XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 22

Sovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlarning mohiyati. Industrlashtirish siyosati va uning natijalari

SOVET HOKIMIYATI AMALGA SOVET HOKIMIYATI AMALGA OSHIRGAN ISLOHOTLARNING OSHIRGAN ISLOHOTLARNING MOHIYATI. INDUSTRLASHTIRISH MOHIYATI. INDUSTRLASHTIRISH SIYOSATI VA UNING NATIJALARI SIYOSATI VA UNING NATIJALARI

BUGUN DARSDA BUGUN DARSDA

rining tugatilishi.

Savollar: MULOHAZA UCHUN 1. «Quloqlar» – «mushtumzo‘rlar» degan iborani eshitganmisiz? 2. Sho‘rolar xalqqa nimalarni va’da bergan edi? Aslida ularning harakati qanday edi? 3. 1918-yilgacha yerga egalik qilish shakli qanday edi?

MA’LUMOT UCHUN

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng 1925–1929-yillarda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Islohotning ikkinchi bosqichi birinchisidan farqli o‘laroq katta yer egaligini (rasmiy hujjatlarda «quloqlar» – «mushtumzo‘rlar» deb yuritilgan) butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish masalasini qo‘ydi.

«Agrar inqilob»ning strategiya va taktikasi (1925-yil noyabr)da tasdiqlandi. Bu bosqich «Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida» va «Yer-suv islohoti to‘g‘risida»gi dekretlari bilan boshlandi.

Bu islohot O‘zbekistonda joylardagi shart-sharoit va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda o‘tkazildi.

MA’LUMOT UCHUN

Bosqichi Birinchi bosqich Ikkinchi bosqich Uchinchi bosqich

Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari

Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari)

Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari

Davri 1925–1926-yillar 1927-yil 1928–1929-yillar

MA’LUMOT UCHUN Yer-suv islohotini o‘tkazish to‘g‘risidagi dekretga asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarida 40–50 desyatina va undan ortiq sug‘oriladigan yerlar davlat yer fondiga o‘tkazilishi va dehqonlarga bo‘lib berilishi nazarda tutilgan edi. Yer bilan birgalikda barcha ishchi hayvonlari (ho‘kiz, ot va b.), dehqonchilik asbob-uskunalari ham musodara qilindi.

MA’LUMOT UCHUN

1925–1929-yillarda o‘tkazilgan islohotlar natijasida barcha viloyatlarda 5 000 ga yaqin boy xo‘jaliklar tugatildi, 23 000 dan ortiq o‘ziga to‘q xo‘jaliklarning «ortiqcha» yerlari tortib olindi. Har bir boy va o‘ziga to‘q xo‘jalikning o‘ziga 7–10 desyatinagacha bo‘lgan yer qoldirilishi mumkin edi. Biroq o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklarining egalari samarali foydalanishgan va ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qilishgan.

IJODIY FAOLIYAT Nima deb o‘ylaysiz, nega yer-suv islohotlari va «quloqlashtirish» siyosati aynan 20-yillarda boshlandi?

O‘zbekistonda boy xo‘jaliklar quyidagi ikki toifaga bo‘lingan: 1) 40–50 desyatina va undan ortiq sug‘oriladigan yeri bor boy xo‘jaliklar; 2) 10–40 desyatinagacha yeri bor o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklari. Keyinchalik o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklari «quloqlar» deb nomlandi.

MA’LUMOT UCHUN

Kollektivlashtirishning majburiy sur’atda amalga oshirilishi hamda kolxoz va sovxozlarning tashkil qilinishi. Yangi iqtisodiy siyosat tufayli o‘z xo‘jaligini tiklab olgan xo‘jaliklarni quloq qilish maqsadida 1930-yil «Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Kollektivlashtirish mutasaddilari dehqonlarning majlislarida kolxozga kirmaganlar suvdan mahrum etiladi, sanoat mollari bilan ta’minlanmaydi, ularga katta soliq solinadi hamda ya shash joyidan surgun qilinadi, deb dag‘dag‘a qilishdi. Natijada ko‘pchilik tumanlarda kollektivlashtirish bir necha hafta ichida amalga oshirildi. O‘zbekistonda dastlabki kolxozlar (jamoa xo‘jaliklari) va sovxozlar (davlat xo‘jaliklari) tashkil qilindi.

MA’LUMOT UCHUN

Respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining 75 foizi umumiylashtirilgan sektorga, ya’ni kolxoz va sovxozlarga birlashdi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman 1932-yili tugallandi.

Yakka dehqon xo‘jaliklarining bir qismi kolxozlardan tashqarida qoldi, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o‘tkazish yanada kuchaydi.

Bunday xo‘jaliklarga solinadigan qishloq xo‘jalik soliqlari oshirildi, davlatga majburan topshiriladigan mahsulot hajmi ham kolxozlarga nisbatan 50 foizga ko‘paytirildi. 1939-yilga kelib O‘zbekistonda yakka dehqon xo‘jaliklariga butkul barham berildi.

1929-yili sovet jamiyatida bozor munosabatlari muhiti barham topdi.

BILASIZMI?

1934–1937-yillarda O‘zbekistondan quloqlashtirish siyosati oqibatida ko‘plab badavlat dehqon xo‘jaliklari quloq qilingan. Sovet hokimiyati yillarida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin fuqarolik maqomi olingan va ularning o‘z yurtiga qaytish jarayoni og‘ir kechib, taxmiman 20 yildan ko‘proq vaqtni, ya’ni 1934–1956-yillarni o‘z ichiga oladi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. Sovet hukumati boy xo‘jalik va to‘q xo‘jalik o‘rtasidagi farqlarni qanday mezon asosida yuzaga keltirgan? 2. To‘q xo‘jaliklarning qanday turdagi moddiy boyliklari musodara qilingan edi? 3. Yer-suv islohotining oqibatlari nimalarga olib keldi? 4. Uyga vazifa: yer-suv islohoti o‘tkazilishiga oid jadvalni to‘ldiring.

O‘ziga xosligi

5. Taqdiri quloqlashtirish siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan yaqin qarindoshingiz (otabobolaringiz) hayoti haqida esse yozing.

MA’LUMOT UCHUN

Mamlakatda qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik bilan kollektivlashtirish jarayonida 1928-yili sanoatni industrlashtirish ham amalga oshirildi. O‘zbekiston uchun sanoat qurilishini keng sur’atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. 1927-yilda O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining salmog‘i 62,6 %, sanoatning salmog‘i 37,4 % ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishining 90 foizi qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga asoslangan edi.

Iqtisodiyot xomashyo yo‘nalishida bo‘lgani sababli respublika sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilgan. Buning ustiga industrlashtirish siyosati qishloq hisobidan amalga oshirildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari pasaytirildi. Natijada dehqonlar qashshoqlashib, mamlakatda oziq-ovqat muammosi keskinlashdi.

MA’LUMOT UCHUN

Birinchi besh yillik davrida (1928-yil oktyabr – 1932-yil dekabr) O‘zbekistonda 289 ta yangi sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi. Yengil sanoatning ko‘nchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ip-gazlama ishlab chiqarish sur’atlari oshib bordi.

1928-yil kuzigacha mamlakat xalq xo‘jaligi bir yillik, besh yillik rejalari jo riy bo‘ldi. Birinchi besh yillik rejasi 1928-yil oktyabrda boshlanib, 1932-yil dekabr da muddatidan 9 oy oldin yakunlandi.

IJODIY FAOLIYAT

O‘ylab ko‘rib, xulosa chiqaring.

Mahalliy millatlardan malakali mutaxassislar tayyorlash o‘rniga O‘zbekistonga, asosan, yevropalik aholi ko‘chirib keltirildi. Ular poytaxt Tosh kent, yangi qurilayotgan shaharlar va viloyat markazlariga joylashtirilib, yaxshi maoshli ish, navbatsiz xonadon bilan ta’minlandilar. Universitet va institutlarga imtiyozli asoslar bilan o‘qishga qabul qilindilar.

Qishloqlardan kelgan o‘zbek yigitqizlari esa shaharda muqim joylasha olmay, turli qiyinchiliklar va jiddiy yetishmovchiliklar natijasida asosan «qora ishlar» va maishiy sohada xizmat qilishga majbur bo‘lishdi.

MA’LUMOT UCHUN

Industrlashtirish O‘zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi. Ana shu davrda O‘rta Osiyo respublikalarida paxtachilik va mashinasozlik sanoatining to‘ng‘ichi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi barpo etildi.

Toshkent to‘qimachilik kombinati va Chirchiq elektr kimyo kombinati qurilishi tez sur’atlar bilan olib borildi. Elektr stansiyalari quvvati 482 mln kilovattga yetdi. XX asr 30-yillarida Chirchiq–Bo‘zsuv GESlar kaskadi barpo etildi.

O‘zbekistonda sanoat korxonalarining texnik darajasi haddan tashqari past, muhandislar, texniklar va zamonaviy texnikani biladigan malakali ishchilar yetishmas edi. Biroq sanoat korxonalariga malakali xodimlar va tajribali ishchilar RSFSRning markaziy shaharlaridan olib kelingan.

MA’LUMOT UCHUN

Chirchiq-Bo‘zsuv GESlar kaskadi

MA’LUMOT UCHUN

Bu davrda eng muhim muammolardan biri kadrlar masalasi edi. Chunki davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarida milliy kadrlar juda oz bo‘lib, ish yuritish ham rus tilida olib borilardi.

O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo‘jayev tub xalqlardan mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan O‘zSSR MIK huzurida 1925-yil martda Bobon Mavlonbekov raisligida «Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi» tuzildi. Akmal Ikromov, Rahim Inog‘omov va boshqalar unga a’zo bo‘lishdi. Markaziy komissiyaning Samarqand, Zarafshon, Toshkent, Farg‘ona va respublikaning boshqa viloyatlarida ham bo‘limlari tashkil qilindi.

MA’LUMOT UCHUN

Mahalliylashtirish komissiyasi rahbariyati zimmasiga O‘zbekistondagi o‘quv yurtlari, ilmiy va madaniy-oqartuv (xalqning bilim va ongini oshirish) tashkilotlari, sanoat korxonalarini mahalliylashtirish asosiy rejasini ishlab chiqish yuklatildi.

IJODIY FAOLIYAT

1925-yil noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining II syezdida «Partiya, sovet, xo‘jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ tashkilotlariga mahalliy aholini jalb qilish» masalasi ko‘rib chiqildi. Syezdda boshqaruv va rahbarlik ishlariga ishchi, dehqon va ziyolilardan mahalliy kadrlar tayyorlash zarurligi uqtirildi.

1927-yil O‘zbekiston SSR MIK huzuridagi «Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi»ning nomi «Davlat apparati va sanoatni O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi» deb o‘zgartirildi.

Komissiya qaroriga ko‘ra o‘zbek aholisi ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat, jamoat, kooperativ muassasalari va tashkilotlarida ish yuritishni o‘zbek tilida olib borishlari shart edi.

IJODIY FAOLIYAT

1931-yil SSSR MIKning «O‘zSSR apparatini o‘zbeklashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbekiston davlat apparatini O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi faoliyati to‘xtatildi. Markaz tomonidan boshqa ittifoqdosh respublikalarda bo‘lgani singari O‘zbekiston SSRda ham mahalliylashtirish jarayoni to‘xtatilib, u «burjua millatchiligi» deb e’lon qilindi

O‘zbeklashtirish siyosatiga jiddiy zarba berilib, ruslashtirish jarayoni o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.

1927-yil 16–24-noyabrdagi syezdda qabul qilingan qarorda davlat apparatini milliylashtirish va o‘zbeklashtirish to‘g‘risida shunday deyilgan edi:

IJODIY FAOLIYAT

«O‘zbeklashtirish tushun chasi, aslini olganda, O‘zbekiston respublikasi territoriyasidagi davlat apparati va ish yuritishni o‘zbeklashtirishni ko‘zda tutadi, lekin kamsonli millatlarga o‘z ona tillarida xizmat ko‘rsatishni aslo istisno qilmaydi, balki, aksincha taqozo qiladi. Kamsonli millatlar ko‘pchilik yashagan tumanlarda sud organlari, maktablar o‘z ishlarini ularning ona tilida olib borishlari shart. Kamsonli millatlarni mamlakatni idora qilishga, jamiyat hayotiga jalb qilish kerak. Kamsonli millatlardan kadrlar tayyorlash masalasiga zo‘r e’tibor berish lozim».

DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining ulushi baland bo‘lishining sabablari nimada? 2. O‘zSSRda industrlashtirish davrida amalga oshirilgan ishlarda asosan, qaysi sohalarga e’tibor qaratildi? 3. «Kadrlarni mahalliylashtirish» deganda nimani tushundingiz? 4. O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosati tashubbuskorlari kim edi? Mahalliylashtirish qanday tartibda olib borildi? 5. O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosatining natija va oqibatlari qanday bo‘ldi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishdan so‘ng yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qaysi yillarda amalga oshirilgan?
  1. 1927–1931-yillarda
  2. 1929–1933-yillarda
  3. 1925–1929-yillarda
  4. 1921–1925-yillarda

To‘g‘ri javob: 1925–1929-yillarda. Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi 1925–1929-yillarda o‘tkazilgan.

«Agrar inqilob»ning strategiya va taktikasi qaysi yilning noyabrida tasdiqlangan?
  1. 1927-yil
  2. 1925-yil
  3. 1923-yil
  4. 1929-yil

To‘g‘ri javob: 1925-yil. «Agrar inqilob»ning strategiya va taktikasi 1925-yil noyabrda tasdiqlangan.

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishdan keyin yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qaysi yillarda amalga oshirilgan?
  1. 1925–1929
  2. 1918–1921
  3. 1930–1934
  4. 1921–1924

To‘g‘ri javob: 1925–1929. Islohotning ikkinchi bosqichi 1925–1929-yillarda o‘tkazilgan.

Islohotning ikkinchi bosqichida katta yer egaligi rasmiy hujjatlarda qanday yuritilgan?
  1. «Dehqonlar» – «kambag‘allar»
  2. «Quloqlar» – «mushtumzo‘rlar»
  3. «Beklar» – «amaldorlar»
  4. «Chorikorlar» – «batraklar»

To‘g‘ri javob: «Quloqlar» – «mushtumzo‘rlar». Katta yer egaligi rasmiy hujjatlarda «quloqlar» – «mushtumzo‘rlar» deb yuritilgan.

1925–1929-yillardagi yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi birinchi bosqichdan qanday farq qilgan?
  1. Faqat kolxoz va sovxozlar tashkil etishga qaratilib, katta yer egaligiga tegmagan
  2. Katta yer egaligini butunlay cheklash va uni sinf sifatida tugatish masalasini qo‘ygan
  3. Yerlarni sotib olishga ruxsat berib, bozor munosabatlarini kengaytirishni belgilagan
  4. Sug‘orish tizimini rivojlantirib, yangi yerlarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratgan

To‘g‘ri javob: Katta yer egaligini butunlay cheklash va uni sinf sifatida tugatish masalasini qo‘ygan. Ikkinchi bosqich birinchisidan farqli o‘laroq katta yer egaligini butunlay cheklash va uni sinf sifatida tugatishni maqsad qilgan.

Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlarini qamragan yer-suv islohotining birinchi bosqichi qaysi davrda o‘tkazilgan?
  1. 1925–1926-yillar
  2. 1926–1927-yillar
  3. 1924–1925-yillar
  4. 1927–1928-yillar

To‘g‘ri javob: 1925–1926-yillar. Jadvalga ko‘ra birinchi bosqichning davri 1925–1926-yillar bo‘lgan.

Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi Zarafshon viloyatida (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari) qaysi yilda o‘tkazilgan?
  1. 1926-yilda
  2. 1927-yilda
  3. 1929-yilda
  4. 1928-yilda

To‘g‘ri javob: 1927-yilda. Jadvalga ko‘ra Zarafshon viloyatidagi ikkinchi bosqich 1927-yilda o‘tgan.

Yer-suv islohotining uchinchi bosqichi qaysi hududlarni qamrab olgan?
  1. Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlarini
  2. Zarafshon viloyatini
  3. Farg‘ona vodiysi viloyatlarini
  4. Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglarini

To‘g‘ri javob: Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglarini. Uchinchi bosqich (1928–1929) Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm okruglarida o‘tkazilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston SSRning tashkil topishiKeyingi →O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat