‘z vazifasidan olib tashlandi va XXSR hududi milliy chegaralanishga tortildi.

MA’LUMOT UCHUN

Sultonbek Xo‘ja nov milliy masalada

«og‘machilik»ka yo‘l qo‘yishda ayblangan va 1937-yil 16-iyun da qamoqqa olingan va otishga hukm qilin gan (1938-yil 8-fevral).

1957-yilda oqlangan.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. S. Xo‘janov Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maq sadga muvofiq emas, deb ta’kidlaganida nimani nazarda tutgan? 2. O‘ylab ko‘ring-chi, sovet hukumatiga nima uchun milliy chegaralanish kerak edi? Bundan ko‘zlangan asosy maqsad nima bo‘lgan?

Xorazm xalq sovet respublikasining gerbi va tangasi

MA’LUMOT UCHUN

1924-yil 15-iyulda RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. O‘zbeklar byurosi tarkibiga Fayzulla Xo‘jayev, Rustam Islomov, Akmal Ikromov, Qori Yo‘ldosh Po‘latov, Muxtorjon Saidjonov, Kalugin a’zo sifatida, Inoyatov nomzod sifatida kiritildi.

1924-yil 12-iyunda I. V. Stalinning taklifi bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosining «O‘rta Osiyo respub likalarini milliy-hududiy chegara lash to‘g‘risida»gi maxsus qarori qabul qilingan.

MULOHAZA UCHUN

Savollar: 1. «Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‘oyasining tashabbuskorlari o‘z fikrlarini Turkistondagi tub xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi va milliy mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar». Yuqoridagi fikrni izohlang. Aslida nima nazarda tutilgan? Javoblaringizni istiqlolchilik harakatlari bilan bog‘lab tushuntiring. 2. Milliy chegaralanish davrida xo‘jalikka oid iqtisodiy omillarning, mavjud suv resurslari va sug‘orish tizimlari umumiy ekanligining hisobga olinmaganligi nimalarga sabab bo‘ldi? 3. Suv resurslari deganda nimalar nazarda tutilgan? 4. Bu chegaralanish O‘zbekistonning iqtisodiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

MULOHAZA UCHUN

1918–1924-yillarda mavjud bo‘lgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an’analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo‘lishgan. Turkistondagi turli davl atlarning har birida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, tojiklar azaldan yonma-yon yashagan. Bu tarixan tarkib topgan mushtarak hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan o‘zlarining yagona Vatani deb bilganlar.

Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatni ko‘proq qaratib, xo‘jalikka oid iqtisodiy omillarni, mavjud suv resurslari va sug‘orish tizimlarining umumiy ekanligiga e’tibor qaratmadilar.

MULOHAZA UCHUN

Xivadagi madrasa hovlisida majlis

MA’LUMOT UCHUN

Turkiston ASSR siyosiy rahbariyati orasidagi yevropaliklar bilan mahalliy xalqlar vakillari o‘rtasidagi ixtiloflar, ayrim mahalliy kommunistlarining guruhbozlik ko‘rinishlari o‘z-o‘zidan Turkiston xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘chirildi.

RKP(b) MK Bosh kotibi I. V. Stalin, RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi raisi Y. Rudzutak va boshqalar O‘rta Osiyoda milliy mojarolar mavjudligini ta’kidlashdan charchashmadi. Xullas, milliy masala Markaz tomonidan sun’iy ravishda bo‘rttirib yuborildi va bu holat yangi tashkil qilinadigan milliy respublikalar va viloyatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgari surildi.

MA’LUMOT UCHUN

1924-yil 27-oktyabrda Moskvada bo‘lgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining III sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy respublikalar tuzish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi.

1924-yil sentyabr–oktyabr oylarida O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishi O‘rta Osiyo respublikalari, RSFSR va SSSRning oliy organlarining qarorlariga muvofiq kuchga kirdi.

UCHUN

O‘rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida oltita milliy davlat birlashmalari tashkil etildi:

9 O‘zbekiston SSR; 9 Turkmaniston SSR; 9 O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR (1929-yilgacha); 9 RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyati; 9 RSFSR tarkibida Qozog‘iston ASSR; 9 Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpoq muxtor viloyati. 9 Keyinchalik Qoraqalpog‘iston ASSR, 1936-yildan O‘zSSR tarkibiga kirgan.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. XXSR vakillari o‘z hududini milliy-hududiy chegaralanishga qo‘shish lozim emasligini nimalar bilan asoslagan edi? 2. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‘oyasining tashabbuskorlari o‘z fikrlarini qanday asosladilar? 3. Sovetlarning O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishdan asosiy maqsadi nima edi? 4. XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoning siyosiy xaritasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 5. Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida qanday respublika va viloyatlar tashkil etildi?

BUGUN DARSDA

hududi va aholisi. • O‘zbekiston SSRda ma’muriy-hududiy bo‘linishlar.

O‘rta Osiyoni milliy chegaralsh komissiyasi

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Turor Risqulov boshchiligidagi milliy kommunistlar turkiy xalqlarning yagonaligi g‘oyasini qaysi yildayoq ilgari surgan?
  1. 1922-yilda
  2. 1923-yilda
  3. 1920-yilda
  4. 1918-yilda

To‘g‘ri javob: 1920-yilda. Risqulov guruhi turkiy xalqlar yagonaligi g‘oyasini 1920-yildayoq ilgari surgan.

O‘rta Osiyoni hududiy chegaralab bo‘lish masalasi qaysi yil boshlaridan amalga oshirila boshlandi?
  1. 1924-yil
  2. 1920-yil
  3. 1929-yil
  4. 1936-yil

To‘g‘ri javob: 1924-yil. Chegaralab bo‘lish masalasi 1924-yil boshlaridan amalga oshirila boshlandi.

1920-yildayoq turkiy xalqlar yagonaligi va yagona Turkistonni bo‘lib bo‘lmasligi g‘oyasini ilgari surgan milliy kommunistlar guruhiga kim boshchilik qilgan?
  1. Fayzulla Xo‘jayev
  2. Turor Risqulov
  3. Sultonbek Xo‘janov
  4. Qalandar Odinayev

To‘g‘ri javob: Turor Risqulov. G‘oyani Turor Risqulov boshchiligidagi milliy kommunistlar guruhi ilgari surgan.

Markaz kommunistlari Risqulov guruhining yagona Turkiston g‘oyasini qanday atamalar bilan baholadi?
  1. «Sotsializm» va «internatsionalizm»
  2. «Liberalizm» va «konservatizm»
  3. «Panturkizm» va «panislomizm»
  4. «Federalizm» va «avtonomizm»

To‘g‘ri javob: «Panturkizm» va «panislomizm». Markaz bu fikrni «panturkizm», «panislomizm» deb baholagan.

Turor Risqulov guruhi bilan Markaz kommunistlarining turkiy xalqlar masalasidagi qarashlari o‘rtasidagi asosiy farq nimada edi?
  1. Risqulov guruhi turkiy xalqlarni alohida davlatlarga bo‘lishni, Markaz esa ularni yagona saqlashni yoqlab, shu asosda bahslashgan
  2. Ikkala tomon ham Turkistonni bo‘lish zarurligini tan olgan, faqat chegaralar va poytaxtlar borasida kelisha olmagan
  3. Risqulov guruhi Turkistonni bo‘lib bo‘lmaydi deb hisoblagan, Markaz esa bu g‘oyani panturkizm va burjua millatchiligi deb baholagan
  4. Risqulov guruhi chegaralanishni qo‘llab-quvvatlagan, Markaz esa uni muddatsiz kechiktirishni talab qilib, bu masalaga qarshi chiqqan

To‘g‘ri javob: Risqulov guruhi Turkistonni bo‘lib bo‘lmaydi deb hisoblagan, Markaz esa bu g‘oyani panturkizm va burjua millatchiligi deb baholagan. Risqulov guruhi turkiy xalqlarning mushtarakligi tufayli yagona Turkistonni bo‘lib bo‘lmaydi degan; Markaz bu fikrni panturkizm va burjua millatchiligi deb baholab, inkor etgan.

Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasida Fayzulla Xo‘jayev yozgan tezislarni qaysi yilning fevralida qabul qildi?
  1. 1924-yil
  2. 1923-yil
  3. 1922-yil
  4. 1925-yil

To‘g‘ri javob: 1924-yil. Buxoro Kompartiyasi Fayzulla Xo‘jayev yozgan tezislarni 1924-yil fevralda qabul qilgan.

Sultonbek Xo‘janov, Sanjar Asfandiyorov va N. Paskutskiy O‘rta Osiyo federatsiyasini tuzish taklifi bilan chiqqan Turkiston ASSR MIK va Kompartiyasining birlashgan kengashi qaysi yilda bo‘lgan?
  1. 1920-yil
  2. 1921-yil
  3. 1919-yil
  4. 1918-yil

To‘g‘ri javob: 1920-yil. Birlashgan kengash 1920-yil 10-martda bo‘lgan va unda federatsiya tuzish taklifi ilgari surilgan.

1924-yil fevralda Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasida kim yozgan tezislarni qabul qildi?
  1. Turor Risqulov
  2. Qori Yo‘ldosh Po‘latov
  3. Sanjar Asfandiyorov
  4. Fayzulla Xo‘jayev

To‘g‘ri javob: Fayzulla Xo‘jayev. Buxoro Kompartiyasi Fayzulla Xo‘jayev yozgan tezislarni qabul qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli hara- katlarKeyingi →O‘zbekiston SSRning tashkil topishi