O‘zbekiston SSRning tashkil topishi
BUGUN DARSDA
- O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning
hududi va aholisi. • O‘zbekiston SSRda ma’muriy-hududiy bo‘linishlar.
- O‘zbekiston SSRning poytaxtlari.
O‘rta Osiyoni milliy chegaralsh komissiyasi
MULOHAZA UCHUN
Turkiston ASSR da 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi; Buxoro respublikasining 9 ta viloyati; Xorazm respublikasining 23 ta tumani bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi ya shagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekiston da istiqomat qilgan. Qurul toyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekiston So vet Sotsialistik Respublikasi
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi
(O‘zSSR MIQ) va O‘zbekiston
SSR Xalq Komissarlari So veti (O‘zSSR XKS) tuzilgan.
1925-yil 13–17-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyida «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya» qabul qilindi.
Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi.
MA’LUMOT UCHUN
Qurultoyda Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, «Qo‘shchi» uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi.
MA’LUMOT UCHUN
Samarqand shahri respublikaning markazida joy lashgan edi. Bu holat yangi tashkil qilingan O‘zbekiston SSR hududining barcha qismlarida sovet tashkilotlari ishini jonlantirishga yordam berdi.
O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda
1925-yil fevral–aprel davomida Buxoro shahri, 1925-yil apreldan 1930-yil sen tyabrgacha Samarqand shahri O‘zbekis ton SSR poytaxti sanalgan.
Mahalliy hokimiyat organlari mustahkamlanib, ularning markaziy hukumat muassasalari bilan aloqalari kuchaygandan so‘ng O‘zbekiston poytaxti 1930-yil 20-sentyabrda respublikaning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy bo‘lgan Toshkent shahriga ko‘chirildi.
BILASIZMI?
O‘zbekiston SSR hukumatining raisi Fayzulla Xo‘jayev bir kechada poytaxtni Samarqanddan Toshkentga ko‘chirib keltirgan edi.
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekiston SSRda 1925-yil 29-yanvarda ilk bor ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘tkazilib, 7 viloyat (Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va alohida Konimex tumani tashkil etildi. 1926-yil 29-sentyabrda 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo) va alohida Konimex tumani tuzildi.
«Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» ga ko‘ra, Turkiston generalgubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), bo‘lislar (volost) va oqsoqolliklarga bo‘lingan.
IJODIY FAOLIYAT
IJODIY FAOLIYAT MA’LUMOT UCHUN
O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6–12-fevralda eski Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdida O‘zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul sekretarlari qilib Vladimir Ivanov va Akmal Ikromovlar saylandi.
IJODIY FAOLIYAT MA’LUMOT UCHUN
Sovet hokimiyati yillarida respublika siyosiy hayotida O‘zbekiston Kommunistik partiyasi asosiy rol o‘ynagan. O‘zbekiston partiya tashkiloti respublika va o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olmasdan Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajarib kelgan.
O‘zbekiston Kompartiyasi aslida Sovet
Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning
O‘zbekiston SSRdagi filiali hisoblangan.
MA’LUMOT UCHUN
1927-yil 30-martda O‘zSSR birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Butun Ittifoq da bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti – kasaba uyushmalari (profsoyuzlar) ham partiya komitetlariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qoldi. 1925-yil 21-mart O‘zbekiston kasaba uyushmalariga asos solindi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika soveti (Uzsovprof) Butunittifoq Kasaba uyushmalari Markaziy Soveti (VSSPS) rahbarligida ish olib borgan.
1925-yilda O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi (O‘zLKSM) tashkil etildi.
O‘zbekistondagi dehqonlarni g‘oyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri «Qo‘shchi» ittifoqi bo‘lgan. U 1920–1933-yillarda faoliyat ko‘rsatgan.
MA’LUMOT UCHUN
1925-yilda 200 000 kishini o‘ziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi zo‘ravonlik siyosatining asosiy tayanchiga aylantirilgan.
Barcha tuzilmalar (tashkilotlar, uyushmalar) sovet mafkurasini mustahkamlashga va uni rivojlantirishga xizmat qiligan.
IJODIY FAOLIYAT
Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida quyidagi savolga javob bering:
MA’LUMOT UCHUN
1926-yil 1–12-dekabrda O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Tojikiston ASSR) tuzilganligi haqida deklaratsiya qabul qilindi.
VKP (b) – Butunittifoq kommunistlar (bolsheviklar) partiyasi. KPSS (Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi)ning 1925–1952-yillardagi nomi.
1929-yil 16-oktyabrda Tojikiston ASSR o‘rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O‘zbekiston SSR tarkibidan chiqdi.
1936-yil 5-dekabrda Qoraqalpog‘iston ASSR hududi O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Bugungi kunda qoraqalpoq xalqi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashab, bunyodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
BILASIZMI?
1926-yilda Tojikiston ASSR hududi 135.620 km2, aholisi 739.503 kishi bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston 1925–1932-yillarda Qozog‘iston, 1932–1936-yillarda RSFSR tarkibida bo‘ldi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1920–1933-yillarda — U 1920–1933-yillarda faoliyat ko‘rsatgan.
- 1924-yil — 1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi ya shagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekiston da istiqomat qilgan.
- 1925-yil — 1925-yil 13–17-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyida «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya» qabul qilindi.
- 1925-yil — 1925-yil fevral–aprel davomida Buxoro shahri, 1925-yil apreldan 1930-yil sen tyabrgacha Samarqand shahri O‘zbekis ton SSR poytaxti sanalgan.
- 1925-yil — O‘zbekiston SSRda 1925-yil 29-yanvarda ilk bor ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘tkazilib, 7 viloyat (Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va alohida Konimex tumani tashkil etildi.
- 1925-yil — O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6–12-fevralda eski Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdida O‘zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan…
- 1925-yil — 1925-yil 21-mart O‘zbekiston kasaba uyushmalariga asos solindi.
- 1925-yilda — 1925-yilda O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi (O‘zLKSM) tashkil etildi.
- 1925-yilda — 1925-yilda 200 000 kishini o‘ziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi zo‘ravonlik siyosatining asosiy tayanchiga aylantirilgan.
- 1925–1952-yillarda — KPSS (Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi)ning 1925–1952-yillardagi nomi.
Bilimingizni sinang
1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida jami necha kishi yashagan?
- 8 131 062 kishi
- 9 131 062 kishi
- 8 311 062 kishi
- 7 131 062 kishi
To‘g‘ri javob: 8 131 062 kishi. 1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalari aholisi 8 131 062 kishi bo‘lgan.
Butuno‘zbek Sovetlarining I ta’sis qurultoyi Buxoroda 13–17-fevral kunlari qaysi yilda bo‘lib, O‘zbekiston SSRni tashkil etish haqida Deklaratsiya qabul qilgan?
- 1924-yil
- 1925-yil
- 1926-yil
- 1923-yil
To‘g‘ri javob: 1925-yil. Qurultoy 1925-yil 13–17-fevralda Buxoroda bo‘lgan.
1925-yil fevralda Buxoroda o‘tgan Butuno‘zbek Sovetlarining I ta’sis qurultoyida qaysi hujjat qabul qilindi?
- «Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasini bekor qilish to‘g‘risida Deklaratsiya»
- «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya»
- «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida Nizom»
- «O‘zbekiston va Tojikistonni yagona respublikaga birlashtirish to‘g‘risida Deklaratsiya»
To‘g‘ri javob: «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya». Qurultoyda O‘zbekiston SSRni tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilingan.
Deklaratsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston SSR tarkibiga viloyatlar bilan birga qaysi avtonom respublika kirgan?
- Qoraqalpog‘iston ASSR
- Turkmaniston SSR
- Qirg‘iziston ASSR
- Tojikiston ASSR
To‘g‘ri javob: Tojikiston ASSR. Deklaratsiyada tarkibga Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlangan.
Qurultoyda O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi lavozimiga kim saylangan?
- Akmal Ikromov
- Yo‘ldosh Oxunboboyev
- Vladimir Ivanov
- Fayzulla Xo‘jayev
To‘g‘ri javob: Fayzulla Xo‘jayev. Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib saylangan.
«Qo‘shchi» uyushmasi faoli, O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining birinchi raisi kim bo‘lgan?
- Yo‘ldosh Oxunboboyev
- Fayzulla Xo‘jayev
- Polvonniyoz Yusupov
- Mirsaid Sultongaliyev
To‘g‘ri javob: Yo‘ldosh Oxunboboyev. Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR MIQ raisi lavozimiga saylangan.
Shaxslarni lavozimlari bilan moslang. 1) Fayzulla Xo‘jayev; 2) Yo‘ldosh Oxunboboyev; 3) Akmal Ikromov. A) O‘zSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi; B) O‘zSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi; C) Kompartiya Markaziy Komiteti mas’ul sekretarlaridan biri.
- 1–B, 2–A, 3–C
- 1–A, 2–B, 3–C
- 1–B, 2–C, 3–A
- 1–C, 2–A, 3–B
To‘g‘ri javob: 1–B, 2–A, 3–C. Xo‘jayev XKS raisi, Oxunboboyev MIQ raisi bo‘ldi, Ikromov esa Kompartiya MK mas’ul sekretarlaridan biri etib saylandi.
Buxoro shahri O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan fevral–aprel oylari qaysi yilga to‘g‘ri keladi?
- 1925-yil
- 1923-yil
- 1924-yil
- 1926-yil
To‘g‘ri javob: 1925-yil. Buxoro 1925-yil fevral–aprelda, so‘ng Samarqand 1930-yilgacha poytaxt bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash